Axborot kommunikatsion texnologiyalar
A guruh. Verifikatsion himoya
Download 1.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Axborot kommunikatsion texnologiyalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Identifikatsiya
A guruh. Verifikatsion himoya. Ushbu guruh kirishlarni boshqarish
mexanizmlarining to‘g‘ri ishlashida verifikatsiyaning formal metodlaridan foydalanishi bilan xarakterlanadi. A sinf. Formal verifikatsiya. A sinfiga kiruvchi tizimlar funktsional jihatdan B3 sinfidagi tizimlarga ekvivalent bo‘lib, ularga hech qanday qo‘shimcha funksional talablar qo‘shilmagan. B3 sinfidagi tizimlardan farqi shundan iboratki, qayta ishlashga kirishayotgan paytda himoya yuqori aniqlik bilan to‘g‘ri ishlashiga erishish imkonini beruvchi verifikatsiyaning formal metodlari qo‘llanilishi kerak. A sinfdagi tizimni verifikatsiya metodlari bilan ta’minlash uchun tizim konfiguratsiyasini boshqaruvchi kuchli vositalarga ega bo‘lishi kerak. Keltirib o‘tilgan sinflar ko‘p vaqtgacha xavfsizlikning asosiy konseptsiyasini va himoya vositalarini rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etadi. 2.6§ Axborot xavfsizligida identifikatsiya va autentifikatsiya masalalari Identifikatsiya va autentifikatsiya xizmatlarini xavfsizlik vositalarining dasturiy-texnik asosi deb hisoblasa ham bo‘ladi. Chunki bu xizmatlar tashkilotning axborot qobig‘iga kirish mumkin bo‘lgan birinchi chegarasidir. Kompyuter tizimida ro‘yxatga olingan har bir subyekt (foydalanuvchi yoki foydalanuvchi nomidan harakatlanuvchi jarayon) bilan uni bir ma’noda identifikatsiyalovchi axborotga bog‘lik. Bu ushbu subyektga nom beruvchi son yoki simvollar satri bo‘lishi mumkin. Bu axborot subyekti identifikatori deb yuritiladi. Agar foydalanuvchi tarmoqda ro‘yxatga olingan identifikatorga ega bo‘lsa u legal (qonuniy), aks holda legal bo‘lmagan (noqonuniy) foydalanuvchi hisoblanadi. Kompyuter resurslaridan foydalanishdan avval foydalanuvchi kompyuter tizimining identifikatsiya va autentifikatsiya jarayonidan o‘tishi lozim. 45 Identifikatsiya (Identification) - foydalanuvchini uning identifikatori (nomi) bo‘yicha aniqlash jarayoni. Bu foydalanuvchi tarmoqdan foydalanishga uringanida birinchi galda bajariladigan funksiyadir. Foydalanuvchi tizimga uning so‘rovi bo‘yicha o‘zining identifikatorini bildiradi, tizim esa o‘zining ma’lumotlar bazasida uning borligini tekshiradi. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling