Axborot kommunikatsion texnologiyalar
§ Huquqiy himoyani tashkil etish
Download 1.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Axborot kommunikatsion texnologiyalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.2-rasm. Axborotning huquqiy himoyasi. 3.4§ Tashkiliy himoyani tashkil etish
3.3§ Huquqiy himoyani tashkil etish
Jamiyat, davlat, tashkilot tomonidan ishlab chiqarilgan umumiy qoidalar xulk normalari, ruxsat etilgan va ta’qiqlangan qoidalar majmuidan tashkil topgan bo‘lib, ular tashkilot va shaxs faoliyati uchun aniqlanadi. Axborotning huquqiy himoyasi davlatlararo shartnomalar konvensiyalar, deklaratsiyalar, patentlar, mualliflik huquqlari, litsenziyalar asosida tashkil topgan resurslarni tashkil etadi. (3.3-rasm). 57 3.2-rasm. Axborotning huquqiy himoyasi. 3.4§ Tashkiliy himoyani tashkil etish Tashkiliy himoya deb, ish beruvchi va xodimlar o‘rtasidagi huquqiy normativ munosabatlar asosida ichki va tashqi xavfni paydo bo‘lishini oldini oladigan va unga yo‘l qo‘ymaydigan munosabatlarning shakllanishiga aytiladi. Tashkiliy himoya quyidagicha himoyalanadi: Ish joyini qo‘riqlashni tashkil etish, xizmatchilar bilan ishlashni, hujjatlar bilan ishlashni va ish rejimini mukammal yuritishni tashkil etish; Qo‘riqlash tizimi uchun zaruriy bo‘lgan texnik himoya vositalaridan foydalanishni tashkil etish va ulardan olingan ma’lumotlarni analitik yo‘l bilan tahlil qilish. Asosiy tashkiliy tadbirlarga quyidagilar kiradi: Tashkilot (davlat idorasi, korxona)ni qo‘riqlashni va ish rejimiga amal qilishni ta’minlash; Xizmatchilarni bevosita ichki tartib va qonun-qoidalarga o‘qitish ishlarini amalga oshirish; 58 Hujjatlar bilan ishlashda barcha qonun-qoidalar asosida foydalanishni tashkillashtirish; Texnik himoya vositalarini ishlashini tashkillashtirish va ular faoliyati natijasida hosil bo‘lgan ma’lumotlarni xavfsiz saqlanishini ta’minlash; Ichki va tashqi xavf keltiruvchi holatlarni tahlil qilish va bu holatlarni oldini olish tadbirlarini tizimli tarzda nazoratini ta’minlash; Aytib o‘tilgan tadbirlarnio’z vaqtida tizimli tarzda nazoratini olib borish. Xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan har bir holat standart holat bo‘lishi mumkin emas, ayniqsa kompyuter tarmoqlari, tizimlariga bog‘liq bo‘lgan holatlar o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, shu umumiy tizimni tashkil etuvchi har bir qurilmaga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bunday tizimlarni himoyalash jarayonida har qanday mayda-chuyda, ikir-chikirlariga ham ahamiyat berish kerak. Kompyuter tizimlari va tarmoqlarida axborotlarni himoyalashni tashkil etish tadbirlari quyidagicha: Tizim yoki tarmoqni loyihalashtirish jarayonida ruxsat etilmagan shaxslarni tizimga ta’sir etishi va tabiiy ofatlarning zarar etkazish holatlarini oldini olish chora tadbirlarini ishlab chiqish kerak; Kadrlar tanlash jarayonida axborot xavfsizligiga, yopiq ma’lumotlar bilan ishlashni tashkil etishga qabul qilayotgan kadrlar sidqidildan yondosha olishni ta’minlash kerak; Xavfsizlik jarayoniga taalluqli bo‘lgan hujjatlar ma’lumot hosil qiluvchi qurilma (turi, markirovkasi) va ularni saqlanishi qat’iy nazorat ostida bo‘lishi kerak; Kompyuter tizimlari va yopiq tizimlar bilan ishlash faoliyati talabga javob beradigan nazorat asosida bajarilishi kerak (ish vaqti jurnallari, nazorat jurnallari); Dasturiy ta’minotga kiritiladigan har qanday o‘zgartirishlar tasdiqlangan hujjatlar asosida amalga oshirish kerak; Xodimlar ish faoliyati bilan o‘z vaqtida shug‘ullanishni ta’minlash kerak. Xavfsizlik xizmati har bir tashkilot (davlat idorasi, korxona)larda bo‘lishi kerak va uning faoliyatlari quyidagilardan iborat: 59 Ishchi personalning moddiy-ma’naviy, moliyaviy mol-mulkini saqlanishini ta’minlash; Obyekt-propusk rejimini ta’minlanishini nazorat qilish, tashkilot (davlat idorasi, korxona) faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etadigan hamkorlar, yollangan ishchilar va mehmonlarning tashkilot (davlat idorasi, korxona) tartib- qoidalarini bajarilishini ta’minlash; Axborot himoyasiga yo‘naltirilgan barcha faoliyatga rahbarlik qilish; Tashkilot (davlat idorasi, korxona) rahbariyati, bo‘lim rahbarlari bilan bir qatorda axborot xavfsizlikini ta’minlashga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda faol qatnashish. Xavfsizlik xizmati quyidagi struktura asosida tashkil topgan bo‘lishi kerak: Qo‘riqlash va ish rejimiga javob beruvchi bo‘lim. Konfidentsial xarakterga ega bo‘lgan hujjatlar bilan ishlovchi bo‘lim. Injener-texnik bo‘lim. Informatsion analitik bo‘lim. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling