Axborot kommunikatsion texnologiyalar
Download 1.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Axborot kommunikatsion texnologiyalar
3.5§ Injener-texnik himoya Hozirgi kunda barcha tashkilotlarda ma’lumotlarni himoyalash dolzarb vazifalardan biriga aylangan. Bu esa o‘z navbatida ma’lumotlar xavfsizligini fizik satxda ham ta’minlash zaruratini keltirib chiqaradi. Tashkilotlardagi ma’lumotlarni elektron qayta ishlash markazlari kuchli elektromagnit nur manbai bo‘lgan obyektlardan uzoqda joylashgan bo‘lishi va atrofi devor bilan o‘ralishi kerak. Ma’lumotlarni himoyalashning texnik vositalariga, himoya obyektiga borish yo‘liga to‘siqlarni hosil qilishga mo‘ljallangan, ma’lumotlarni himoyalashni mustaqil yoki boshqa vositalar bilan kompleks amalga oshiruvchi mexaniq, elektromexaniq, optik, akustik, lazer, radio, radiolokatsion va boshqa qurilmalar hamda tizim va binolar kiradi. Nazorat zonasini kuzatish televizion, radiolokatsiyali, lazerli, optik, akustik va boshqa umumiy pultga ulangan tizim orqali amalga oshirilishi mumkin. Axborot xavfsizligi muammosi tashkiliy chora-tadbirlar va talablar, axborot tizimlaridan 60 foydalanish va loyihalash boskichlarida hal qilinadi. Ular orasida himoyalanayotgan axborot tizimi joylashgan obyektni qo‘riqlash muhim o‘rinni egallaydi. Bunda hisoblash texnika vositalaridagi ma’lumotlarni o‘g‘irlashni oldini oladigan va qiyinlashtiradigan, axborot tashuvchilar, shuningdek aloqa liniyalaridan va axborot tizimidan ruxsat berilmagan foydalanishni man etadigan tegishli qo‘riqlash postlari, texnik vositalar o‘rnatiladi. Injener-texnik himoya (ITH) vositalari, ularni qo‘llanilishiga yo‘naltirilgan tadbirlar va maxsus xizmat tomonidan axborot xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan tashkiliy ishlarga aytiladi. Funksional qo‘llanilishiga qarab ITH vositalari quyidagi sinflarga ajratiladi: • Bino, turli xildagi texnik vositalar yordamidagi shaxs, axborot, moddiy va moliyaviy himoyani tashkil etishga yo‘naltirilgan fizik vositalar; • Apparat vositalari (Firewall, signalizatsiya vositalari, ma’lumotni yo‘qotilmasligini ta’minlash vositalari va boshqalar); • Dasturiy vositalar (maxsus yaratilgan dasturlar, antirus dasturlari, va boshqalar); • Kriptografik himoya vositalari; • Kombinatsion vositalar. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling