Axborot kommunikatsion texnologiyalar
Download 1.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Axborot kommunikatsion texnologiyalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV BOB. AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHNING APPARAT-DASTURIY VOSITALARI 4.1§ Axborot himoyasini ta’minlashning dasturiy vositalari
Savol va topshiriqlar
1. Ахbоrоt хаvfsizligining yo‘nаlishlаri? 2. Tashkilotlarda axborot xavfsizligini ta’minlash choralari 3. Tashkilotlarda xavfsizlikni ta’minlashning yo‘nalishlari? 4. Tashkilot ishchi kompyuterlarining axborot xavfsizligini ta’minlash? 5. Huquqiy himoyani tashkil etish choralari? 6. Huquqiy himoyani tashkillashtirish masalalari? 7. Ахbоrоtni himоyalаsh tizimining kоmplеksliligi vа elеmеntlаri. 8. Himоyaning buzilishlаrigа sаbаb bo‘luvchi omillar? 9. Tashkiliy himoyani tashkillashtirish asoslari? 10. Injener-texnik himoyada ishlatiladigan vositalar va ularning turlari? 11. Himоya mехаnizmlаri qаndаy usullаrgа аsоslаnаdi? 12. Axborotlarni dasturiy himoyasining asosiy yo‘nalishlari? 13. Tarmoq bo‘yicha uzatiladigan ma’lumotlarni himoyalashda qanday tadbirlarni amalga oshirish lozim? 14. Ахbоrоtlаrni muhоfаzа qilishning tехnik vоsitаlаrini ayting? 15. Himоyaning tехnik vоsitаlаri ayting? 16. Dеmаskirоvkа bеlgilаri deganda nimani tushunasiz? 17. Obektning dеmаskirоvkа bеlgilаri? 68 IV BOB. AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHNING APPARAT-DASTURIY VOSITALARI 4.1§ Axborot himoyasini ta’minlashning dasturiy vositalari Kompyuter tizimlari va tarmoqlarida axborotni himoya ostiga olish deganda, berilayotgan, saqlanayotgan va qayta ishlanilayotgan axborotni ishonchliligini tizimli tarzda ta’minlash maqsadida turli vosita va usullarni qo‘llash, tashkiliy choralarni ko‘rish va amaliy tadbirlarni amalga oshirishni tushunish qabul qilingan. Arxivlangan fayl-bu faylning ixchamlangan, siqilgan holati. Amalda fayllar bilan ishlashda, ya’ni fayllarni bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga ko‘chirishda, diskka joylashda, saqlab qo‘yishda, elektron pochta orqali axborot yuborishda bunday fayllar bilan ishlash zarurati tug‘iladi. Fayllarni arxivlash - fayllarni arxivlash jarayoni orqali siqilgan, ixchamlangan holatda diskda saqlash demakdir. Arxivlash qattiq disk ishdan chiqishi yoki faylning tasodifan o‘chirilishi sodir bo‘lgan hollarda joriy faylni qayta tiklash uchun yordam beruvchi vosita sifatida ham qo‘llaniladi. Umuman arxivlash - bu uzoq muddat saqlanuvchi fayllar, kam qo‘llaniladigan, eski hujjatlar, har xil materiallar, adabiy va ilmiy maqolalar, rasm va boshqalarni saqlash uchun qo‘llaniladi. Arxiv bir qancha qismlardan iborat bo‘lishi va unda har bir fayl alohida ko‘rinishda saqlanishi mumkin. Bunday arxiv fayllari ko‘p tomli deb ataladi. Shunday arxivlardan katta hajmli ma’lumotlarini qismlarga bo‘lib disketalarga sig‘adigan, qulay ko‘rinishga keltirish uchun foydalanish mumkin. Bunda har bir qism fayl ham arxiv fayli deb ataladi. Arxiv hosil qilish jarayoni arxivlash (arxivatsiya) deyiladi. Siqilgan faylni eski holiga qaytarish arxivlarni ochish (razarxivatsiya) deyiladi. Arxivlashni fayllar guruhi, to‘liq fayllar strukturasi bo‘yicha yoki papkalar bo‘yicha ham qilish mumkin. Arxivlanuvchi fayllarda papkalar ko‘p bo‘lsa, ularni oldin bitta papkaga yig‘ib olish ishni osonlashtiradi. Elektron pochta va Internet muhitida arxivlangan holdagi ma’lumotlarni almashish bir qator qulayliklar yaratadi. 69 Arxivlash jarayonida ayrim fayllar juda yaxshi ixchamlanishi, ba’zi hollarda arxivlash natijasida boshlang‘ich fayl 10-20 baravar siqilishi ham mumkin. Masalan, dastur fayllariga nisbatan tekst va rasm fayllari ancha yaxshi ixchamlanadi. Hozirgi kunda har xil arxivatorlar bir-biridan siqish darajasi, tezligi, foydalanishda qulayliklari, imkoniyat darajasi bo‘yicha farq qiladi. Foydalanuvchi har xil turdagi arxiv fayllarini kengaytmasi bo‘yicha farqlaydi. Siqish turi shu arxivning formati deyiladi. Arxivlangan fayl arxivda qaysi fayllar borligini bildiruvchi sarlavhaga ega bo‘ladi. Arxiv sarlavhasida unda saqlanuvchi har bir fayl uchun quyidagi ma’lumotlar saqlanadi: fayl nomi; fayl saqlanuvchi katalog haqida ma’lumot; faylning oxirgi marta qayta ishlangan sanasi va vaqti; faylning diskdagi va arxivdagi o‘lchami; arxivning to‘liqligini tekshirishda ishlatiladigan har bir faylning tsiklik tekshirish kodi. Arxiv fayllari oddiy fayllar kabi nomlanadi. quyida biz Windows muhitida fayllarni arxivlash uchun yaratgan WinRar dasturi bilan tanishib chiqamiz. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling