Axborot kommunikatsion texnologiyalar
§ Biometrik ma’lumotlar yordamida identifikatsiya va autentifikatsiya
Download 1.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Axborot kommunikatsion texnologiyalar
2.8§ Biometrik ma’lumotlar yordamida identifikatsiya va autentifikatsiya
Biometriya o‘zida insonlarning fiziologik va tashqi xususiyatlari asosida identifikatsiya va autentifikatsiyaning avtomatlashtirilgan metodlari to‘plamini namoyon qiladi. Fiziologik xususiyatlarga barmoq izi, ko‘z qorachig‘i, qo‘l va yuz 52 geometriyasi kiradi. Tashqi xususiyatlarga esa imzo dinamikasi (qo‘ldagi) va klaviatrua bilan ishlash uslubi kiradi. Ovoz xususiyati va nutqni tanish insonning fiziologik va o‘zini tutish xususiyatlari o‘rtasida joylashadi. Biometriya bilan butun dunyo ko‘pdan beri shug‘ullanadi, biroq ko‘p vaqtlar mobaynida u o‘zining murakkabligi va qimmatligi bilan ajralib turgan edi. Keyingi paytlarda elektron tijoratning rivojlanishi bilan biometrik mahsulotlarga talab o‘sib boryapti. Bu foydalanuvchiga shunisi bilan qulayki, u nimanidir esda qoldirgandan ko‘ra o‘zini e’lon qilgani oson. Bozorda nisbatan arzon barmoq izini tanishga mo‘ljallangan apparat-dastur mahsulotlar paydo bo‘la boshladi. Umuman olganda biometrik ma’lumotlar bilan ishlash quyidagi tarzda tashkillashtirilgan. Dastlab foydlalanuvchilar xususiyatlaridan ma’lumotlar bazasi yaratiladi. Buning uchun foydalanuvchilarning biometrik xususiyatlari olinadi, qayta ishlanadi va ular (biometrik shablon deb ataladi) ma’lumotlar bazasiga (barmoq va ko‘z skanerdan o‘tkaziladi va natija dastlabki ma’lumotlar deyiladi) kiritiladi. Keyinchalik foydalanuvchining identifikatsiyasi uchun (bir vaqtning o‘zida autentifikatsiya ham) biometrik xususiyatlarni olish va qayta ishlash boshqatdan o‘tkaziladi va ma’lumotlar bazasidan shablonni qidirish ishga tushadi. Omadli qidirishdan so‘ng foydalanuvchining shaxsi va uning haqiqiyligi o‘rnatilgan hisoblanadi. Biometriyaga juda ehtiyotkorlik bilan yondashish kerak. U ham autentifikatsiyaning boshqa metodlari kabi tajovuzlarga taslim bo‘lishi mumkinligini esda tutish zarur. Insonning biometrik ma’lumotlari o‘zgarib turadi va shablonlar bazasini nazorat qilish foydalanuvchi va administrator uchun qator muammolarni keltirishi mumkin. Lekin asosiy xavf shundaki, biometriya uchun ixtiyoriy “buzilish” fojeadir. Parollarni juda bo‘lmaganda almashtirish mumkin. Yo‘qotilgan autentifikatsion kartani nol qilish va yangini olish mumkin. Lekin barmoq, ko‘z va ovozni almashtirish mumkin emas. Agar biometrik ma’lumotlar soxtalashtirilgan bo‘lsa, eng kamida mavjud barcha tizimni qayta qurishga to‘g‘ri keladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling