Axborot kommunikatsion texnologiyalar
Xavfsizlikning tashkiliy himoyasi
Download 1.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Axborot kommunikatsion texnologiyalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.2§ Tashkilot ishchi kompyuterlarining axborot xavfsizligini ta’minlash
Xavfsizlikning tashkiliy himoyasi - Ishlab chiqarish jarayoni va xodimlar
o‘rtasida o‘zaro bog‘lanishni normativ-huquqiy asosda ta’minlash. Injener-texnik himoya - tashkilot (davlat idorasi, korxona) faoliyatiga zarar keltirishni oldini oluvchi turli xildagi texnik vositalardan foydalanish. 3.2§ Tashkilot ishchi kompyuterlarining axborot xavfsizligini ta’minlash Bugungi kun axborot almashinish vositalari bo‘lmish Internet, mobil aloqa, televideniya, radio va boshqalarning takomillashib, ommalashib borayotgan davrda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda tashkilotlarda axborot tizimlari va resurslari axborot xavfsizligini ta’minlash dolzarb masalaga aylanib bormoqda. Bugungi kunda axborot xavfsizligini ta’minlash qay darajada amalga oshirilmoqda degan savolga javob izlagan mutaxassislar bu sohada davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda tashkilotlarni 3 guruhga ajratishgan. 1-guruh. Tashkilotda axborot xavfsizligi bilan hech kim shug‘ullanmaydi. Axborot xavfsizligini ta’minlash dasturiy ta’minot orqali amalga oshiriladi. (Kod ya’ni parol, foydalanishlarni chegaralash va h.k). Barcha savollar tarmoq administratori doirasida hal etiladi. 2-guruh. Axborot xavfsizligi texnik masala sifatida qaraladi. Bu guruhda axborot xavfsizligini ta’minlash maqsadida 1-guruh amallariga qo‘shimcha ravishda nusxa ko‘chirish, antiviruslar, tarmoqlararo ekran (Firewall) ishlatiladi. 3-guruh. Axborot xavfsizligi tashkilot rahbariyati tomonidan texnikaviy va tashkiliy tadbir sifatida qaraladi. Axborot xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan dastur ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo‘lib, yuqoridagi guruhlardagi amallar bilan bir qatorda pochta va Internet xabarlari, himoyalanish darajasi analizi, ichki va tashqi audit amalga oshiriladi. Tashkilot xodimining ishchi kompyuterlarida mavjud axborotlarni muhofazalash bo‘yicha axborot xavfsizligi siyosati, axborot xavfsizligini ta’minlash borasida ichki normativ hujjatlar (Reglament, chora-tadbir, yo‘riqnoma va boshqalar), konfidentsial ma’lumotni oshkor etmaslik haqida kelishuv (mehnat 56 shartnomasiga qo‘shimcha band) normativ hujjatlarda tegishli bandlar kiritilgan bo‘lishi bilan birga quyidagi choralarni ko‘rish tavsiya etiladi: axborot xavfsizligi bo‘yicha xodimlar malakasini oshirish; tarmoq kabellarini o‘tkazishda texnik me’yor talablariga rioya qilish; kompyuterlar tizim bloklarini muhrlash; tizimlarga kirish parollarini o‘rnatish; administratorlik huquqini cheklash; USB-port, DVD-RW vositalaridan foydalanishni tartibga solish; Wi-Fi, 3G modem qurilmalaridan o‘zboshimchalik bilan foydalanishni ta’qiqlash; internet tarmog‘i trafigini nazorat qilish; litsenziyaga ega dasturli antivirus bilan ta’minlash va o‘z vaqtida antivirus bazalarini yangilab borish; tarmoqlararo ekran (Firewall) ni to‘g‘ri sozlash. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda tashkilotlar tomonidan yuqorida sanab o‘tilgan tadbirlarni amalga oshirish tashkilotning axborotlarni muhofazalashga yordam beradi. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling