Axborot kommunikatsion texnologiyalar
qiymati” parametri kiritilgandagina ma’noga ega bo‘ladi. 2.2 “Пороговое значение блокировки”
Download 1.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Axborot kommunikatsion texnologiyalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- CTRL+ALT+DEL
- “отключен” – “o‘chirilgan”
- 4.3§ Kompyuter virusi, vazifalari, turlari va ularga qarshi kurashish usullari
qiymati” parametri kiritilgandagina ma’noga ega bo‘ladi.
2.2 “Пороговое значение блокировки” – “Blokirovkaning chegaraviy qiymati”. Tizimga kirishning muvaffaqiyatsiz urinishlar sonini aniqlaydi, shundan so‘ng foydalanuvchining qayd yozuvi blokirovka qilinadi. Blokirovka qilingan qayd yozuvini administrator tomonidan blokirovka olib tashlanguncha yoki blokirovka vaqti tugagunga qadar ishlatib bo‘lmaydi. 1 dan 999 gacha qiymat berish yoki 0 qiymat berib qayd yozuvi blokirovkasini taqiqlab qo‘yish mumkin. CTRL+ALT+DEL tugmalari yoki ekran ko‘rinishi yordamida blokirovka qilingan ishchi stantsiyaga yoki bir qator serverlarga uzluksiz ravishda noto‘g‘ri parollarni kiritish tizimga kirishning muvoffaqiyatsiz urinishi bo‘lib hisoblanmaydi. Standart bo‘yicha: “отключен” – “o‘chirilgan”. Xulosa qilib aytganda, yuqoridagi ishlarni, ajarish orqali kompyuterdan ruxsat etilmagan begona shaxsning foydalanishini taqiqlash mumkin. Masalan, begona shaxs kompyuterga kelib 2 marta yoki 3 marta noto‘g‘ri parol kiritsa, u holda kompyuter bir necha minutga yoki soatga blokirovkaga tushib qoladi. Bu paytda, agar to‘g‘ri parol terilsa ham kompyuter blokirovkadan chiqmaydi, toki blokirovka vaqti tugamaguncha. 4.3§ Kompyuter virusi, vazifalari, turlari va ularga qarshi kurashish usullari Kompyuter virusi - bu o‘lchami katta bo‘lmagan, maxsus yozilgan dastur bo‘lib, u o‘zining nusxalarini yaratish va ularni boshqa dasturlarga, kompyuterning tizim sohalariga, kompyuter tarmoqlariga joylashi mumkin. Ichida virus bo‘lgan dastur «zararlangan» deyiladi. Bunday dasturni ishga tushirilganda boshqaruvni avval virus amalga oshiradi. Virus boshqa dasturlarni topadi va zararlaydi, 76 shuningdek qandaydir buzg‘unchi harakatlarni bajaradi (masalan, diskdagi fayllarni va shu fayllar joylashgan jadvalni ishdan chiqaradi (buzadi), operativ xotirani bo‘lar-bo‘lmas «musor» bilan to‘ldiradi va h.k.). Virus o‘zini yashirish maqsadida dasturni zararlantirish harakatlari har doim ham bajarilavermaydi. Ular faqat muayyan sharoitda amalga oshadi. Virus kerakli harakatlarni bajarib bo‘lgandan so‘ng, boshqaruvni o‘sha o‘zi o‘rnashib olgan dasturga beradi (virus shu dasturning ichida yotadi) va u oldingidek ishlayveradi. Shu bilan bir qatorda virus bilan zararlangan dastur xuddi viruslanmagan dastur kabi faoliyat ko‘rsatadi. Mavjud bo‘lgan viruslarning ko‘pchiligi yadro tizimli fayllarni afzal ko‘radilar, chunki ko‘p zamonaviy kompyuterlarda fayllar tizimi bir xil nomlanadi. Masalan, viruslar aksariyat hollarda, command.com fayliga birlashadi va dir buyrug‘i bilan boshqa disk va direktoriyalarga tarqaladi. Ko‘p hollarda tizimning zararlanishi kiritish-chiqarish jarayoniga murojaat qilganda ro‘y beradi. Aslini olganda, viruslar tizimlarga birikib ketish uchun har qanday yo‘llarni ishlatishadi, shuning uchun ham zararlanmaydigan tizimlar yo‘qdir. Shaxsiy kompyuterlarga viruslar tushushining asosiy yo‘li bo‘lib zararlangan fleshkalar xizmat qiladi. Shunday viruslar mavjudki, ular energiyaga bog‘liq bo‘lmagan xotiraga yashirinib olib (qattiq magnitli disk (Hard)), tizimni tozalashda juda katta qiyinchiliklar tug‘diradilar. Hatto haqiqiy firma belgisiga ega bo‘lgan, arxivlangan dastur ham virusdan holi ekanligiga hech kim kafillik bera olmaydi. Viruslar ko‘payishi shartli ravishda 5ta fazaga bo‘linishi mumkin: kompyuterga kirib olish; virusning faollashishi; zararlash uchun obyektlarni qidirish; virus nusxalarini tayyorlash; virus nusxalarini joylash. Xar bir fazani alohida ta’riflaymiz. – Kompyuterga kirib olish. Viruslar kompyuterga zararlangan fayllar, disklarning yuklanish sektori orqali, flesh disklar, yoki tarmoq orqali kirib olishi 77 mumkin. Kirib olish vaqtida chervlardan farqi shundaki, ular hech qanday noxushliklarni amalga oshirmaydi. – Virusning faollashishi. Buning uchun zararlangan obyekt ishga tushishi kerak. Bu fazada viruslar zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan obyektlariga ko‘ra turlarga bo‘linadilar. – Zararlash uchun obyektlarni qidirish. Bu fazada viruslar o‘zlarini ikki xil tutishi mumkin: Boshqaruvni olgan virus zararlash uchun birinchi obyektni topgach ishni o‘zi joylashgan faylga beradi. Boshqaruvni olgan virus xotirada joylashib olib o‘zi ishlayotgan muhit ishini tugatguncha zararlash obyektlarini to‘xtovsiz qidiradi. – Virus nusxalarini tayyorlash. Virus nusxalarini tayyorlash oddiy nusxa olishdan ko‘ra farqli bo‘lib, mualliflar ularni har xil yo‘llar bilan yashirishga urinishadi. Asliga o‘xshamagan nusxalar tayyorlash texnologiyalari xilma-xildir. – Virus nusxalarini joylash. Bu ish ikkita bir-biridan farqli usullar bilan amalga oshirilishi mumkin: Virus kodini zararlanishi kerak bo‘lgan obyektga joylash; Obyektni virus nusxasiga almashtirish. Almashtirilayotgan obyekt, qoidaga ko‘ra nomi o‘zgartiriladi. Birinchi usul viruslarga xos, ikkinchisi esa ko‘pincha troyan va chervlar tomonidan qo‘llaniladi. Kompyuter virusi qanday namoyon bo‘ladi degan savol amaliyotda ko‘p uchraydi. Quyida kompyuterga virus tushganligining ba’zi belgilarini sanab o‘tamiz: • Kompyuterdagi dasturlar avvalgiga nisbatan sekinroq yuklanadi; • Ba’zi papkalarda sizga notanish fayllar paydo bo‘lib qoladi yoki aksincha, bir xil fayllar yo‘qolib qolishi mumkin; • Sizga tushunarsiz sabablarga ko‘ra, fayl yoki dasturlarning hajmlari o‘zgarib qoladi, yo ortadi yoki kamayadi; • Ekranda tushunarsiz yozuv yoki grafikalar paydo bo‘lib qoladi; 78 • Diskdagi bo‘sh joy o‘z-o‘zidan kamayib ketadi; • Fayllarning nomlari yoki kengaytmalari o‘zgarib qoladi; • Klaviaturadagi tugmachalar bosilganida dinamikdan har xil tovushlar chiqadi; • Qattiq diskka murojaat qilib bo‘lmay qoladi. • Kompyuter ishlashi sekinlashadi; • Ba’zi bir fayllar buziladi yoki ularning hajmi ortiqcha har xil yozuvlarni qo‘shish hisobiga o‘zgaradi, kattalashadi; • Tezkor xotiraning bo‘sh joyi qisqaradi; • Qattiq magnitli diskdan dasturlarni yuklash qiyinlashadi yoki umuman yuklanmaydi va h.k. Shuni ta’kidlash kerakki, dasturlar va hujjatlar matnlari, berilganlar bazasining axborot fayllari, jadvallar va boshqa shunga o‘xshash fayllar zararlanmaydi. Ular faqat buzilishi mumkin. Virus asosan ikkit qismdan iborat bo‘lib, ularni biri virus ikkinchisi shifrlovchi deb ataladi. Virusning har bir nusxasi shifrlovchi, qandaydir kalit va shu kalit bilan shifrlangan virusdan tashkil topadi. O‘zi differentsiallanuvchi viruslar esa, o‘zini formasini takomillashtiradi. Ko‘p viruslar boshqalar uning ishlash mexanizmini sezib qolmasliklari uchun o‘zining katta qismini kodlangan holda saqlaydi. Bu albatta bunday viruslarni topishda qiyinchiliklar tug‘diradi. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling