Axborot kommunikatsion texnologiyalar
Download 1.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Axborot kommunikatsion texnologiyalar
5.3§ Kod ovlovchilar
Birovning shifr sistemalarini kodini o‘g‘irlab sotish, mashina signalizatsiyalari o‘ylab topilishidan oldin boshlangan. Hatto bunday o‘g‘rilik yuqori davlat idoralari orasida katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Masalan Ikkinchi jahon urushi yillarida Yaponiyaning Evropadagi razvedkasi Germaniyaga Yugoslaviya genshtabining kodini va Braziliya, Vatikan, Portugaliya i Turkiya davlatlari diplomatik aloqa kodlarini sotishga muvofaq bo‘lgan. Amerikalik Djon Entoni Uoker 20 yil SSSR ga AQShning HDK (Harbiy Dengiz Kuchlari) raketalarini boshqarish sistemalari kalitlarini sotishga erishgan. SSSR tarafidan esa shu yo‘sindagi “tadbirkorlik” bilan polkovnik Oleg Penkovskiy shug‘ullangan. Tarixchilarni aytishicha polkovnik SSSR mudofaa sistemasini ochishiga bir bahiya qolgan. 91 Polkovnik Oleg Penkovskiy Djon Entoni Uoker Tarixdagi birovni kodini o‘g‘irlash uchun eng yirik bo‘lgan operatsiyaning nomi “Djennifer”. Bu operatsiya 1970 yillarda AQSh tomonidan o‘tkazilgan. Bu operatsiyani amalga oshirish uchun Glomar Explorer nomli yirik kema quriladi. Glomar Explorer tabiatshunoslik izlanishini bahona qilib, 1968 yili Atlantika okeaning 5000 m tubiga cho‘kib ketgan, maqsadi Sovet M - 129 kemasini taftish bo‘lgan. “Djennifer” operatsiyasi mualliflarining fikricha M - 129 ning ichida Sovet HDK suv osti kemalari va sohil radio idoralarining ma’lumot almashinuvini ta’minlovchi shifr sistema kalitlari bo‘lgan. Bunday “tadbirkorlik”ni kriptoanaliz nazariyalari bilan shug‘ullanuvchi davlat idoralari ham chetlab o‘tishmagan. Masalan tarixda Marfin sharashkalari (Maxsus qamoqxona) nomi bilan mashhur Sovet NII-2 xodimlarini keltirsa bo‘ladi. Keyinchalik harbiy va diplomatik shifrlash qurilmalarini ochish bilan KGB ning 16 – bo‘limi ish yuritgan. Ular “Sovuq urush” davridagi eng kuchli EHM – Bulatdan foydalanishgan. Qurilma Vernadskoy mavzesidagi baland imoratga joylashtirilgan bo‘lgan. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling