Axborot kommunikatsion texnologiyalar


Download 1.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/82
Sana09.11.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1759002
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   82
Bog'liq
Axborot kommunikatsion texnologiyalar

Kodlashtirish uchun tez-tez ishlatiladigan iboralar to‘plamini o‘z ichiga 
oluvchi kitob yoki jadvallardan foydalaniladi. Bu iboralardan har biriga, ko‘p 
hollarda, raqamlar to‘plami bilan beriladigan ixtiyoriy tanlangan kodli so‘z to‘g‘ri 
keladi. Axborotni kodlash uchun huddi shunday kitob yoki jadval talab qilinadi. 
Kodlashtiruvchi kitob yoki jadval ixtiyoriy kriptografik o‘zgartirishga misol 
bo‘ladi.
Kriptografik o‘zgartirishning ikkinchi turi shifrlash o‘z ichiga – boshlang‘ich 
matn belgilarini anglab olish mumkin bo‘lmagan shaklga o‘zgartirish altoritmlarini 
qamrab 
oladi. 
O‘zgartirishlarning 
bu 
turi 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalariga mos keladi. 
Kriptografiya sohasidagi barcha izlanishlar ancha vaqtgacha yopiq bo‘lgan, 
biroq keyingi yillarda matbuotda ochiq chop qilina boshlangan. 
Kriptografiyaning asosiy tushunchalari va printsiplari. 
Jo‘natuvchi va Oluvchi: 
Faraz qilaylik jo‘natuvchi oluvchiga xabar yuborishi kerak. Bundan tashqari 
jo‘natuvchi o‘zining xabarini xavfsiz, ya’ni uni ushlab qoluvchi uni o‘qiy 
olmaydigan tarzda yubormoqchi. 
Xabar va shifrlash: 
Xabarning o‘zi ochiq matn deb ataladi. Xabarning ko‘rinishini va ma’nosini 
o‘zgartirish shifrlash (шифрование) deyiladi. Shifrlangan xabar shifr matn (shifr 


88 
tekst) deb ataladi. Shifr matnni, ochiq matnga aylantirish jarayoni deshifrlash 
(дешифрование) deyiladi. 
Sirli (maxfiy) aloqalar sohasi kriptologiya deb aytiladi. Ushbu so‘z yunoncha 
«kripto» – sirli va «logus»xabar ma’nosini bildiruvchi so‘zlardan iborat. 
Kriptologiya ikki yo‘nalish, ya’ni kriptografiya va kriptotahlildan iborat. 
Kriptografiyaning vazifasi xabarlarning maxfiyligini va haqiqiyligini 
ta’minlashdan iborat. 

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling