Axborot kommunikatsion texnologiyalar
Download 1.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Axborot kommunikatsion texnologiyalar
Viruslardan himoyalanishning asosiy vositalari. Eng yaxshi himoya turi -
viruslarni qay tarzda ta’sir etishini bilishdir. Viruslar oddiy dasturlar bo‘lib, biror g‘aroyib kuchga ega emaslar. Kompyuter viruslar bilan zararlanishi uchun undagi biror-bir zararlangan dasturning ishlashi talab qilinadi. shuning uchun kompyuterning birlamchi zararlanishi quyidagi hollarda ro‘y beradi: kompyuterdagi virus bilan zararlangan dasturlar yuklanishi (COM, BAT yoki EXE fayllar) yoki moduli zararlangan dasturning ishlatilishi; kompyuterga virusli fleshkaning qo‘yilishi; kompyuterga qurilmalarning zararlangan drayverlarini o‘rnatilishi. 79 Viruslardan quyidagi usullar bilan himoyalanish mumkin: Fleshka ma’lumotlarni o‘qishda albatta virus borligiga tekshirish; axborot nusxalarini ko‘chirish, shuningdek disklar va axborotni saqlash uchun ishlatiladigan umumiy qoidalardan foydalanish, disklarni jismoniy zararlanishdan, dasturlarni esa buzilishdan saqlash; axborotdan noqonuniy foydalanishning oldini olish uchun dasturlardan foydalanishni cheklash, xususan, dastur va ma’lumotlarning viruslar ta’sirida o‘zgarishidan, noto‘g‘ri ishlayotgan dasturlar va foydalanuvchilarning noto‘g‘ri harakatlaridan himoya qilish; viruslar bilan zararlanish ehtimolini kamaytiruvchi chora-tadbirlar; viruslar bilan kurashuvchi maxsus dasturlardan foydalanish. Zararli dasturlarning asosiylari bilan tanishib chiqamiz. Troyan (troya otlari). Tarixdan Troya urushi haqida o‘qiganmisiz? O‘shanda dushman tomon sovg‘a qilgan bahaybat ot haykali ichida yashirinib olgan askarlar tunda chiqib, qal'a darvozasini ochganlar. Troyanlar ham xuddi shunday ish ko‘radi – kodek, skrinseyver kabi xavfsiz ilovalarga o‘xshab ko‘rinadilar, kompyuterga tushib olgach esa, g‘arazli ishlarini boshlab yuboradilar. Masalan, troyan o‘zining nomini new_game.exe kabi qiziqarli va bir qarashda zararsiz dasturga o‘zgartirib oladi. Ushbu dastur yuklab olingandan keyin, yoki umuman ishlamaydi, yo yuklanishda xato yuz bergani va dastur yopilishi haqida xabar chiqadi. Lekin, shuning o‘zi troyanga buzg‘unchligini qilib olish uchun yetarli. Bekdorlar (backdoor). Bu – tizimni masofadan turib, ruxsatsiz va yashirin boshqarish dasturlaridir. Ular foydalanuvchi uchun an'anaviy bo‘lgan har qanday amallarni – klaviaturada terish, kursorni yuritish, darcha va ekrandagi narsalarni ko‘rish, tashqi qurilmalarni ishlatish kabilarni bajarish imkonini beradi. Bekdorlar muhim axborot bilan ishlaydiganlar, moliyaviy tizimga kiriladigan kompyuterlar uchun o‘ta xavflidir. Ushbu dasturning asosiy vazifasi – kompyuter tizimiga yashirin ravishda barqaror kirib turishni ta’minlashdir. 80 Spyware va Adware . Ularning asosiy vazifasi shaxsiy ma’lumotlarni yig‘ish va bevosita yoki bilvosita moddiy manfaatga ega bo‘lishdan iborat. Adware («Reklama mahsuloti») – foydalanuvchi xohishiga bog‘liq bo‘lmagan reklamalar namoyish etadi; Spyware («Josus mahsulot») – adware dan ko‘ra ancha xavfli. Bu dastur foydalanuvchi harakatlarini kuzatib boradi, kiberjinoyatchilarga shaxsiy ma’lumotlar, kompyuter konfiguratsiyasi, terilgan matn va turli akkauntlarga parollar kabilarni yetkazib berib turadi. Eng yomon tomoni – antivirus dasturlar har doim ham bunday viruslarni topa olmaydi. Rutkitlar. Ular dasturiy va tizim so‘rovlari natijalarini «ushlab olib», almashtirib qo‘yish orqali, zararli dastur yoki jinoyatchining faoliyatini yashirish uchun mo‘ljallangan. Masalan, antivirus kompyuterda viruslar bor-yo‘qligini tekshirish uchun, operatsion tizimdan fayllar ro‘yxatini «so‘raydi». Rutkit esa, operatsion tizim taqdim etgan ro‘yxatni «ushlab olib», undan bekdor viruslarini olib tashlab, antivirusga «topa-toza» fayllargina bor ro‘yxatni beradi. Natijada antivirus hech qanday shubhali narsa topa olmaydi. Bot/Zombi. Botlar va zombilarni zararli dasturlarni boshqarish usuli desak ham bo‘ladi. Ko‘p hollarda troyanlar va bekdorlar yangi talqinlarni yuklash, spamlar tarqatish va boshqa ko‘rsatmalarni olish uchun o‘z egalari, «ona» tarmoqlariga bog‘lanib turadilar. Bunda bot va zombilar keng tarqalgan aloqa usullaridan ham (masalan, ICQ), o‘zlari uchun alohida ishlab chiqilgan bog‘lanish yo‘llaridan ham foydalanishlari mumkin. Aynan botlar va zombilar yashirin Internet-trafik oqimini yuzaga keltiradi (Internet orqali ma’lumotlar yuklab oladi va jo‘natadi) va shu orqali kompyuter foydalanuvchisining hamyonini ship-shiydam qilishga hissa qo‘shadi. Chuvalchang (Worm). Bu dastur qattiq diskda, kompyuter xotirasida ko‘payadi va tarmoq orqali tarqaladi. «Chuvalchang»larning boshqa viruslardan asosiy farqi shundaki, ularning o‘zlari bevosita hech qanday zarar keltirmaydi, faqat o‘zidan-o‘zi ko‘payib yotaveradi. Bundan maqsad xotirani to‘ldirib, operatsion tizim faoliyatini sekinlatishdir. Lekin, chuvalchanglar boshqa viruslar 81 uchun baza vazifasini ham o‘taydi. Masalan, ba’zida bu dasturlar ishga tushganda, u kompyuterni bot-tarmoqqa ulaydi va bu mashinaga yashirin kod o‘rnatib qo‘yadi, ya’ni Internetdan kompyuterga «maxfiy tuynuk» ochadi. Viruslarning birgalikda ishlashi. Viruslarning turlari har xil bo‘lishiga qaramay, odatda hammalari «kelishib» ishlaydilar. Bir-birlarini yashiradilar, yangilangan ko‘rinishlarining yuklanishiga yordam beradilar. Chuvalchanglar bekdorlar uchun makon bo‘lishadi va tarmoqlarda birlashishga xizmat qiladi, troyanlar parollarni o‘g‘irlab, spyware viruslarini o‘rnatadilar va h.k. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling