Axborot kommunikatsion texnologiyalar
Download 1.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Axborot kommunikatsion texnologiyalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.1-rasm. Enigma shirflash qurilmasi
5.4§ XX asrning maxfiy siri
Kriptoanalitiklarni e’tiborini qozongan eng mashhur ma’lumotlarni himoyalovchi qurilma bu – “Enigma” (Maxfiy) qurilmasi hisoblanadi. Mazkur qurilma nemis injeneri Arturom Sherbiusom tomonidan ixtiro qilingan. Tuzilishiga 92 ko‘ra “Enigma” oddiy avtomobil’ odometr 3 ini eslatadi: uchta rotordan (shifrodisk) iborat bo‘lib, elektr moslamalar yordamida oldinma keyin joylashgan bo‘lgan. Operator ochiq tekstdagi biror bir harfni qo‘rilmaga yozmoqchi bo‘lsa, qurilmadagi mos klavishani bosishi kerak bo‘lgan. Klavisha bosilganidan so‘ng signal uchta shifrdiskda joylashgan aloqa putanitsalaridan o‘tadi. Shundan so‘ng hosil bo‘lgan ma’lumot reflektor bo‘limiga o‘tar, undan esa boshqa yo‘l “elektr yo‘l” orqali ortga qaytar edi. Shundan so‘ng birinchi disk bir pozitsiyaga o‘zgarar edi. Shu sababdan kiritilayotgan keyingi harfning shifri butunlay boshqa qoidaga asosan hosil bo‘lar edi. Operator 26 ta harfni kiritganidan so‘ng birinchi disk o‘zining boshlang‘ich holiga qaytar, ammo ikkinchi disk bir pozatsiya o‘zgarar edi. “Enigma” qurilmasi yordamida ma’lumotni tezda shifrlash uchun to‘rt kishidan iborat brigada guruhi zarur bo‘lgan: birinchisi ochiq tekstni o‘qib turgan, ikkinchisi tekstni klaviatura yordamida terib turgan, uchinchisi indikatordan chiqqan shifrlangan ma’lumotni o‘qib turgan, to‘rtinchisi esa o‘qilayotgan shifr tekstni telefon yoki boshqa qurilmalar orqali uzatib turgan. “Enigma” shifr tekstlarining kalitlari bo‘lib, rotorlarning boshlang‘ich holi va elektron kommutatsiya zanjirlari hisoblangan. Kalitlarni topish kombinatsiyasining ehtimoli 92 ta nollardan iborat bo‘lgan raqam bo‘lgan. 5.1-rasm. Enigma shirflash qurilmasi 3 Odometer - oddiy hisoblagich – g‘ildirakning aylanishlarning sonini o‘lchash uchun qurilma. Odometr yuriladigan masofani indikatorda o‘qishga aylantiradi. Odatda odometr ko‘rsatkichni va g‘ildirakning aylanishiga bog‘liq ko‘rsatkichni (datchik) o‘z ichiga olgan o‘lchash vositasidan iborat. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling