Axborot kommunikatsion texnologiyalar
§ Simmetrik va asimmetrik kriptotizimlar
Download 1.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Axborot kommunikatsion texnologiyalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- (simmetrik algoritmlar)
- (assimmetrik algoritmlar)
5.5§ Simmetrik va asimmetrik kriptotizimlar
Hozirgi kunda kriptotizimni ikki sinfga ajratish mumkin: simmetriyali bir kalitlilik (maxfiy kalitli); asimmetriyali ikki kalitlilik (ochiq kalitli). Yopiq kalitli shifrlar xabarni shifrlash va uni deshifrlashda qandaydir axborotdan (yopiq kalitdan) foydalanilishi bilan tavsiflanadi. Shuning uchun ular bir kalitli shifrlar (simmetrik algoritmlar) deb ham aytiladi. 5.2-rasm. Simmetrik algoritmlarda shifrlash jarayoni Ochiq kalitli shifrlarda ikkita ochiq va yopiq kalit ishlatiladi, bittasi xabarni shifrlash uchun ishlatilsa ikkinchisi uni deshifrlash uchun ishlatiladi. Bunday shifrlarni ikkita (ochiq) kalitli shifrlar (assimmetrik algoritmlar) deb ham aytiladi. 5.3-rasm. Assimmetrik algoritmlarda shifrlash jarayoni Ochiq kalit haqida barcha xoxlovchilarga ma’lumot beriladi (nashr qilinadi), yopiq (maxfiy) kalit esa, xabar egasining o‘zida xabar maxfiyligining garovi sifatida saqlanadi. Ushbu usulning ma’nosi shundaki, yopiq kalit bilan shifrlangan matn faqatgina ochiq kalit bilan ochilishi mumkin va aksincha. Ya’ni yopiq kalit qabul qilinadigan axborot pinxonaligini ta’minlash uchun yaratilganda shifrni ochish kaliti bo‘lib xizmat qiladi. Bunda kimga pinxona axborot jo‘natiladigan bo‘lsa, 94 shuning oshkora kalitidan foydalanib shifrlangan axborot jo‘natiladi. Bunday axborotning shifrini faqat yagona yopiq kalit egasigina ocha oladi. Kalitlar juft bo‘lib ishlab chiqiladi va bir-biri bilan muvofiqlikka ega. Biroq bitta kalitdan ikkinchisini hisoblab chiqarishning iloji yo‘q. Bu turdagi shifrlarning ahamiyatli tomoni shundaki, yopiq kalit faqat bitta shaxsga ma’lum bo‘lishidir, birinchi turdagi shifrlarda u eng kamida ikkita shaxsga ma’lum bo‘lishi kerak edi. Bu quyidagi afzalliklarni beradi: Yopiq kalitni uzatishda himoyalangan kanalning zarur emasligi, aloqa ochiq kanal orqali amalga oshiriladi; Kalit nusxasining yagonaligi uning harajatlarini kamaytiradi va uning maxfiyligini saqlashda aniq shaxsiy majburiyat yuklashga imkon beradi; Ikkita kalitning mavjudligi shifrlash sistemasidan ikkita rejimda maxfiy aloqa va elektron imzodan foydalanish imkonini beradi. Kriptografiya himoyasida shifrlarga nisbatan quyidagi talablar quyiladi: • yetarli darajada kriptomustahkamlik; • shifrlash va qaytarish jarayonining oddiyligi; • axborotlarni shifrlash oqibatida ular hajmining ortib ketmasligi; • shifrlashdagi kichik xatolarga ta’sirchan bo‘lmasligi. Ushbu talablarga quyidagi tizimlar javob beradi: • o‘rinlarini almashtirish; • almashtirish; • gammalashtirish; • analitik o‘zgartirish. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling