Axborot kommunikatsion texnologiyalar
Download 1.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Axborot kommunikatsion texnologiyalar
kriptomustahkamlik
hisoblanadi. 5.2§ Mashhur kriptografiya KeeLog (shifrlash va shifrni ochish bitta kalit yordamida amalga oshiriladi) kodlash sistemasining asosi bo‘lib, simmetrik blokli (shifrlash 32 bitdan iborat bloklar yordamida amalga oshiriladi) algoritm tanlangan. Brelokdagi tugma bosilganidan so‘ng kodni aniqlagich uning raqamini aniqlaydi, qancha marta bosilganlik sonini birlikka ko‘paytiradi (sinxron hisoblagich (schetchik)), shundan so‘ng 12 bitdan iborat bo‘lgan raqamni va sinxron hisoblagich qiymatidan iborat bo‘lgan signalni dinamik qismini shifrlaydi. Shundan so‘ng signalga doimiy kod qiymati yuklatiladi (u o‘z navbatida tugma raqami va 28 bitdan iborat bo‘lgan qaytarilmas seriya raqamiga bog‘liqdir). Shundan so‘ng buyruqlar “muomalaga” kiritiladi. Signalni qabul qilish trakti moslamaning seriya raqamini o‘zgartiradi, 90 kalit yordamida moslamani o‘zgartirilayotgan qismidagi shifrni ochadi, diskriminatsiya qiymatini sinxroan hisoblagich ko‘rsatkichi va undan oldin saqlangan qiymat bilan mos keladigan daraja oralig‘ida o‘zgartiradi. Shundan so‘ng sinxron hisoblagich ko‘rsatkichi qayta yoqiladi, shifrni ochish ma’lumotlar orasidan bosilgan tugmaning nomeri topiladi. Ushbu topilgan nomer, kodning doimiy qismiga yuborilgan qiymat bilan solishtiriladi. Agar barcha parametrlar mos kelsa, u holda buyruq bajariladi. O’z o‘zidan KeeLog kripto himoya vositasi mahfiy deb hisoblanmaydi, bu algoritm Microchip kompaniyasining ochiq hujjatlarida namoyish qilingan. Biroq bu signalizatsiya moslamasini ishlatish uchun 64 bitga teng bo‘lgan maxfiy himoya kalitini bilish zarur. Bunday kalitlar korxonadan chiqayotgan briloklar xotirasiga qaytarilmas – individual tarzda yoziladi. Kalitni matematik metodlar yordamida topishni tassavurga sig‘dirib bo‘lmaydi: kompyuter yordamida barcha 18446744073709551616 ta variantni hisoblab chiqish uchun 29247 yil kerak bo‘lar ekan. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling