Axborot kommunikatsion texnologiyalar
Download 1.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Axborot kommunikatsion texnologiyalar
86 V BOB. AXBOROTLARNI KRIPTOGRAFIK HIMOYALASH USULLARI 5.1§ Kriptografiyaning paydo bo‘lishi va asosiy tushunchalar Kriptografiya tarixi bir necha ming yillikka borib taqaladi. Yozuvni yashirishga extiyoj odamzod yozishni o‘rgangandan keyingina paydo bo‘lgan. Bu extiyoj harbiy va diplomatik ma’lumotlarni yashirincha uzatish zaruratidan kelib chiqqan. «Kriptografiya» atamasi grek tilidan tarjima qilinganda «yashirish, yozuvni berkitib qo‘ymoq» ma’nosini bildiradi. Atamaning ma’nosi kriptografiya kerakli ma’lumotni yashirin saqlash va himoyalash maqsadida qo‘llanishini anglatadi. Kriptotizimning eng mashhur tarixiy shifriga misol qilib, Eramizning 56-yili Yuliy Sezar dushmanlari bilan urush vaqtida shirflashning almashtirish turini qo‘llagan. Ochiq matn alfaviti ostiga sikl bo‘yicha (Sezarda uchta pozitsiyaga) siljitish orqali shu alfavit yozilgan. Shifrlashda ochiq matndagi alfavitlar, ya’ni yuqori qismda joylashgan harflar quyi qismdagi mos harflar bilan almashtirilgan. Bu turdagi shifrlash Yuliy Sezargacha ma’lum bo‘lgan bo‘lsa-da, lekin bunday shifrlash usuli uning nomi bilan yuritiladi. Masalan, “A” “D” ga almashtirilgan, “B” esa “E” ga va haqazo. Ikkinchi jahon urushi davrida partizanlar harakatidagi deyarli har bir otryadda dushmanga qarshi ishlatish uchun radiostantsiya bo‘lgan. Partizanlardagi mavjud shifrlar bardoshsiz edi, shuning uchun nemis deshifratorlari ularni darrov deshifrlashgan. Bu esa harbiy hujumlarda yo‘qotishlarga sabab bo‘lgan. Biroq partizanlar ham bu borada ayyor va kashfiyotchi bo‘lishgan. Ularning usullari judayam oson bo‘lgan, ya’ni ular ochiq matnni bir nechta grammatik xatolar bilan masalan, «Proshsli tro‘ eshshelona z tnkami» shifrlab uzatishgan. Natijada uni deshifrlaganda oddiy rus odami tushunadigan bo‘lgan. Biroq nemis kriptoanalitiklari bunday usul oldida ojiz qolishgan, ular rus tilida uchrashi mumkin bo‘lmagan «tnk» va shu kabi so‘zlarga duch kelib, bu xato deshifrlangan deb o‘ylashgan. Bu sodda yani xonaki usul bo‘lib ko‘rinsada, haqiqatan ham 87 judayam samarali bo‘lib, hozirgi kunda ham ishlatiladi. Umuman aytganda urushdan oldingi kriptografiya judayam zaif va fanda jiddiy faxriy nomga ega bo‘lmagan. Biroq shavqatsiz harbiy extiyoj, olimlarni kriptografiya va kriptoanaliz muammolari bilan jiddiy shug‘ullanishga majbur qilgan. Dastlabki erishilgan muvaffaqiyatlardan birinchisi bo‘lib «Enigma» etarli katta bardoshli mexanik shifrator va deshifrator vazifasini bajaruvchi nemis yozuv mashinasi hisoblanadi. Kriptografiya usullarini qo‘llashning ba’zi birlarini ko‘rib chiqamiz. Uzataladigan axborotning ma’nosini yashirish uchun ikki xil o‘zgartirishlar qo‘llaniladi: kodlashtirish va shifrlash. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling