- Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) – ma’lumotlarni o’zida to’plash, saqlash, qayta ishlash, ulardan foydalanish vositalari orqali barcha sohalarda keskin rivojlanishga imkon yaratib beruvchi texnologiyalar. Bu texnologiyaning asosini axborot (informatsiya) va ularni qayta ishlash vositalari (asosan kompyuterlar) tashkil qiladi. Bu
- texnologiyadan hozirgi vaqtda deyarli barcha sohalarda keng foydalanilmoqda. Shu jumladan ta’lim tarbiya jarayonida ham. Bu texnologiyadan ayniqsa ta’lim jarayonida boshqa sohalarga nisbatan samaraliroq foydalanish imkoniyatlari mavjud va dunyo miqyosida keng tadbiq etilgan.
- Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish kabi zamonaviy tarmoqlar taraqqiyotida, xizmat ko’rsatish, xavfsizlikni ta’minlash, ijtimoiy sohalar, ilm-fan va texnikani rivojlantirishda muhim o’rin tutadi. Hozirgi kunda jamiyatni yuqori texnologiyalarsiz, kompyuterlarsiz, global tarmoqqa ulanmasdan va axborot resurslaridan foydalanmasdan rivojlantirib bo’lmaydi. Ular ijtimoiy hayotning ajralmas qismi va mamlakat taraqqiyotining mezoniga aylanmoqda.
- Ta'limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashda pedagogning asosiy vazifalari. Yurtimizda barcha tarmoqlar kabi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ham jadallik bilan rivojlanib borishi pedagoglar oldiga yangidan – yangi vazifalarni yuklamoqda. Ushbu tarmoqni yetuk malakali kadrlar bilan ta'minlash zamon talabi bo‘lib, talimda axborot texnalogiyalarini qo‘llash pedagogdan quyidagilarni bilishni talab qiladi:
- - axborotdan jarayon sifatida bilim olish va ijod qilish;
- - fan-texnika va madaniyatdagi axborot va kreativ jarayonlar;
- - axborotda jamiyatni rivojlantirish muammolari;
- - sun'iy intellektning axborot tizimlari va bilim berish usullari;
- - axborotlashning texnik vositalari va telekommunikatsiya vositalari;
- - o‘quv materiallari haqida axborotli ma'lumot tizimini bilish va qo‘llay olish;
- Ta'lim jarayonida axborot – kommunikatsion texnologiyalardan foydalanishda quyidagi bosqichlarga e'tibor qaratish kerak: ta'lim oluvchilarda o‘quv materiallarini taqdim etish va tushuntirish bosqichi,
- Kompyuter bilan o‘zaro muloqot jarayonida o‘quv materiallarini o‘zlashtirish bosqichi; O‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni takrorlash hamda mustahkamlash bosqichi; Erishilgan yutuq va natijalarini o‘zini – o‘zi tekshirish orqali nazorat qilish bosqichi; Nazorat bosqichi; O‘zini – o‘zi, shuningdek, nazorat bosqichlari natija va xulosalariga ko‘ra o‘quv materiallarining taqsimlanishi, tasniflanishini, tizimga solinishini korreksiyalash, tuzatishlar kiritish bosqichi.
Do'stlaringiz bilan baham: |