Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati


Download 9.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/103
Sana09.02.2017
Hajmi9.86 Mb.
#51
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   103

 

CD 

qisq.: Compact Disc 

qarang: ixcham disk 

 

CDCS 

qisq.: Continuous Dynamic Channel Selection 

Kanalni  uzluksiz  dinamik  tanlash.  DECT  da 

kanal tanlash usuli. 

 

CDDI 

qisq.: Copper Distributed Data Interface 

FDDI  arxitekturasini  5  toifadagi  o‘rama 

juftlikda  RJ-45  ulash  uyalari  bilan  sof  elektrik 

tarzda 


amalga 

oshirilishi. 

Optik 

amalga 


oshirilish usuliga qaraganda ancha arzon, ammo 

segment  uzunligi  100  m  bilan  cheklanadi, 

mahalliy  halqalarda  ishlatiladi.  Bunda  turli 

ishlab  chiqaruvchilarning  apparatlari  o‘zaro 

aloqada  to‘g‘ri  ishlashi  amalga  oshirishida 

kafolatlanmaydi. 



 

CDE 

qisq.: Common Desktop Environment 

CADDIF 


 

 

341 


Stol  ustidagi  kompyuterlar  uchun  umumiy 

muhit. 


 

CDF 

qisq.: Channel Definition Format 

Kanalni  tavsiflash  formati.  Axborot  kanalini 

tavsiflash uchun XML tiliga asoslangan format. 

Axborotni  nashr  etuvchilardan  obunachilarga 

avtomatik tarzda yetkazishni ta’minlaydi. 

 

CDFS 

qisq.: Compact Disk File System 

Ixcham-diskning fayl tizimi, CDFS fayl tizimi. 



 

CDI 

qisq.: Compact Disk Interactive 

(xuddi  shunday  CD-I  ham).  O‘zaro  faol 

ixcham-disk. 

Ixcham-diskka 

yozish 

formatlaridan biri. 



 

CDIF 

qisq.: Case Data Interchange Format 

CASE-tizimlar 

uchun 

ma’lumotlar 



bilan 

almashish formati, CDIF spetsifikatsiyasi. 



 

CDM 

qisq.: 

1. Code Division Multiplex – (kanallarni) Kodli 

ajratish bilan to‘plamli uzatish. 

2.  Conceptual  Data  Model  –  Ma’lumotlarni 

konseptual  modeli.  Relyatsion  ma’lumotlar 

bazasini,  uning  jismoniy  amalga  oshirilishini 

hisobga olmaydigan mavhumlashgan modeli. 

 

CDMA 

qisq.: Code Division Multiple Access 

qarang:  kodli  ajratishli  ko‘p  tomonidan  erkin 

foydalanish 



 

CDPD 

qisq.: Cellural Digital Packet Data 

qarang:  uyalashgan  raqamli  paketlashgan 

ma’lumotlar 



 

CDR 

qisq.: 

1.  Call  Detail  Record  –  Qo‘ng‘iroq  haqidagi 

mukammal  yozuv.  Telefon  uzib-ulagichlari 

tomonidan  saqlanadigan,  aloqa  operatorlarining 

billing  tizimi  hisob  qilish  uchun  ishlatadigan 

axborot. 

2. CorelDraw hujjati fayli. 

 

CD-R 

qisq.: CD-Recordable 

Yozish  imkoniyatli  [bir  martali]  ixcham-disk. 

Maishiy  sharoitlarda  maxsus  CD-R-yuritmasi 

yordamida  axborot  yozish  mumkin  bo‘lgan 

ixcham-disk.  Diskni  bitta  maydoniga  faqat  bir 

marta  yozish  mumkin;  ammo,  qolgan  axborot 

ulushlarini  ham  maydonning  bo‘sh  qismiga 

yozib  qo‘yish  mumkin,  agar  ishlatilayotgan 

CD-R-yuritma  va  dasturiy  ta’minot  bunday 

vazifani quvvatlasa, 



 

CD-ROM 

qisq.: Compact Disk Read-Only Memory 

«Faqat  o‘qish  uchun»  ixcham-diski.  CD-ROM 

yuritmalar  uchun  axborot  tashuvchisi.  Qator 

formatlarda yozilishi mumkin: 

– CD-DA - Digital Audio – mumtoz audio disk. 

Amalda 


barcha 

yuritmalar 

tomonidan 

quvvatlanadi. 

–  High  Sierra Format  -  HSF,  yoki  HSG  -  High 

Sierra  Group  -  DOS,  UNIX  va  boshqa 

operatsion  tizimlar  muhitidagi  ma’lumotlardan 

erkin 


foydalanishning 

amaldagi 

standarti. 

Boshlang‘ich  yo‘lkachasi  -  VTOC  -  Volume 

Table  Of  Contents  diskni  tashkillashi  haqidagi 

axborotga ega. 

–  ISO  9660  -  CD-ROM  da  axborotlar  saqlash 

uchun  birinchi  standart  (1988  yil),  fayl  tizimi 

MS-DOS nikiga o‘xshash, fayllar nomi 8 belgili 

-  nom  sxemasiga  ega,  3  nom  kengaytmasi  bor, 

kataloglarni  ichiga  joylashtirilishi  8  gacha 

boradi. 


–  PhotoCD  –  Kodak  firmasi  tomonidan  yuqori 

sifatli tasvirlarni saqlash uchun ishlab chiqilgan. 

– CD-I - CD Interactive –tovush hamrohligidagi 

video 


yozuv, 

standart 

televizorda 

videoo‘ynatgich  bilan  qayta  eshittirish  uchun 

ishlab chiqarilgan. Ayrim yuritmalar tomonidan 

quvvatlanmaydi. 

–  CD-ROM  XA  -  eXtended  Architecture  – 

kengaytirilgan  arxitekturasi,  ISO  9660  va  High 

Sierra  disklar  bilan  uyg‘unlashadi.  Asl  nusxani 

yaratishda Interleaving – audio-va videoaxborot 

ma’lumotlarini  segmentlarini  navbatlashtirish 

ishlatiladi.  Aidio  signal  ADPCM  (Adaptive 

Differential Pulse Code Modulation) usuli bilan 

zichlashtiriladi. 

–Video  CD  -  MPEG  formatda  yuqori  sifatli 

raqamli  video  yozuv,  dasturiy  yoki  apparat 

MPEG-dekoderli 

kompyuterda 

qayta 

eshittirilishi mumkin. 



CD-ROM 


 

 

342 


–  CD  Plus  –  musiqiy  ko‘p  tashuvchi  disklar, 

ikki  sessiyaga  ega  –  audio  (ixtiyoriy  standart 

audioo‘ynatgichda  qayta  eshittiriladigan)  va 

CD-ROM. 


 

CD-RW 

qisq.: CD ReWriteable 

Qayta yoziladigan ixcham-disk. Ko‘p marta (bir 

diskga  1000  davrgacha  yozish)  qayta  yozish 

imkoniyatiga ega ixcham-disk. 



 

CEE 

qisq.: Central and East Europe 

Markaziy va Sharqiy Yevropa. 



 

CEO 

qisq.: Chief Executive Officer 

Ijrochi direktor. 



 

CERN 

qisq.: Conseil Europeen pour la Recherche Nucleaire 

Yevropa  yadro  tadqiqotlari  markazi.  CERNda 

WWW texnologiyasi ishlab chiqilgan. 

 

CERT 

qisq.: Computer Emergency Response Team 

Kompyuter  «tez  yordam»  guruhi.  Kompyuter 

xavfsizligi  masalalari  bilan  shug‘ullanadigan 

tashkilot. 



 

CET 

qisq.: Central European Time 

Markaziy-Yevropa  vaqti.  Vaqt  kamari  +1:00 

GMT. 

 

CFO 

qisq.: Chief Financial Officer 

Moliya direktori. 



 

CGA 

qisq.: Color Graphics Adapter 

Rangli 


grafika 

moslashtirgichi, 

CGA 

moslashtirgichi.  IBM  PC  XTda  ishlatilgan  edi, 



mukammalroq  EGA  va  VGA  standartlari 

tomonidan siqib chiqarilgan. 



 

CGI 

qisq.: Common Gateway Interface 

Umumiy  shluz  interfeysi.  Server  jarayonlarini 

tashqi  qo‘llanmalar  bilan  o‘zaro  aloqada 

ishlashi 

uchun 

standart. 



Jismonan 

bitta 


kompyuterda  joylashgan,  veb-server  va  boshqa 

dasturiy  ta’minotlar  orasidagi  ma’lumotlar 

almashuvini  tavsiflovchi  qoidalar  yig‘masi 

bilan  belgilanadi.  Xususan,  HTTP-server tashqi 

dasturlarni  chaqirish  uchun  CGI  ni  ishlatishi 

mumkin.  Ular  veb-saytning  HTML-sahifalarini 

dinamik  tarzda  shakllantiradi.  CGI  standarti 

bo‘yicha  o‘qish/yozishni  uddalay  oladigan  har 

qanday dastur CGI dasturi bo‘laoladi. 

 

cgi-bin 

Veb-server  tomonidan  bajarilayotgan  dasturlar 

saqlanayotgan veb-server katalogi nomi. Odatda 

bu  CGI  yoki  Perl  tilida  yozilgan  dasturlardir. 

Ushbu  dasturlar  yordamida  veb-server  dinamik 

veb-sahifalarni shakllantiradi. 



 

CHAP 

qisq.: Challenge Handshake Authentication Protocol 

Aloqa 


o‘rnatilganda 

so‘rovga 

ko‘ra 

muvofiqlash bayonnomasi, CHAP bayonnomasi. 



Tarmoq  qurilmalari  orasida  aloqa  o‘rnatilganda 

parollar  bilan  almashish  bayonnomasi.  Keyingi 

vaqtlarda kam qo‘llanmoqda. 

 

Chill tili 

ingl.: Chill language 

rus.: язык Chill 

Telekommunikatsiyalarda  foydalanish  uchun 

ITU 

tomonidan 



taklif 

qilingan 

yuqori 

pog‘onadagi 



til. 

Telefon 


va 

boshqa 


kommunikatsiya 

tarmoqlarida 

avtomatlashtirilgan 

majmualarni 

dasturlash 

uchun  xalqaro  standart  sifatida  qabul  qilingan 

til.  Chill  haqiqiy  vaqt  maromida  ishlaydigan 

tizimlar faoliyatini tavsiflaydi. 



 

Ci tili 

ingl.: C language 

rus.: язык C 

Yuqori  pog‘onadagi  dasturlash  tili.  Bell  Labs 

kompaniyasida  Dennis  Ritchie tomonidan  1970 

yil  o‘rtalarida  ishlab  chiqilgan.  Si  tilidagi 

birinchi  ahamiyatli  dastur  UNIX  operatsion 

tizimi  bo‘ldi,  bundan  keyin  bir  necha  yil 

davomida  Si  tili  UNIX  bilan  chambarchas 

bog‘landi.  Ammo,  hozirga  kelib,  Si  tili  UNIX 

dan  mustaqildir.  Soddalik,  samaradorlik  va 

boshqa  operatsion  tizimlarga  yengil  ko‘chirish 

imkoni  bu  tilni  keng  tarqalgan  tillardan  biriga 

aylantirdi. 

Si 

tilida 


zamonaviy 

yuqori 


pog‘onadagi  tillarning  alomatlari  va  Assembler 

tili  bilan  uyushadigan  kompyuterni  texnika 

vositalarini  manzillash  imkoni  muvaffaqiyatli 

qo‘shilib  ketgan.  Si  tili  kasbiy  dasturchilarni 

CD-RW 

 


 

343 


jalb  qiladigan  qulay  sintaksisga  ega.  Si tili  ISO 

tomonidan 

standart 

sifatida 

tasdiqlangan. 

Obyektga-yo‘naltirilgan  me’moriy  tuzilmadan 

foydalanilishi  kengaytirilgan  C++  tili  paydo 

bo‘lishiga olib keldi. 



 

CICS 

qisq.: Customer Information Control System 

Abonent  axborot-boshqarish  tizimi.  IBM  ning 

meynfreymlar uchun dasturiy mahsuloti. 

 

CIDR 

qisq.: Classless InterDomain Routing 

Sinfsiz o‘zaro domenli yo‘naltirish. 



 

CIFS 

qisq.: Common Internet File System 

Tarmoqlararo umumiy fayl tizimi. 



 

CIM 

qisq.: Computer-Integrated Manufacturing 

qarang:  ishlab  chiqarishni  kompyuterlashgan 

avtomatlashtirish 



 

CIO 

qisq.: Chief Information Officer 

Axborotlashtirish bo‘yicha boshqaruvchi. 



 

CISC 

qisq.: Complex Instuction Set Computer 

To‘la  buyruqlar  to‘plamiga  ega  kompyuter, 

CISC  arxitekturasi.  Turli,  odatda  o‘zgaruvchan 

uzunlikka  ega  bo‘lgan  mashina  buyruqlari 

(ko‘rsatmalari) 

to‘plami 

katta 

bo‘lgan 


hammabop protsessor turi. 

 

Cisco Systems korporatsiyasi 

ingl.: Cisco Systems corporation 

rus.: корпорация Cisco Systems 

Tarmoq 


jihozlarini 

yetakchi 

ishlab 

chiqaruvchilaridan 



biri. 

Cisco 


Systems 

kompaniyasi  AQSHda  1984  yilda  yaratilgan. 

Cisconing 

asosiy 


maqsadi 

telekommunikatsiyalar 

bozori 

uchun 


tugallangan  tarmoq  yechimlarini  yaratish  va 

tadbiq  qilishdir.  Kompaniya  serverlar,  shluzlar, 

yo‘naltirgichlar, 

uzib-ulagichlar, 

ko‘priklar, 

tarmoqni 

boshqarish 

dasturlarini 

ishlab 

chiqaradi. 



 

CJK 

qisq.: Chinese, Japanese, Korean 

Xitoycha, 

yaponcha, 

koreyscha. 

Yozuvi 

iyerogliflarga  asoslangan  keng  tarqalgan  tillar. 



Odatda, dasturiy mahsulotda CJKni quvvatlash, 

iyeroglif  ishlatiladigan  boshqa  tillarni  ham 

quvvatlanishini bildiradi 

 

CLI 

qisq.: 

1.  Call  Level  Interface  -  SQL-so‘rovlarni 

chaqirish  uchun  API.  SAG  guruhi  tomonidan 

API  spetsifikatsiyasi  SQL-so‘rovlarni  chaqirish 

uchun ishlab chiqilgan. 

 

CLR 

qisq.: Common Language Runtime 

Ijroning 

umumtilli 

muhiti. 


Microsoft 

kompaniyasining  NET  maslagini  ijro  etuvchi 

muhitini belgilanishi. 

 

CLUT 

qisq.: Color Look-Up Table 

Rangni 


izlash 

[va 


almashtirish] 

jadvali. 

Videomoslashtirgichlarda ishlatiladi. 

 

CLV 

qisq.: Constant Linear Velociy 

Doimiy  chiziqli  tezlik.  O‘qiydigan  kallakni 

diskning  chekkasi  bilan  markazi  orasidagi 

harakatida  uning  aylanish  tezligi  o‘zgarishini 

anglatadigan  ixcham-disklarni  yuritmasining 

tavsifnomasi.  Aynan  shu  yo‘l  bilan  o‘qish-

yozishga o‘zgarmas tezlikka erishiladi. 

 

CMIP 

qisq.: Common Management Information Protocol 

qarang:  boshqaruvchi  axborotning  umumiy 

bayonnomasi 



 

CMIS 

qisq.: Common Management Information Services 

Umumiy boshqaruvchi axborot xizmati. 



 

CMOS 

qisq.: 

1.  Complementary  Metal-Oxide  Semiconductor 

- Komplementar metall-oksidli yarimo‘tkazgich, 

KMOP-texnologiya. 

Elementlarni 

yuqori 


zichlikda  joylashtirish  va  kam  energiya  talab 

qilishni  ta’minlaydigan  mikrosxema  yasash 

texnologiyasi. 

2.  Shaxsiy  kompyuterning  ona  platasidagi 

CMOS-xotira  mikrosxemasi.  Kompyuterning 

tarkibiy  tuzilmasini  saqlash  uchun  xizmat 

qiladigan  hajmi  katta  bo‘lmagan  energiyaga 

mustaqil xotira. 



 

CMOS 


 

 

344 


CMOT 

qisq.: CMIT Over TCP 

TCP/IP 


tarmoqlarida 

CMIP 


boshqaruv 

bayonnomasi. 



 

CMYB 

qisq.: Cyan, Magenta, Yellow, Black 

Havo  rang,  to‘q  qizil,  sariq,  qora,  CMYB 

formati.  Rangli  tasvirlarni  choplash  uchun 

ranglar jilosi. 



 

CMYK 

qisq.: Cyan, Magenta, Yellow, blacK 

Havo  rang,  to‘q  qizil,  sariq,  qora,  CMYK 

formati.  Rangli  tasvirlarni  choplash  uchun 

ranglar jilosi. 



 

CNN 

qisq.: Cellular Neural Network 

Katakli neyron tarmoq. 



 

CNR 

qisq.: Communication and Network Riser 

Kommunikatsiya  va  tarmoqlar  uchun  ulash 

uyasi. 

Kompyuterlarning 



ona 

platasidagi 

kengaytirishning standart ulash uyasi. 

 

COB 

qisq.: Close Of Business 

Ish kunining tugashi. 



 

COBOL tili 

ingl.: COBOL language 

rus.: язык COBOL 

COBOL 


(Common 

Business 

Oriented 

Language), 

« 

biznesga 



yo‘naltirilgan 

hammabop til» . U 1950 yillar oxiri 1960 yillar 

boshida  ishlab  chiqilgan,  FORTRAN  tilidan 

so‘ng  eng  eski  yuqori  pog‘onadagi  dasturlash 

tili 

bo‘lib 


hisoblanadi. 

Bu 


til, 

katta 


kompyuterlarda 

bajariladigan 

biznes-

qo‘llanmalarni ishlab  chiqishda alohida tarqalib 



ketdi.  Ingliz  tiliga  yaqinlashtirilgan,  fayllar  va 

yozuv  shakllari  bilan  ishlashning  rivojlangan 

vositalari bilan  ajralib turadi.  COBOL tilida ish 

hujjatlari  uchun  namunaviy  bo‘lgan  tuzilmaga 

ega  ma’lumotlar  yaxshi  tavsiflanadi.  Unda 

masalalar 

dastlabki 

tayyorgarliksiz 

bayon 

qilinishi mumkin. 



 

CODASYL 

qisq.: COnference on DAta SYstems Language 

qarang:  axborot  tizimlari  tillari  bo‘yicha 

konferensiya 



 

COM 

qisq.: 

1.  Component  Object  Model  –  Tarkibiy  qismli 

obyektli  model.  Microsoft  firmasi  tomonidan 

ishlab  chiqilgan  dasturiy  tarkibiy  qismlar 

modeli.  U  o‘zining  interfeyslarini  deklaratsiya 

qilib  va  ularda  tavsiflangan  xizmatlarni  boshqa 

tarkibiy qismlarga taqdim qiladi. 

2.  COMmunication  port  -  Kommunikatsiya 

porti.  Shaxsiy  kompyuterning  stadart  ketma-ket 

interfeysi. 

115 

Kbit/s.gacha  tezlik 



bilan 

ma’lumotlar almashuvini quvvatlaydi. 



 

COM+ 

(xuddi  shunday  DCOM  ham)  Taqsimlangan 

tarkibiy  qismli  obyektli  model.  Tarkibiy 

qismlarni  tarmoqda  o‘zaro  aloqada  ishlashini 

quvvatlash uchun COM kengaytirmasi. 

 

COMDEX 

qisq.: COMputer Distributor EXposition 

(xuddi  shunday  Comdex  ham)  COMDEX 

ko‘rgazmasi. 

Dunyodagi 

har 

yili 


bo‘lib 

o‘tadigan  kompyuter  ko‘rgazmalarning  eng 

yiriklaridan biri. 

 

Compaq Computer korporatsiyasi 

ingl.: Compaq Computer corporation 

rus.: корпорация Compaq Computer 

Shaxsiy  kompyuterlar  ishlab  chiqaruvchilar 

orasida  yetakchilardan  biri.  Kompaniya  1982 

yilda  Rod  Canion,  Bill  Murto  va  Jim  Harrislar 

tomonidan 

yaratilgan 

bo‘lib, 

qarorgohi 

AQSHda  (Xyuston  sh.)  joylashgan.  Compaq 

serverlar,  ish  stansiyalari,  peroli  planshetlar  va 

ixcham  shaxsiy  kompyuterlar  ishlab  chiqaradi. 

Compaqning 

axborot 

tizimlari 

seriyasi 

videoanjumanlar uchun mo‘ljallangan. 

2002  yilda  Compaq  kompaniyasi  Hewlett 

Packard kompaniyasi bilan birlashgan. 



 

CORBA 

qisq.: Common Object Request Broker Architecture 

Obyektli 

so‘rovlar 

brokerining 

umumiy 

arxitekturasi.  Taqsimlangan  hisoblashlar  uchun 



rivojlantirilayotgan  OMG  standarti.  CORBA 

ning asosiy qismlari: ORB va GIOP bayonnoma 

spetsifikatsiyasi,  IDL  tili,  asosiy  obyektli 

xizmatlar (COS). 



 

COS 

qisq.: 

CMOT 


 

 

345 


1.  Common  Object  Services  –  Umumiy  obyekt 

xizmatlari. 

CORBA 

uchun 


OMG 

quvvatlaydigan 

qo‘shimcha 

xizmatlarni 

(kengaytmalarni) spetsifikatsiyalari yig‘masi. 

2. Class Of Service – Xizmat sinfi. 



 

CPAN 

qisq.: Comprehensive Perl Archive Network 

PERL tili uchun juda keng resurslarning tarmoq 

arxivi. 

 

CPD 

qisq.: Certified PowerBuilder Developer 

PowerBuilder da sertifikatli ishlab chiquvchi. 



 

cpi 

qisq.: Characters Per Inch 

Belgilar 

dyumda. 

Choplashda 

qatorda 

joylashgan ishoralar zichligi. 



 

cps 

qisq.: 

1.  Characters  Per  Second  –  Belgi  soniyada. 

Matn  shaklidagi  ma’lumotlarni  uzatish  yoki 

choplash tezligini o‘lchash birligi. 

2.  Cycles  Per  Second  –  Marta  soniyada. 

Chastota (Gers, Hz, 1/s) o‘lchov birligi. 



 

CPU 

qisq.: Central Processing Unit 

Markaziy protsessor. 



 

CR 

qisq.: Carriage Return 

Karetkani 

orqaga 

qaytarish. 



ASCII 

boshqaruvchi belgisi. 



 

CRC 

qisq.: 

1.  Cyclical  Redundancy  Check  –  Davriy 

oshiqcha  kod 

yordamida 

nazorat  qilish. 

Ma’lumotlarni 

uzatishda 

va 


saqlashda 

butunlikkni  nazorat  qilish  usuli.  Maxsus 

algoritm  yordamida  ma’lumotlar  paketining 

nazorat yig‘indisi hisoblanadi, hamda shu paket 

bilan  birga  uzatiladi.  Nazorat  yig‘indisini 

hisoblash 

algoritmi 

ishlatilayotgan 

ma’lumotlarni 

uzatish 


bayonnomasi 

bilan 


belgilanadi. 

Qabul 


qiluvchi 

qurilma 


ma’lumotlar  paketining  nazorat  yig‘indisini 

qayta hisoblaydi. Qabul qilingan va hisoblangan 

nazorat 

yig‘indilarining 

mos 

kelmasligi 



ma’lumotlar uzatishdagi xato borligini bildiradi, 

bu holda, odatda qabul qiluvchi qurilma xatolik 

yuz  bergan  paketni  takroran  uzatishga  so‘rov 

beradi. 


2.  Class-Responsibility-Collaboration  –  Sinf-

Javobgarlik- 

Kooperatsiya. 

Obyektga-

yo‘naltirilgan  loyihalashning  katta  bo‘lmagan 

CRC-kartalarni  to‘ldirishga  va  muhokama 

qilishga asoslangan oddiy usuli 


Download 9.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling