Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati
Download 9.86 Mb. Pdf ko'rish
|
ACM qisq.: Association for Computing Machinery Hisoblash texnikasi bo‘yicha uyushma. Hisoblash texnikasi sohasidagi xalqaro uyushma. ACPI qisq.: Advanced Configuration and Power management Interface ACPI spetsifikatsiyasi, elektrozuqa tarkibiy tuzilmasi va uni boshqarish uchun yaxshilangan interfeys. Operatsion tizim bilan shaxsiy kompyuter apparat
vositalari elektrozuqa tarkibiy tuzilmasi va uni boshqarish uchun
ACPI
12
o‘zaro aloqada ishlashini tavsiflovchi ochiq spetsifikatsiya. Qurilmalarni dasturiy ravishda, elektrozuqani kamroq sarflash rejimiga va uni teskari oldingisiga o‘tkazish. ActiveX Veb-sahifalar yaratuvchilariga o‘zaro faol muhitni yaratish imkonini beruvchi texnika vositalari va amallar to‘plami, ko‘p sonli asboblarni yaxlit qilib birlashtirish vositasi.
1. Advertisement - Reklama. 2. Adapter - Moslashtirgich. Uyg‘unlikni ta’minlovchi interfeys o‘zgartirgichi. Ada tili ingl.: Ada language rus.: язык Ada Yuqori pog‘ona dasturlash tili. U 1970 yillar oxiri 1980 yillar boshida AQSH Mudofaa vazirligi tashabbusi bilan turli maqsadlar uchun, biznes qo‘llanmalardan tortib aeronavigatsiya tizimlarigacha ishlab chiqilgan. Pascal tili asosida yaratilgan bo‘lib, jiddiy to‘ldirishlarga va modulli tuzilmaga ega. U parallel amallarni bajarish va
murakkab axborot
tizimlari yaratishni ta’minlab, operatsion tizimlarga nisbatan yuqori darajali mustaqilligi bilan tavsiflanadi. Til ma’lumotlarga haqiqiy vaqt maromida paralell ishlov berish vositalarini quvvatlaydi. Ada tili analitik dvigatel – birinchi mexanik kompyuter uchun dasturlar ishlab chiqishda ishtirok etgan, dunyodagi eng birinchi dasturchi deb hisoblanadigan Avgust Ada Lavleys (1815-52) sharofati bilan shunday nom olgan.
Ma’lumotlarni berishning turli usullari bilan qurilmalarni bir-biriga moslashtirishga imkon beradigan elektron sxema. Masalan, analog qurilmani raqamli qurilmaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulash mumkin emas, buning uchun avvalo analog signalni raqamli signalga aylantirish lozim yoki aksincha. Apparatli vositalarning bir-biriga mos bo‘lmagan ikkita tarkibiy bo‘lakni bog‘lash uchun biriktirish qurilmasi zarur. Adapter bunday qurilmaning tarkibiy bo‘lagi
bo‘lib, odatda
alohida plataga
o‘rnatiladi. adashlar ingl.: alias rus.: алиас Tarmoq nomi, manzil, URL sinonimi. Agarda ikkita tashqi ko‘rinishdan farqli manzil bitta hujjatga ishorat qilayotgan bo‘lsa, ushbu manzillar adashlardir.
Analog-raqamli o‘zgartirgich, ARO‘. Analog signalni raqamli kodga o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan, ya’ni, analogli kirish signali kuchlanishining har bir qiymatiga, chiqishdagi raqamli kodning muayyan qiymati mos keladi. ARO‘ asosan, har bir tovush kartasida mavjud bo‘lib, u tashqi manbadan kelayotgan tovushni qattiq diskka yozish uchun ishlatiladi.
Takomillashtirilgan DMA-nazoratchi. ADO qisq.: ActiveX Data Objects ActiveX
ma’lumotlarining obyektlari. Microsoft kompaniyasining COM-obyektlar orqali
ma’lumotlar bazalaridan erkin foydalanish texnologiyasi. Adobe Systems korporatsiyasi ingl.: Adobe Systems corporation rus.: корпорация Adobe Systems Dasturiy ta’minot ishlab
chiqarishga ixtisoslashgan kompaniya. Adobe Systemsning eng mashhur mahsuloti bu Acrobat ko‘rish muharriridir. Kompaniya stolusti nashr tizimlari va shrift
to‘plamlarini ishlab
chiqaradi. Kompaniya tomonidan yaratilgan grafik tasvirlarga (Photoshop, Illustrator) va videofilmlarga (Premier) ishlov berish amaliy dasturlari keng tarqalgan. ADPCM qisq.: Adaptive Differential Pulse Code Modulation Moslashuvchan differensial impuls-kodli usul asosida modullash. Nutqni zichlashtirib raqamli kodlash uchun ITU standarti. O‘tkazish qobiliyati 32 Kbit/s bo‘lgan kanal orqali nutqni ActiveX
13
uzatish imkonini beradi. Telefoniyada ishlatiladi.
Asimmetrik raqamli abonent
liniyasi. Ma’lumotlarni telefon liniyalari bo‘ylab yuqori tezlik bilan uzatish texnologiyasi. DSL oilasiga mansub texnologiyalardan biri. Ommaviy foydalanuvchilarga mo‘ljallangan nisbatan arzon texnologiyadir. Nomidan shaklicha, ma’lumotlarni uzatish
asimmetrik, ya’ni,
dastlabki trafikga nisbatan chiqish trafikiga ancha kattaroq chastota oralig‘i ajratiladi. 8 Mbit/s. tezlikkacha signallarni qabul qilib, 1 Mbit/c. gacha tezlik bilan uzatadi. ADSL- modemlar orasidagi telefon simlarining uzunligi 7 kmdan ortmasligi kerak. Ish vaqtida ma’lumotlarni uzatish
tezligi telefon
liniyasining ahvoliga (shovqin darajasiga, to‘siqlar soniga va h.k.) qarab o‘zgarishi mumkin. Bundan
tashqari ADSL-ulanish shovqinlarga, ayniqsa shu telefon kabelidan o‘tkazilgan boshqa raqamli aloqa liniyalaridagi shovqinlarga sezgirdir.
Ma’lumotlarning mavhum turi.
Muayyan amalga oshirilmay, ularning usullarini va xossalarini sanab o‘tish orqali belgilanadi, ma’lumotlar turi (mavhum sinfi). AES qisq.: 1.
Advanced Encryption Standard – Shifrlashning yaxshilangan standarti. DES ni almashtirish uchun, AQSH hukumati tomonidan tasdiqlangan shifrlash standarti. 2. Audio Engeneering Society 3. Application Environment Specifications – Amaliy dasturlar muhiti spetsifikatsiyasi. OSF tomonidan ochiq tizimlarda foydalanuvchi interfeysini yaratish uchun spetsifikatsiyalar yig‘masi. AFTN qisq.: Aeronautical Fixed Telecommunication Network Aviatsiya aloqasining ko‘chmas tarmog‘i. AFTP qisq.: Anonymous FTP Nomi yashirin FTP-server. Nomini yashirib (Anonymous nomi bilan) ulanishga ijozat beradigan FTP-server. Shu bilan birga, parol o‘rniga, foydalanuvchining e-mail manzilini ko‘rsatish joiz. AGC qisq.: Automatic Gain Control Kuchaytirishni avtomatik rostlash. agent ingl.: agent rus.: агент Mijoz-server modelidagi axborotni tayyorlash va uni mijoz va server qismi orasida almashishni bajaruvchi tizim qismi. AGP qisq.: Accelerated Graphics Port Tezlashtirilgan grafik port,
AGP-port. Videokartani shaxsiy kompyuterga ulash uchun interfeys spetsifikatsiyasi.
Bir bayt xizmat axboroti va signalli axborot maydonidan iborat signal birligi. Agar xatolik bilan qabul qilingan bo‘lsa, unda signalizatsiya bo‘g‘inini boshqaruvi orqali takrorlanadi.
Aholini axborotlashtirishga tayyorlash deganda, quyidagilar nazarda tutiladi: - aholining axborotga bo‘lgan ehtiyojlari va qiziqishlarini shakllantirish va rivojlantirish. Bunda axborotga talabni va bozorni o‘rganish hamda axborot xizmatlari reklamasi nazarda tutiladi; - informatika bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash; - axborot texnikasi, tizimlari va infratuzilmasiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash; - axborotlashtirish jarayonida talab
qisqarayotgan mutaxassislarni qayta tayyorlash; - axborot tizimlari va
texnikasi foydalanuvchilari orasidan haqiqiy va mumkin bo‘lganlariga ta’lim berish; - mamlakatda axborotlashtirishni o‘tkazishga qaratilgan ijtimoiy fikrni shakllantirish.
aholini axborotlashtir... 14
AI qisq.: 1. Artificial Intelligence – Sun’iy tafakkur. 2. Analog Input – Analogli kirish.
AIM xizmati. AOL xizmatlaridan birining va bir zumda xabarlar almashish uchun tegishli mijoz-dasturning nomi, AIM
Internet varaqlovchisi. AIT qisq.: Advanced Intelligent Tape «Tafakkur tasmasi». Sony firmasi tomonidan ishlab chiqilgan magnit tasmada
yozuv qurilmasining turi. AIX qisq.: Advanced Interactive eXecutive IBM rivojlantirayotgan UNIX rusumi. ajrataolish ingl.: resolution rus.: разрешение Atama, tasvirni ravshanligini va tozaligini anglatadi. Odatda,
monitorlar, printerlar, skanerlar va grafik tasvirlarni tavsiflash uchun ishlatiladi. Monitorlar, printerlar, skanerlar va boshqa kiritish-chiqarish qurilmalari odatda, yuqori, o‘rta va past ajrata olish ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi.
Alohida
foydalanuvchi yoki
muayyan foydalanish uchun saqlab
qo‘yilgan va
tarmoqning boshqa
abonentlari foydalana olmaydigan aloqa liniyasi.
So‘zma-so‘z tarjimasi - “qayd yozuvi”. Kompyuterda saqlaniladigan foydalanuvchi tavsifi. Odatda u foydalanuvchining tarmoqdagi nomi, haqiqiy nom, parol, foydalanuvchi huquqlari va uy katalogining nomi (agarda u bor bo‘lsa)dan tarkib topgan. AKT yordamida taraqqiyot ingl.: e-development rus.: развитие с использованием ИКТ Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan ommaviy foydalanishga asoslangan ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish.
Tarmoqlar uchun jihozlar ishlab chiqaruvchi kompaniya. Alcatel 1887 yili Belgiyada ikkita kompaniya Alcatel Altsthom va ITT birlashishi natijasida yaratilgan. Avvalo kompaniya telefon aparatlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan. Keyin ishlab chiqarilayotgan jihozlar doirasi kengayib borgan. Hozirgi paytda ma’lumotlarni uzatish va ma’lumotlarga ishlov berish tizimlari, kommunikatsiya tarmoqlari, yo‘ldosh tarmoqlari tizimlarini ham ishlab chiqaradi.
Kelajakdagi dasturiy mahsulotni umumiy baholash va unga u yoki bu kerakli
xususiyatlarni qo‘shish uchun mo‘ljallangan dastur yoki dasturiy ta’minotning dastlabki sinov bosqichi.
Matematik masalalarni yechish
uchun mo‘ljallangan dasturlash tili. Birinchi navbatda ALGOL «algoritmik til» sonli masalalarni yechishga mo‘ljallangan. Tilning sintaksisi aniq belgilanganligi ALGOLni
muayyan tur
tuzilmaga ega bo‘lgan kompyuterlarga nisbatan mustaqil bo‘lishini ta’minladi. Tilning alohida tomoni bo‘lib uning blokli tuzilmasi hisoblanadi. ALGOL ko‘proq Yevropada tarqaldi va yangi tillarning, masalan Pascal tilining yaratilishida muhim bosqich bo‘ldi. algoritm ingl.: algorithm rus.: алгоритм 1.
Vazifani bajarishga qaratilgan aniq
belgilangan qoidalarning tartiblangan chekli to‘plami. 2. Dastlabki ma’lumotlarni oxirgi natijaga o‘tkazuvchi hisoblash jarayoni orqali masala yechimini aniq ko‘rsatuvchi amallar mazmuni va ketma-ketligi. AI
15
Algoritm tavsifnomalariga quyidagilar kiradi: - berilgan dastlabki ma’lumotlar bilan natijaning bir turliligi; - jarayonni inson yoki hisoblash mashinasi tomonidan bajarilishi mumkin bo‘lgan ayrim amallarning chekli soniga bo‘lish mumkinligi; - ko‘p sinfga oid masalalarga mos ko‘p dastlabki ma’lumotlar uchun natija olish mumkinligi. Hisoblash mashinasiga algoritm dastur shaklida beriladi. Bitta masalani yechishning bir necha algoritmi mavjud bo‘lishi mumkin. Ular orasida eng samaralisini, bajarilishi uchun eng kam amallar, mashina vaqti, xotira va h.k.ni talab qiluvchi algoritmni tanlash lozim. Samarali algoritmlar mavjud bo‘lishi shartlari va ularni qurish (ishlab chiqish)ni o‘rganish algoritmlar nazariyasi asosini tashkil etadi. Algoritm atamasi o‘rta asrlarda yashab ijod etgan buyuk o‘zbek matematigi Al-Xorazmiy nomidan kelib chiqqan. U o‘zi kashf etgan o‘nli sanoq tizimida IX asrning 825 yilidayoq to‘rt arifmetika amallarini bajarish qoidalarini bergan. Arifmetika amallarini bajarish jarayoni esa alxorazm deb atalgan. Bu atama 1747 yildan boshlab algorismus, 1950 yilga kelib algorifm deb ham ataldi. Kompyuterlar paydo bo‘lishi bilan algoritm atamasi hozirgi ma’nosi bilan axborot texnologiyalari sohasida eng asosiy atamalardan biri bo‘lib qoldi. Al-Jamol algoritmi ingl.: El-Gamal’s algorithm rus.: Эль-Гамаля алгоритм Diskret logarifmlash muammosiga asoslangan kriptotizim. Axborot
(raqamli imzo)
autentifikatsiyasi uchun ham va shifrlash uchun ham foydalanish mumkin. 1985 yili Al Jamol tomonidan taklif qilingan.
1. Aloqa xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasi asosida yoki bunday shartnomasiz aloqa xizmatlarini buyurishni hohlovchi yoki buyuruvchi, yo ulardan foydalanuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs. 2. Aloqa xizmatlari iste’molchisi bo‘lmish jismoniy yoki yuridik shaxs.
Elektr va (yoki) pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxs. aloqa seansi ingl.: communication session rus.: сеанс связи Qo‘llanma, qurilma, kompyuter yoki tarmoq bog‘lamalari orasida ma’lumotlarni uzatish uchun aloqa o‘rnatish, undan foydalanish va tugatish jarayoni.
Ma’lum tarmoqning faoliyatini ta’minlovchi jami aloqa kanallari (simli, radio yoki optik), kanallarni hosil qiluvchi apparatura hamda aloqa markazlari va bog‘lamalari.
1. Elektr aloqasi xabarlari yoki pochta jo‘natmalarini shakllantirish, ishlov berish, uzatish
yoki qabul
qilib olish
uchun foydalaniladigan texnika vositalari. 2. Elektr aloqasi xabarlari yoki pochta jo‘natmalarini shakllantirish, ishlov berish, uzatish yoki
qabul qilib
olish uchun
foydalaniladigan texnika vositalari, shuningdek aloqa xizmatlarini ko‘rsatishda foydalaniladigan binolar, inshootlar yoki odam yashamaydigan xonalar, boshqa texnika vositalari. aloqa xizmatlari ingl.: communication services rus.: услуги связи Pochta
jo‘natmalari yoki
elektr aloqasi
xabarlarini qabul qilish, qayta ishlash, uzatish va yetkazish bo‘yicha faoliyat mahsuli. aloqa yo‘li ingl.: route rus.: маршрут Axborot tizimining bitta portidan boshqasiga ma’lumotlar uzatiladigan aloqa yo‘li.
aloqa yo‘li
16
ALU qisq.: Arithmetic and Logic Unit Arifmetik-mantiqiy qurilma, AMQ.
Protsessorning arifmetik va mantiqiy amallarni bajaradigan qismi. AM qisq.: 1. (shunday a.m. ham) Ante Meridiem – Tushgacha. 2.
Amplitude Modulation - Amplituda modulyatsiyasi. amaliy maslak ingl.: operating platform rus.: операционная платформа Amaliy dasturlarni turli operatsion tizimlar bilan o‘zaro aloqada ishlashini ta’minlovchi funksional blok. Operatsion maslak bir necha operatsion tizimlarni qamrab oladi va amaliy dasturlar bilan guruh yoki bir umumiy amaliy interfeysga egadir.
Tarmoqlararo ekranni (brandmauerni) amalga oshirish usullaridan biri. Mualliflashgan mijoz bilan tashqi xostni bevosita o‘zaro ishlashiga yo‘l qo‘ymaydi. Barcha kirish va chiqish paketlarini filtrlash OSI etalon modelining amaliy pog‘onasida amalga oshiriladi. Qo‘llanmalar bilan bog‘liq vositachi-dasturlar TCP/IP aniq xizmatlari generatsiyalayotgan axborotni shluz orqali qayta yo‘naltiradi.
Ma’lumotlarni kiritish, ishlov berish
va chiqarish amallarini bajarishda turlashdan, yo‘q qilishdan va oshkor qilishdan (tasodifiy, mualliflashmagan, yoki qasddan) muhofazalash. Download 9.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling