Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati
Download 9.86 Mb. Pdf ko'rish
|
axborotlashtirishning texnikaviy- texnologiyaviy asosi ingl.: technical and technology informatization base rus.: база информатизации технико- технологическая Istiqbolli axborot-telekommunikatsiya texnologiyalari, hisoblash va
telekommunikatsiya texnikasi vositalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish sohalarining va shu sohaga xizmat ko‘rsatuvchi ilmiy tadqiqot va loyiha-konstruktorlik tashkilotlari va
korxonalari majmui, hamda shu sohaning mutaxassis xodimlari. axborotni hujjatlashtirish ingl.: information documenting rus.: документирование информации Axborotni axborot resurslariga kiritishning majburiy shartidir. Axborotni hujjatlashtirish tartibi maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi. (qonun) Axborot resurslarida saqlanadigan va ishlov beriladigan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan axborot elektron hujjat bo‘lib, qog‘oz hujjat bilan bir xil yuridik kuchga ega. Elektron hujjatni va elektron raqamli imzoni shakllantirish hamda ulardan foydalanish bilan bog‘liq munosabatlar qonun bilan tartibga solinadi.
axborotlashtirish obye... 43
ingl.: cryptographic information conversion rus.: криптографическое преобразование информации Kriptografik usullar (shifrlash va shifrni ochish, elektron raqamli imzo chekish va uni tekshirish, xesh-funksiyani hosil qilish va uni tekshirish) qo‘llashga asoslangan axborot o‘zgartirish jarayoni. axborotni muhofaza qilish ingl.: information protection rus.: защита информации 1. Axborot xavfsizligiga tahdidlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf qilish. 2. Axborot egalariga keltiriladigan zararning oldini olish
yoki zarar
keltirishni qiyinlashtirishga qaratilgan huquqiy, tashkiliy va texnik (dasturiy-apparat) tadbirlar majmui. 3. Axborot butunligi, mahfiyligi va undan erkin foydalanish qulayligini ta’minlashga qaratilgan usullar
va vositalar majmui. Axborotga bo‘layotgan tabiiy va sun’iy tavsifdagi tahdidlar ta’siri sharoitida ularni qo‘llash, axborot eglariga yoki
foydalanuvchilariga zarar
keltirishning oldini oladi. axborotni muhofaza qilish sohasidagi akkreditatsiya ingl.: accreditation in information protection security sphere rus.: аккредитация в области защиты информации Muhofaza qilingan mahsulotlar, texnik vositalar va axborotni muhofaza qilish
yo‘llarini sertifikatsiya qilish sohasidagi muayyan faoliyat yurgizish huquqlarining rasman tan olinishi.
Axborotni shifrlash va kodlash tamoyiliga asoslangan, axborotni muhofazalash usuli. Kriptografik usul dasturiy vositalar bilan ham, apparat vositalar bilan ham amalga oshirilishi mumkin.
axborotni muhofaza qilishning ma’naviy-axloqiy vositalari ingl.: moral and ethical protection means rus.: морально-этические средства защиты информации Davlat va jamiyatda an’anaviy ravishda vujudga kelgan turli xil me’yorlar. Ushbu me’yorlar qonuniy choralar kabi ko‘pincha majburiy bo‘lmasa ham, biroq ularga rioya qilmaslik inson obro‘si va nufuzining yo‘qotilishiga olib kelishi mumkin.
Tizim
tarkibiga kiruvchi turli elektron qurilmalar va maxsus dasturlar. Ular mustaqil yoki boshqa vositalar bilan majmua tarkibida axborot muhofazalash vazifalarini (foydalanuvchilarni aynanlash va
autentifikatsiyalash, resurslardan erkin foydalanishni cheklash, hodisalarni ro‘yxatga olish, axborotni kriptografik yopish va h.k.) bajaradi. axborotni muhofazalash strategiyasi ingl.: information protection strategy rus.: стратегия защиты информации Axborotni muhofaza qilish strategiyasi deganda, axborotni muhofaza qilish sohasida faoliyatni tashkillashtirishdagi umumiy yo‘naltirish tushuniladi. U ma’lum faoliyat turida obyektiv ehtiyojlar, uni amalga oshirishning mumkin bo‘lgan imkoniyatlar va mumkin bo‘lgan tashkilashtirilishidan kelib chiqqan holda ishlab chiqiladi. Axborotni muhofaza qilish ehtiyoji paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan sharoitlarning ko‘pligini hisobga olgan holda, strategik masalalarni hal qilishning umumiy maqsadi turli xil muhofaza strategiyalarini, ya’ni har qanday sharoitlarda talab qilingan muhofazani samarali ta’minlashi mumkin bo‘lgan eng kam to‘plamini ishlab chiqishdan iborat. Ko‘rib chiqilgan omillar mazmunlarining eng voqeiy birga qo‘shilish xillariga ko‘ra uchta muhofaza strategiyasi ajratilgan: - Mudofaa, - Hujum, - Oldini oluvchi. axborotni muhofazalash texnikasi ingl.: information protection technique rus.: техника защиты информации Axborot
muhofazasini ta’minlashga mo‘ljalangan vositalar va boshqarish tizimlari.Unga axborot muhofazalash vositalari A axborotni muhofazalash... 44
va uni muhofazalash samaradorligini nazorat qilish vositalari kiradi. axborotni muhofazalash usuli ingl.: information protection method rus.: способ защиты информации Axborot
muhofaza qilishning ma’lum tamoyillari va vositalaridan foydalanishning tartibi va qoidalari. axborotni muhofazalash vositalari ingl.: information protection tools rus.: средства защиты информации 1. Ma’lumotlarni, ular amalga oshirilgan vositalarni, shuningdek axborot muhofazasi samaraliligini nazorat qilish
vositalarini muhofaza qilish uchun
mo‘ljallangan texnikaviy, kriptografik, dasturiy va boshqa vositalar. 2.
Axborotni muhofaza qilish uchun
mo‘ljallangan yoki foydalaniladigan texnikaviy, dasturli vosita, modda va (yoki) boshqa narsa. axborotni muhofazalashning kriptografiya vositalari ingl.: information protection cryptographic tools rus.: средства криптографической защиты информации Axborot xavfsizligini ta’minlash uchun uning kriptografik o‘zgartirishini amalga oshiruvchi hisoblash texnikasi vositalari. axborotni muhofazasini ta’minlovchi mexanizmlarni kafolatlanganligi ingl.: assurance of information protection mechanisms rus.: гарантированность механизмов обеспечения защиты информации Axborot
muhofazasini ta’minllash uchun foydalaniladigan mexanizmlarning tanlangan faoliyat talablariga mutanosibligi bahosi.
Kafolatlanganlik, axborot
muhofazasini ta’minlash mexanizmlarining samaradorligi va bexatoligi bilan aniqlanadi.
Muhofazadagi axborotni, nazorat
qilib bo‘lmaydigan ko‘p sonli
axborot qabul
qiluvchilarga beruxsat yetkazishni oldini
olishga qaratilgan faoliyat. axborotni qasddan qilinmagan harakatdan muhofazalash ingl.: information protection from inadvertent action rus.: защита информации от непреднамеренного воздействия Muhofazalanayotgan axborot bilan amalga oshiriladigan faoliyat. U axborot
foydalanuvchisi xatolarini, axborot tizimlarining texnik va dasturiy vositalarining to‘xtab qolishini, hamda tabiiy hodisalar yoki o‘zga
axborotni to‘g‘ri
maqsad yo‘lida
o‘zgartirishga qaratilmagan harakatlar oldini oladi. Bular axborotni soxtalashtirish, yo‘q qilish, undan nusxa olish, axborotdan erkin foydalanishni qamal qilish, hamda axborot tashuvchisini yo‘qotish, yo‘q qilish yoki ishlashini to‘xtatishga olib keluvchi texnik vositalarni, tizimlarni ishlashi yoki inson faoliyati bilan bog‘liq. axborotni ruxsat etilmagan ta’sirlardan muhofazalash ingl.: information protection from unauthorized action rus.: защита информации от несанкционированного воздействия Muhofazalanayotgan axborotga axborotni o‘zgartirishga o‘rnatilgan qoidalarni buzgan holda unga ta’sirlarni oldini olish uchun bajarilayotgan faoliyat. U axborotni soxtalashtirishga, yo‘q qilishga, undan nusxa olishga, axborotdan erkin foydalanishni qamal qilishga, hamda
axborot tashuvchisini yo‘qotishga, yo‘q qilishga yoki ishlashini to‘xtatishga olib keladi. axborotni sizib chiqishidan muhofazalash ingl.: information protection from leak rus.: защита информации от утечки Muhofazadagi axborotni nazorat
qilinaolmaydigan tarqatishning oldini olishga qaratilgan faoliyat. U axborotni oshkor aylash, undan beruxsat erkin foydalanish va muhofazadagi axborotni (chet
el) razvedkalariga oshkor bo‘lishini oldini olishga qaratilgan
axborotni muhofazalash... 45
Axborotning bitta yoki bir necha texnik kanallardan sizishining oldini olish uchun mo‘ljallangan texnik vositalar.
Axborotni uzatish va saqlashga mo‘ljallangan o‘z-o‘zini tashkillashtiradigan tizimning alohida turkumi. Ular ikki turga bo‘linadi: xususan tizimli (yo‘l harakati belgilari, musiqa, nutq va ham tabiiy ham sun’iy tillar) va tizimdan tashqari (qachonlardir mavjud bo‘lgan
tizimlarning qoldiqlari, masalan imo-ishoralar va holatlar tili). axborotning sizishi ingl.: information leakage rus.: утечка информации Muhofaza qilinayotgan axborotning nazoratsiz tarqalishi. Bu axborotni oshkor qilish, uni ruxsatsiz olish va
razvedka tomonidan axborotni olish natijasida sodir bo‘ladi.
Fuqarolar, ularning alohida guruhlari va ijtimoiy qatlamlari, shuningdek umuman
olganda aholini
salbiy axborot-ruhiy ta’sirlardan muhofaza qilinganlik holati.
Traktlar (kanallar), ular
va tarmoq
bog‘lamalarining tartib raqamlari ro‘yxati.Unda tarmoqda yuzaga kelgan aniq holatlarda ishlashdan chiqib ketgan traktlar o‘rniga ulanadigan traktlarning yoki trakt qismining aniq tartib raqamlari, shuningdek, uzib-ulashlar va ikkilamchi tarmoqlarga hamda boshqa iste’molchilarga taqdim qilish joyi bo‘lgan tarmoq bog‘lamalarining tartib raqamlari aks etgan.
Veb-saytga tashriflar soni
hisoblagichi ko‘rsatkichlarini ko‘paytirishga qaratilgan noto‘g‘ri harakatlar. Odatda ko‘paytirish maqsadi turli xil reyting va musobaqalarda yuqori o‘rin olish uchun raqobatdir. aynanlash ingl.: identification rus.: идентификация qarang: identifikatsiya A aynanlash 46
Bb B&W qisq.: Black and White Oq -qora monoxrom. B1 qisq.: B1 security B1 xavfsizlik pog‘onasi. Tizimdan ruxsat etilmagan erkin
foydalanishdan muhofazalanganligi pog‘onasi uchun NSA standarti. DOD griflar tizimini ishlatilishini talab qiladi. B2 qisq.: B2 security B2 xavfsizlik pog‘onasi. Tizimdan ruxsat etilmagan erkin
foydalanishdan muhofazalanganligi pog‘onasi uchun NSA standarti. DOD griflar tizimini ishlatilishini, testlash imkonini va
erkin foydalanish pog‘onasini tasodifan pasaytirish mumkin emasligini talab qiladi. B2B qisq.: Business-To-Business qarang: biznes uchun biznes B2C qisq.: Business-To-Customer qarang: iste’molchi uchun biznes B3 qisq.: B3 security B3 xavfsizlik pog‘onasi. Tizimdan ruxsat etilmagan erkin
foydalanishdan muhofazalanganligi pog‘onasi uchun NSA standarti. Tizimni, uning modeli doirasida zaruriy xavfsizlikni isbotlash mumkin bo‘lgan, matematik modelini yaratishni talab qiladi.
O‘tkazish qobiliyatini ajratishning boshqarish bayonnomasi. ISDN da ishlatiladi.
Dasturiy, dasturiy-apparat va
apparat vositalariga tatbiq qilingan dastur. Bundan maqsad ayrim shaxsi o‘rnatilmagan yoki zarar keltiruvchi harakatlar sodir etish. Masalan, mantiqiy bomba, troyan oti, virus, qurt.
1990 yilda Chom (Davhd Chaum) va Van Antverpen (van Antwerpen) tomonidan taklif qilingan raqamli imzo sxemasi. Xabarning haqikiyligi faqat
imzo qo‘yyuvchining yordamida tekshiriladigan sxemalarda, imzo qo‘yyuvchi o‘z xabaridan voz kechishi mumkin. Shubhasiz imzo sxemasida, bu muammoni hal etish
imkonini beruvchi inkor qilish
bayonnomasi ishlatiladi. bank standartlari bo‘yicha Yevropa qo‘mitasi ingl.: European Commitee for Banking Standards (ECBS) rus.: европейский комитет банковских стандартов Bank hujjatlari me’yorlari ishlab chiqishni olib boradigan xalqaro tashkilot. ECBS bank, bank tizimlari va banklararo tizimlar faoliyati hamda kompyuter kartochkalarini ishlatish bilan
bog‘liq standartlar bilan shug‘ullanadi. Bu hujjatlar shuningdek, foydalanuvchilar orasida o‘zaro hisoblarni amalga oshiruvchi «avtomatik hisob markazlari»da ishlatiladi. bank tarmog‘i ingl.: banking network rus.: банковская сеть Bankga
yoki banklar
guruhiga xizmat
ko‘rsatuvchi axborot tizimi. Bank tarmog‘i virtual tarmoq yoki jismoniy tarmoq bo‘ladi. Birinchi holda u, ko‘pmaqsadli tarmoqning mantiqiy ajratilgan qismi (begona shaslar uchun berk) resurslarining bir qismidan yakkahokim sifatda foydalanadi. Ikkinchi holda, axborot tizimining barcha jihozlari va dasturiy ta’minoti faqat
bank tizimlarini ishlashi uchun
mo‘ljallangan bo‘ladi
(masalan, SWIFT
tarmog‘i). Bank tarmog‘ining asosiy vazifalari bo‘lib, banklar, ularning tarkibiy qismlari va bo‘limlari orasida moliyaviy elektron hujjatlarni uzatish; hisoblarni bajarishda tranzaksiyalarni Bb
47
quvvatlash; moliyaviy MB dan
erkin foydalanishni ta’minlash; uzoqlikdagi bankomatlarning ishini quvvatlash; banklarning mahalliy tarmoqlarini birlashtirish; moliya axborot tizimlaridan erkin foydalanish ; ma’lumotlarning xavfsizligini ta’minlash. bank tizimi ingl.: banking system rus.: банковская система Bankda moliyaviy va hisobga tegishli amallarni bajarilishini ta’minlovchi texnik va dasturiy vositalar majmui. banklararo tizim ingl.: interbank system rus.: межбанковская система Bank tizimlarining o‘zaro ishlash vazifalarini bajaruvchi tarmoq xizmati tizimi. Banklararo tizim ko‘p maqsadli tarmoqlar yoki maxsus bank tarmoqlardan foydalangan holda
banklarda naqd
pulsiz hisob-kitoblarni avtomatlashtirishni ta’minlaydi. Banklararo tizimlar ishning katta ishonchliligini va ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlaydigan tarzda quriladi. Xalqaro bank moliyaviy tarmoqlar jamiyati o‘zining SWIFT tarmog‘iga ega. bankomat ingl.: bankmate rus.: банкомат Bank
mijozlarini masofada o‘z-o‘zlariga xizmatini ta’minlovchi qurilma. Bankomat ixtisoslashtirilgan foydalanuvchi tizimi bo‘lib, mijoz undan foydalanib qator bank amallarini bajarishi mumkin – qog‘oz kupuralarni berish; pul qabul qilish; o‘z hisobidan, magnit yoki kompyuter kartochkasidan boshqa hisobga pul o‘tkazish. Bankomatdan foydalanishda mijozga klaviatura, kartochkalarni kirgizish qurilmasi va monitor taqdim etiladi. Download 9.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling