Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati


Download 9.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/103
Sana09.02.2017
Hajmi9.86 Mb.
#51
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   103

 

BPE 

qisq.: Back Propagation of Error 

Xatoning  teskari  tarqalishi.  Sun’iy  neyron 

tarmog‘ini o‘qitish uslubi. 

 

bpi 

qisq.: Bits Per Inch 

Bit dyumda. 



 

bpp 

qisq.: Bits Per Pixel 

Bit pikselda. 



 

BPR 

qisq.: Business Process Reengineering 

Biznes  –  jarayon  reinjiniringi  (qayta  qurish). 

Korxonada 

uning 


muhim 

faoliyat 

ko‘rsatkichlarini  sezilarli  yaxshilash  maqsadida 

ish  tartibotlarini  to‘la  ro‘yxatdan  o‘tkazish, 

tahlil  qilish  va  qayta  tashkillashtirish.  Odatda, 

malakali  konsalting  firmalari  tomonidan  umum 

qabul  qilingan  va/yoki  firma  uslubiyatlarini 

qo‘llab, 

korxonada 

yangi 


axborot 

texnologiyalarini  tatbiq  qilish  bilan  amalga 

oshiriladi. 

 

bps 

qisq.: bits per second 

qarang: bit sekundiga 

 

BPU 

qisq.: Branch Prediction Unit 

bosh muharrir 

 


 

57 


Shoxlanishni 

bashoratlovchi 

qurilma. 

Mikroprotsessorning arxitektura elementi. 



 

brandmauer 

ingl.: firewall 

rus.: межсетевой экран 

“Tarmoqlararo 

to‘siq” 

yoki 


“firewall» 

atamalarining  sinonimi  (nemis  tilidan  “olovli 

devor” deb tarjima qilinadi). 

1. Tashqaridan kompyuterga yoki kompyuterlar 

guruhidan  erkin  foydalanishni  nazorat  qiluvchi 

va  hujumlarni  bartaraf  qiladigan  dastur  va 

apparat 

ta’minotining 

birikmasi. 

Asosan 


Internet  tarmog‘iga  ulangan  mahalliy  tarmoqda 

ishlatiladi. 

2. Xususiy (Intranet) tarmoq qilinadigan noxush 

tajovuzlarni bartaraf qilish uchun, ikki va undan 

ortiq  tarmoqlar  orasida  muhofaza  to‘sig‘ini 

hosil  qiladigan  hisoblash  tizimi  yoki  tizimlar 

birikmasi.  Brandmauer  bir  tarmoqdan  boshqa 

tarmoqqa  paketlarni  uzatishda  virtual  to‘siq 

bo‘lib  xizmat  qiladi  va  Internet  hamda  Intranet 

tarmoqlari  orasida  ma’lumotlar  oqimini  kuzatib 

turadi. 

3. Mazkur tarmoq xavfsizligiga boshqa tizim va 

tarmoqlardan 

bo‘layotgan 

tahdidlardan 

muhofazalash  usuli.  Bu  usul  tarmoqdan  erkin 

foydalanishni  markazlashtirish  va  uni  nazorat 

qilish 


orqali 

apparat-dasturiy 

vositalar 

yordamida amalga oshiriladi. 



 

brauzer 

ingl.: browser 

rus.: браузер 

 1. 


Gipermatnni 

o‘qish, 


veb-resurslarda 

navigatsiyalash  va  ko‘rib  chiqish  dasturi.  Veb-

brauzeri  gipermatnlarni  o‘qishdan  tashqari, 

tovushni  va  video  ma’lumotlarni  qaytadan 

chiqarish,  ya’ni,  gipermediani  qayta  chiqarish, 

tarmoqning 

boshqa 

kompyuterlari 



bilan 

ulanishni  o‘rnatish  va  ularda  ishlayotgan 

serverlarga  veb-hujjatlarga  so‘rovlarni  yuborish, 

tarmoqni 

boshqa 

foydalanuvchilari 



bilan 

muloqat  tashkil  qilish  va  uni  quvvatlash  kabi 

qo‘shimcha 

imkoniyatlarga 

ega 

bo‘lishi 



mumkin. 

Eng  ommaviy  tarqalgan  veb-brauzerlar  — 

Microsoft  Internet  Explorer  va  Netscape 

Navigator. 

2.  Obyektga-yo‘naltirilgan  dasturiy  tizimlarda 

sinfiy shajarani tahlil qilish uchun ishlatiladigan 

vosita. 

 

brend 

ingl.: brand 

rus.: бренд 

Qonunchilik 

tomonidan 

muhofazalangan 

mahsulot,  kompaniya  (uning  nomi)  yoki 

konsepsiya (tamoyil). U ijtimoiy ong tomonidan 

birtalay  o‘ziga  o‘xshashlari  ichidan  ajratib 

olinadi. 



 

BRI 

qisq.: Basic Rate Interface 

Asosiy  pog‘ona  interfeysi,  BRI  interfeysi.  Ikki 

ma’lumotlar  uzatish  kanalining  (B-kanal)  har 

birini tezligi 64 Kbit/s va bitta boshqaruv kanali 

(D-kanal)  tezligi  16  Kbit/s.  tashkil  bo‘lgan 

ISDN liniyasi. Axborotni 128 Kbit/s.tezlik bilan 

uzatish imkonini beradi. 

 

broker 

ingl.: broker 

rus.: брокер 

Turli ko‘rinishdagi amallarda vositachi. Broker-

inson  bilan  bir  qatorda,  elektron  brokerlar  ham 

faoliyat  ko‘rsatadilar.  Informatikada,  broker 

amaliy 

dastur 


bo‘lib, 

boshqa 


guruh 

dasturlarining  o‘zaro  aloqasini  ta’minlaydi. 

Buning  misoli  sifatida  obyekt  so‘rovlari 

brokerini keltirish mumkin. 



 

BS 

qisq.: 

1.  Bachelor  of  Science  –  Fanlar  (tabiiy) 

bakalavri (AQSH da). 

2.  BackSpace  –  Belgiga  qaytish.  (ASCII  ning 

boshqaruvchi kodi). 

 

BSA 

qisq.: 

1. Business Software Alliance – Tijoriy dasturiy 

ta’minot 

ishlab 


chiqaruvchilari 

alyansi. 

Microsoft 

tomonidan 

dasturiy 

ta’minot 

noqonuniy  tarqatishga  (qaroqchilikga)  qarshi 

kurashish uchun tuzilgan tashkilot. 

2. Boy Scouts of America – AQSH boyskautlari 

(hech narsadan toymas bolalarri) tashkiloti. 



 

BSD 

qisq.: Berkeley Software Distribution 

Berkli  shahrida  (AQSH,  Kaliforniya)  dastlab 

ishlab  chiqilgan  rusumni  rivojlantirayotgan 

UNIX  operatsion  tizimining  klonlari  oilasining 

belgilanishi. 

 

BSD 


 

 

58 


BSDI korporatsiyasi 

ingl.: BSDI corporation 

rus.: корпорация BSDI 

Berkeley  Software  Design,  Inc.  so‘zlarining 

qisqartmasi.  Tijorat  bo‘yicha  UNIX  operatsion 

tizimining 

BSD 

(Berkeley) 



rusumiga 

asoslangan  tarmoq  (jumladan  Internet  tarmog‘i 

uchun)  dasturiy  ta’minotini  yetkazib  berish 

bilan shug‘ullanadi. 



 

BSI 

qisq.: British Standards Institute 

Britaniya standartlar instituti. 



 

BSOD 

qisq.: Blue Screen Of Death 

O‘limning ko‘k ekrani. Windows NT operatsion 

tizimining muhofaza nolli halqasida (operatsion 

tizim 


o‘zagida 

yoki 


drayverda) 

xotira 


muhofazasining 

buzilishi 

(GPF) 

xatosiga 



bo‘lgan javob  harakati.  U tizimning to‘xtashiga 

va qayta yuklanishiga olib keladi. 



 

BTB 

qisq.: Branch Target Buffer 

Shoxlashning 

maqsadli 

buferi. 


Mikroprotsessorning ichki bloki. 

 

bufer 

ingl.: buffer 

rus.: буфер 

Ma’lumotlarni 

vaqtincha 

saqlash 


uchun 

ishlatiladigan  kompyuterning  tezkor  xotira 

yacheykalarining  bir  qismi.  Boshqa  (masalan, 

kompyuterga  kiruvchi)  qurilmalardan  kelgan 

ma’lumotlar  bilan  birgalikda  qayta  ishlash 

zarurati  tug‘ilganda,  ular  buferdan  chaqirib 

olinadi.  Ma’lumotlarni  buferga  yozish  va 

vaqtincha  eslab  qolish  jarayoni  buferlashtirish 

deb  ataladi.  Yuqori  tezlikli  katta  bufer  kesh-

xotira deb ataladi. 



 

bul algebrasi 

ingl.: boolean algebra 

rus.: булева алгебра 

1. Har bir o‘zgaruvchisi ROST yoki YOLG‘ON 

qiymatlardan  birini  qabul  qilishi  mumkin 

bo‘lgan algebra. 

2. Uch amaldan AND (VA), OR (YOKI), NOT 

(YO‘Q) iborat algebraik tuzulma. 

Bul  algebrasi,  mantiq  qonuniyatlarini  o‘rganib 

uni  taklif  etgan  irlandiyalik  Jon  Bul  sha’niga 

uning  nomi  bilan  atalgan.  Bul  algebrasida 

o‘zgaruvchilar  ustida  bajariladigan  amallar  bul 

amallari  yoki  mantiqiy  amallar  deb  ataladi. 

Mantiqiy  amallarni  bajarish  qoidalari  mantiqiy 

sxemalarni  o‘zgartirish  uchun  qulay.  Shu 

sababli,  bul  algebrasi  kompyuterni  ishlab 

chiqishda asos bo‘lgan. 

 

Bus Master 

Shina  egasi.  Qurilmaning  xohlagan  shinada 

(jumladan  PCIda)  mumkin  bo‘lgan  ish  rejimi. 

Bunday  rejimda  ishlash  uchun  qurilma  shina 

arbitriga  shinani  boshqarishni  olish  haqidagi 

talabini  ifodalovchi  buyruq  beradi.  Arbitr, 

ushbu  shinada  arbitrajning  ustuvorligi  va/yoki 

ketma-ketligiga muvofiq, hujjatlarda buyruqdan 

keyin o‘tishi lozim bo‘lgan belgilangan vaqtdan 

keyin so‘rayotgan qurilmaga shina boshqarishni 

uzatadi.  Barcha  kerakli  amallarni  bajarib 

bo‘lgandan  keyin  qurilma  arbitrga  shina 

bo‘shatilishi haqida xabar beradi. 

 

butunlik 

ingl.: integrity 

rus.: целостность 

Obyektning  (axborotni,  apparat  yoki  dasturiy 

ta’minotni) 

buzilmagan 

shaklda 

(uning 


qaydlangan  biror  bir  holatiga  nisbatan)  mavjud 

bo‘lish xossasi. 



 

buyruq 

ingl.: instruction 

rus.: команда 

Bajarilishi  zarur  bo‘lgan  amalning  ta’rifi. 

Topshiriqlarni  boshqarish  tilini  ko‘rsatish, 

dastur  operatori,  boshqaruvchi  signal  va 

foydalanuvchi  talablari  buyruq  (ko‘rsatma) 

hisoblanadi. 

Barcha 

hollarda, 



buyruqlar 

yordamida ma’lumotlarni qayta ishlash tizimida 

ma’lumotlar  jo‘natish  yoki  tizimlar  orasida 

ma’lumotlar  uzatish  jarayonlarini  boshqarish 

amalga oshiriladi. Har bir buyruq amal kodidan 

tashkil  topib,  qaysi  obyektga  va  nima  qilish 

kerakligini,  olingan  natijani  qayerga  yuborish 

kerakligini  xabar  qiladi.  Amallarni  bajarishda 

ishlatiladigan  buyruqlar  yig‘masi  buyruq  tili 

bilan aniqlanadi. Buyruqlar arifmetik, mantiqiy, 

kiritish-chiqazish, 

ma’lumotlarni 

uzatish 

turlariga 

bo‘linadi. 

O‘zaro 


bog‘langan 

buyruqlar  ketma-ketligi  makrobuyruq  deb 

ataladi. 

Makrobuyruqlardan 

foydalanish 

dasturlashni  soddalashtiradi  va  dasturlarning 

turli 

yerlariga 



qo‘shimchalarni 

kiritish 

BSDI korporatsiyasi 

 


 

59 


mexanizmini  ta’minlaydi.  Buyruqlar  tizimga 

klaviatura,  sichqoncha,  sensor  qurilmalari  va 

boshqa qurilmalar yordamida uzatiladi. 

 

buyruq satri 

ingl.: command line 

rus.: командная строка 

DOS yoki Unix dagi o‘rin. Unda foydalanuvchi 

mashinadan  nima  hohlayotganini  xabar  qilish 

uchun  buyruqlarni  kiritadi.  Operatsion  tizim 

oilasining  maxsus  oynasida  shunga  o‘xshash 

o‘rin bor. 



 

buyruq turlanishi 

ingl.: instruction modification 

rus.: модификация команды 

Tizim  va  tarmoqlarda  manzillar,  buyruqlar 

tuzilishining  o‘zgartirilishi.  Bu  turli  buyruqlar 

to‘plamlariga  ega  tizimlarning  o‘zaro  ishlashi 

yoki buyruqlarni tizimda qabul qilingan standart 

shaklga  keltirish  lozim  bo‘lgan  paytda  ro‘y 

beradi. 

 

buzib erkin foydalanish 

ingl.: hacking 

rus.: взлом 

Kompyuter  muhofazasidagi  ma’lum  elementni 

chetlab  o‘tish  yoki  ishdan  chiqarish.  Bu 

ma’lumotlarni  qayta  ishlash  tizimidan  erkin 

foydalanishga 

olib 


kelishi 

mumkin. 


Aniqlanadigan  yoki  aniqlanmaydigan  bo‘lishi 

mumkin. 


 

buzib ochish 

ingl.: disclosure 

rus.: раскрытие 

Kompyuter 

muhofazasi 

buzilishi. 

Buning 

oqibatida,  ma’lumotlardan  mualliflashmagan 



obyektlar erkin foydalanishi mumkin. 

 

bo‘lingan vaqt rejimi 

ingl.: time sharing mode 

rus.: режим разделенного времени 

Kompyuterdan  foydalanish  maromi.  Bunda 

mashinaga  joylashtirilgan  maxsus  dastur,  turli 

vazifalarni  alohida  qismlarini,  bir  biriga 

«aralashtirmagan»  holda,  ketma-ket  yechishi 

ta’minlanadi. 



 

bo’lingan vaqt rejimi 



 

60 


Dd

 

 

D3D 

qisq.: Direct 3D 

D3D  spetsifikatsiyasi.  Windows  maslagi  uchun 

Microsoft  tomonidan  ishlab  chiqarilgan  API 

ko‘ptashuvchi spetsifikatsiyasi. 



 

DAC 

qisq.: Digit-to-Analog Conversion 

qarang: raqam-analog o‘zgartirishi 

 

DAMA 

qisq.: Demand Assignment Multiple Access 

[Kanallarni]  Talab  bo‘yicha  ajratish  bilan  ko‘p 

tomonlama  erkin  foydalanish.  Ushbu  usul 

yo‘ldosh radio aloqasida ishlatiladi. 



 

DAMPS 

qisq.: Digital AMPS 

Raqamli  AMPS  (Advanced  Mobile  Phone 

Service).  AMPS  standartining  rivojlangan 

shakli. 


 

DAO 

qisq.: Data Access Objects 

Ma’lumotlardan  erkin  foydalanish  obyektlari. 

Ma’lumotlar  bazalaridan  erkin  foydalanish 

uchun  Microsoft  tomonidan  ishlab  chiqilgan 

COM-sinflar kutubxonasi. 

 

DAP 

qisq.: Directory Access Protocol 

Katalogdan  erkin  foydalanish  bayonnomasi, 

DAP 

bayonnomasi. 



X.500 

standartidagi 

katalogdan 

erkin 


foydalanish 

uchun 


foydalaniladigan bayonnoma. 

 

DARPA 

qisq.: Defense Advanced Research Projects Agency 

qarang: ARPA. 

 

darvoza 

ingl.: gateway page 

rus.: гейтвей 

qarang: geytvey 

 

dastlabki matnga o‘girish 

ingl.: deciphering 

rus.: расшифрование 

Shifrlangan  matnga  o‘girish  jarayoniga  teskari 

jarayon.  U  ma’lum  kalitdan  foydalanib, 

shifrlangan 

matndan 

dastlabki 

matnni 

tiklashdan iborat bo‘lgan jarayon. 



 

dastur 

ingl.: software 

rus.: программа 

1.  Hisoblash  mashinasiga  algoritmni  beruvchi 

ko‘rsatmalar 

(buyruq 


yoki 

tasnif 


va 

operatorlar)ning 

ketma-ketligi. 

Dastur 


kompyuter  tomonidan  qaysi  tartibda,  qaysi 

ma’lumotlar ustidan va qaysi amallar bajarilishi 

va  natija  qaysi  shaklda  taqdim  etilishini 

ko‘rsatadi. 

Kompyuterning 

boshqarish 

qurilmasi  mashina  buyruqlari  ketma-ketligi 

shaklida berilgan dasturni qabul qiladi. Dasturni 

mashina  tilida  yaratish  –  noqulay  va  katta 

mehnat  talab  qiluvchi  jarayon.  Shuning  uchun 

kompyuter  uchun  dastur  inson  tomonidan 

dasturlash  tillaridan  birida  yaratilib,  keyin  esa 

kompyuterning  o‘zi  ushbu  dasturni  mashina 

tiliga o‘giradi. 

2.  Ma’lum  natijani  olish  uchun  kompyuter  va 

boshqa  kompyuter  qurilmalari  faoliyati  uchun 

mo‘ljallangan  jami  ma’lumot  va  buyruqlarni 

taqdim etishning obyektiv shakli. 



 

dasturiy mahsulot 

ingl.: software product 

rus.: программный продукт 

Boshqa  shaxslarga  sotish  yoki  ishlash  uchun 

berishga mo‘ljallangan va qator talablarga javob 

beruvchi  dastur  (dasturlar  paketi).  Ushbu 

talablarning eng muhimlari quyida keltirilgan: 

-  dasturning  o‘zi  va  unga  tegishli  ko‘rsatma 

o‘zining  to‘laqonli  foydalanilishi  uchun  yetarli 

ma’lumotlar miqdoriga ega bo‘lishi lozim; 

-  dastur  ishlab  chiqaruvchi  tomon  kuzatuvida 

bo‘lishi  lozim,  ya’ni  topilgan  xatolar  sotib 

oluvchilar uchun bepul tuzatilishi lozim; 

-  dastur  o‘rnatish  va  foydalanish  uchun  qulay 

shaklda,  odatda  epchil  yoki  lazer  disklarda 

ko‘rsatma 

va 

muhofaza 



tahlami 

bilan 


yetkazilishi lozim; 

- dastur qonuniy ravishda sotib olingan dasturiy 

vositalar  yordamida  yaratilgan  va  patentlangan 

bo‘lishi lozim. 



 

dasturiy qaroqchilik 

ingl.: software piracy 

rus.: программное пиратство 

Dd 


 

 

61 


1.  Dasturiy  vositalardan  ruxsatsiz  foydalanish, 

ulardan nusxa ko‘chirish va ularni tarqatish. 

2.  Dasturiy  mahsulotlardan  noqonuniy  ravishda 

foydalanish yoki ulardan nusxa ko‘chirish. 



 

dasturiy ta’minot 

ingl.: software 

rus.: программное обеспечение 

Axborotga  ishlov  berish tizimining  barcha  yoki 

ba’zi  dasturlari,  tartiblari,  qoidalari  va  ularga 

tegishli  hujjatlar.  Dasturiy  vositalar  ular 

yozilgan  tashuvchidan  qat’iy  nazar  intellektual 

mahsulot hisoblanadi. 



 

dasturiy ta’minot replikatsiyasi 

ingl.: software replication 

rus.: репликация программного обеспечения 

Namunaviy  axborot  majmuasining  dasturiy 

ta’minotini,  uni  keyinchalik,  yangi  soha  portali 

yoki  majmuasi  asosida  klonlash  maqsadida 

takror ishlab chiqarish. 

 

dasturiy ta’minot sifati 

ingl.: quality of software 

rus.: качество программного обеспечения 

Dasturiy 

ta’minotning 

afzalliklari 

va 

kamchiliklarini 



belgilaydigan 

alomatlar, 

xossalar,  fazilatlar  majmui.  Yaratilayotgan 

dasturiy  ta’minot  sifatini  baholash  miqdoriy 

usullarni  ishlatib  amalga  oshiriladi.  Bu  tadbir 

dasturlash  jarayonida  amalga  oshadi.  Bu 

masalaning  dolzarbligini  oshishiga  munosib 

ravishda,  bozorda  yaratilayotgan  dasturlarning 

sifatini  aniqlashni  ta’minlaydigan  dasturlar 

paydo bo‘ldi. Ammo, bu sifatni aniqlashga doir 

xalqaro standartlar hozircha yo‘q. 

 

dasturiy ta’minot umri 

ingl.: software life cycle 

rus.: жизненный цикл программного обеспечения 

Kompyuter  dasturiy  ta’minotini  loyihalashtirish 

boshlangan  daqiqadan  to  uning  ishlatilishi 

to‘xtashigacha o‘tgan vaqt. 



 

dasturiy ta’minotni elektron tarqatish 

ingl.: Electronic Software Distribution (ESD) 

rus.: электронное распространение программного 

обеспечения 

Kommunikatsiya  tarmoqlari  orqali  dasturiy 

ta’minot 

tarqatish 

texnologiyasi. 

Bu 


maqsadlarda  ESD  maxsus  tizimlari  yaratiladi, 

ular  foydalanuvchilarga  dasturlarni  ochib-

ko‘chirib  olish  va  ularning  haqini  to‘lash 

imkonini  beradi.  Bunday  tizimlar  Internet 

tarmog‘i xamda modemli ulanish orqali faoliyat 

ko‘rsatadilar. ESD tizimlari, foydalanuvchilarga 

dasturiy ta’minotdan ma’lum vaqt davriga sinab 

foydalanish  uchun  yozib  olish  imkonini  ham 

beradi. 

 

dasturiy 

ta’minotni 

muhofazalash 

vositalari 

ingl.: software protection tools 

rus.: средства защиты программного обеспечения 

Dasturiy  vositalarini  beruxsat  foydalanishdan 

muhofaza qiluvchi vositalar. 

 

dasturiy uyg‘unlik 

ingl.: software compatibility 

rus.: программная совместимость 

Turli  kompyuterlarda  bir  xil  dasturlarni  bajarib 

bir xil natijalarga erishish mumkinligi. 

 

dasturiy vositalar 

ingl.: software tools 

rus.: программные средства 

qarang: dasturiy ta’minot 

 

dasturiy xatcho‘p 

ingl.: software bookmark 

rus.: программная закладка 

Axborotga 

tahdid 

tug‘diruvchi, 



ruxsatsiz 

o‘rnatilgan dastur. 



 

dasturiy-apparat vositasi 

ingl.: software-hardware tool 

rus.: программно-аппаратное средство 

Asosiy  xotiradan  alohida  faoliyat  ko‘rsatish 

mumkin  bo‘lgan  holda  (odatda  doimiy  xotira 

qurilmasida) saqlanuvchi  jami  tartibga  solingan 

buyruqlar va ular bilan bog‘liq ma’lumotlar. 

 

dasturlarni tez ishlash 

ingl.: Rapid Application Development (RAD) 

rus.: быстрая разработка программ 

Dasturlarni  sodda  va  tushunarli  qadamlar 

yordamida  ishlab  chiqish  texnologiyasi.  Bu 

texnologiya,  instrumental  dasturiy  ta’minot 

bo‘lib,  u  dasturchilarga  zarur  amaliy  jarayonni 

tez  ishlab  chiqish,  tayyor  dasturiy  ta’minotni 

mukammallashtirishda  ish  hajmini  qisqartirish, 

unga 


zarur 

bo‘lgan 


qo‘shimchalar 

va 


o‘zgartirishlar 

kiritish 

imkonini 

beradi. 


Dasturlar  ularning  mualliflari  tasavvurida  hosil 

bo‘lgan  ko‘rinishda  yaratiladi  va  bo‘laklab 

sintez 

qilinadi. 



Maksimal 

soddalashtirish 



Download 9.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling