Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati
Download 9.86 Mb. Pdf ko'rish
|
D dasturlarni tez ishlash
62
maqsadida matnli uskunaviy vositalar o‘rniga grafik vositalar ishlatiladi dasturlash ingl.: programming rus.: программирование 1. Dasturni yaratish jarayoni. Dasturlash o‘z ichiga dasturga bo‘lgan talablar tahlili va uni ishlab
chiqish va
yaratishning barcha
bosqichlarini oladi: - algoritm, ma’lumotlar tuzilmasi va dasturlash tizimini tanlash; - dasturni yozish (kodlash) va ma’lumotlarni tayyorlash; - dasturni sozlash va sinovdan o‘tkazish; - dastur uchun qo‘shimcha hujjatlarni yaratish. 2. Hisoblash mashinalari uchun dasturlar tuzish va amalga oshirish uslublari va vositalarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi fan. dasturlash tili ingl.: programming language rus.: язык программирования Kompyuterlar uchun dasturlar (ko‘rsatmalar yig‘masi) yoziladigan, uni u
bu harakatlarni bajarishiga majbur
qiladigan rasmiy
til. Dasturlash tilida yozilgan ko‘rsatmalar dastlabki kod deb
ataladi. Dastlabki kod kompyuterda amalda bajarilishidan avval, uni mashina kodiga yo bo‘laklab talqin qilish, yo batamom talqin qilish zarur. Dasturlash tilining ta’rifi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 1. Mumkin bo‘lgan belgilar ro‘yxatini. 2. Zahiralangan so‘zlar ro‘yxatini. 3. Sintaksisni (belgilarni va zahiralangan so‘zlarni birikmalash usullarini). 4. Semantikani (dasturlash tilining birikmalar ma’nosi). Dasturlash tillari quyi
pog‘ona tillariga (Assembler tili va mashina tili) va yuqori pog‘onadagi tillariga (BASIC, C, C++, COBOL, FORTRAN, Ada, Pascal va b.) bo‘linadi. Yana, to‘rtinchi avlod tillarini (4GL) ham ajratiladi. dasturlashtirish tizimi ingl.: programming system rus.: система программирования Jami dasturlashtirish tili va dasturlarni yaratish tizimi. U berilgan tilda dasturlarni avtomatlashtirilgan tarzda yaratish va bajarish hamda
tegishli hujjatlar tayyorlashni ta’minlaydi. Odatda dasturlashtirish tizimi tilning etalon xilini emas, balki uning dialektik – ma’lum osonlashtirish yoki kengaytirishlarga ega rusumini o‘z ichiga
oladi. Ba’zi
dasturlashtirish tizimlari dasturlarni bir necha tilda yaratishni qo‘llab-quvvatlashi mumkin. Shaxsiy kompyuterlar uchun eng mashhur dasturlashtirish tizimlari: Microsoft kompaniyasining Basic, Java, C++ tillarini qo‘llab-quvvatlovchi Visual Studiosi; Inprise (Borland International) kompaniyasining Delphi tili va boshqalar. dasturni sozlash ingl.: program debugging rus.: отладка программы Dasturda xatolarni topish va tuzatish jarayoni. Bu jarayonni bajarish uchun maxsus sozlovchi deb
atalmish dasturlar yaratiladi. Ular,
dasturlashda yo‘l qo‘yilgan xatolarni qidirib topishga mo‘ljallangan. Sozlashda dastur qadamma-qadam bajariladi. Har bir qadamda ma’lumotlarda yuz berayotgan o‘zgarishlar tahlil qilinadi. Bu jarayon o‘zgartirilishi zarur bo‘lgan elementlarni topish imkonini beradi.
1. Raqamli audio kasseta, DAT kassetasi. Axborot yozish uchun mo‘ljallangan magnit tasmali ixcham-kasseta standarti. Boshida audio axborotni raqamli shaklda saqlash uchun mo‘ljallangan; DAT kassetalari ma’lumotlarning zahiraviy nus’halarini saqlash uchun qo‘llaniladi. 2. DAT kassetasiga yozish formati.
Keng foydalanish, jumladan ishlab chiqarish texnologiyalarida foydalanish uchun kompyuterlar va dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi kompaniya. Data General
kompaniyasi AQSHda DEC kompaniyasining sobiq
xodimlari tomonidan yaratilgan. Kompaniya kompyuterlarning bir necha oilasini ishlab chiqaradi. Data Generalning muhim ishlanmasi serverlarni yaratishdir. davlat axborot resurslari ingl.: state information resources rus.: государственные информационные ресурсы dasturlash
63
Davlat axborot
resurslari quyidagilardan shakllantiriladi: davlat organlarining axborot resuslaridan; yuridik va jismoniy shaxslarning davlat budjeti mablag‘lari hisobidan yaratilgan axborot resurslaridan; yuridik va jismoniy shaxslarning davlat sirlari hamda mahfiy axborotni o‘z ichiga olgan axborot resurslaridan.
Ma’lum shaxsning vakolatli mansabdor shaxs ruxsati asosida davlat sirini tashkil qiluvchi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishi. davlatning axborot sohasidagi manfaatlari ingl.: state interests in information sphere rus.: интересы государства в информационной сфере Axborot infratuzilmasining uyg‘un rivojlanishi uchun sharoitlar yaratish. Bunda inson va fuqaroning axborot olish
va undan
mamlakatning konstitutsiyaviy tizimining mustahkamligi, suvereniteti va
hududiy yaxlitligi, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy barqarorligi maqsadida foydalanish sohasidagi konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini amalga oshirish, qonuniylik va huquqiy tartibni ta’minlash, teng huquqli va o‘zaro manfaatli xalqaro hamkorlikni rivojlantirish nazarda tutiladi. davriy halqa ingl.: cyclic ring rus.: даврическое кольцо Axborot tizimlari guruhiga signallarni ketma- ket uzatilishini ta’minlaydigan halqasimon jismoniy kanal. Bu mahalliy tarmoq umumiy bo‘g‘indan, kirish
bloklari va
abonent bo‘g‘inlaridan tashkil topadi. Umumiy bo‘g‘in kirish bloklari bilan o‘rama juft, yassi koaksal kabel yoki optik kanal asosida yaratilayotgan sohalarga bo‘linadi. Kirish bloklari abonent bo‘g‘inlari yordamida abonent tizimlari bilan ulanadi. OSI ning asosiy etalon modelida halqa kanali ulanishning jismoniy vositali sifatida taqdim qilinadi. Halqada signallar uzatish bir yo‘nalishda, ya’ni, bir
kirish blokidan boshqasiga qarab amalga oshiriladi. Shu bilan birga, kadrni uzatgan blok kadr halqani butunlay o‘tib bo‘lganidan so‘ng, bu kadrni yo‘q qilishi shart. Qolgan kirish bloklari uzatilayotgan kadrni uzatishda davom etadi.
IBM tomonidan ishlab chiqilgan relyatsion MBBT.
Ma’lumotlar bazasining ma’muri. DBCC qisq.: DataBase Consistency Check Ma’lumotlar bazalarining butunligini tekshirish. MBBT tomonidan bajariladigan ma’lumotlar butunligi shartlarini tekshirish tartiboti. DBCS qisq.: Double-Byte Character Set Ikki baytli belgilar to‘plami. Matn axborotni kodlashning shunday usuliki, unda har bir belgi ikki baytdan iborat bo‘lgan kod shaklida taqdim etilgan.
Ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi,
MBBT. DC qisq.: 1. Direct Current – Doimiy tok. 2. Device Context – Qurilma nimmatni. Tizimga ulangan qurilma haqidagi axborotga ega OT ma’lumotlari tuzilmasi.
berish muhiti DCOM qisq.: Distributed Component Object Model (shuningdek COM+) Taqsimlangan tarkibiy qismli obyektli model. Tarkibiy qismlarning
DCOM
64
tarmoqda o‘zaro ishlashini qo‘llab-quvvatlash uchun COM kengaytmasi. DCR qisq.: Dynamic Color Rendition Rangni dinamik andozalash. DCT qisq.: Discrete Cosine Transform Diskret kosinusli o‘zgartirish. Tasvirlarni sifatni yo‘qotishga olib
keluvchi zichlash algoritmlarida ishlatiladi.
1. Double Density – Zichligi ikki kara oshgan (axborot yozish). 2. Digital Display – Raqamli ko‘rsatkich. DDB qisq.: Distributed Database qarang: taqsimlangan ma’lumotlar bazasi DDC qisq.: Display Data Channel Kompyuter va monitor orasida ma’lumotlar almashish interfeysi. Ushbu interfeysning ikkita turi bor: 1) DDC 1 – monitor modeli va qo‘llab- quvvatlanadigan video rejimlar parametrlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning bir tomonga, monitordan kompyuterga uzatilishi; 2) DDC 2 – ma’lumotlarni ikki tomonlama almashinuv.
Ma’lumotlarning dinamik almashinuvi. Windows muhitida dasturlararo o‘zaro ishlash bayonnomasi. Asta-sekin OLE
(COM) mexanizmi tomonidan siqib chiqarilmoqda. DDK qisq.: Device Driver Kit Qurimalar drayverlarini ishlab chiqish uchun asbobiy vositalar to‘plami (Windows muhitida).
Mudofaa ma’lumotlar uzatish tarmog‘i. DDP qisq.: Distributed Data Processing qarang: ma’lumotlarga taqsimlangan ishlov berish
DDR SDRAM qisq.: Double Data Rate SDRAM Tezligi
ikki marta
oshgan SDRAM.
Ma’lumotlar almashinuvining tezligi ikki marta oshgan
SDRAM tezkor
xotira mikrosxemalarining turi. DEC qisq.: Digital Equipment Corporation DEC korporatsiyasi. EHM, jihoz va dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchisi (AQSH). Compaq Computer korporatsiyasi tomonidan 1998 yilda sotib olingan.
Ish
stansiyalari, serverlar va shaxsiy
kompyuterlar ishlab chiqaruvchilar orasida yetakchilardan biri. Nomi Digital Equipment Corporation (Raqamli jihozlar korporatsiyasi) qisqartmasidan kelib chiqqan. DEC 1957 yilda AQSHda yaratilgan. Kompaniya Alta Vista – Internetdagi yetakchi izlash tizimlaridan birini yaratgan. 1998 yilning yanvar oyida DEC Compaq kompaniyasi tomonidan sotib olingan, keyin esa Compaq Hewlett-Packard kompaniyasi bilan birlashgan.
Keng
ko‘lamdagi axborot
tizimlari va
kompyuterlarni ishlab chiqaruvchi kompaniya. Kompaniya Michael Dell tomonidan 1984 yilda yaratilgan. Dell Computer turli xil shaxsiy kompyuter, server va superserverlarni ishlab chiqaradi. Simmetrik ko‘pprotsessorli ishlov berishni ta’minlovchi ko‘pprotsessorli serverlar keng mashhur bo‘lgan. Kompaniya pochta orqali uy foydalanuvchilariga yetkaziluvchi shaxsiy kompyuterlar miqdori bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi. DCR
65
Delphi tili ingl.: Delphi language rus.: язык Delphi Borland
International, Inc
kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan qo‘llanmalarni tezkor ishlab chiqish tizimi. Delphi tili Microsof kompaniyasining Visual Basic tiliga o‘xshash, lekin, Visual Basic tili BASICga asoslangan bo‘lsa, Delphi tili esa Pascal ga asoslanganligi bilan farqlanadi.
Unix tizimining har doim faol va interfeysga ega bo‘lmagan xizmat dasturi. Ushbu dastur foydalanuvchisi odatda uni ko‘rmaydi va faqat uni ish natijalarini ko‘radi.
Katalog xizmatini qullab-quvvatlovchi tarmoq. DES qisq.: Data Encryption Standard Ma’lumotlarni shifrlash standarti, DES shifrlash standarti. AQSH hukumatining davlat siri hamda tijoriy bo‘lmagan axborot uchun shifrlash standarti. Kalit uzunligi 56 bit bo‘lgan blokli shifr. Kuchaytirilgan hili mavjud bo‘lib, u «uchlangan DES» (triple-DES, 3DES) deb ataladi, unda uchta turli kalit bilan DES standarti qo‘llaniladi.
Ma’lumotlarni bitta obyektdan boshqa obyektga biror maqsad bilan uzatishning shunday holatini yuzaga keltiradiki, unda ma’lumot uzatishning amalga oshirilishi bitta obyekt uchun ma’qul bo‘lib, boshqa obyekt uchun ma’qul bo‘lmaydi. DFA qisq.: Deterministic Finite Automaton Aniq chekli avtomat. DFD qisq.: Data Flow Diagram Ma’lumotlar oqimi chizmasi. Tizimni chizma shaklida tahlillash uchun «ma’lumotlar oqimi» va «ma’lumotlar ombori» tushunchalaridan foydalanadigan tuzilma tahlilining uslubiyati.
Differensial GPS. GPS qabul qiluvchisining shunaqa ishlash rejimi-ki, unda u yo‘ldosh signallaridan tashqari tayanch stansiyasining signallari ham hisobga olinadi (differensial to‘g‘rilash). DHCP qisq.: Dynamic Host Configuration Protocol Tarmoq
bog‘lamasining dinamik
tarkibiy tuzilmasi bayonnomasi, DHCP bayonnomasi. Maxsus tarmoq xizmati – DHCP serveri yordamida mijoz kompyuterining dinamik tarkibiy tuzilmasi tartibotini tavsiflovchi bayonnoma. Tarmoqda DHCP serverlarni izlash kenguzatuv so‘rovi yordamida amalga oshiriladi. DHCP yordamida mijoz kompyuteri DHCP egalik qilayotgan manzillar to‘plamidan IP manzilini hamda boshqa tarkibiy tuzilma axboroti- shluz manzili, DNS serverlari manzili va h.k.ni ijaraga oladi. DHCP bayonnomasi BOOTP bayonnomasi bilan uyg‘un va aslida uning kengaytmasidir. DHCP spetsifikatsiyasi RFC 2131da tavsiflangan.
Dinamik
HTML, DHTML
tili. Aks
etirilayotgan sahifalarga o‘zaro faollik baxsh etishuchun mo‘ljallangan HTML
tilining kengaytmasi. O‘z ichiga rang, shakl, belgilar shakli, ayrim sahifa elementlarining aniq joylashishi va harakatlanishini dinamik ravishda o‘zgartirish vositalarini oladi. Dinamik HTMLning asosiy g‘oyasi shunda-ki, ssenariy tilida hujatning istisnosiz barcha elementlari, ularni bezash va joylashish parametrlari (HTMLda belgilanganlar ham, CSS yordamida belgilanadiganlar ham) va hatto sahifa matni ustidan ham to‘la nazorat qilinadi. Shu tufayli HTML hujjatining xohlagan elementi istalgan yo‘nalishda harakatlanishi, o‘z formatlanganligini istalganicha o‘zgartirishi va qayta yozilishi mumkin. Bu foydalanuvchi harakatlariga javoban ham, o‘z tashabbusi bilan ham sodir bo‘lishi mumkin.
dialog
66
rus.: диалог Foydalanuvchilarning fikrlash jarayonini qo‘llab-quvvatlash uchun zarur bo‘lgan tezlikda amaliy jarayonlar va foydalanuvchilarning o‘zaro ishlash uslubi.
Apparatdan mustaqil bit
kartasi. Rangi
to‘rtburchak tasvirni aks ettirish formati. DII qisq.: Dynamic Invocation Interface Dinamik chaqiruv interfeysi. Obyekt usullarini dinamik chaqirish uchun interfeys (CORBA).
Chiqish tutashmalari ikki qatorda joylashishgan xotira moduli. Standart xotira moduli. U 168ta, ya’ni
plataning har
tomonida 84tadan
tutashmaga ega. dinamik HTML ingl.: dynamic HTML rus.: динамический html qarang: DHTML. dinamik veb qolipi ingl.: dynamic web template rus.: динамический веб-шаблон Umumiy maketga ega bo‘lgan boshqa HTML fayllarini bog‘lash mumkin bo‘lgan HTML fayli. Dinamik veb qolipini yangilaganda ushbu qolip asosida yaratilgan barcha sahifalar yangilanadi. Dinamik veb qoliplar fayllari, masalan, Macromedia DreamWeaver tizimida .dwt nom kengaytmasiga ega. DIP qisq.: Dual-In-line Package Chiqish tutashmalari ikki qatorda joylashishgan (mikrosxema) tanasi.
3D texnologiyalarining jadal rivojlanishi tufayli DirectXning eng mashhur qismiga aylanib qolgan. Direct3D ikki xil vazifani bajaradi: 1) 3D tezlashtiruvchilarisiz tizimlar uchun butun 3D konveyerini qo‘llab-quvvatlash bilan 3D tasvirga dasturiy ishlov berish; 2)
amaliy dasturlarning 3D tezlashtiruvchilarining barcha apparatli resurslari ulash
shaffof tarzda
erkin foydalanishni ta’minlash. OpenGLdan farqli o‘laroq Microsoft firmasi tomonidan qat’iy belgilanadigan vazifalar to‘plamidan iborat. Ushbu APIning boshqa firmalar tomonidan kentgaytirilishiga ruxsat berilmaydi.
Videokarta ishini bevosita qo‘llab-quvvatlovchi va, masalan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri video xotiraga yozish imkonini beruvchi DirectX drayverlar to‘plamining qismi. Aslida DirectDraw – bu video
xotira menejeri. DirectDrawdan foydalangan holda xohlagan dastur video xotirani, ushbu harakatlarni aniq videokarta modeliga bog‘lamagan holda
joyini o‘zgartirishi mumkin. Download 9.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling