Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati
Download 9.86 Mb. Pdf ko'rish
|
DirectInput Analog va raqamli richag bilan bevosita ishni qo‘llab-quvvatlovchi DirectX
drayverlar to‘plamining qismi. DirectInput drayverlari richagli mexanizm parametrlari va uning kalibrovkasi natijalarini saqlash
uchun Windows reyestridan foydalanadi. DirectPlay Ma’lum o‘yinning tarmoq bayonnomasi va transportga qaramlikdan ozod qiluvchi, uyin dasturlari Windows kommunikatsiya vositalaridan foydalanishini ta’minlovchi dasturiy interfeys. DirectSound Voqeiy
vaqtda aralashtirish va tovush
kartasidan to‘g‘ri erkin foydalanish imkonini beruvchi DirectX to‘plamining audio tarkibiy qismi.
Microsoft kompaniyasining Windows
operatsion tizimida ko‘ptashuvchi kompyuter dasturlari va qurilmalardan foydalanish uchun ishlab chiqilgan texnologiyasi. DirectX
to‘plamiga ko‘ptashuvchi dasturlarni yaratish imkonini beruvchi qurilma drayverlari va dasturiy vositalar kiradi. Ushbu texnologiya to‘xtovsiz rivojlanishda davom etib, hozirgi kunga kelib uning quyidagi rusumlari chiqqan (har bir keyingi rusum o‘z ichiga avvalgi imkoniyatlarini ham oladi): DIB
67
– DirectX 1.0 DirectDraw, DirectInput, DirectPlay va DirectSoundlardan iborat bo‘lgan; – DirectX 2.0ga qo‘shilib Direct3D hosil bo‘lgan; – DirectX
3.0 DirectInputda MMX texnologiyasini qo‘llab-quvvatlash uchun
richagli mexanizmni va virtual hamprotsessor drayverini maxsus boshqarish dasturining paydo bo‘lishi bilan farq qilgan. DirectSound uchun o‘ziga tegishli API paydo bo‘lgan; – DirectX
5.0 qator
yangiliklarni mujassamlantirgan, jumladan teskari aloqa bilan o‘yin nazoratchilarini qo‘llab-quvvatlash (masalan, otish qurolining teskarisini), o‘yin nazoratchilarini boshqarish uchun yangi panel, ancha yaxshilangan MMX texnologiyasini qo‘llab-quvvatlash interfeysi va foydalanuvchi uchun yaxshilangan boshqarish interfeysi; – DirectX 6.0 bir necha yangi 3D vazifalarini qo‘llab-quvvatlashni o‘z ichiga oladi, jumladan bir o‘tishli ko‘p teksturalash, teksturalarni siqish
va h.k.
Shuningdek, terish
drayverlarining tezkorligi oshirilgan va AMD firmasining 3DNow texnologiyasini qo‘llab- quvvatlash qo‘shilgan; – DirectX 6.1 DirectMusic deb nomlangan yangi APIni o‘z ichiga olgan; – DirectX 7.0, 8.0, 9.0 yangi yaxshilangan rusumlardir.
Alohida ajratilgan fayllar ro‘yxatini o‘z ichiga olgan fayllar tizimining bo‘limi. O‘zi ham maxsus fayl shaklida bo‘lishi mumkin. disk ingl.: disk rus.: диск Bitta yoki ikkita tomonida ma’lumotlarni o‘qish yoki yozishni amalga oshirish uchun aylanuvchi yassi dumaloq plastinadan iborat ma’lumotlar tashuvchisi.
Ramzlar kabi alohida elementlardan iborat bo‘lgan ma’lumotlar yoki aniq ko‘rsatilgan qiymatlarning chekli soniga ega bo‘lgan fizik miqdorlarga, shuningdek, jarayonlar va ushbu ma’lumotlardan foydalanuvchi funksional moslamalarga tegishli ta’rif.
Ishlab chiqaruvchi tomonidan taqdim etilgan shakldagi dastur mahsuloti. Distributiv diskda, odatda, dasturning o‘zi hamda dasturni qattiq diskka o‘rnatish va uning parametrlarini moslashtirish uchun mo‘ljallangan o‘rnatuvchi bo‘ladi.
Protsessor uchun ko‘rsatmalarni nisbatan oson o‘qiladigan dastur
matniga aylantirish. Dizassemblash maqsadi
odatda boshqa
dasturlarni o‘zgartirishdir (odatda bu
muhofazani buzish). Dizassembllash bajarilayotgan faylni Assembler tilidagi dastur matniga aylantiradi.
Ma’lumotlarni uzatish kanalini boshqarish, DLC bayonnomasi.
Dinamik
ravishda ulanadigan kutubxona. Windowsning dinamik ravishda ulanadigan funksiyalari va resurslaridan iborat ktubxona fayli.
DLP qisq.: Digital Light Processing Yorug‘likka raqamli ishlov berish. Millionlab mikrooynalardan iborat yuzaga ega bo‘lgan integral mikrosxemalardan foydalanishga asoslangan tasvirni aks ettirish texnologiyasi.
DLP
68
DLT qisq.: Digital Linear Tape Chiziqli yozuv raqamli tasmasi, DLT tasmasi. DMA qisq.: Direct Memory Access Xotiradan to‘gridan-to‘g‘ri erkin foydalanish. Maxsus qurilma otmonidan boshqarilayotgan (DMA nazoratchisi) va markaziy protsessor ishtirokisiz bajarilayotgan xotira va
kiritish/chiqarish qurilmasi orasida ma’lumotlarni almashish rejimi.
Ushbu rejimdan foydalanish ma’lumotlar jo‘natilishini ancha tezlashtiradi, chunki bu ma’lumotlarni protsessorga va undan qayta jo‘natishni inkor etadi.
Stolusti kompyuterlarni boshqarish interfeysi. Boshqaruvchi qo‘llanmalar agentlari kompyuter apparaturasi va dasturiy ta’minotini to‘g‘risida axborot to‘plashi va uning tarkibiy tuzilmasini masofadan sozlashi mumkin bo‘lgan API. DML qisq.: Data Manipulation Language qarang: ma’lumotlarni boshqarish tili DMTF qisq.: Desktop Management Task Force Stolusti kompyuterlarni boshqarish bo‘yicha ish guruhi. Mahalliy tarmoqlarda shaxsiy
kompyuterlarni boshqarish uchun standartlar ishlab chiqaruvchi tashkilot. DMY qisq.: Day-Month-Year Kun-oy-yil. DMZ qisq.: DeMilitarized Zone Harbiysizlashtirilgan zona. Korxonaning tarmoq infratuzilmasiga nisbatan ishlatilganda ommaviy va ichki tarmoqlardan tarmoq ekranlari bilan ajratilgan «betaraf» chegaradosh nimtarmoqni bildiradi. DNS qisq.: Domain Name System 1. Domain Name System – Domen nomlari xizmati. Kompyuter nomi bo‘yicha uning IP manzilini aniqlashni amalga oshiruvchi Internet xizmati. Taqsimlangan nomlar ma’lumotlar bazasi va manzillarni qo‘llab-quvvatlovchi DNS serverlari tizimidan iborat. DNS asosidagi konsepsiyalar tavsifi RFC 1034da, DNS spetsifikatsiyalari esa RFC 1035da keltirilgan. 2. Domain Name Server – Domen nomlari serveri, DNS serveri. Doimiy ravishda xizmat ko‘rsatilayotgan domenning nomlar
ma’lumotlar bazasi va xostlar manzillarini o‘zida saqlaydi. Internet tarmog‘idagi har bir nomlangan server
turli kompyuterlarda joylashgan 2ta DNS serveriga, ya’ni, birlamchi va ikkilamchi serverlarga (ishonchlilik uchun) ega bo‘lishi shart.
(shuningdek D.O.A.) Yo‘lda
vafot etdi. Ko‘chma ma’noda (qurilma to‘g‘risida gap borsa) – “ishga noloyiq holatda yetkazib berilgan” degan gap. DOM qisq.: Document Object Model Hujjatlarning obyektli modeli.
W3C konsorsiumi tomonidan obyektlar shajarasi shaklida ishlab chiqilgan va API tomonidan bunday model bilan ishlash uchun tavsiya etilgan hujjat modeli.
1. Tarmoq ichida umumiy qoidalar va tartibotlar asosida yaxlit shaklda idora etiluvchi kompyuterlar va qurilmalar guruhi. Internet tarmog‘ida domen IP manzil bilan belgilanadi. 2. Ikki nuqta orasidagi domen manzili qismi. Chekka o‘ng tomondagi domen yuqori pog‘ona domeni bo‘ladi. Masalan, www.mves.gov.uz - 3-pog‘ona domeni; mves.gov.uz - 2- pog‘ona domeni; gov.uz - 1- pog‘ona domeni; uz - 0- pog‘ona domeni. Shunday qilib, yuqori pog‘ona DLT
69
domenlari shajarasi tashkil bo‘ladi: yuqori pog‘ona uz (O‘zbekiston) domeni, o‘z ichiga olgan gov (hukumat) domeni, uni o‘z ichiga olgan mves (Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi) va uni o‘z ichiga olgan www (www serveri). Nolinchi pog‘ona domenlari har doim tarmoq nomlarini bildiradi. Nol pog‘ona domenlari – xalqaro shartnomalar predmeti. 1chi va undan yuqori pog‘ona
domenlarini taqsimlash vakolatli tashkilotlar va provayderlar tomonidan amalga oshiriladi. 3. Ma’lumotlar bazalari texnologiyalarida domen atributning mumkin bo‘lgan qiymatlari tavsifidir.
Domen nomlar tizimiga binoan kompyuter tarmog‘i bog‘lamasiga berilgan noyob belgili nom. Internet tarmog‘ida bu doimiy IP- manzilga ega bo‘lgan qurilma nomidir. Odatda u bog‘lamaning umumiy joylashishini belgilaydi. Har bir domen nomi tarmoqda ro‘yxatdan o‘tkazilib, alohida kompyuter yoki funksional guruh (domen)ga birlashtirilgan identifikator bo‘lib xizmat qiladi. domen nomi ajrataolishi ingl.: domain name resolution rus.: разрешение доменных имен Internet domen nomini mos ravishda IP- manzilga o‘girish jarayoni.
Talabnoma asosida domen nomi va uning ma’muri to‘g‘risida axborotni ro‘yxatga oluvchi tomonidan reyestrga kiritib qo‘yish. Reyestrga domen nomi to‘g‘risidagi axborot kiritilgan vaqtdan
boshlab u ro‘yxatga olingan hisoblanadi. Masalan, .uz domenida ro‘yxatning kuchga ega bo‘lish muddati bir yil. Bu davrda reyestrda domen nomi to‘g‘risidagi axborot saqlanib turadi. Domenni ro‘yxatga olish navbatdagi bir yilga davom ettirilishi mumkin. domen nomlari reyestri ingl.: domain name registry rus.: реестр доменных имен Domenning markaziy ma’lumotlar bazasi. Unda, ro‘yxatdan o‘tgan
domen nomlari, domenlarning ma’murlari haqidagi va
domenlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun zarur axborot saqlanadi. domen nomlari ro‘yxatchisi ingl.: domain name registrant rus.: регистратор доменных имен Domen nomlarini ro‘yxatga olish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadigan va tegishli axborotni Reyestrga uzatadigan yuridik shaxs. domen nomlari serveri ingl.: domain name server rus.: сервер имен доменов Domen
nomlarini tarmoq
manzillariga o‘giruvchi server. Ushbu
serverlar o‘z
ixtiyorida domen
nomlari tizimining ma’lumotlar bazasining kompyuter nomlari va ularning raqamli manzillari o‘rtasida muvofiqlikni aniqlovchi qismi bo‘ladi. Bundan tashqari, DNS serverlari nomni tarmoqda ishlatish uchun ruxsat so‘rovchi tarmoq mijozlariga nomlarni taqdim etadi.
1-3
kalitli so‘z
yoki iboralar uchun maqbullashtirilgan sahifalar. Ularni odatda kirish sahifalari, shluzlar (ingl. gateway) yoki reklama sahifalari (splash pages) deyiladi. Ko‘p hollarda dorveylar ma’lum izlash mashinasi uchun maxsus yaratiladi. DoS qisq.: Denial Of Service Xizmat ko‘rsatishni rad etish. Bir paytning o‘zida amalga oshirilayotgan ko‘p sonli so‘rovlardan iborat bo‘lgan
Internet bog‘lamasiga hujum turi. Natijada hujum qilinayotgan bog‘lama resurslarining yuklanishi juda ortib, uning hatto to‘liq ishdan chiqishiga olib kelishi ham mumkin.
DoS
70
DOS qisq.: Disk Operating System Disk operatsion tizimi, DOT. DOS operatsion tizimi ingl.: DOS rus.: операционная система DOS DOS (disk operating system) atamasi ixtiyoriy operatsion tizimga tegishli bo‘lishi mumkin, ammo u, ko‘pincha, Microsoft kompaniyasining MS-DOS (Microsoft disk operating system) operatsion tizimiga nisbatan ishlatiladi. Download Yuklab
olish. Ma’lumotlarning (odatda faylning) boshqa kompyuterdan (masalan, Internet serveridan) kompyuteringizga uzatish.
Dyumga nuqtalar soni. Turli qurilmalarning (printerlar, skanerlar va h.k.) ajrataolish qobiliyatining o‘lchov birligi. DPMS qisq.: Display Power Management Signaling Monitor energiya iste’molini boshqarish tizimi – VESA uyushmasi tomonidan monitor energiya iste’molini ko‘pbosqichli kamaytirish uchun yaratilgan standart. Standartni amalga oshirish uchun u monitor tomonidan qo‘llab- quvvatlanishi lozim. Standartda to‘rtta bosqich belgilangan: Bosqich 0 - DPMS Mode On- Monitor odatdagidek ishlatilyapti Bosqich 1 - DPMS Mode Standby - Tasvir yo‘q, iste’mol kamaytirilgan Bosqich 2 - DPMS Mode Suspend - Tasvir yo‘q, iste’mol yanada kamaytirilgan Bosqich 3 - DPMS Mode Off -Tasvir yo‘q, iste’mol eng kam qiymatgacha kamaytirilgan DQDB qisq.: Distributed Queue Double Bus qarang: taqsimlangan ikki yoqlama navbatli shina
DRAM qisq.: Dynamic Random Access Memory, Dynamic RAM To‘g‘ri erkin foydalanishning dinamik xotirasi – sxematexnika nuqtai nazaridan kondensatorlarning ikkio‘lchamli matritsasi (qatorlar x ustunlar) shaklida yaratilgan xotira. Juda arzon,
lekin kondensatorlardagi zaradlarning doimiy «yangilanib turishini» yoki qayta yaralishini (refresh) talab qiladi. Qayta yaralish xotirani «bo‘sh» o‘qish sifatida bajariladi. Ushbu jarayon ancha vaqt talab qiladi, chunki
bu paytda
regeneratsiya nazoratchisidan tashqari hech bir qurilma xotiradan erkin foydalanaolmaydi.
Boshqaruvchi dastur. Odatda, bu bajarilayotgan dasturning ma’lum moslama bilan o‘zaro ishlashini ta’minlovchi va
undan qulay
foydalanishga yordam
beruvchi amalli
tizimning dasturidir. Masalan, klaviatura, displey, sichqoncha, printer va shular kabi drayverlar mavjud. Drayver
dasturlarning moslamaga qaratilgan buyruqlarini qabul qilib, ularni moslamani boshqarish buyruqlariga aylantiradi, shuningdek u xizmat ko‘rsatilayotgan moslamadan uzilishlarni qayta ishlaydi. Bunda drayver
moslamaning tuzilishidagi xususiyatlar va vaqtning voqeiy ko‘lamidagi ishlash xususiyatlarini hisobga oladi. Moslama mumkin bo‘lgan moslamalar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lsa, bunday moslama drayveri odatda amaliy tizim tarkibiga kiradi. Moslamalar drayverlari kompyuter yoqilganda avtomatik tarzda yuklanib, undan keyin foydalanuvchi uchun
ko‘rinmas tarzda
bajariladi. DRDA qisq.: Distributed Relational Database Architecture Taqsimlangan relyatsion ma’lumolar bazasi arxitekturasi, DRDA
bayonnomasi. Ma’lumotlar bazalaridan erkin foydalanish uchun standart kommunikatsiya bayonnomasi.
Deklarativ ishoratli butunlik. DSA qisq.: Digital Signature Algorithm Raqamli imzo algoritmi. Ochiq kalitli raqamli imzo algoritmi. NIST tomonidan 1991 yilda ishlab chiqilgan. DSDM konsorsiumi DOS
71
ingl.: DSDM consortium rus.: консорциум DSDM Amaliy dasturlar ishlab chiqish usullari va vositalari yaratish bilan shug‘ullanadigan tashkilot. Konsorsium 1994 yili
Buyukbritaniyada 70
ga yaqin
ishlab chiqaruvchilar va foydalanuvchilar ishtirokida tuzilgan. Dasturlarni tezkor ishlab chiqish usuli standarti, uning asosiy ishi bo‘lib qoldi. DSL qisq.: Digital Subscriber Line qarang: raqamli abonent liniyasi DSOM qisq.: Distributed System Object Model, Distributed SOM Tizim obyektlarini taqsimlash modeli. IBM firmasi texnologiyasi.
Raqamli signal protsessori. Raqamli shaklga o‘girilgan analog signallarga ishlov berish uchun ixtisoslashtirilgan protsessor. DSS qisq.: 1. Decision Support System – Qarorlarni qabul qilishni qo‘llab-quvvatlar tizimi. 2. Digital Signature Standard – Raqamli imzo standarti, DSS standarti. AQSHda qabul qilingan, DSA algoritmiga asoslangan raqamli imzo standarti.
Download 9.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling