Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati
Download 9.86 Mb. Pdf ko'rish
|
elektron naqd pul ingl.: electronic cash rus.: электронная наличность Smart – karta shaklida amalga oshirilib, naqd pullarni elektron tasavvurida saqlovchi elektron hamyon yoki elektron kissa bo‘lishi mumkin. Smart-karta naqd
pul bilan
qilinadigan amallarni mualliflash uchun kerak bo‘lgan barcha axborotni o‘z ichiga oladi va mayda maishiy to‘lovlar bo‘lishi, shahar transporti uchun kira haqi to‘lash va ro‘znomalar sotib olishda foydalaniladi. elektron nashriyot ingl.: electronic publishing house rus.: электронное издательство Nashriy asarlarni tayyorlash va nashr qilish uchun mo‘ljallangan tizim. Internetda pdf- formatda hujjatlarni nashr qilish texnologiyasi keng tanildi.
(sinonimi - virtual ochiqxat) O‘zining oshnasiga xushfe’l xabar (tabriknoma, taklifnoma va sh.k.) yubormoqchi bo‘lgan odam, veb-xizmatdan - elektron ochiqxatlar xizmatidan foydalanishi mumkin. Ochiqxatlar saytida mos keladigan rasmni tanlab unga matn qo‘shib, oluvchi manzilini (e-mail) ko‘rsatish kifoya. Goho, ochiqxatlar sayti topshirish vaqtini ham ko‘rsatishni taklif qiladilar. Ayrim hollarda, ochiqxat animatsiyali yoki musiqali bo‘lishi mumkin. Manzil egasi «dalolatnoma» xat olgach, unda saytning sahifasiga murojaat bo‘lib, u o‘z ochiqxatini ko‘rib, o‘qishi mumkin. elektron pero ingl.: electronic pen rus.: электронное перо Grafik
dasturlarda chiziqlarni va sodda
geometrik shakllarni chizish texnologiyasi. Texnologiya tasvirlarni hosil qilishda zarur bo‘lgan chiziqlarni o‘tkazish uchun
mo‘ljallangan. Har bir chiziq uslub, qalinlik va rang bilan tavsiflanadi. To‘rt asosiy stildan foydalanadilar: uzluksiz, punktir, shtrixli va shtrixpunktirli chiziqlar. elektron pochta ingl.: electronic mail (e-mail) rus.: электронная почта 1.
Kommunikatsiya tarmog‘i orqali kompyuterdan kompyuterga xabarlar uzatish. Elektron pochta o‘z ichiga matnlar, nutq va tasvirlarni olgan ixtiyoriy xabarlarni foydalanuvchilar orasida uzatishni avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan. Elektron pochtaning asosiy vazifalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
elektron pochta
82
- tizimga hujjatlar kiritish va chiqarish; - foydalanuvchilarning pochta qutilariga hujjatlar uzatish va boshqa foydalanuvchilardan hujjatlar qabul qilish; - uzatishda yuzaga kelgan xatoliklarni tekshirish va tuzatish; - hujjatlar yetkizilganligi haqida tasdiqnoma yuborish; - manzillar ro‘yxati bo‘yicha hujjatlar tarqatish. Turli ishlab chiqaruvchilar turli turga va tuzilmaga ega bo‘lgan elektron pochtalarni taklif qiladilar. Keng tarqalgan MHS/MOTIS tarmoq xizmati ITU tomonidan qabul qilingan va X.400 tavsiyanoma deb atalmish standart tomonidan belgilanadigan pochtani taqdim qiladi. Internet tarmog‘i taklif qilgan SMTP «pochta uzatishning sodda bayonnomasi» ham keng foydalaniladi. 2. Xabarlarni kompyuterda to‘g‘ridan-to‘g‘ri terib jo‘natish va boshqalar yuborgan xatlarni olish imkonini beradigan dastur. 3. Inson yoki tashkilotning jo‘natmalari kelib tushadigan elektron manzili.
Elektron pochtaning har bir abonenti ega bo‘lgan shaxsiy
manzil. Tizimdagi foydalanuvchi nomi, @.belgisi va pochta serveri ishga tushirilgan kompyuter nomidan tarkib topgan ketma-ketlik bilan belgilanadi.
1. Internet tarmog‘i bo‘ylab xabarlar jo‘natish va qabul qilish uchun noyob tartib raqamidan (elektron pochta manzili) dan foydalanadigan dasturiy-texnika vositalari majmuasi. 2. Qabul qiluvchi so‘ramaguncha elektron pochta xabari saqlanadigan serverdagi o‘rin. Aksariyat hollarda pochta qutisidan erkin foydalanish uchun parol talab qilinadi.
Elektron pochta orqali hujjatlar tarqatadigan tarmoq xizmati. Elektron pochta orqali hujjatlar tarqatish hujjatlar bilan ishlashni tubdan o‘zgartiradi. Avvallari, ular zarur miqdorda choplanib, so‘ng manzillar bo‘yicha tarqatilar edi. Endi esa ular avval tarqatilib, zarur bo‘lgan joylarda, yetkazilgan yerlarda choplanadi. elektron pul ingl.: electronic money rus.: электронные деньги 1. Keng ma’noda – axborot tarmoqlarida pul aylanishini tashkil qilish shakli. 2. Elektron vositalar yordamida muomala qilinadigan naqd pulsiz sarmoya. Elektron pullarni boshlang‘ich rivojlanish bosqichida, kompyuterlar bir birlariga, sotilgan tovar uchun xaridorlarni sotuvchi bilan to‘lov hisoblarini belgilaydigan pul hujjatlari matnlarini jo‘natganlar. Keyingi bosqichda, kompyuterlar mahalliy tarmoqlarga birlashib tovarlar aylanishini ta’minlaydigan, pul
muomalasi bilan bog‘liq, hamda notovar hisoblarga tegishli amallarning barchasini bajara boshladilar. Banklararo tizimlar va elektron to‘lovlar tizimlari paydo bo‘ldi. Nihoyat, magnit va kompyuter kartochkalarini qo‘llash elektron pullar tarqalishining yangi bosqichi bo‘ldi. Savdo, transport va boshqa tashkilotlarda, pul hisob-kitoblari uchun kartochkalardan foydalaniladigan, elektron kassalarni yaratish va o‘rnatish elektron pullarning yaratilishini yakunladi. Elektron pullarni qog‘oz
pullarga almashtiradigan bankomatlar paydo bo‘ldi.
Elektron tizim orqali tezlashtirilgan pul o‘tkazishlarni qabul qilish va jo‘natish. elektron qo‘lqop ingl.: electronic glove rus.: электронная перчатка Virtual borliqqa botish uchun qo‘lga kiyiladigan qurilma. Elektron qo‘lqop virtual borliq obyektlarini boshqarish vazifalaridan foydalanuvchi qo‘llarining kafti va barmoqlari yordamida amalga oshiradi. Elektron qo‘lqop odatda, shlemga yoki shlem-displey tizimiga qo‘shimcha bo‘ladi. elektron raqamli imzo (ERI) ingl.: electronic digital signature rus.: электронная цифровая подпись elektron pochta manzili
83
1. Elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o‘zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo. (qonun) Qonunda talab etilgan shartlarga rioya etilgan taqdirda elektron raqamli imzo qog‘oz hujjatga shaxsan qo‘yilgan imzo bilan bir xil ahamiyatga egadir.
2. Elektron ma’lumotlarni kriptografik o‘zgartirish natijasida hosil qilingan belgilar ketma-ketligi. Elektron raqamli
imzo ma’lumotlar blokiga qo‘shib qo‘yiladi va blokni qabul qiluvchiga, manbani va ma’lumotlarning butunligini tekshirish hamda soxtalashtirishdan muhofazalanish imkonini beradi. Hozirgi kunga kelib, ayrim mamlakatlar qonunchilik yo‘li bilan raqamli
imzodan foydalanishni layoqatliligini qonunlashtirib qo‘yganlar. Elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlari ro‘yxatga olish markazlari tomonidan beriladi.
Elektron raqamli imzo kalitining sertifikati elektron raqamli imzoning ochiq kaliti elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mosligini tasdiqlaydigan va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga ro‘yxatga olish markazi tomonidan berilgan hujjatdan iborat bo‘ladi. Elektron raqamli imzo kalitining sertifikati elektron hujjat shaklida va qog‘oz hujjat shaklida tayyorlanishi mumkin. Elektron raqamli imzo kalitining sertifikatida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak: elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasi bo‘lgan jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi; agar elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasi yuridik shaxsning vakili bo‘lsa, shu yuridik shaxsning nomi; uning tartib raqami va amal qilish muddati; elektron raqamli imzoning ochiq kaliti; elektron raqamli imzoning ochiq kalitidan foydalanishda yordam berishi mumkin bo‘lgan elektron raqamli imzo vositalarining nomi; mazkur sertifikatni bergan ro‘yxatga olish markazining nomi va joylashgan manzili; elektron raqamli imzodan
foydalanish maqsadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar; elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlari reyestrining elektron manzili. Elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasi tashabbusi bilan elektron raqamli imzo kaliti sertifikatiga boshqa ma’lumotlar ham kiritilishi mumkin.
elektron raqamli imzo vositalari sertifikati ingl.: e-signature tools certificate rus.: сертификат средств электронной цифровой подписи Sertifikatsiya tizimi qoidalariga binoan, belgilangan talablarga binoan elektron raqamli imzo vositalarining muvofiqligini tasdiqlash uchun berilgan qog‘oz hujjat. elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash ingl.: acknowledgement of e-signature authenticity rus.: подтверждение подлинности электронной цифровой подписи Elektron raqamli imzoning elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga tegishliligi va elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligi tekshirilgandagi ijobiy natija. (qonun)
Elektron raqamli imzo
vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mos keluvchi, axborot tizimining har qanday foydalanuvchisi foydalana oladigan va elektron hujjatdagi elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash uchun mo‘ljallangan belgilar ketma- ketligi. (qonun)
ERI quyidagilar uchun mo‘ljallangan: - elektron hujjatning umumiy qismini tashkil qiluvchi axborotni tasdiqlash; E elektron raqamli imzon... 84
- elektron hujjatning haqiqiyligi va butunligini tasdiqlash. Elektron hujjatning umumiy qismini tashkil qiluvchi axborotni tasdiqlash elektron raqamli imzo vositalaridan foydalanilgan holda hujjatni imzolovchi shaxslarning shaxsiy imzo kalitlari yordamida amalga
oshiriladi. Elektron hujjatning haqiqiyligi va butunligi deganda hujjatning aynan shaxsiy imzo kaliti egasi tomonidan yaratilganligi va ushbu hujjatga o‘zgartirishlar kiritilmaganligini tushuniladi. Elektron hujjatning haqiqiyligi va butunligi elektron raqamli imzo
vositalaridan foydalanilgan holda hujjatni imzolovchi shaxslarning shaxsiy imzolarini tekshirishning ochiq kalitlari yordamida amalga oshiriladi.
Elektron raqamli imzo
vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, faqat imzo qo‘yuvchi shaxsning o‘ziga ma’lum bo‘lgan va elektron hujjatda elektron raqamli imzoni yaratish uchun mo‘ljallangan belgilar ketma- ketligi. (qonun) elektron raqamli imzo vositalari ingl.: e-signature tools rus.: средства электронной цифровой подписи 1. Quyidagi vazifalardan kamida bittasining amalga oshirilishini ta’minlovchi apparatli va (yoki) dasturiy vositalar: - elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda elektron hujjatda elektron raqamli imzoni yaratish; - ERIning ochiq kalitidan foydalangan holda elektron hujjatda ERIning haqiqiyligini tasdiqlash; - ERIning ochiq va yopiq kalitlarini yaratish. Elektron raqamli imzo vositalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sertifikatlashtirishi lozim. 2. ERIni ishlab chiqish va tekshirishini ta’minlovchi va muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lgan dasturiy yoki texnikaviy vositalar.
Internet tarmog‘ida elektron hujjat aylanishi yordamida amalga
oshiriladigan savdo.
Telekommunikatsiya uslub va vositalaridan foydalanadi. Uning asosiy maqsadi, savdoni soddalashtirib va
kelishuvlarni tezlatib, hamkorlarning o‘zaro
aloqada ishlash
samaradorligini oshirish. Elektron savdo rivoj topishiga, EDI «elektron ma’lumotlar almashuv» va EFT «pullarni elektron o‘tkazish» texnologiyalari imkon yaratmoqda. Buning natijasida foydalanuvchi o‘z kompyuteridan: - tovarlar reklamasi bilan tanishish; - qiziqish uyg‘otgan tovarlarni virtual borliq maromida ucho‘lchamli rangli tasvirlarini ko‘rib chiqish; - sotuvchi bilan elektron pochta orqali muzokara olib borish; - shartnomalarni tayyorlash va imzolash; - tovarlarga o‘z banki orqali pul to‘lash; - tovarlar yuklanishi va tashilishini kuzatish imkoniyatlariga ega bo‘ldi. Elektron savdo texnologiyalaridan foydalanish sotuvchi va xaridor uchun ko‘pgina harajat turlarini qisqartiradi, xodimlar tomonidan bajarilayotgan amallar sonini kamaytiradi, savdo xizmatlari sifatini oshiradi, xizmatchilarni ikir-chikir ishlardan ozod qiladi. Elektron savdoni tashkil qilishda ma’lumotlar xavfsizligiga katta e’tibor qaratiladi.
Elektron savdo yurituvchi shaxs va mijoz. elektron savdoni amalga oshiruvchi shaxs ingl.: electronic trade performing person rus.: лицо, осуществляющее электронную торговлю Yakka tartibdagi ishbilarmon sifatida ro‘yxatga olingan, elektron hujjatlari yordamida tadbirkorlik sohasida mahsulotlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmat ko‘rsatish hamda boshqa faoliyat yurituvchi yuridik
yoki jismoniy shaxs. elektron sayyohlik agentligi ingl.: electronic travel agency rus.: электронное туристическое агентство Sayyohlarga AKT uslublari va vositalari yordamida xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan elektron raqamli imzon... 85
tashkilot. Bunday agentlik, bir yoki bir necha serverlardan tashkil topgan,
bo‘lg‘usi sayyohlarga zarur bo‘lgan axborotni o‘z ichiga olgan axborot tizimi tomonidan quvvatlanadi. Buyurtmasining bajarilishi uchun foydalanuvchi muloqat maromida, tegishli tarmoqdan uzoqdan erkin
foydalanishni ta’minlashi mumkin bo‘lgan kompyuterdan foydalanishi kerak. Dastlabki elektron sayyohlik agentligi Travelocity (AQSH) bo‘lgan.
Davlat organlari, partiyalar yoki jamiyatlar faoliyatini ularning manfaatlari va maqsadlari bilan
uyg‘un tarzda
axborot tarmoqlari resurslari yordamida olib borish. Global tarmoqlar, birinchi galda Internet tarmog‘i yaratilishi, dastlab ma’lumotlar uzatish uchun foydalanilib, bu kunga kelib ommaviy axborot vositalariga aylandi. Bu holatdan siyosatchilar jadal sur’atda foydalandilar. Internet uning tarafdorlari orasida tashviqot va o‘z tomoniga og‘dirish quroliga, turli mamlakatlarda siyosiy partiyalar va
harakatlarning saylovoldi kurashlarini olib borish vositasiga aylandi.
Soliq arizalariga onlayn maromda ishlov berish va ularni uzatish. Bu texnologiya elektron hukumat faoliyati doirasida katta ahamiyatga ega.
Korxonaning ishlab chiqarish davrida tovarlarni barcha elektron sotib olish va yetkazib berish shakllarini qamrab oladi. elektron tender ingl.: electronic tender rus.: электронный тендер Bitta xaridor va bir necha sotuvchi mavjud bo‘lgan holda, elektron biznes doirasida turli tovar, ish va xizmatlarni sotib olish uchun o‘tkaziladigan tender. Muayyan xaridorda manfaatdor sotuvchilar o‘zlarining mahsulot va narxlarini taklif qiladilar, xaridor esa, o‘z nuqtai nazaridan eng yaxshi taklifni tanlaydi (narxi, sifati va h.k. bo‘yicha), sotuvchiga to‘lovni o‘tkazadi va aniq
vaqt ichida
kerakli mahsulot/xizmat egasi bo‘ladi. elektron tijorat ingl.: electronic commerce, e-commerce rus.: электронная коммерция 1. Axborot texnologiyalari yordamida amalga oshiriladigan tovarlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha tadbirkorlik faoliyati. Elektron tijoratni to‘rt yo‘nalishga ajratish qabul qilingan: biznes - biznes (business-to-business, B2B); biznes – iste’molchi (business-to-consumer, B2C); biznes - ma’muriyat (business-to-administration, B2A); iste’molchi - ma’muriyat (consumer-to- administration, C2A). Shuningdek, keyingi vaqtda iste’molchi - iste’molchi (consumer-to-consumer, C2C) va iste’molchi -biznes
(consumer-to-business, C2B) modellari rivoj topmoqda. 2. Elektron tijorat – axborot texnologiyalariga asoslangan biznes. Elektron tijorat quyidagilarni nazarda tutadi: - Internetda o‘z saytini va virtual do‘konini ochish; - kompaniyani boshqarish tizimining mavjudligi; - elektron reklamani va
marketingdan foydalanish; - biznes biznes uchun va/yoki iste’molchi uchun biznes modellaridan foydalanish. 3. Ishbilarmonlik faoliyati. Bunda tovarlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish axborot tizimlari yordamida amalga oshiriladi. Elektron tijoratda EDI standarti va Internet tarmog‘i muhim rol o‘ynaydi.
Download 9.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling