Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati
Download 9.86 Mb. Pdf ko'rish
|
DSSS
qisq.: Direct-Sequencing Spread Spectrum Spektr
kengaytirish texnologiyasi, DSSS texnologiyasi. Ma’lumotlarni keng yo‘l-yo‘lli uzatish texnologiyasi. DSSSL qisq.: Document Style Semantics and Specification Language Hujjatlar uslubiyati semantikasi va spetsifikatsiyasini belgilovchi til.
SGML hujjatlarining aks ettirilishini boshqarish tili. XML hujjatlari uchun ham qo‘llanilishi mumkin. «Dizel» deb talaffuz qilinadi. DTC qisq.: Data Transmission Channel qarang: ma’lumotlar uzatish kanali DTD qisq.: Document Type Definition Hujjat turini aniqlash. SGML va XML belgilash tillarida – hujjat qolipining rasmiy aniqlanishi.
Taqsimlangan tranzaksiyalarga ishlov berish. DTR qisq.: 1. Data Transfer Rate – Ma’lumotlarni uzatish tezligi. 2. Data Terminal Ready – Ma’lumotlarni uzatishga tayyorlik signali.
DVD
disklar uchun
birinchi avlod
yuritmalarining shartli nomi. Oddiy CD-ROM disklarini o‘qish tezligi 8dan oshmaydi, bundan tashqari, CD-R va CD-RW disklarini o‘qiy olmaydi. DVD-2 DVD
disklar uchun
ikkinchi avlod
yuritmalarining shartli nomi. Oddiy CD-ROM disklarini o‘qish tezligi 24gacha yetadi, bundan tashqari, CD-R va CD-RW disklarini o‘qiy oladi.
DVI qisq.: Digital Video Interactive (shuningdek DV-I) O‘zaro faol raqamli video, DVI standarti. Videoqator va birga aks ettiriluvchi tovushni zichlash standarti. DVI kirish ingl.: DVI input rus.: DVI вход Monitorni kompyuterga ulash uchun xizmat qiluvchi va monitorni kompyuterdan boshqarish, jumladan uning ichki mo‘ljallarini kalibrovka qilish, tasvirning geometrik parametrlarini sozlash va h.k. imkonini beruvchi raqamli interfeys. Raqamli
DVI-D kirishlar videokartalarni mustaqil tanlash va qulay ulanish imkonini beradi. SK monitorlar odatda videokartangiz qo‘llab-quvvatlovchi kirishga ko‘ra analog va DVI kirishlar orasidan tanlash imkonini beradi. DVI afzalligi signalni o‘girish
DVI kirish
72
zarurati yo‘qligidir, ya’ni monitorni yoqqandan keyin tasvir kalibrovkasini amalga oshirish lozim emas.
Raqamli videomagnitofon. DWDM qisq.: Dense Wavelength Division Multiplexing Spektral zichlashtirish. Optik tola aloqa liniyalarining o‘tkazish tezligini oshirish imkonini beradi.
DVR
73
Ee e’lonlar taxtasi ingl.: www-board rus.: доска объявлений O‘z e’loningizni joylashtirish mumkin bo‘lgan sayt – oddiy hayotda e’lonlar taxtasi yoki bepul e’lonlar gazetasiga o‘xshash. Odatda bunday taxtalar bepul,
mavzu bo‘yicha tashkillashtirilgan va
nazorat qilinadigan bo‘ladi. Bunday taxtada o‘z e’loningizni osonlik bilan, uning mavzusini va saqlash muddatini belgilab, joylashtirish mumkin va u taxtada deyarli darrov paydo bo‘ladi. EAN qisq.: European Article Numbering Yevropa
mahsulotlari kodi.
Yevropada qo‘llaniladigan uzluk- chiziqli kod. EAPROM qisq.: Electrically Alterable Programmable Read- Only Memory Elektr yordamida qayta dasturlashtiriluvchi DXQ.
Elektr yordamida dasturlashtiriluvchi DXQ. EBCDIC qisq.: Extended Binary Coded Decimal Interchange Code Axborot almashishning kengaytirilgan ikkilik- o‘nlik kodi.
IBM meynfreymlarida ishlatiladigan belgilarning bir baytli kodirovkasi.
Bekus-Naurning kengaytirilgan normal shakli, RBNF. Til sintaksisini rasman belgilash uchun kengaytirilgan matn notatsiyasi. EBS qisq.: Electronic Banking System Elektron bank tizimi. ECBS qisq.: European Commitee for Banking Standards qarang: bank standartlari bo‘yicha Yevropa qo‘mitasi ECC qisq.: Error Correction Code, Error Checking and Correcting Xatolarni tuzatish mumkin bo‘lgan kod, xatolarni tekshirish va to‘g‘rilash. Serverlar va ish
stansiyalari uchun
mikrosxemalarda, shuningdek ma’lumotlarni uzatish va buferlash bosqichlarida ishlatiladi. Odatda dastlabki ma’lumotlarning har 64 bitiga qo‘shimcha 7 bitni saqlashga (uzatishga) asoslangan Rid- Solomon kodi qo‘llaniladi. Bunday kod bir marta uchraydigan xatolarni to‘g‘rilash va ikki marta uchraydigan xatolarni aniqlash imkonini beradi.
Yevropa
kompyuterlar ishlab
chiqarish uyushmasi. Axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalar sohasida standartlashtirish masalalari bilan
shug‘ullanuvchi notijorat tashkilot. ECP qisq.: Extended Capabilities Port Kengaytirilgan imkoniyatlarga ega bo‘lgan port, ECP porti. SHK va chekka qurilma orasida parallel port orqali ikki tomonlama ma’lumotlar almashuvini ta’minlovchi spetsifikatsiya. EPP spetsifikatsiyasi bilan raqobatdosh. Zamonaviy ona platalari ikkala standartni ham qo‘llab- quvvatlaydi. EDF qisq.: Electronic document flow qarang: elektron hujjat aylanishi EDGE qisq.: Enhanced Data GSM Environment Ma’lumotlarni uzatish uchun yaxshilangan GSM. Alohida modulyatsiya turi tufayli standart chastotalar oralig‘i GSMdan foydalanganda ma’lumotlarning yuqori tezlikda (384 Kbit/s
gacha) uzatilishiga erishish imkonini beradi. E EDGE
74
EDI qisq.: Electronic Data Interchange qarang: ma’lumotlarni elektron almashuvi EDIFACT qisq.: Electronic Data Interchange for Administration, Commerce and Transportation Boshqarish, savdo va
qatnovlar uchun
ma’lumotlarning elektron almashuvi. efir ingl.: ether rus.: эфир Radiotarmoq va infraqizil tarmoqlar kanallari yotqiziladigan va elektromagnit nurlanishlar tarqaladigan fazo. Shuni nazarda tutish kerakki, elektromagnit maydon maxsus tashuvchiga muhtoj emas. EFT qisq.: Electronic Funds Transfer qarang: pul vositalarining elektron almashuvi EGA qisq.: Enhanced Graphics Adapter Mukammallashtirilgan grafik moslagich. 1984 yilda qabul qilingan grafik moslagich standarti, VGA va SVGA tomonidan siqib chiqarilgan. egiluvchan disk ingl.: floppy disk rus.: гибкий диск qarang: epchil disk EGP qisq.: Exterior Gateway Protocol Tashqi
yo‘naltirish bayonnomasi, EGP bayonnomasi. Tavsifi RFC 827 va 904da keltirilgan. EGP bayonnomasi AQSHdagi cheklangan idoraviy tarmoqlarda ishlatiladi. EIDE qisq.: Enhanced Integrated Drive Electronics Qattiq disklarning birlashtirilgan elektronika bilan mukammallashtirilgan interfeysi, yaxshilangan IDE. IDE o‘rniga kelgan qattiq disklar interfeysi. Boshqa nomi – Fast ATA-2.
Sanoat standarti shinasining yaxshilangan arxitekturasi. 32-razradli mikroprotsessorlar uchun shina standarti, ISA arxitekturasining kengaytmasi.
Java server tarkibiy qismlari, EJB texnologiyasi. Sun kompaniyasining Java imkoniyatlarini kengaytiruvchi texnologiyasi. J2EE
maslagining tarkibiy qismi. ekran ingl.: screen rus.: экран Axborot aks ettirilayotgan yuza. Ekran displey va monitorning asosiy qismidir. Oddiy ekranning kengligi bilan balandligiga nisbati 4:3 ga teng, kengyo‘l-yo‘lli ekran esa 16:9 nisbatga ega bo‘ladi. Ish prinsipiga ko‘ra ekranlar faol va sust turga bo‘linadi. Faol ekran unda yuz berayotgan fizik jarayonlar evaziga yoritiladi, masalan, lyuminessensiya evaziga. Sust ekran tashqi yorug‘lik manbalarining nurlarini aks ettirish hisobiga ishlaydi (masalan, proyeksion ekran, matodan yoki plastmassadan yasalgan oq tekis yuza). Foydalanuvchi yoki operator foydalanadigan axborot
ekranga chiqariladi. Shu bilan birga, sezgir qurilmalar bilan uyg‘unlashgan ekranlar yaratilgan bo‘lib, ularda qo‘l barmoqlarini tekkizish yo‘li bilan kompyuterga axborot kiriladi.
Ekranda aks ettirish mumkin bo‘lgan eng ko‘p piksellar soni. U gorizontal bo‘yicha piksellar sonini vertikal bo‘yicha piksellar soniga ko‘paytmasiga teng,
masalan, 1024x768. Gorizontal ajrata olishni vertikal ajrata olishga nisbati, odatda 4:3 ni tashkil qiladi, bu oddiy televizorning ekranidagi nisbatga mos keladi.
Ekranda aks ettirilgan qurilma harakatlarini uning ishiga
taqlid natijasi sifatida ko‘rsatadigan amaliy dastur. Ekran dasturi qator vazifalar bajarilishini juda sodda va ko‘rgazmali namoyish qiladi. Masalan, dastur kalkulatorning klaviaturasini kompyuter ekranida aks ettiradi. Bu
kursorni tugmachaga keltirib sichqonchaning tugmasini «bosish», kompyuterning klaviaturasining o‘sha tugmachasini barmoq bilan bosish o‘rniga EDI
75
o‘tadi. Shu usulda yaratilgan taqvim-xotira ekranda varaqlanayotgan sahifalarni vaqt va sana bilan birga aks ettiriladi. Dastur – soat ham juda ko‘rgazmali tarzda taqdim qilingan. ekranlangan o‘rama juft ingl.: Shielded Twisted Pair (STP) rus.: экранированная витая пара Simni elektromagnit to‘siqlardan muhofazalash maqsadida, har bir kabeli yoki simi alohida ekranlangan «o‘rama juft» kabeli. ekranlash ingl.: screening rus.: экранирование Tarmoqlararo ekran vazifasi.U ruxsatsiz tashqi qismdan kelayotgan so‘rovlarga e’tibor bermay, ichki qism obyektlarining xavfsizligini saqlab turish imkonini beradi.
Boshqa
holda ekspert-inson tomonidan bajarilishi mumkin bo‘lgan vazifani bajaradigan kompyuter tizimi.
Masalan, bemorlarni tashxislaydigan, moliyaviy bashoratlaydigan, tovarni yetkazishning eng yaxshi yo‘llarini belgilaydigan ekspert tizimlar mavjud. Ayrim ekspert tizimlar ekspert – insonni almashtirish uchun yaratilgan bo‘lsa, boshqalari unga faqat ko‘mak berish uchun yaratilgan. Ekspert tizimlar bilimlarga asoslangan va inson tajribasi asosida
yaratilgan bilimlar bazasidan xulosalardan foydalanib, maxsus yoki amaliy sohalarda masalar yechishni ta’minlaydi. Ayrim ekspert tizimlar o‘zining bilimlar bazasini takomillashtirishi va xulosa chiqarish uchun, bundan avvalgi muammolar bilan bog‘liq tajribalarga asoslangan holda yangi qoidalarni rivojlantirishi mumkin. Ekspert tizimlar bundan ham umumiyroq kompyuter tizimlari, sun’iy tafakkur deb ataluvchi, toifasining qismidir. eksport ingl.: export rus.: экспорт 1. Tovarlar va xizmatlarni chet elga uzatish. Informatikaning rivojlanishi bilan tovarlarni mamlakat hududidan olib chiqmay eksport qilish imkoni yaratildi. Masalan, pullarni o‘tkazish, videofilm, dastur va MB dagi axborotlarni sotish, maslahatlar berish va tarmoqlar yordamida masofadan o‘qitish. 2. Ma’lumotlarni bir axborot
tizimidan boshqasiga uzatish. ekstranet tarmog‘i ingl.: extranet rus.: экстранет Yopiq korporativ intratarmoqni kengaytirish natijasida hosil bo‘lgan tarmoq. U biznesni samaraliroq olib borish uchun tashkilot axborot tizimidan tanlov asosida erkin foydalanish zarurati bo‘lgan mijoz, yetkazib beruvchi, subpudradchi va ishchan hamkorlarni hamda tashkilotga nisbatan boshqa tashqi tomonlarni, o‘zaro bog‘laydi.
Simli, radio-, optik va boshqa elektromagnit tizimlar orqali belgilar, signallar, yozma matn, tasvirlar va tovushni har qanday uzatish va qabul qilish.
Simli, radio - optik va boshqa elektrmagnit tizimlari orqali
uzatiladigan yoki
qabul qilinadigan belgi, signal, yozma matn, tasvir, tovush.
Fazoda elektromagnit to‘lqinlarning nursimon tarqalishi. Elektromagnit nurlanish, fotonlardan (bu nurlanish elementar zarralaridan) tarkib topgan. U vaakumda ham, efirda ham yorug‘lik tezligida tarqaladi. elektromagnit spektr ingl.: electromagnetic spectrum rus.: электромагнитный спектр Elektromagnit nurlanishlarning spektri. elektromagnit to‘lqin ingl.: electromagnetic wave rus.: электромагнитная волна Fazoda tarqaladigan elektromagnit tebranishlar. Radionurlanish, yorug‘lik va boshqa turdagi elektromagnit tebranishlar, tebranishlar chastotasi har xil bo‘lgan elektromagnit
elektromagnit to‘lqin
76
to‘lqinlardir. Ular, elektromagnit spektrni tashkil qiladi.
Radioelektron vositalarni xalal
beruvchi radioshovqinlar ta’siri ostida bir paytda, mavjud ish sharoitlarida talab qilingan sifat bilan ishlay olish qobiliyati. elektron aravacha ingl.: shopping cart program rus.: электронная тележка Veb-saytda ishga tushiriladigan va tashrifchi tomonidan tanlangan tovarlar yig‘masi haqida ma’lumot to‘playdigan dastur. elektron armiya ingl.: electronic army rus.: электронная армия Informatika va telekommunikatsiya tizimlaridan harbiy ishda foydalanish texnologiyasi.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida foydalanishga yaraydigan elektron shaklda taqdim qilingan hujjatlar arxivi. elektron auksion ingl.: electronic auction rus.: электронный аукцион Bir sotuvchi va bir necha xaridor bo‘lgan holda, turli tovarlarni elektron biznes doirasida auksionda sotish. Muayyan
takliflardan manfaatdor bo‘lgan mijozlar sotuvchiga to‘lovni o‘tkazadilar va belgilangan vaqt mobaynida kerakli tovarni oladilar.
Axborot tarmog‘ining vositalari yordamida yaratilgan bank. Virtual yoki elektron bank, bank tizimining rivojlangan turi bo‘lib, unda banklarda mijozlar uchun operatsion zallarga extiyoj qolmaydi. Virtual bankda barcha moliyaviy amallar, jamiyatda va mijozlarning uylarida joylashgan shaxsiy kompyuterlar va do‘konlarda, mehmonxona, vokzal va hatto ko‘chalarda joylashtirilgan bankomatlar yordamida bajariladi.
Bank va mijoz o‘rtasidagi, haqiqiy vaqt maromida, chiqarib qo‘yilgan hisob raqamlarni olish va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘langan hisob raqamlarni yuborish imkonini beradigan, o‘zaro hisob-kitoblar mexanizmi. elektron birja ingl.: electronic exchange rus.: электронная биржа 1. Ko‘p sotuvchilar va ko‘p xaridorlar mavjud bo‘lganda, elektron biznes doirasida birjada xilma xil tovarlar oldi – sotdisi. Muayyan taklifga ehtiyoji bo‘lgan mijoz, kontraktni yutib olib, sotuvchiga to‘lovni o‘tkazadi va muayyan vaqt davomida kerakli tovarni oladi. 2. Axborot tarmog‘idan foydalangan holda sotuvlarni olib boruvchi birja. Oldi – sotdi amallari foydalanuvchilar tomonidan axborot tizimiga ulangan abonent tizimlar yordamida bajariladi. elektron biznes ingl.: electronic business (e-business) rus.: электронный бизнес 1.
Qo‘shimcha qiymatning birlashtirilgan zanjirini yaratish va ishchan hamkorlarning optimal o‘zaro ishlashini ta’minlash uchun axborot
texnologiyalaridan foydadanishga asoslangan Internet – biznes. Elektron savdo tushunchasiga nisbatan kengroq tushuncha. Elektron biznes quyidagilarni o‘z ichiga oladi: sotuvlar, marketing, moliyaviy tahlil, to‘lovlar, xodimlarni izlash, foydalanuvchilarni qo‘llash va hamkorlik munosabatlarini qo‘llash. 2. Asosiy
biznes jarayonlarini Internet texnologiyalari yordamida o‘zgartirish. E- biznes deb global axborot tarmoqlarining imkoniyatlaridan, foyda olish maqsadida ichki va tashqi
aloqalarni o‘zgartirish uchun, foydalanadigan ishchan faollikka aytiladi. Xodimlarning o‘zaro ishlash samaradorligini oshiruvchi va rejalash hamda boshqarish jarayonlarini optimallashtiruvchi yagona axborot
tarmog‘i (Intranet) asosida kompaniyani ichki tashkillashtirish; hamkorlar, yetkazib beruvchilar va mijozlar bilan tashqi elektromagnit uyg‘unlik
77
o‘zaro ishlash (Ekstranet), bular hammasi elektron biznesning tarkibiy qismlaridir. Download 9.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling