Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati


Download 9.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/103
Sana09.02.2017
Hajmi9.86 Mb.
#51
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   103

 

halqa tarmog‘i 

ingl.: ring network 

rus.: кольцевая сеть 

O‘zagi  davriy  halqa  bo‘lgan  kabelli  mahalliy 

tarmoq. 

Bunday 


tarmoqda 

davriy 


halqa 

jismoniy  ulanishlar  vositasi  vazifasini  bajaradi. 

Shu  halqaning  ishlash  ishonchliligiga  butun 

tarmoqning  ishlay  olish  qobiliyati  bog‘liq. 

Yakka halqa kanalining uzilishi tarmoq faoliyati 

to‘xtashiga  olib  keladi.  Shu  sababli,  sodda 

halqali  kanal  tarmoq  qiymati  eng  kam  bo‘lishi 

lozim  bo‘lgan  hollardagina  qo‘llanadi.  Yuqori 

ishonchlilik  halqa  tarmog‘ida  qayta  ulanadigan 

to‘plagichli  halqa  ishlatiladi,  u  tarmoqni  ishdan 

chiqqan  qismlarini  uzib  qo‘yadi.  Bundan  ham 

yuqori ishonchlilikni  juft halqa  ta’minlay  oladi, 

u  ikki  halqadan  biri  ishdan  chiqqan  holatlarda 

ham ishlash imkoniyatiga ega. 



 

hammabop elektron savdo maydonchasi 

ingl.: electronic mall 

rus.: 

электронная 

торговая 

универсальная 

площадка 

Har  xil  sotuvchilar  tomonidan  boshqariladigan 

va turli tuman mahsulotlar hamda xizmatlarni 

(gorizantal  bozor  maydonchasi  deb  atalmish) 

tarqatadigan  bir  necha  elektron  do‘konlar 

majmuasi. 



 

hammabop operator 

ingl.: universal statement 

rus.: универсальный оператор 

Mijozga  keng  ko‘lamda,  ya’ni,  standart  telefon 

aloqasidan  tortib  uy  ishini  elektron  yuritishda 

yordam berishgacha bo‘lgan xizmatlarni taqdim 

etuvchi ko‘p vazifali axborot magistrali egasi. 

 

hammabop resurs joyi ko‘rsatgichi 

ingl.: Uniform Resource Locator (URL) 

rus.: универсальный локатор ресурсов 

Muayyan  resursning  Internetda  joylashishini 

ko‘rsatishning  standart  usuli.  Uning  tarkibiga 

fayl  va  katalog  nomidan  tashqari,  mashinaning 

tarmoqdagi  manzili  va  faylni  olish  usuli  kiradi. 

Aslida  uzoqlashgan  kompyuterlarda  faoliyat 

qiluvchi 

dastur-serverlar 

bilan 

ishlash 


bayonnomasidir. Misol: http://www.ddi.uz 

 

hamprotsessor 

ingl.: coprocessor 

rus.: сопроцессор 

Markaziy 

protsessorning 

funksional 

imkoniyatlarini  to‘ldiruvchi  ixtisoslashtirilgan 

protsessor.  Hamprotsessor  dasturlashtiruvchi 

foydalanishi 

mumkin 


bo‘lgan 

buyruqlar 

to‘plamini  kengaytiradi.  Markaziy  protsessor 

uning  ish  to‘plamiga  kirmaydigan  buyruqni 

qabul  qilganda  u  buyruqni  ushbu  buyruq  ish 

to‘plamiga  kirgan  hamprotsessorga  uzatadi. 

Hisoblash  tizimida  ikki  va  undan  ko‘p 

hamprotsessor  qo‘llanilishi  mumkin.  Masalan, 

ularning 

bittasi 


matematik 

hamprotsessor 

bo‘lishi,  boshqasi  esa  ma’lumotlar  bazasini 

boshqarishi mumkin. 



 

haqiqiy vaqt 

ingl.: real time 

rus.: реальное время 

Jarayon  sodir  bo‘ladigan  vaqt  davomi.  Haqiqiy 

vaqt  obyektning  kirish  signallariga  yoki 

ma’lumotlarga  javoban  shunday  ta’sirlanishini 

belgilaydiki,  bu  holda  u,  chiqish  signalarini 

yoki  ma’lumotlarni  yetarlicha  tez  ishlab 

chiqishga  ulguradi.  Shu  asosda,  haqiqiy  vaqt 

Hh 


 

 

111 


tizimlari quriladi, haqiqiy vaqtda analitik ishlov 

berish bajariladi. 



 

haqiqiy vaqt tili 

ingl.: realtime language 

rus.: язык реального времени 

Haqiqiy  vaqt  maromida  ishlaydigan  tizimlar 

jarayonlarini  tavsiflash  uchun  foydalaniladigan 

maxsus til. Haqiqiy vaqt tillari ADA va Modula 

tillaridir. 

 

haqiqiylikni tekshirish 

ingl.: authenticity checking 

rus.: проверка подлинности 

Shaxs  yoki  obyekt    haqiqiyligini  tekshirish 

jarayoni.  Masalan,  foydalanuvchi  haqiqiyligini 

tekshirish  uchun  foydalanuvchining  ismi  va 

paroli kerak bo‘lishi mumkin. 

 

harakatlanuvchi 

tasvirlar 

sohasidagi 

ekspertlar guruhi 

ingl.: Moving Picture Experts Group (MPEG) 

rus.:  группа  экспертов  в  области  движущихся 

изображений 

Videofilmlar  uchun  standartlar  ishlab  chiqish 

bilan shug‘ullanadigan xalqaro tashkilot. MPEG 

1983 yili MOS va MEK ning qo‘shma qaroriga 

binoan  tashkil  etilgan.  Standartlashtirishda  bu 

guruhga tasvirlarni zichlashtirish usullari, ularni 

uzatish  va  tiklash  sohasi  ajratilgan.  1993  yilda 

videodisklarda 

ishlatiladigan 

MPEG 


texnologiyasi  standartlari  ishlab  chiqildi.  1995 

yilda  DVD  raqamli  videodisk  o‘ynatgichlari, 

televizorlar,  «yuqori  aniqlik  teleko‘rsatuvlari» 

HDTV, 


televizion 

oldqo‘shimchalar, 

videokameralar, 

yo‘ldosh 

tarmoqlarning 

raqamli 


televizion 

priyemniklari 

uchun 

standartlar paydo bo‘ldi. 



 

harfiy-raqamli kodlash 

ingl.: alphanumeric coding 

rus.: буквенно-цифровое кодирование 

Harflar, 

sonlar 

va 


alfavitning 

boshqa 


ramzlaridan 

tashkil 


topgan 

koddan 


foydalanidigan kodlash. 

 

havas uyg‘otgich 

ingl.: teaser 

rus.: тизер 

Aniq  sayt  dizayniga  moslashtirib  o‘ziga  xos 

tarzda  sozlangan  bannerning  turi.  Masalan, 

Internet  –  do‘konda  «kun  modeli»  havas 

uyg‘otgich  bo‘lishi  mumkin,  u  sotuvdagi 

tovarlardan  birining  modelining  tavsifi  va 

fotosuratini  o‘z  ichiga  olgan  blokdir.  Odatda 

havas 


uyg‘otgich, 

xususiy 


materiallarni, 

bo‘limlarni  va  sayt  xizmatlarining  reklamasi 

vositasi 

sifatida 

ishlatiladi, 

lekin 


havas 

uyg‘otgichlarning  bir  qismi  (odatda  yarmidan 

ancha  kam)  sotuvga  yoki  almashishga  tushishi 

mumkin. 


 

HCL 

qisq.: Hardware Compatibility List 

Uyg‘unli moslamalar ro‘yxati. 



 

HCMOS 

qisq.: High-density CMOS 

Yuqori izchillikka ega bo‘lgan CMOS tuzilmasi. 



 

HCT 

qisq.: Hardware Compatibility Test 

Qurilmalar uyg‘unligi sinovi. 



 

HD 

qisq.: 

1. Hard Disk – Qattiq disk. 

2.  High  Density  –  Yuqori  zichlik  (axborotni 

yozishda). 



 

HDBMS 

qisq.: Hierarchical DataBase Management System 

Shajara tuzilmasiga ega bo‘lgan MBBT. 



 

HDD 

qisq.: Hard Disk Drive 

Qattiq [magnit] diskdagi jamlovchi. 



 

HDL 

qisq.: Hardware Description Languages 

qarang: apparat vositalarni tavsiflash tili 

 

HDLC 

qisq.: High-level Data Link Control 

Kanal 


boshqarishning 

yuqoripog‘onali 

bayonnomasi. 

 

HDML 

qisq.: Handheld Devices Markup Language 

Qo‘l  qurilmalari  uchun  belgilash  tili.  WML 

tilining akssiymosi. 

 

HDSL 

qisq.: High-bit-rate Digital Subscriber Line 

Yuqori  tezlikka  ega  bo‘lgan  raqamli  abonent 

liniyasi. 

Ma’lumotlarni 

uzatishning 

DSL 


oilasiga  mansub  texnologiyalardan  biri.  Oddiy 

telefon 


tarmoqlaridan 

foydalangan 

holda 

HDSL 


 

 

112 


ma’lumotlar  uzatishning  yuqori  (2  Mbit/s 

gacha) tezligini ta’minlaydi. 



 

HDTV 

qisq.: High Definition TeleVision 

qarang: yuqori ajrataolishli teleko‘rsatuv 

 

HEX 

qisq.: HEXadecimal 

O‘noltilikli. 



 

HIPO 

qisq.: Hierarchical Input-Processing-Output 

«Kirish-ishlov 

berish-chiqish» 

shajaraviy 

chizmasi.  Dasturiy  mahsulotlarni  tuzilmaviy 

loyihalash texnologiyasi. 



 

hisoblash jarayoni 

ingl.: computer process 

rus.: вычислительный процесс 

Kompyuterda vazifalarni bajarish jarayoni. 



 

hisoblash majmui 

ingl.: computer complex 

rus.: вычислительный комплекс 

Yagona  hisoblash  tizimi  sifatida  ishlaydigan 

ikki yoki undan ko‘p kompyuterlar majmui 

 

hisoblash mashinasi 

ingl.: computing machine 

rus.: вычислительная машина 

Axborotni 

qayta 

ishlashni 



mexanizatsiyalashtirish  yoki  avtomatlashtirish 

uchun  mo‘ljallangan  qurilma  yoki  qurilmalar 

majmui. 

Kompyuterlar 

murakkab 

va 


takrorlanadigan vazifalarni tezda, aniq va sifatli 

bajarishi  hamda  katta  hajmdagi  ma’lumotlarni 

tezda saqlashi va o‘qishi mumkin. 

Mashinalarning 

ikkita 

turi 


bor: 

raqamli 


hisoblash  mashinalari  va  analog  hisoblash 

mashinalari.  Hozirgi  paytda  asosan  raqamli 

hisoblash mashinalari ishlatiladi. 

Zamonaviy  kompyuterlar  elektron  sxemalar  va 

kiritish-chiqarish  moslamalari  asosida  quriladi. 

Kompyuterlarning  ko‘pchiligi  to‘rt  xil  tarkibiy 

qismlardan  iborat:  markaziy  protsessor,  kiritish 

va  chiqarish  moslamalari  va  xotira.  Protsessor 

arifmetik  va  mantiqiy  amallarni  bajaradi. 

Kiritish 

va 

chiqarish 



moslamalari 

kompyuterning  foydalanuvchi  va  tashqi  dunyo 

bilan  aloqasini  ta’minlaydi.  Xotira  oraliq 

natijalari,  dastur  va  ma’lumotlarni  saqlash 

uchun javobgardir. 

 

hisoblash resurslari almashuvi 

ingl.: peer-to-peer computing (P2P) 

rus.: обмен вычислительными ресурсами 

Internetga  ulangan  bir  necha  kompyuterlar 

orasida,  hisoblash  va  boshqa  resurslari  bilan 

ayirboshlash 

imkoniyatini 

ta’minlaydigan 

texnologiya. 

Tarmoq 


biznesining 

ayniqsa 


istiqbolli yo‘llaridan biri. 

 

hisoblash tarmog‘i 

ingl.: computer network 

rus.: вычислительная сеть 

qarang: kompyuter tarmog‘i 

 

hisoblash tarmog‘i bog‘lamasi 

ingl.: computer network node 

rus.: узел вычислительной сети 

Hisoblash  tarmog‘iga  ulangan  kompyuter, 

terminal  yoki  boshqa  qurilma.  Har  bitta 

bog‘lama  noyob  manzilga  ega.  U  mazkur 

bog‘lama bilan tarmoqning boshqa bog‘lamalari 

ma’lumotlarni 

uzatish 

kanallari 

orqali 

bog‘lanishi 



imkonini 

beradi. 


Tarmoq 

bog‘lamalari uch xil bo‘ladi: 

-  faqat  bitta  shox  uchida  joylashgan  oxirgi 

bog‘lama; 

-  ikkita  va  undan  ko‘p  shoxlarga  umumiy 

bo‘lgan oraliq bog‘lama; 

-  kamida  bitta  yo‘l  bilan  bog‘langan  boshqa 

hech 


qanday 

boshqa  bog‘lamalarga 

ega 

bo‘lmagan qo‘shni bog‘lama. 



 

hisoblash texnikasi 

ingl.: computer technology 

rus.: вычислительная техника 

1.  Axborotni  qayta  ishlash  va  saqlash  uchun 

apparat  vositalarini  yaratishga  ixtisoslashgan 

ilm-fan va texnika sohalari majmui. 

2. 

Vazifalarni 



bajarish 

jarayonini 

avtomatlashtirish 

uchun 


mo‘ljallangan 

hisoblash  vositalari  majmui:  kompyuterlar, 

tashqi  qurilmalar,  abonent  punktlari,  alohida 

terminallar, ma’lumotlarni uzatish vositalari. 



 

hisoblash 

texnikasi 

vositalarining 

muhofazalanganligi ko‘rsatkichi 

ingl.: computer security indicator 

rus.: 

показатель 

защищенности 

средств 

вычислительной техники 

Muhofazalanganlikni 

belgilovchi 

hisoblash 

texnikasi 

vositalarining 

tavsifnomasi. 

muhofazalanganlik  sinfiga  ko‘ra  pog‘ona  va 



HDTV 

 


 

113 


chuqurlik  bo‘yicha  o‘zgarib  boruvchi  ma’lum 

talablar guruhi bilan tavsiflanadi. 



 

hisoblash 

texnikasi 

vositalarining 

muhofazalanganlik sinfi 

ingl.: protection class of computer system 

rus.: 

класс 

защищенности 

средств 

вычислительной техники 

Axborotdan 

ruxsat 

etilmagan 



erkin 

foydalanishdan  hisoblash  texnikasi  vositalarini 

muhofazalashga doir aniq talablar majmui. 

 

hisoblash texnikasi vositasi 

ingl.: computer tools 

rus.: средство вычислительной техники 

Axborot  raqamli  shaklda  taqdim  etilgan  holda 

axborotga ishlov berish uchun texnika vositasi. 

Hisoblash  texnikasi  vositasiga  protsessorlar, 

selektiv  va  multipleks  kanallari,  tashqi  xotira 

qurilmalari,  ma’lumotlarni  kiritish  va  chiqarish 

qurilmalari,  operatorning  kompyuter  bilan 

bevosita aloqa qilish qurilmalari, ma’lumotlarga 

masofadan  ishlov  berish  tizimlari  qurilmalari, 

ishonch oshirish qurilmalari va h.k. kiradi. 



 

hisoblash 

texnikasining 

muhofazalangan vositasi 

ingl.: trusted computer system 

rus.: 

защищенное  средство  вычислительной 

техники 

Muhofaza  vositalari  yaxlit  amalga  oshirilgan 

hisoblash texnikasi vositasi. 

 

hisoblash texnikasining obyekti 

ingl.: computing machinery object 

rus.: объект вычислительной техники 

Ko‘chmas  yoki  ko‘chma  obyekt.  U  axborotga 

ishlov  berishga  oid  muayyan  vazifalarini 

bajarishga  mo‘ljallangan,  hisoblash  texnikasi 

vositalarining  majmuasi.  Hisoblash  texnikasi 

obyektlariga, 

avtomatlashtirilgan 

tizimlar, 

avtomatlashtirilgan 

ish 


joylari, 

axborot-


hisoblash  markazlari  va  hisoblash  texnikasi 

vositalarining boshqa majmualari kiradi. 



 

hisoblash tizimi 

ingl.: computer system 

rus.: вычислительная система 

Ma’lumotlarni  qayta  ishlash  vazifasini  bajarish 

uchun  o‘zaro  ishlovchi  kompyuterning  apparat 

va  dastur  vositalari  majmui.  Hisoblash  tizimi 

misoli  sifatida  dasturlar  o‘rnatilgan  shaxsiy 

kompyuterni keltirish mumkin. 



 

hisoblash tizimi arxitekturasi 

ingl.: computer system architecture 

rus.: архитектура вычислительной системы 

Hisoblash tizimining umumiy mantiqiy tuzilishi. 

U  ma’lumotlarga  ishlov  berish  jarayonini 

ta’riflovchi  va  kompyuter  arxitekturasi  hamda 

dasturiy  ta’minot  tavsifnomalari  va  uning 

apparat vositalari bilan o‘zaro ishlashini qamrab 

oladi. 

 

hisoblash tizimining muhofazasi 

ingl.: computer system protection 

rus.: защита вычислительной системы 

qarang: kompyuter muhofazasi 

 

Hitachi korporatsiyasi 

ingl.: Hitachi corporation 

rus.: корпорация Hitachi 

Yaponiyaning  elektronika  va  kompyuterlar 

sohasida  faoliyat  yurituvchi  kompaniyasi. 

Hitachi  ma’lumotlarga  ommaviy  parallel ishlov 

beruvchi  superkompyuterlarni  ishlab  chiqaradi. 

Hitachi,  shuningdek,  Fast  Ethernet  tarmoqlari 

uchun  uzib-ulagichlarni,  baza  kompyuterlarini, 

Internet tarmog‘i uchun tarmoq kompyuterlarini 

va  axborotni  saqlash  joylari  uchun  dasturiy 

ta’minotni  ishlab  chiqaradi.  Bundan  tashqari,  u 

yuqori  zichlikka  ega  integral  sxemalarni  ishlab 

chiqaradi. 



 

HLL 

qisq.: High-Level Language 

qarang: yuqori pog‘ona tili 

 

HLS 

qisq.: Hue-Lightness-Saturation 

Tus-yorqinlik-to‘yinganlik. 

Tasvirning  rang 

tavsifnomalarini  belgilash  usuli  (rang  modeli). 

Chiziqsiz 

(Brightness) 



parametri 

(Lightness)ga 



o‘zgartirilgan 

HSB 


(Hue-

Saturation-Brightness) modeli hilidir. 



 

HOLAP 

qisq.: Hybrid OLAP 

Chatishma  OLAP,  HOLAP  texnologiyasi. 

MOLAP 

va 


ROLAP 

yondashuvlarini 

mujassamlovchi OLAP tizimlari arxitekturasi. 

 

HotBot 

Inktomi  Corporation  va  HotWired,  Inc.,  Wired 

jurnalining 

noshiri, 

tomonidan 

birgalikda 

yaratilgan WWW izlash tizimi. Veb-sahifalarini 

izlash  va  indekslash  uchun  bir  necha  asosiy 



HotBot 


 

 

114 


superkompyuterdan foydalanish o‘rniga HotBot 

parallel  ravishda  ishlaydigan  ko‘plab  ish 

stansiyalaridan 

foydalanadi 

va 

bu 


Ish 

stansiyalar  tarmog‘i  (Network  of  Workstations, 

NOW)  deb  ataladi.  HotBotga  ko‘ra,  bunday 

strategiya  ularga  raqobatdosh  izlash  tizimlariga 

qaraganda  WWWning  jadal  o‘sishi  bilan  birga 

rivojlanish imkonini beradi. 



 

HotSpot 

Kirish 


nuqtasi 

WLAN 


orqali 

mobil 


tashrifchilarga  ommaviy  simsiz  keng  ko‘lamli 

tarmoq 


xizmatlarini 

ko‘rsatadigan 

aniq 

jo‘g‘rofik  joy.  Hotspotlar  aholi  zich  joylarda, 



jumladan  aeroportlar,  temir  yo‘l  stansiyalari, 

kutubxonalar,  kemalar  to‘xtaydigan  joylar, 

yig‘inlar 

o‘tkazish 

markazlarida 

va 


mehmonxonalarda  joylashadi.  Hotspotlardan 

erkin  foydalanish  oralig‘i  odatda  cheklangan 

bo‘ladi. 

 

HotSwap 

(so‘zma-so‘z  –  issiq  o‘zgartirish)  Kompyuter 

tizimi  ishlayotgan  paytda  biron  bir  qurilmani 

o‘zgartirish texnologiyasi. 



 

HP korporatsiyasi 

ingl.: HP corporation 

rus.: корпорация HP 

Kompyuter  texnikasi  va  elektronika  sohasidagi 

yetakchi  kompaniyalardan  biri.  HP  (Hewlett-

Packard  qisqartmasi)  kompaniyasi  1939  yilda 

William 

Hewlett 


va 

David 


Packardlar 

tomonidan  yaratilgan.  Kompaniya  lazer  va 

purkovchi  printerlarni  ishlab  chiqarish  tufayli 

alohida  mashhur  bo‘lgan.  Shu  bilan  birga 

kompaniya  10  mingdan  ortiq  mahsulotlarni 

ishlab chiqaradi – kompyuter tizimlaridan tortib 

ixtisoslashtirilgan  elektron  uskunalargacha.  HP 

superkompyuter,  yashil  kompyuter  va  ixcham 

shaxsiy 

kompyuterlarni, 

shuningdek, 

kompyuterlar  uchun  turli  qurilmalar,  jumladan 

qattiq  disklar,  printerlar,  skanerlar,  faks 

apparatlarini  ishlab  chiqaradi.  So‘nggi  yillarda 

kompaniya  ma’lumotlarni  uzatish  va  mahalliy 

tarmoqlar  uchun  tarmoq  jihozlarini  ishlab 

chiqarishga alohida e’tiborini qaratyapti. 

 

HPFS 

qisq.: High Performance File System 

Yuqori  samaralilikka  ega  bo‘lgan  fayl  tizimi, 

HPFS fayl tizimi. Microsoft va IBM tomonidan 

OS/2  operatsion  tizimi  uchun  ishlab  chiqilgan 

fayl 

tizimi. 


HPFSni 

qo‘llab-quvvatlash 

Windows NTga yuklatilgan. 

 

HPGL 

qisq.: Hewlett-Packard Graphic Language 

Hewlett-Packard  korporatsiyasining  grafikani 

tavsiflash tili, HPGL tili. 

 

HPNA 

qisq.: Home Phoneline Networking Alliance 

HPNA  texnologiyasi,  VDSL  kabi,  bino  ichida 

ma’lumotlar  uzatishni  tashkillashtirish  uchun 

ishlatilib (tahminan 400 metrga yaqin masofada 

1  Mbit/s  gacha  tezlik)  va  ADSL  va  SHDSL, 

shuningdek oddiy telefoniya bilan to‘la uyg‘un. 

Ushbu  standart  liniyaga  kam  talablar  qo‘yadi: 

bitta shinaga bir necha abonentni ulash mumkin, 

aloqa  liniyasi  sifatida  esa  xatto  radio  qayta 

uzatish simidan foydalanish mumkin. 



 

HP-UX 

HP-UX  operatsion  tizimi.  Operatsion  tizim, 

UNIX  kloni.  Hewlett-Packard  kompaniyasi 

tomonidan 

ishlab 

chiqarilgan 



serverlarda 

ishlatiladi. 



Download 9.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling