Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati
Download 9.86 Mb. Pdf ko'rish
|
kibermadaniyat ingl.: cyberculture rus.: киберкультура Madaniyatni rivojlantirishdagi texnokrat yangi yo‘nalish. U kompyuter o‘yinlarining imkoniyatlari va virtual
voqeiylik texnologiyalarini ishlatishga asoslangan. kibermakon ingl.: cyberspace rus.: киберпространство Bu tushuncha yozuvchi Uilyam
Gibson tomonidan 1984 yili
«Cyberspace» («Kibermakon») deb nomlangan trilogiyaning birinchi romani «Neuromacer» («Neyromant») chop etilishi bilan bog‘liq va amerikaliklar hayotidan kirib kelgan. U, dunyoni barcha kompyuterlaridagi elektron ma’lumotlar aylanib yuradigan virtual makonni ta’riflab beradi.
Tabiatda va jamiyatda boshqaruv hamda aloqa haqidagi fan.
Kibernetika tabiatning va jamiyatning murakkab obyektlarini, ularning tashkil bo‘lish
usulidan qat’iy
nazar, boshqaruvchi va boshqariladigan elementlardan tashkil topgan, ular orasida to‘g‘ri va teskari axborot aloqasi mavjud bo‘lgan katta kibernetik tizim deb qaraydi. Kompyuterlar yaratilishi va rivojlanishi bilan kibernetik yondashuv keng tatbiq qilina boshladi. Bu kibernetika qator ilmiy yo‘nalishlarni yuzaga kelishiga olib keldi: - Diskret matematikaga asoslangan nazariy kibernetika. U boshqarish nazariyasi va axborot nazariyasi bilan shug‘ullanadi. -Texnik
kibernetika. U boshqarishning avtomatlashtirish vositalari, shu jumladan, K kibernetika
148
kompyuterlar va avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari bilan shug‘ullanadi. - Biologik kibernetika. U biologiyada va tibbiyotda kibernetika g‘oyalaridan foydalanadi. - Iqtisodiy kibernetika. U iqtisodiy jarayonlar, matematik modellarini yaratish va iqtisodiy hisoblarda kompyuterlar qo‘llash bilan
shug‘ullanadi. - Ijtimoiy kibernetika kishilik jamiyatida bo‘ladigan turli jarayonlarni boshqarish uchun matematika modellarini quradi va o‘rganadi. Kibernetik tizimlarga misollar: texnikadagi avtomatik rostlagichlar, kompyuterlar, inson miyasi, biologik populyatsiyalar, kishilik jamiyati. Har bir bunday tizim, axborotni idroklay, xotiralay va qayta ishlay oladigan, hamda axborot almasha oladigan o‘zaro bog‘langan obyektlar to‘plamidan iborat. Kibernetika qo‘ygan ko‘pgina masalalar bilan hozirgi kunda
informatika va
axborot texnologiyalari sohasi shug‘ullanmoqda. O‘zbekistonda Hisoblash markaziga ega
bo‘lgan O‘Z FA Kibertetika instituti akademik Vosil Qobulovich Qobulov (5 sentabr,1921 y. tug‘ilgan) tashabbusi bilan 1966-yilda bunyod bo‘lgan
va yuqorida keltirilgan barcha
yo‘nalishlarda faol tadqiqotlar olib borgan. kilobayt ingl.: kilobyte rus.: килобайт 1024 baytga teng bo‘lgan, axborot miqdorining o‘lchov birligi. Bayt – axborot miqdorini o‘lchashning asosiy birligi. Masalan, rus alifbosining bitta ramzi kompyuter xotirasida bir baytni egallaydi. kissa shaxsiy kompyuteri ingl.: palmtop personal computer rus.: карманный персональный компьютер Imkon boricha kichik o‘lchamlari bilan ajralib turadigan ixcham shaxsiy kompyuter. Katta bo‘lmagan o‘lchamlarga ega bo‘lib, u yengil, akkumulator yoki batareyadan ozuqa oladi. Kichiklashtirilgan formatli suyuq kristalli indikatorga ega. Ma’lumotlarni yoki dasturlarni saqlash
uchun kompyuter yoki magnit
kartochkalari ishlatiladi. kichik tarmoq ingl.: Tiny-Area Network (TAN) rus.: малая сеть Tuzilishi eng sodda va arzon bo‘lgan mahalliy tarmoq. Bu tizim imkoniyatlarini cheklash va ish tezligini pasaytirish orqali amalga oshiradi. Tizimga oddiy shaxsiy kompyuterlar, o‘lchov apparaturasi va asboblar kiradi. Bog‘lanishning fizik vositalari yassi kabel, o‘rama jufti yoki elektr tarmog‘i simlari asosida quriladi. Ushbu vositalarga bog‘lanish uchun keng
qo‘llaniladigan interfeyslardan foydalaniladi. kichik tarmoq niqobi ingl.: subnetwork mask rus.: маска подсети IP manzilida tarmoq va bog‘lamasi tuzilmasini saqlovchi TCP/IP parametri.
1. Tezkor kanal bilan ulangan bir necha kompyuterlardan iborat
hisoblash tizimi.
Klasterli me’moriy qiyofa o‘stira borish va yuqori
darajadagi bosh
tortishga qarshi
turg‘unlikni ta’minlaydi. 2.
Bir g‘ilofdagi qurilmalar majmui.
Foydalanuvchi, klasterga murojaat qilib, bir vaqtning o‘zida bir guruh protsessorlar bilan ishlashi mumkin.
Bunday birlashtirish ma’lumotlarga ishlov berish tezligini oshiradi va ishlatilayotgan tezkor xotirani kengaytiradi. Shu bilan birga, bosh tortishga qarshi turg‘unlik sezilarli ortadi, chunki klasterlar ma’lumotlarni ehtiyot tarzda juftlaydi. 3. Qattiq diskka yozilishi yoki qattiq diskdan o‘qilishi mumkin bo‘lgan axborotning eng kichik ulushi. Amaliy tizim boshqaruvi ostida ishlayotgan birorta ham dastur, faqat yarim klasterni o‘qiy olmaydi. Klaster - faylli tizim bilan bog‘liq bo‘lgan mantiqiy tushuncha. U bir necha jismoniy bloklardan – qattiq disk sektorlaridan iborat bo‘lishi mumkin. Fayl bir necha klasterlardan iborat bo‘ladi. Shu bilan birga, so‘nggi klaster odatda oxirigacha to‘ldirilmaydi. Agar siz Windows rusumiga tegishli amaliy tizimida ishlayotgan bo‘lsangiz, ixtiyoriy faylga keltirib o‘ng tugmachani bosing va
kontekstli menyuda
«Свойства» («Xossalar») buyrug‘ini tanlang. «Размерr» («O‘lchov») qatoriga e’tibor bering. Faylning o‘lchovi (fayldagi axborot miqdori) fayl egallab turgan makondan doimo kamroq bo‘ladi. kilobayt
149
klaviatura ingl.: keyboard rus.: клавиатура 1.
Kompyuterga raqamli, alvafitli va
boshqaruvchi axborotni kiritish qurilmasi. 2. Katta bo‘lmagan plastina-tugmachalarning yoki ularning tasvirlarini aniq
tartibda joylashtirilgan to‘liq to‘plami. Ularni bosish yoki ko‘rsatish buyruqlar va ramzlar kiritishni ta’minlaydi. Klaviatura kompyuter bilan muloqat uchun tanlangan til ramzlarini va amaliy tizim
yoki maslak
(platforma) tomonidan ishlatiladigan buyruqlarni o‘z ichiga oladi. Chunonchi, shaxsiy kompyuterning klaviaturasi tabiiy tilning barcha harflari, raqamlar, algebraik ishoralar va buyruqlarni ifodalaydi. Klaviaturada tugmachalar joylashuvi qabul qilingan standartlarga mos keladi, ishlatilayotgan kalitlar va
generatsiya qilinayotgan kodlar bilan
belgilanadi. Klaviatura ekranda maxsus tasvir hosil qilish yo‘li bilan ham yaratilishi mumkin. Bunday klaviaturadan foydalanishda yorug‘lik perosi yoki barmoq bilan ko‘rsatish ishlatiladi.
O‘zaro talablarni va majburiyatlarni hisobga olishga asoslangan hisob-kitoblar tizimi. Kliring hisob-kitoblarini o‘tkazishda elektronika va informatika usul va vositalari keng ishlatiladi. Kliring amallari kommunikatsiya tarmog‘i orqali amalga
oshiriladi. Bu
amallarni bajarishda EDI tarmoq xizmati muhim rol o‘ynaydi.
Veb-serverning foydalanuvchiga bir mazmunni, izlovchi robotga boshqa mazmunni ko‘rsatuvchi ish usuli. Izlovchi robotlar qaragan IP- manzillarni kuzatib borish va ularga boshqa axborotni berish yordamida amalga oshiriladi. Kloaking aldovni yashirish imkonini beradi, buning evaziga sahifa axtarish natijalarida yuqori joylashishi va foydalanuvchiga eskirgan mazmunni berish imkoni
yaratiladi. Kloakingning ayon bo‘lishi ko‘p hollarda saytning, axtarish tizimining «qora ro‘yxati»ga kiritilishiga va uni
indekslashning to‘la
to‘xtatilishiga olib keladi. KLOC qisq.: KiloLines Of Code Kodning
ming qatori.
Dasturlar murakkabligining o‘lchov birligi. koaksial kabel ingl.: coaxial cable rus.: коаксиальный кабель 1. Bir biridan izolatsiyalangan, ichki va tashqi o‘tkazgichlardan iborat kabel. Koaksal kabel bir yoki bir necha dielektrik izolatsiya bilan qoplangan, markaziy mis o‘tkazgichlarga ega, markaziy o‘tkazgichlarni tashqi elektromagnit ta’sirlardan asrash uchun metall qobig‘ (to‘r) bilan, yoki trubka bilan qoplangan. Va nihoyat, ustidan tashqi qatlam joylashtiriladi, aksariyat, mexanik muhofaza uchun po‘lat lenta bilan o‘raladi.
1. Shartli belgi, odatda raqamli. 2. Muayyan ma’no berilgan ramzlar majmui. Kod, inson, qurilmalar va dasturiy ta’minot idrok qila oladigan axborotning ramzlar to‘plami bilan tasviflash usulini belgilaydi. 3. Ochiq daslabki matn elementlarini (harflar, harflar birikmasi, so‘z, va h.k.) ramzlar guruhi (harflar, raqamlar yoki boshqa ishoralar) bilan almashtirishlar to‘plami. U shifrning maxsus turidir. 4. Xabarlarni bir (dastlabki) alifbodan boshqa (obyektli) alifboga, odatda axborot talofat ko‘rmagan holda, o‘zgartirish qoidasi. kod bo‘lagi ingl.: code fragment rus.: фрагмент кода Saqlash va takror ishlatish mumkin bo‘lgan HTML kodining yoki boshqa kodning bir yoki bir necha qatori. kodek ingl.: codec rus.: кодек Foydalanuvchi tizimlarida analog signallarni va diskret signallarni ikki tomonlama o‘zgartiruvchi qurilma. Videokonferensiya o‘tkazilganda, u hujjatlarni namoyish qiladigan K kodek
150
aks ettirgichning ichiga joylashtirilgan mikrofondan va kameradan analogli signallarni qabul qiladi. Bu signallar raqamli shaklga o‘zgartiriladi va tarmoq orqali boshqa tizimga yuboriladi. Kodek, tarmoq orqali boshqa tizimning diskret signallarini qabul qilib, ularni analog shaklga o‘zgartiradi va radiokarnaylar hamda monitorlar orasida taqsimlaydi.
Kodlashni amalga oshiruvchi qurilma yoki dastur.
Ramzlar
(insonlar tili)
bilan sonlar
(kompyuterlar tili) orasidagi mutanosiblik. Bir xil sonlarni turli alifbolarning ramzlariga almashtirish mumkin.
Raqamni harfga
almashtirish qoidasini o‘zgartirish uchun
Internet Explorer da «Вид» («Turi») menyusida «Вид кодировки» («Kodirovka turi») bandini tanlang. Internet da ommaviy ishlatiladigan kirill kodirovkalari KOI8-R va Win1251 hisoblanadi.
1.
Dastlabki alifboni obyektli alifboga o‘zgartirish jarayoni. 2. Ma’lumotlarni ramzlar ketma-ketligi bilan ifodalash jarayoni. Kodlash dasturchi tomonidan yoki avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Garchand kodlashda harf, sonlar va alifboni boshqa ishoralaridan tuzilgan kod ishlatilsa ham, bunday kodlash harfli-raqamli kodlash deb ataladi. Kodlash harfma – harf, so‘zma – so‘z bo‘lishi mumkin. Kodlash axborot tizimlarida keng ishlatiladi. U, ma’lumotlarga ishlov berishni va ma’lumotlarni uzatishni, mumkin bo‘lgan eng katta tezlikni, buzilishlardan muhofazalanishni ta’minlaydigan bo‘lishi kerak. Shu maqsad bilan shovqinga bardoshli kodlash
alohida ajratiladi. Ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash uchun shifrlash deb ataluvchi maxsus kodlash amalga oshiriladi.
Kriptografiyada - kodlarni o‘zgartirishda, ularning o‘zaro mosligini tekshirish uchun ishlatiladigan kalit. Bu kalitning vazifasi, begona obyektlar tomonidan dasturlarni va ma’lumotlarni ishlatishdan muhofazalash.
Tovushga o‘xshash signallardan (taqsimlangan spektrli signallar) foydalanishga asoslangan uyali
radioaloqa standarti. Shovqinlardan muhofaza qilishning yuqori
pog‘onasini ta’minlaydi. AQSHda keng tarqalgan. kogerent optoelektronika ingl.: coherent optoelectronics rus.: когерентная оптоэлектроника Murakkab axborot tizimlar yaratishning yangi tamoyillarini belgilaydigan optoelektronika turi.
To‘lqin jarayonlarining zamon va makonda o‘zaro uyg‘un o‘tishi. Bu to‘lqin jarayonlarini qo‘shish orqali namoyon bo‘ladi. kognitiv texnologiyalar ingl.: cognitive technologies rus.: когнитивные технологии Inson tafakkuri imkoniyatlarini rivojlantirishga maxsus yo‘naltirilgan axborot texnologiyasi. Bunday texnologiyaning o‘ziga xos misoli bo‘lib, kognitiv kompyuter grafikasi hisoblanadi. U, kompyuter ekranida fazoviy shaklda na faqat turli geometrik shakllarni, balki turli matematik formulalarni ham ifodalay oladi. Bunday ifodalashlar insonni fazoviy tasavvurini va uning assotsiativ fikrlashini rivojlantiradi. Interbilding kognitiv texnologiyaning misoli bo‘lib, u insonni aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishning tashhisi, treningi va
monitoringining kompyuter texnologiyasidir.
koder
151
Keng tarqalgan, kirill ramzlarini o‘z ichiga olgan kod jadvallaridan biri (kod jadvali sonlar- kompyuterni ona tili bilan inson alifbosi ramzlari orasidagi mutanosiblikni o‘rnatadi). kolliziya ingl.: collision rus.: коллизия 1.Ikki ishchi stansiya (kompyuter) tomonidan bir vaqtning o‘zida ma’lumotlar uzatish uchun yagona muhit (kabel)dan, masalan – mahalliy tarmoqdan, birgalikda foydalanishga qilingan urinish natijasi. Bu signallarning yo‘qolishiga va takroran uzatish zaruriyatini tug‘diradi. 2. Axborot muhofazasida – turli xabarlarning xesh-funksiyalari bir-biriga teng bo‘lib chiqish xodisasi. kommunikativistika ingl.: communication science rus.: коммуникативистика Axborot kommunikatsiyalari (shu jumladan, tarmoqlar) muammolarini o‘rganadigan fan.
Bufer protsessorlari va uzib-ulash bog‘lamasi vazifalarini bajaradi. Nazoratchilar har xil turdagi kanallar bilan ishlaydilar. Uzoqlashgan (bosh kompyuterdan) kommunikatsiya nazoratchilari guruhiy nazoratchilar deb ataladi. Hamma nazoratchilarga terminallar ulanadi.
Kanallar orqali ma’lumotlar uzatishga ixtisoslashib, terminallar yig‘masini boshqaradi. Ma’lumotlarni formatlash va dastlabki ishlov berishni ta’minlaydi. kommunikatsiya tarmog‘i ingl.: communication network rus.: коммуникационная сеть Asosiy vazifasi ma’lumotlar uzatish bo‘lgan tarmoq. Ma’lumotlarni uzatishning va ularga ishlov berishning ayrim turlarini ta’minlaydigan axborot tarmog‘ining o‘zagi. Bir
kommunikatsiya tarmog‘i asosida bir necha axborot
tarmog‘ini yaratish mumkin. Kommunikatsiya tarmog‘ining vazifasi bo‘lib qabul qiluvchilarga ma’lumotlar bloklarini o‘z butunligini yo‘qotmagan holda, xatolarsiz va buzilishlarsiz yetkazib berish hisoblanadi. Tarmoqda ortiqcha yuklamalarni, katta navbatlarni va tizim buferlarini to‘lib ketishini oldini olish ham muhimdir. Kommunikatsiya tarmoqlari uch
sinfga bo‘linadi: ma’lumotlarni yo‘naltirishni bajaradigan tarmoqlar, ma’lumotlarni tanlab uzatadigan tarmoqlar va aralash tarmoqlar. Uzatilayotgan signallarni turlariga qarab, mos ravishda analogli tarmoqlar va raqamli
tarmoqlarni farqlashadi. Qamrab olingan
makoniga qarab, kommunikatsiya tarmoqlari mahalliy tarmoqlar, hududiy tarmoqlar va global tarmoqlar hosil qiladi. Bundan tashqari kabelli tarmoqlar va simsiz tarmoqlar turlari mavjud.
Boshqa tizimlar orasida axborot uzatish bilan bog‘liq yordamchi vazifalarni bajaradigan tizim.
1. Aloqa, xabar, aloqa vositasi, axborot, axborot vositasi, tutashma, muloqot, ulanish. 2. Telekommunikatsiyalar. Faoliyat sohasi - axborot uzatish usullari va vositalari.
Bir tilda yozilgan dasturni, protsessorning boshqa tilida ifodalangan dasturga aylantiruvchi dastur. Masalan, kompilyator SI tilida yozilgan dasturni olib, uni assembler tilida yozilgan dasturga aylantiradi. kompyuter ingl.: computer rus.: компьютер Hisoblarni bajarish, shu jumladan elektron shakldagi axborotni oldindan belgilangan algoritm bo‘yicha qabul qilish, qayta ishlash, saqlash va ishlov berish uchun mo‘ljallangan mashina. Kompyuter so‘zi ingliz tilidagi to compute, computer, so‘zlarining hosilasi bo‘lib, ular «hisoblash», «hisoblagich» deb tarjima qilinadi. Dastlab ingliz tilida bu so‘z, mexanik qurilmani jalb qilib yoki uning ko‘magisiz
Download 9.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling