Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati
Download 9.86 Mb. Pdf ko'rish
|
kafolatlar ingl.: assurance rus.: гарантии Tizim xavfsizligini ta’minlashning memoriy tuzimasi va vositalariga ishonch o‘lchovi. U xavfsizlik siyosatini bexato
va puxta
o‘tkazilishiga nisbatan o‘lchanadi kalit ingl.: key rus.: ключ 1. Ramzlar majmui. U obyektlarni o‘xshashlari to‘plamidan ajratib olish, ularni axtarish yoki maxfiylashtirish uchun ishlatiladi. Obyektlar sifatida foydalanuvchilar va dasturlar, ma’lumotlar, fayllar, klaviatura va h.k. bo‘lishi mumkin. Ikki turdagi kalitlar farqlanadi: ochiq (barcha foydalanuvchi va dasturlarga beriladigan, masalan
klaviatura tugmachalarining kodlari) va yopiq (cheklangan doiradagi shaxslarga va dasturlarga ma’lum, masalan korporatsiya ma’lumotlar bazasidan erkin foydalanish kaliti). 2. MB da - ma’lumotlarni aniqlash uchun ishlatiladigan bir yoki undan ortiq ramzlar yoxud yozuv maydoni. 3. Kriptografiyada – dastlabki matnni shifrmatnga o‘girish va unga teskari amalarini boshqarish uchun ishlatiladigan axborot majmui (bitlar ketma-ketligi). kalit generatsiyasi ingl.: key generation rus.: генерация ключей Kriptografik kalitni generatsiyalash jarayoni. Bunda turli usullar, masalan tasodifiy sonlar va soxta
tasodifiy sonlar
ketma-ketligini generatsiyalash ishlatiladi. kalit oqimi generatori ingl.: key stream generator rus.: генератор ключевого потока Oqimli kriptotizimlar uchun kalit oqimini ishlab beruvchi algoritm. Jo‘natuvchi va qabul qiluvchi tomonlarida bir xil kalit oqimini qayta tiklash uchun yo u aniqlangan (deteministik), yo tasodifiy bo‘lishi mumkin. Agar generator aniqlangan bo‘lsa, u maxfiy kalitga qaram bo‘ladi. Odatda kalit oqimi generatori surish registri va
nochiziqiy Bul
funksiyalari birikmalaridan tug‘iladi. Kalitlar oqimi generatorini qurishda qo‘shimcha blokli shifrlar ustida kriptografik o‘zgartirishlar ishlatiladi, masalan OFB yoki hisoblagich usuli. kalit so‘zi ingl.: key word rus.: ключевое слово 1. Ishlov berilayotgan matndan (axtarishda hujjatlar va so‘rovlar tizimiga kiritiladigan) tanlanadigan leksik birlik. 2. Izlash tizimlari yordamida tashrifchilarga sizning saytingizni topib beradigan so‘zlar. kalit taqsimoti ingl.: key distribution rus.: распределение ключей Kalitlarni boshqarishning asosiy
mexanizmlaridan biri. Har xil usullar bilan amalga oshiriladi. Simmetrik kriptotizimlar uchun kalitlarni abonentlarga yetkazish usullari quyidagilardir: - muhofazalangan kanallar orqali, masalan, feldyeger xizmatini ishlatish; - turli kanallar orqali qismlarga bo‘lib uzatish; - kalit taqsimlash markazi orqali yetkazish. Asimmetrik kriptotizimlar uchun kalitlarni oshkora taqsimlash mexanizmini ishlatish mumkin.
1. Qoidalar majmui. U kriptografik kalitlarni generatsiyalash, taqsimlash, ishlatish, saqlash, alishtirish, yo‘q qilish va qayta tiklash tartibini belgilaydi.
kalit tizimi
144
2. Axborotni kriptografik muhofazalashni ta’minlashdagi kriptografik kalitlar va ular bilan muloqot qilish qoidalari majmui.
Kalitlarni ochiq taqsimlash algoritmi. U asimmetrik kriptotizimlarga xos bo‘lib, Diffi- Xellman algoritmi deb ham ataladi. Modul arifmetikasida birtomonlama ko‘rsatkichli funksiya f(x) = ax (mod n) dan foydalanishga asoslangan. Bu yerda x - daraja kursatkichi, a – asos, n – modul. kalitlarni oshkora taqsimlash ingl.: public distribution of keys rus.: открытое распределение ключей Kriptografiya kalitlarini muhofazalanmagan aloqa kanallari orqali taqsimlash mexanizmi. Bu mexanizm ilk bor, 1976 yili amerikalik olimlar Diffi va Xellman tomonidan taklif qilingan va diskret logarifmlash muammosiga asoslanadi. Shunga qaramay, kalitlarni ochiq tarqatish va ochiq kalit bilan shifrlash g‘oyalari bir vaqtda taklif qilingan bo‘lsa ham, mualliflar ochiq kalit bilan shifrlash tizimini aniq amalga oshira olmadilar. Shifrlash uchun ochiq kalitlar tamoyilini amalga oshiruvchi tizimlar keyinchalik paydo bo‘ldi. kalitli nomlash ingl.: indexing rus.: индексирование Ma’lumotlarning tezroq va osonroq olinishi uchun ularga kalitli so‘zlardan tuzilgan nom berish jarayoni. Ma’lumotlar bazalarida kalitli nomlash ma’lumotlarni tezda izlab topish, saralash, guruhlarga ajratish va olish uchun muhim element hisoblanadi. Hujjatga uning ma’noli
mazmunini aks
ettiruvchi kalitli so‘zlar to‘plami bilan belgilash. kalkulator ingl.: calculator rus.: калькулятор Sonlar ustida elementar amallar bajarish uchun mo‘ljallangan sodda kompyuter. Kalkulatorlar dasturlanmaydigan va dasturlanadigan bo‘lishi mumkin.
Ma’lumotlarni diskdan o‘qish va unga yozish komponenti. Dastlabki diskdan o‘qish va unga yozish kallaklari ferritdan yasalgan edi. So‘ngra, ular o‘rniga juda yupqa metall qatlamli tuzilmali kompozit moddalardan yasalgan kallaklar ishlatildi. Yupqa plenkali kallaklarga o‘tish ularning o‘lchamlarini juda kamaytirish imkonini berdi. Ma’lumotlarni diskda yuqori zichlikda yozish uchun ishlab chiqilgan magnit rezistiv kallaklar haqiqiy inqilob bo‘ldi.
Yorug‘likka sezgir moddalarda predmetlarning tasvirini olishga mo‘ljallangan qurilma. Eslab qolinadigan signalning turiga qarab kameralar analogli va raqamli turlarga bo‘linadi.
Signal yoxud ma’lumotlar uzatish vositasi yoki yo‘li. Signallarni uzatish vositasi jismoniy kanal deb ataladi. Ma’lumotlar manbadan uni qabul qiluvchiga uzatiladigan yo‘lni mantiqiy kanal aniqlab beradi. Kanallarning ikki sinfini farqlashadi: asinxron va sinxron. Sinxron kanalda
amalga oshirilayotgan uzatish jarayonini sinxronlashtirish ta’minlangan bo‘ladi. Asinxron kanal, shu bilan ajralib turadiki, u orqali ma’lumotlar uzatishda, jo‘natuvchi va
qabul qiluvchi ishlari sinxronlashtirilmaydi. Uzatilayotgan signallarning shakliga ko‘ra, kanallar ikki turga: analog va diskret turlarga bo‘linadi. Signallarni uzatish usuliga qarab, kanallar bir necha turlarga bo‘linadi – simpleks, nimdupleks, dupleks kanallar. kanal pog‘onasi ingl.: data link layer rus.: канальный уровень Axborot tizimlari orasida ma’lumotlar uzatishni amalga oshiruvchi pog‘ona. Kanal pog‘onasi OSI modelining pog‘onalar shajarasida ikkinchi bo‘lib, jismoniy va tarmoq pog‘onalari orasida joylashgan. kanallarni uzib-ulash ingl.: circuit switching rus.: коммутация каналов kalitlarni eksponensia... 145
Kompyuter tarmoqlarida ma’lumotlarni uzatish usuli. U har bir juft foydalanuvchilarga, tarmoq kanallari ketma-ketligini yakkaxon ravishda ishlatish uchui taqdim qilishni ta’minlaydi. Kanallarni uzib-ulashning mumtoz sxemasida jismoniy pog‘ona funksional bloklari va kanallarni uzib-ulash bog‘lamalarining yoki aralash
uzib-ulash bog‘lamalarining fizik jarayonlari ishtirok etadi. Natijada, ulanishning jismoniy vositalari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzib-ulash amalga oshiriladi. Bunda o‘zaro ishlovchi foydalanuvchi tizimlari yoki
ma’muriy tizimlar orasida mantiqiy kanallar ketma-ketligi hosil bo‘ladi. Ular orqali amaliy jarayonlar bir-biriga ma’lumotlar bloklarini uzatadilar. Shu yo‘l bilan hosil bo‘lgan ketma- ketlik, u orqali o‘zaro ishlashdagi bir juft foydalanuvchilar tomonidan yakkaxon ishlatiladi. Kanallarni uzib-ulashning paketlarni uzib-ulashga nisbatan, ijobiy tomoni shundaki, bu maqsadda ishlatilayotgan bog‘lamalar nisbatan arzon tushadi. Bundan tashqari, seans davomida uzatilayotgan barcha ma’lumotlar bloklarini oluvchiga, bog‘lamalar va
kanallarning tezlik
tavsifnomalari bilan
belgilanadigan, hamda vaqt bo‘yicha bir xil kechikish bilan yetkaziladi. Bu kommunikatsiya tarmog‘i orqali nutqni uzatishni osonlashtiradi.
Telekommunikatsiya vositalari bilan
uzatilayotgan axborotni kriptografik usullar bilan muhofazalash. Shifrlash, aloqa kanalinig ikki bog‘lamasi (yuboruvchidan qabul
qiluvchigacha yo‘lda oraliq shifrlash ham bo‘lishi mumkin) orasida amalga oshiriladi. Kardano panjarasi ingl.: Kardano’s grid rus.: Кардано решетка O‘rin
almashtirishlar shifrini amalga oshiradigan kriptografik tizim. U kvadrat jadval (panjara) bo‘lib, kataklarning chorak qismida shunday o‘yiq qilinganki, o‘yiq to‘rt marta burilsa butun jadvalni qoplashi mumkin. Dastlabki matn panjaraning o‘yilgan kataklariga yozib qo‘yiladi, ular 90°ga burilib yangi, to‘ldirilmagan kataklarni ochib beradi. kartografik axborot ingl.: cartographical information rus.: картографическая информация 1. Kartografik asarlar to‘g‘risida ma’lumotlar. 2. Kartografik asarlar shaklida ifodalangan axborot. 3. Kartografik asarlarlarni yaratishda va yangilashda ishlatiladigan axborot. kartografik kommunikatsiya ingl.: cartographical communication rus.: картографическая коммуникация Kartografik axborotni xarita yaratuvchidan foydalanuvchiga uzatish. Buning ustiga
xaritaning o‘zi, o‘ziga xos aloqa kanali sifatida ham talqin qilinadi. kartografik ma’lumotlar banki ingl.: cartographical databank rus.: картографический банк данных Raqamli kartografik ma’lumotlarni saqlash, ishlov berish va ishlatishning texnik, dasturiy, axborot va tashkiliy vositalari majmui. Uning tarkibiga bir yoki bir necha predmet (mavzu) sohasidagi kartografik ma’lumotlar bazalari, ma’lumotlar bazasining boshqarish tizimi, hamda
so‘rovlar va
amaliy dasturlar kutubxonasi kiradi.
Biror bir predmet (mavzu) sohasi bo‘yicha o‘zaro bog‘liq kartografik ma’lumotlar majmui. U raqamli shaklda (shu jumladan kartografik ma’lumotlar bazasi shaklida) ma’lumotlar ifodalash, saqlash va joyini o‘zgatirishga oid umumiy qoidalarga mos ravishda berilgan Kartografik ma’lumotlar bazasiga ko‘pgina foydalanuvchilar kira olishlari mumkin. U amaliy dasturlar paketiga bog‘liq bo‘lmay ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi
(MBBT) tomonidan boshqariladi. kartridj ingl.: cartridge rus.: картридж 1. Kerak bo‘lganda axborot tizimiga ulanadigan muxtor apparatni yoki dasturning tarkibiy bo‘lagi. Kartridj tushunchasi «ma’lumotlarga ishlov berishning tarmoq me’moriy qiyofasida» keng ishlatiladi. Bu yerda kartridjlar-dasturiy modullarning turli yig‘malari taklif qilinadi. Zarur bo‘lgan katridjlarni tanlab va ularni K kartridj
146
ishlatilayotgan dasturlarga qo‘shib qo‘yib masalalarni yechish mumkin. 2. Kasseta (quti) shaklida yaratilgan, uya yordamida kompyuterga ulanadigan katta bo‘lmagan tashqi xotira qurilmasi. Ba’zida magnit disklar va magnit tasmalar quti- kartridjlar tarzida bajariladi. 3. Sharrachali yoki lazerli
printerga qo‘yiladigan, bir marta ishlatiladigan bo‘yoqli quti.
1. Izlab topish qulayligini hisobga olib tartibga solingan obyektlar ro‘yxati. 2. Informatikada, bir xil turdagi obyektlar orasidan qidirishni ta’minlaydigan ma’lumotlarning tuzilmasini aniqlovchi ma’lumotnoma. Obyektlar sifatida ma’lumotlar elementlari, fayllar, dasturlar, serverlar, mijozlar, printerlar, magnitli va optik
to‘plovchilar va boshqalar bo‘lishi mumkin. 3.
Amaliy tizimlarda – talab qilingan ma’lumotlar yig‘masini o‘z ichiga olgan jild joylashgan yerini topish uchun boshqaruvchi dastur tomonidan ishlatiladigan indekslar majmui. 4. Veb-resurslar katalogi (ingl. web-directory) bu, tavsiflari bilan birga berilgan Internet – resurslariga tizimlashtirilgan va rubrikator asosida tartibga solingan murojaatlar termasi. Kataloglar ixtisoslashgan (soha bo‘yicha) va umumiy, hamda hududiy, milliy va global turlarga bo‘linadi. katod nurli trubka ingl.: Catode-Ray Tube (CRT) rus.: трубка с катодными лучами Ko‘pchilik televizor ekranlarida va kompyuter displeylarida ishlatiladigan elektron trubka. Xuddi shunday, «Elektron-Nurli- Trubka» deb ham ataladi. CRT ning ish tamoyili, ekranning orqa qismida elektron nurini oldi va orqaga harakatlanishiga asoslangan. Nurni ekran orqali har bir siljishida, bu nur shisha trubkaning ichki tamonidagi fosforli nuqtalarni, ekranni faol maydonchalarini yoritadi. Shunday chiziqlar to‘plamini chizish evaziga, nur ekranda tasvirning umumiy suratini yaratadi. Kaziski usuli ingl.: Kaziski’s method rus.: Казиски метод Kriptotahlil usuli. U
alifboli kriptotizimlarning davrini shifrlangan matnda bir xil so‘zlarni topish orqali hisoblashga asoslangan Agar ko‘p alifboli kriptotizimning davri ma’lum bo‘lsa, kriptotahlillash bir alifboli tizimlarni kriptotahliliga keltiriladi. KB qisq.: 1. KiloByte - Kilobayt. 2. Knowledge Base - Bilimlar bazasi (BB). Aniq bir predmet sohasi bo‘yicha dalillar va qoidalar shaklida rasmiylashtirilgan bilimlar to‘plami. Kbit qisq.: Kilobit Kilobit. Kbps qisq.: KiloBits Per Second Kilobit soniyaga. Kembridj xalqasi ingl.: Cambridge ring rus.: кембриджское кольцо Kembridj xalqa tarmog‘i. Ilk bor Kembridj universitetida (Buyukbritaniya) yaratilgan taktlanadigan halqasimon tarmoq. keng yo‘l-yo‘lli kanal ingl.: broadband channel rus.: широкополосный канал Ma’lumotlarni tezkor uzatishni ta’minlovchi jismoniy kanal. Keng yo‘l-yo‘lli kanallar koaksal kabellar, radiokanallar va optik kanallar asosida yaratiladi. Ular nisbatan qimmat. Shu sababli, ma’lumotlarni yuqori tezlikda uzatish talab qilinmasa, tor yo‘l-yo‘lli kanallar yoki yo‘l-yo‘l asosli kanallardan foydalaniladi. keng yo‘l-yo‘lli tarmoq ingl.: broadband network rus.: широкополосная сеть Katta
o‘tkazish qobiliyatiga ega kommunikatsiya tarmog‘i. U xilma xil, shu jumladan audio va video signallarni uzatishga qodir. Bunday tarmoq, optik kanallardan foydalanish, yuzlab
megabayt soniyasiga oraliqdagi ma’lumotlarni uzatish tezliklarini standartlashtirish, ma’lumotlarni asinxron uzatish bilan tavsiflanadi. katalog
147
kengeshittirishlar ingl.: broadcasting rus.: широковещание Har bir ma’lumotlar blokini, tarmoqning barcha axborot tizimlariga uzatish. Keng eshittirishlar umumiy tavsifdagi, barcha foydalanuvchilarda qiziqish uyg‘otadigan axborotlarni uzatish uchun
foydalaniladi. Masalan, televizion tarmoqda. Ularga birinchi galda, reklama, so‘nggi xabarlar, tarmoq ma’muriyatining xabarlari kiradi. keshlash ingl.: cache rus.: кэширование Ingliz tilidagi cache - «maxfiy zahira» so‘zidan olingan. Kesh - kompyuter siz Internetdan olgan barcha hujjatlarni yozib qo‘yadigan jild. Agar hujjatni takroran so‘rasangiz, sizga keshning ichidagini ko‘rsatishadi. Proksi-server ham Internetdan olingan hujjatlarni maxsus jildga yozib qo‘yadi. Agar siz, yoki Internetning boshqa foydalanuvchisi shu hujjatga murojaat qilsa, proksi-server uni o‘zining keshidan yetkazib beradi. Siz buni sezmaysiz ham. Bu holda, siz uzoqdagi WWW-serverga shu hujjat uchun yana murojaat qilganingizga nisbatan, tezlik bir daraja yuqoriroq bo‘ladi. kesh-xotira ingl.: cache memory rus.: кэш-память Protsessor faoliyatini kutishdan halos qiladigan tezlik bilan ishlaydigan buferli xotira qurilmasi. Juda
katta tezlik
bilan ishlaydigan protsessorlarning paydo bo‘lishi, kesh-xotirani yaratish zaruratini keltirib chiqardi. Shu bilan birga, murakkab amaliy dasturlarning bajarilishi uchun katta xotira zarurdir. Katta o‘ta tezkor xotirani ishlatish esa foydasiz. Shu sababli, operativ xotira bilan protsessor orasiga, kichkina sig‘imli yuqori tezlikli kesh-xotira deb atalgan buferni o‘rnata boshladilar. Buning ustiga, uni protsessor ichiga o‘rnatilgan va tashqi turlari mavjud. Ichiga qurilgan kesh- xotira tashqiga nisbatan yuqoriroq tezkorlikka ega, tabiiyki, narxi ham baland. Shu sababli, birinchisi ikkinchisidan sig‘im bo‘yicha kichikroq. Kesh-xotiraga, tezkor xotirada joylashgan buyruqlar va ma’lumotlarning bir qismi yoziladi. KHz qisq.: KiloHertz Kilogers. Chastota uchun fizikaviy o‘lchov birligi.
Inson ruhiyati va fiziologik funksiyalariga virtual voqeiylik texnologiyalarining zararli ta’siri
oqibatida paydo
bo‘lgan inson
kasalliklarining yangi turlari. Download 9.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling