Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati
Download 9.86 Mb. Pdf ko'rish
|
qismida yoziladi.
Izlash tizimlari veb-sahifalarini indeksatsiyalash uchun «o‘rgimchaklardan» foydalanib, metateg kodidagi axborotni o‘qiydi. Metateg, shuningdek, muayyan sahifa ma’lum muddat o‘tishidan keyin avtomatik ravishda o‘tishi lozim bo‘lgan URL manzilini ko‘rsatish uchun ham ishlatiladi. metatil ingl.: metalanguage rus.: метаязык Dasturlashtirish tillarini tavsiflash tili. meteor aloqasi ingl.: meteor burst communications rus.: метеорная связь Signalning meteoritlarning ionlashgan izlaridan qaytishiga asoslangan ma’lumotlarni uzatish texnologiyasi. Ushbu kanaldan foydalanishning iqtisodiy manfaatlardan kelib chiqqan holda (bepul «yo‘ldosh»), ma’lumotlarni uzatishning kerakli sifatini ta’minlash uchun maxsus choralar ko‘rilmoqda. Birinchidan, meteor kanallaridan diskret
signallar uzatiladi. Ikkinchidan, kodlaganda xatolarni to‘g‘rilovchi maxsus kodlar ishlatiladi. Meteor aloqasi uzoqligi 1000 kmgacha yetib boradi. Meteor aloqasi katta mablag‘ talab qilmasdan, yo‘ldosh tarmog‘idan uch baravar arzondir.
Mobil qo‘llanmalarni bajarish muhiti. M MExE
188
meynfreym ingl.: mainframe rus.: мэйнфрейм 1. Katta, yuqori samarali kompyuter. U noyob arxitektura va dasturiy ta’minotga, ancha katta hajmli tezkor va tashqi xotiraga ega. Ko‘p sonli chekka kompyuterlar va terminallarga ega. U rivojlangan mahalliy hisoblash tarmoqlarida server vazifalarini bajaradi. 2. Yuqori samarali va resurslarga ega bo‘lgan kompyuter. Resurslardan birgalikda foydalanish uchun unga boshqa kompyuterlar ulanishi mumkin.
Obyektni uning me’yoriy – texnik hujjatlariga mos kelishi. Obyekt sifatida tizim, stansiya, dastur, funksional blok bo‘lishi mumkin. U qurilma shaklida yaratilgan bo‘lishi yoki, dasturlar majmui shaklida taqdim qilinishi mumkin. Obyektning meyorligi, uni testlash jarayoni natijasida aniqlanadi. MFC qisq.: Microsoft Foundation Classes Microsoft asosiy sinflari kutubxonasi. Windows uchun qo‘llanmalar ishlab chiqish uchun C++ tilining sinflari kutubxonasi. MFLOPS qisq.: MegaFLOPS Millionlab FLOPS lar. MFT qisq.: Master File Table Fayllarning bosh jadvali. Jilddagi narsa haqida axborot saqlanadigan NTFS fayl tizimidagi ma’lumotlar tuzilmasi. MHS qisq.: Message Handling System Xabarlar boshqarish tizimi. Tarmoq etalon modeli OSI (X.400)da elektron xabarlar uchun standart. MHz qisq.: MegaHertz Megagers. Chastotaning fizikaviy o‘lchov birligi.
Boshqaruvchi axborot (ma’lumotlar) bazasi. Micron Technology korporatsiyasi ingl.: Micron Technology corporation rus.: корпорация Micron Technology Shaxsiy kompyuterlar va ularning tarkibiy qismlarini ishlab
chiqaruvchi kompaniya. Micron_Technology AQSHda
1978 yilda
ma’lumotlarni uzatish uchun dasturiy ta’minot va telekommunikatsiya texnologiyalarini ishlab chiqish maqsadida yaratilgan.
Shaxsiy kompyuter tarixida ulkan va eng katta ta’sirga ega bo‘lgan kompaniya. U dasturiy ta’minot yaratish sohasida yetakchilik qiladi. 1975 yilda Bill Gates va Paul Allenlar tomonidan yaratilgan. DOS va Windows operatsion tizimlarini yaratish bilan birga, Microsoft kompaniyasi deyarli barcha turdagi dasturiy ta’minotni yaratish bilan shug‘ullanadi – dasturlashtirish vositalaridan tortib oxirgi foydalanuvchi uchun qo‘llanmalargacha. O‘z foydalanuvchilari uchun Microsoft turli texnologiyalar va amaliy dasturlarni taklif etadi. Internet tarmog‘ida Microsoft tomonidan yaratilgan Microsoft Network deb nomlangan axborot xizmati faoliyat ko‘rsatib turibdi. MIDI qisq.: Musical Instrument Digital Interface Musiqa asboblari uchun raqamli interfeys. Turli musiqa asboblari tovushlarini ifodalash tili va apparatlari uchun standart. MIDI buyruqlari apparaturaga qanday asbobda, qaysi oktavada va qanday nota yangrashi kerakligi haqida xabar beradi. Shu sababli ohangni MIDI buyruqlari shaklida yozilsa ancha ixcham bo‘ladi. Bu standartning ko‘pgina xillari mavjud - General MIDI, Roland MT-20 va boshqalar.
Tashqi MIDI qurilmalarini ulash porti. Interfeys uzatuvchidan oziqlanadigan va kirish
zanjirlarining galvanik ajratilgan tok halqasi bo‘lib, o‘yin moslagichi ulash uyasiining 12-, 15-tutashmalariga chiqarilgan.
meynfreym
189
MIF qisq.: Management Information File Boshqaruvchi axborot fayli, MIF fayli. DMTF guruhi tomonidan ishlab chiqilgan shaxsiy kompyuterning tarkibiy tuzilmasini tavsiflash uchun xizmat qiladigan fayl standarti.
IIS qaralsin. mijoz ingl.: client rus.: клиент 1. So‘rov bergan foydalanuvchi, kompyuter yoki dastur. Bu so‘rov xizmatlar, resurslar va ma’lumotlarga yoki boshqa dastur yoki kompyuterda ishlov berishga qaratilgan. 2. Mijoz – server me’moriy qiyofasining elementi. Server (so‘rovlarni yuborish, javoblarni olish) va foydalanuvchi bilan (sichqon tugmachasini va klaviatura tugmachasini bosilganda tushunadigan) muloqot qilishni biladigan dastur. Odatda, mijoz foydalanuvchi uchun qulay bo‘lgan interfeysga ega. 3. Dastur – mijoz bajarilayotgan kompyuter. 4. Jismoniy yoki yuridik shaxs. Unga telekommunikatsiya korxonasi xizmatlarni yoki telekommunikatsiya vositalarini taqdim qilgani uchun u barcha harajatlarni yoki ijara haqini mazkur korxonaga to‘lashga majbur.
Internetda serverda bajarilmay, mijoz kompyuterida bajariluvchi dastur. mijoz-bank tizimi ingl.: client-bank system rus.: система клиент-банк Mijozlar va bank orasidagi elektron moliyaviy hujjatlar va axborot materiallarini tayyorlash va ularni
almashishni ta’minlovchi dasturiy- apparatli majmua. Almashuv maxfiyligi kriptografik muhofaza vositalari yordamida amalga oshiriladi, axborotning voqeiyligini tekshirish uchun elektron raqamli imzolarni hisoblash vositalari ishlatiladi.
1. Butunlay mijozlar, serverlar va tarmoq majmuasi. 2. Tarmoq qurilishining me’moriy qiyofasi yoki tuzilmasi (shu
jumladan mahalliy va tarmoqlangan). Unda, hisoblash yuklamasini ikkiga, ya’ni, tarmoq tarkibiga kiritilgan «mijoz» funksiyasini bajaruvchi kompyuterga va bitta quvvatli markaziy kompyuter - «server»ga bo‘lib beriladi. 3. Xizmatlarni ta’riflashning umumiy usuli va shu
xizmatlar uchun
foydalanuvchi jarayonlarining (dasturlarini) modeli. Vazifani bajarish ikki
qismga bo‘linadi: so‘nggi foydalanuvchi (mijoz qismi) tizimi so‘rovlar beradi va server qismi (resurslar zahirasi) ularga javob beradi. mijoz-server arxitekturasi ingl.: client-server architecture rus.: архитектура клиент-сервер Dasturlar yoki ko‘p tarkibiy bo‘lakli dasturning o‘zaro ishlash uslubi. U server deb nomlanuvchi dastur yoki dastur tarkibiy bo‘lagi va mijoz deb nomlanuvchi boshqa bir yoki bir necha dastur yoki tarkibiy bo‘laklar mavjudligini ko‘zlaydi. Mijoz serverdan asinxron bo‘lmagan tarzda server vazifalari bajarilishini boshlash va ular bajarilishi natijalarini olish imkoniga ega. Odatda mijoz-server arxitekturasi bir necha mijozlarga bir vaqtning o‘zida va bir-biridan mustaqil tarzda server bilan o‘zaro ishlash imkonini beradi. Ma’lumotlar bazalaridan erkin foydalanish uchun axborot tizimlari bo‘lmish dasturlar odatda mijoz-server arxitekturasi asosida yaratiladi. Internet ishini ta’minlovchi dasturlarning o‘zaro faoliyati ham mijoz-server arxitekturasi asosida tashkil etilgan. mikrodastur ingl.: microprogram rus.: микропрограмма Protsessor registrlari ustida oddiy amallar ketma-ketligini boshqaruvchi dastur.
Buyruqlarni bajarishda protsessorning elementar qadamlarining tavsifi. Mikrodasturlashtirish asosi mikrodasturdir. M mikrodasturlashtirish
190
Protsessor boshqaruvining deyarli barcha
bloklari mikrodasturlashtiriladi. Bu protsessorlarni loyihalashtirish osonligini ta’minlaydi va
xotira tarkibini oddiy o‘zgartirish orqali boshqaruv vazifalarini o‘zgartirish imkonini beradi. mikroelektronika ingl.: microelectronics rus.: микроэлектроника XX-asrning 60-yillarida paydo bo‘lgan va mayda shakldagi elektron qurilmalarni yaratish muammosini o‘rganuvchi elektronika sohasi. Mikroelektronikada elektr, konstruktiv va texnologik ma’noda bog‘liq
bo‘lgan yarimo‘tkazgichlar xususiyatlaridan foydalaniladi. Ushbu jarayonda tarkibiy qismlar bir butunga birlashtirilib, integral sxemani tashkil qiladi. mikrofon ingl.: microphone rus.: микрофон Tovushni elektr signaliga aylantirilishini ta’minlovchi qurilma. Mikrofon tovushni tizim va axborot
tarmog‘iga kiritish uchun mo‘ljallangan. Tovush tebranishlari uzluksiz shaklga ega bo‘lgani tufayli mikrofonning analog signali analog-raqamli o‘girilishda qatnashadi. Ish prinsipi bo‘yicha ko‘mir, elektrdinamik, elektrstatik va pyezoelektrik mikrofonlar farqlanadi. Mikrofonlar asta-sekin klaviatura o‘rnini bosyapti. Bunga nutqni tushunish muvaffaqiyatlari tufayli erishiladi. Birinchi navbatda, bu ishlab chiqarishni boshqarish va ta’minlash sohalarida ro‘y bermoqda. mikrokalkulator ingl.: microcalculator rus.: микрокалькулятор O‘ta ixcham mikrokompyuter. Nisbatan oddiy muhandislik, iqtisodiy va boshqa hisoblashlar uchun
mo‘ljallangan. Dasturlashtiriladigan kalkulatorlar keng
tarqalgan. Murakkab bo‘lmagan dasturni kiritish orqali mutaxassis bunday
mikrokalkulatorda tenglamalarni yechishi, formulalar bo‘yicha hisoblashlar qilishi mumkin. mikrokompyuter ingl.: microcomputer rus.: микрокомпьютер Raqamli kompyuter. Uning qayta ishlash qurilmasi bitta
yoki undan
ko‘p mikroprotsessordan iborat hamda xotira va kiritish-chiqarish qurilmalariga ega. Kompyuterlar tasnifnomasida mikrokompyuter eng kam
unumli hisoblanadi. Mikrokompyuterlar, shuningdek, ishlab chiqarish texnologiyasi va turli xil avtomatik boshqaruv apparaturasida qo‘llaniladi. mikronazoratchi ingl.: microcontroller rus.: микроконтроллер Turli
qurilmalarni (masalan, printerlar, terminallar, ma’lumotlarni uzatish apparatlari) boshqarish uchun
ishlatiladigan ixtisoslashtirilgan mikrokompyuter. mikroprotsessor ingl.: microprocessor rus.: микропроцессор Elementlari bitta yoki bir necha integral sxemaga maydalashtirilgan protsessor. Kompyuterlar, jumladan, shaxsiy kompyuterlar tuzilishining asosiy elementi. Mikroprotsessor ichki xotira yordamida arifmetik, mantiqiy va boshqaruv amallarini bajaradi.
Minisayt deb ham nomlanadigan mikrosayt – bu veb-saytning bosh sahifadan tashqari alohida URLga ega bo‘lgan va axborotni taqdim etish va/yoki bosh sahifaga bog‘liq bo‘lgan nimanidir reklama qilish uchun foydalaniladigan alohida sahifasi. Masalan, muzey veb-sayti u yerda o‘tkazilayotgan maxsus ko‘rgazma haqida axborotga ega mikrosaytga murojaatga ega bo‘lishi mumkin, yoki kompyuter ishlab chiqaruvchisi foydalanuvchiga yangi mahsulot dizayni to‘g‘risida axborot berish uchun mikrosayt yaratishi mumkin. Mikrosaytlar odatda reklama kompaniyasi tugagach yoki axborot ahamiyatsiz bo‘lib qolganda veb- serverlaridan olinadigan vaqtinchalik veb- saytlardir.
Elementlari konstruktiv va texnologik ravishda birlashtirilgan mayda elektron qurilma. mikroelektronika
191
qarang: integral sxema mikrouya ingl.: micro cell rus.: микросота Uyali telekommunikatsiya tizimlarida bir necha yuz metr radiusdagi bitta tayanch stansiyasi xizmat ko‘rsatayotgan geografik zona. mikrouyali radio tarmoq ingl.: microcellular radio network rus.: микросотовая радиосеть Kichik o‘lchamdagi uyali aloqa. mikroo‘zak ingl.: microkernel rus.: микроядро Operatsion tizimning markaziy qismi. Axborot tizimini boshqarishning asosiy vazifalarini bajaradi va o‘zidan-o‘zi kompyuter bajaruvchi asosiy vazifalarning cheklangan to‘plamiga ega tugallangan operatsion tizimdir. Ushbu vazifalar qatoriga quyidagilar kiradi: - virtual xotirani boshqarish; - jarayonlar bajarilishini qo‘llab-quvvatlash; - jarayonlarning o‘zaro ishlashini tashkillashtirish; - ma’lumotlarni kiritish-chiqarish va
uzilishlarga xizmat qilish. mikrochip ingl.: micro chip rus.: микрочип qarang: integral mikrosxema MIMD qisq.: Multiple Instruction, Multiple Data Ko‘rsatmalar to‘plami, ma’lumotlar to‘plami. Markaziy protsessor me’moriy tuzilmasi, bir necha operandalar (vektorlar) ustidan bir takt davomida bir necha (konveyer) buyruqlarni bajarishga imkon beradi; markaziy protsessor va EHMlarning konveyerli-vektorli me’moriy tuzilmasi. MIME qisq.: Multipurpose Internet Mail Extensions Internet elektron pochtasining ko‘pmaqsadli kengaytmalari. Elektron pochta xabarlari yordamida ikkilik axborotni uzatish uchun standart. RFC 2045-2049 da keltirilgan. minikompyuter ingl.: minicomputer rus.: миникомпьютер Ma’lumotlarga ishlov berish imkoniyatlari cheklangan kompyuter. Minikompyuterlar 1960-yillarning oxirida paydo bo‘lgan. Asosiy kompyuterga qaraganda minikompyuter uzunligi kamroq bo‘lgan so‘zlar bilan ishlaydi, cheklangan tezkor xotira va nisbatan katta bo‘lmagan tezlikka ega. Shuning uchun minikompyuterlar asosiy
kompyuterga qaraganda oddiyroq vazifalarni bajarish uchun qo‘llaniladi. Biroq, asosiy kompyuter bilan solishtirganda minikompyuter arzonroq va kichikroq hajmga ega, hamda foydalanishi osonroq. «Minikompyuter» atamasi shaxsiy kompyuterlar yaratilishidan oldin paydo
bo‘lgan. Bugungi shaxsiy kompyuterlar esa 1980-yillardagi baza kompyuterlaridan ham ustunroq keladi. Shuning uchun ham mazkur atamaning ishlatilishi kamayib, ish stansiyasi va shaxsiy kompyuter tushunchalariga o‘rin
bermoqda. miniplata ingl.: mini-card rus.: миниплата Kompyuter imkoniyatlarini kengaytiradigan mayda xotira qurilmasi. Miniplatalar turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilib qattiq disk yoki flesh-xotira qurilmalari vazifalarini bajaradi.
Hududiy uzoqlashgan kompyuterlarni bir-biri bilan ulash natijasida hosil bo‘lgan, ammo mahalliy bo‘lmagan hisoblash tarmog‘i. U kompyuterlarga dasturiy ta’minot, ma’lumotlar bazasi, fayllar va h.k. ni birgalikda ishlatish imkonini beradi.
Zamonaviy mintaqaviy hisoblash tarmog‘i bir necha
mahalliy tarmoqlarning aloqasi uchun xizmat qiladi. Bunday tarmoqlarning ko‘pchiligi ma’lumotlarni uzatishda optik-tolali kabellarni, ajratilgan telefon liniyalarini yoki ultraqisqa to‘lqinli radiokanallarni ishlatadi. mintaqaviy tarmoq ingl.: regional network rus.: региональная сеть Aksariyat hollarda, geografik tarqoq yirik tarmoq. U turli joylardagi kompyuterlarni
mintaqaviy tarmoq
192
kommunikatsiya vositalari bilan yagona yaxlit tarmoqqa birlashtiradi. Bitta tumanda, ko‘plab binolarni qamrab
olishi ham,
davlat chegarasidan tashqariga chiqishi ham mumkin. Bir biri
bilan bog‘langan bir necha
taqsimlangan, mintaqaviy tarmoq deyish
o‘rniga, ko‘pincha intertarmoq yoki tarmoqlar majmui deb ataladi. MIPS qisq.: 1. Million Instructions Per Second – Soniyada million buyruq. Protsessor ishlash tezligining o‘lchov birligi. 2. MIPS
me’moriy tuzilmasi. MIPS Technologies tomonidan ishlab
chiqilgan protsessor me’moriy tuzilmasi. MIS qisq.: Management Information System Boshqaruv axborot tizimi.
Hisoblarni boshqarish va qaror qabul qilishni quvvatlash uchun mo‘ljallangan axborot tizimi.
Download 9.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling