Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati
Download 9.86 Mb. Pdf ko'rish
|
MISD qisq.: Multiple Instruction, Single Data Ko‘rsatmalar to‘plami, yagona ma’lumotlar. Markaziy protsessor me’moriy tuzilmasi, bitta operand yoki bir nechta operandalar ustidan bir takt davomida bir nechta
(konveyer) buyruqlarni bajarishga imkon beradi; markaziy protsessor va EHM larning konveyer-vektorli me’moriy tuzilmasi. Mitsubishi korporatsiyasi ingl.: Mitsubishi corporation rus.: корпорация Mitsubishi Televizion va global
tarmoqlar uchun
apparaturani ishlab chiqaruvchi kompaniya. Mitsubishi kompaniyasi o‘zining odatiy vazifalaridan tashqari Internet tarmog‘iga ulanishi mumkin bo‘lgan televizorlarni taklif etadi. Ushbu televizorlar ichiga o‘rnatilgan ko‘rish muharririga ega bo‘lib,
WWW sahifalarini ko‘rish va elektron pochtasi bilan ishlash imkonini beradi. Bundan tashqari, Mitsubishi RISC protsessorlari va xotira qurilmalarini ham ishlab chiqaradi.
Harakatlanuvchi JPEG. Harakatlanuvchi tasvirlarga ishlov berish uchun zichlash usuli. Harakatlanuvchi tasvir JPEG
algoritmi yordamida zichlashtirilgan kadrlar ketma- ketligidan tashkil topgan.
Ko‘ptashuvchi kartochkasi. MMC formatidagi kartochka katta bo‘lmagan o‘lchamlarga - 24x32x1,4 mm ga ega. SanDisk va Siemens kompaniyalari hamkorligida yaratilgan. MMC xotira nazoratchisiga ega bo‘lib har xil turdagi qurilmalar bilan yuqori darajada uyg‘unlasha oladi.
MMS qisq.: Multimedia Messaging Service Qisqa ko‘ptashuvchi xabarlar bilan almashish xizmati, SMS va EMS dan farqli GPRS texnologiyasiga asoslangan. Xizmat to‘la rangli rasm, fotosurat, kuy va hatto videoroliqlarni qabul qilish-uzatish imkonini beradi, Ularga biriktirib qo‘yilgan grafik tasvirlar va kuylar («EMS»
qaralsin) bilan
matn xabarlar shaklidagi EMS-xabarlardan farqli, MMS texnologiyasi bevosita xabar matniga grafika va kuyni tirkashni nazarda tutadi, MMS-xabarni qabul qiluvchi bir vaqtning o‘zida rasmni ko‘rishi va kuyni eshitishi mumkin. EMSda matn, tovush va grafika bir vaqtning o‘zida ishlatilishi mumkin emas. MMS-xabarlarni jo‘natish-qabul qilish uchun MMSni nafaqat telefon aloqa, balki mobil aloqa operatori ham quvvatlashi zarur. Afsuski hozirgi kunda, MMS-xabarlarni ikki uyali aloqa operatorlari orasida
jo‘natish-qabul qilish
amalga oshirilmaydi. MMX qisq.: MultiMedia eXtension Ko‘ptashuvchi uchun kengaytma, MMX buyruqlari yig‘masi. Pentium protsessori uchun Intel firmasi tomonidan taklif qilingan 57ta qo‘shimcha SIMD-ko‘rsatmalari. MMXni
ko‘ptashuvchi-qo‘llanmalar tomonidan ishlatilishi ularning ishini tezlashtiradi.
Qisqa osonlik bilan eslanadigan so‘z yoki qisqartma. U inson va kompyuter muloqotida buyruq sifatida ishlatiladi. Masalan, «Ctrl» MIPS
193
tugmasi kompyuterning ba’zi amallarini boshqaradi. Bu yerda «Ctrl» - mnemonika, «Control» so‘zining qisqartmasi. MO qisq.: Magneto-Optical Magnitooptikaviy. mobil agent ingl.: mobile agent rus.: мобильный агент Ma’lumotlar bazalari bo‘ylab axborot izlash maqsadida «o‘rmalovchi» dastur. Mobil agent izlashni amalga oshirish lozim bo‘lgan
ma’lumotlar bazasiga ega tizimga o‘tadi. O‘rgimchak deb ham nomlanuvchi mobil agent faqat nimadir
topilganda va
o‘z foydalanuvchisiga topilganni berish lozim bo‘lganda tarmoqqa murojaat qiladi. Bitta tizim bazasida izlashdan keyin mobil agent boshqa abonent tizimiga o‘tib, u yerda izlashni davom etishi
mumkin. Mobil
agentlar global
bog‘lanish xizmatida ayniqsa keng tarqalgan. Bu yerda mobil agentlardan foydalanish kerakli axborotni topish tezligini ancha oshiradi. Robotlar deb ham nomlanuvchi agentlar deyarli to‘xtovsiz bog‘lamalar bo‘ylab «o‘rmalab», ular tarkibini so‘raydi va ularda mavjud axborotni tahlil qiladi.
Mobil aloqa yerusti tayanch stansiyasi va bir guruh abonent tizimlaridan iborat. Bunday yulduzsimon tarmoqda tayanch stansiyasi tizimlarning o‘zaro ishlovchi juftlarini bog‘lab yoki keng tarqatishni amalga oshirib ushbu tizimlarni uzib-ulash jarayonlarini ta’minlaydi. Katta mobil aloqa tarmoqlari ko‘plab o‘zaro bog‘langan tayanch stansiyalaridan tashkil qiladi. Bunda harakatlanuvchi obyekt bitta stansiyaning ish zonasidan ketma-ket boshqa stansiya zonasiga o‘tadi. Bunday o‘tish rouming deyiladi.
Bank hisob raqamidan simsiz erkin foydalanish texnologiyasidan (WAP
bayonnomasi) foydalangan holda uyali telefon yoki portativ kompyuter (PDA) yordamida boshqarish.
WAP bayonnomasi asosida Internetdan simsiz erkin foydalanish texnologiyasi. Mobil aloqa tarmoqlarida so‘rovlarni uzatish
uchun ma’lumotlarni paketli uzatish xizmati GPRS (general packet radio servise) yoki CSD transport vazifasini bajarishi mumkin. Yuqori darajali xizmatni, ayniqsa biznesni samarali boshqarish mumkinligini ta’minlaydi. mobil telefon ingl.: mobile phone rus.: мобильный телефон Mobil aloqada foydalaniladigan telefon apparati turi. Mobil telefon asta-sekin kompyuter, faks apparati, telefon apparati, qaydlar kitobchasi vazifalarini bajaruvchi ko‘p maqsadli abonent tizimiga aylanmoqda. Buning uchun apparat klaviatura va ekranga ega.
Ko‘chma telefon qurilmalarini zamonaviy kundalik hayotga tadbiq etish. Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, mobil telefoniyasi zamonaviy insonlarning yashash va fikrlash tarzidagi o‘zgarishlarga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. mobil tijorat ingl.: mobile commerce rus.: мобильная коммерция Mobil aloqa vositalari – uyali telefon, PDA – yordamida mahsulot va xizmatlarni sotib olish va sotish. Internet bilan bog‘lanish uchun bunday tizimlarda WAP bayonnomasidan foydalaniladi. mobil tizim ingl.: mobile system rus.: мобильная система Harakatlanuvchan va harakatmaydigan abonentlarning bir-biri bilan o‘zaro ishlashini ta’minolovchi kommunikatsiya tarmog‘i xizmati. Mobil tizimlar yer usti va sun’iy yo‘ldosh tarmoqlarida tashkil etiladi. Ular, shuningdek, uyali paketli radio tarmoqlarida, jumladan uyasimon raqamli
paketli ma’lumotlardan foydalanganda ham
keng qo‘llaniladi. Natijada mobil aloqa tarmoqlari, M mobil tizim
194
ya’ni harakatlanuvchan mobil aloqa tizimlari tashkil etiladi. mobil treyding ingl.: mobile trading rus.: мобильный трейдинг Investitsiya hisob raqamidan simsiz erkin foydalanish texnologiyasidan (WAP bayonnomasi) foydalangan holda uyali telefon yoki portativ kompyuter (PDA) yordamida boshqarish. MOD qisq.: Magneto-Optical Disk qarang: magnit-optik disk moddiy axborot tashuvchisi ingl.: information storage device rus.: материальный носитель информации Axborotni yozish va saqlash uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan, ma’lum fizik xususiyatlarga ega modda. model ingl.: simulator rus.: модель Ma’lum obyektning muayyan tavsifnomalari va harakatlariga taqlid qilishni ta’minlovchi dastur yoki qurilma. Model o‘rganilayotgan yoki yaratilayotgan obyektning tuzilishi va
vazifalarini tavsiflaydi. Modellar ikki sinfga bo‘linadi. Ularning birinchisi matematika usullari orqali ifodalangan obyektlarning taxminiy tavsifi bo‘lmish matematik modellardan iborat. Ikkinchi sinfga obyektlarni ularning ma’lum
tavsifnomalari yoki
xususiyatlaria taqlid qiluvchi modellashtiruvchi qurilmalar bilan o‘zgartirish orqali yaratiladigan fizik modellar kiradi. Masalan, fizik model yordamida bitta kompyuterning faoliyati boshqa kompyuterda taqlid qilinadi. Informatikada tizim va tarmoqlarni boshqarish modellari muhim
ahamiyatga ega.
Yaratilayotgan tarmoqlarning arxitekturasini belgilovchi ochiq tizimlarning o‘zaro ishlashining asosiy etalon modeli, ISDN etalon modeli, tizim obyektlari modeli keng tarqalgan.
Obyekt harakatlarining ayrim tavsifnomalarini boshqa obyekt, masalan kompyuter yordamida aks ettirish texnologiyasi. Modellashtirish turli xil obyektlar tahlilini ta’minlaydi: tarmoqlar, tizimlar, qurilmalar, jarayonlar. U yangi texnika namunalari va texnologiyalarni loyihalashtirish va ishlab chiqish hamda xodimlarni o‘qitishda muhim vosita
sifatida qo‘llaniladi. Modellashtirishda kompyuterlar va boshqa hisoblash texnikasi vositalari keng qo‘llaniladi. Modellashtirish odatda ishlab chiqishning asosidir. Uning asosida pastga yo‘nalgan loyihalashtirish amalga oshiriladi.
«Modulyator-demodulyator»ning qisqartmasi. Ushbu qurilmaning ish tamoyilini belgilaydi: kompyuterdan olingan raqamli signalni uzatish uchun analog shaklga aylantirish va qabul qilingan signalni analog shakldan raqamli shaklga qaytarish. Modem signalning telekommunikatsiya kanallari bo‘ylab uzatishni ta’minlaydi. Modem yordamida Internetda oddiy analog telefon tarmog‘i orqali ishlash mumkin.
Bunday modemlarning nazariy jihatdan eng ko‘p erkin foydalanish tezligi – 56 Kbit/s. Mazkur atama ba’zan tezkor kabel yoki DSL
modemlari hamda
ISDN terminal adapterlariga nisbatan qo‘llanilsa ham, ushbu qurilmalarning barchasi texnik nuqtai nazardan ma’lumotlarning raqamli uzatilishini amalga oshirib modem hisoblanmaydi. modem-dastur ingl.: software modem rus.: модем-программа Modem vazifalarini bajaruvchi dastur. Kerakli dasturiy ta’minot kompyuterning «doimiy xotira qurilmasiga» yuklanadi. Modem-dastur modemga ko‘ra qator afzalliklarga ega: - modem apparati uchun zarur bo‘lgan joy egallamaydi; - narxi solishtirib bo‘lmaydigan pog‘onada arzon; - energiya iste’moli kamroq; - modemni yangilash oson. modemlar to‘plami ingl.: modem pool rus.: модемный пул Modemlar to‘plami. Foydalanuvchi o‘z terminalini ulashga ruxsat so‘raganda ushbu mobil treyding
195
modemlarning bittasiga ulanadi va uni telefon tarmog‘i orqali ma’lumotlar uzatish va olish uchun ishlatadi.
1. Forum, teleanjuman va chatlarda qoidalarga rioya qilishni nazorat qiluvchi yetakchi. Odatda teleanjuman qoidalari juda oddiy: spam, fleym va anjumanga tegishli bo‘lmagan mulohazalar man etiladi. Moderator, zarur bo‘lganda ishtirokchilarga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rishi mumkin –
ogohlantirishdan tortib ma’lum xabarlarni o‘chirish yoki hatto ba’zi foydalanuvchilar uchun erkin foydalanishni man etishgacha. 2. Kataloglarda moderator –u yoki bu mavzu bo‘limiga javobgar shaxs. U sayt mavzusi va katalog bo‘limining mosligini tekshirib turadi. Ba’zan (agarda
bu katalogda axborotni joylashtirish shartlari bilan belgilangan bo‘lsa) moderator saytlar mazmuni bilan tanishib chiqadi. Modula-2 tili ingl.: Modula-2 language rus.: язык Modula-2 Dasturlash tili. Pascal tilining muallifi Niklaus Wirth tomonidan ishlab chiqilgan. Wirth, Modula-2 tilini 70- yillar oxirida Pascal tili tanqidiga javoban yaratgan. Hususan, Modula-2 tili Pascal tilida bo‘lmagan modullarni alohida kompilyatsiyalarini va
ko‘p vazifalikni quvvatlaydi. Modula-2 tili ilmiy muhitda qo‘llangan bo‘lishiga qaramay, qo‘llanmalarni yaratishda ko‘p foydalanilmaydi.
Birga bog‘lanishi mumkin bo‘lgan alohida tarkibiy qismlardan iborat xohlagan tizim dizayniga tegishli atama. Modulli me’moriy tuzilma afzalligi xohlagan tarkibiy qism (modul)ni qolgan tizimga ta’sir ko‘rsatmasdan o‘zgartirish yoki qo‘shish mumkinligidadir. Modulli me’moriy tuzilmaning qarama-qarshi tarkibiy qismlar orasida aniq chegaralar bo‘lmagan birlashgan me’moriy tuzilmadir. modullik ingl.: modularity rus.: модульность Qurilmaning turli vazifalarni bajaruvchi funksional bloklardan foydalanish orqali o‘z imkoniyatlarini o‘zgartirish xususiyati.
Bitta statsionar signalning boshqa signal shakliga ko‘ra
o‘zgarishi jarayoni. Modulyatsiya ma’lumotlarni elektrmagnit nurlanish yordamida uzatishda amalga oshiriladi. Modulyatsiyaning asosiy usullari: a. Amplituda modulyatsiyasi olib boruvchi amplitudaning o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘ladi. b. Chastota modulyatsiyasi 0, 1 signallari turli chastotalarga ega sinusoidlar shaklida uzatilishini nazarda tutadi. c. Faza modulyatsiyasida «bir»dan «nol»ga va «nol»dan «bir»ga o‘zgartirilganda sinusoidal tashuvchi fazasi 180 ga o‘zgaradi. Yuqori tezlikda ishlaydigan modemlarda qo‘llaniladi. d. Impuls-kod modulyatsiyasida analog signal qator impulslar sifatida kodlanadi. Kodlash- dekodlash qurilmalarida qo‘llaniladi. e. Spektr modulyatsiyasidan foydalanganda tashuvchi chastotasi bo‘yicha uchinchi, ya’ni kod signali bilan birgalikda modulyatsiyalanadi. Harbiy texnika va paketli radio tarmoqlarida ishlatiladi. MOE qisq.: Measure Of Effectiveness Samaradorlik mezoni. mol belgisi ingl.: TradeMark (TM) rus.: товарный знак qarang: tovar belgisi MOLAP qisq.: Multidimensional OLAP Ko‘po‘lchamli OLAP, MOLAP texnologiyasi. OLAP-tizimlarida ma’lumotlarni saqlashni ya’ni, aynan ko‘po‘lchamli massivlar shaklida tashkil qilish.
Moliyaviy hisob-kitob hisoblashlarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan o‘zaro bog‘liq uslublar va vositalar majmuasi. Moliya tizimi mijoz-server M moliya tizimi
196
arxitekturasidan foydalanib, ma’lumotlardan global
miqyosda erkin
foydalanishni ta’minlaydi. Axborotga ishlov
berishda «tuzilmalashtirilgan talabnomalar tili» SQL ishlatiladi. Foydalanuvchilarning tizim bilan ishlashi, haqiqiy vaqt maromida yuz beradi. Moliyaviy ma’lumotlar serverlarda va
mijozlarda joylashtiriladi. Ishda maxsus MB ishlatiladi. MOM qisq.: Message-Oriented Middleware O‘rta qatlam dasturiy ta’minoti, xabarlarga ishlov berish uchun mo‘ljallangan.
1.Monitor kompyuterning tashqi qurilmasi. U displeyning asosiy tarkibiy qismlaridan biridir. Monitor tizimda ro‘y berayotgan jarayonlarning ekranda aks ettirilishini ta’minlaydi. Monitor ba’zan displey deb ham ataladi. Monitorlar yaratilish texnologiyasi, ekran hajmi, hal qilish qobiliyati bilan farq qiladi. 2. Operatsion tizimda – vazifalar bajarilishi, jumladan, dasturlarning kiritilishi va chiqarilishini boshqaruvchi dastur. 3. Dasturlash tillarida – resurslardan erkin foydalanishni tashkillashtiruvchi jarayonlarning o‘zaro ishlashi va sonxronizatsiyasini ta’minlovchi yuqori pog‘onali mexanizm.
Tadqiqotlarni tashkillashtirish shakli. Bunda u yoki bu obyekt to‘g‘risida to‘xtovsiz axborot kelib turishi ta’minlanadi. monolog ingl.: monoloque rus.: монолог Foydalanuvchi yoki amaliy jarayonning o‘ziga o‘xshash foydalanuvchi yoki jarayonga darrov javob berishni talab qilmaydigan murojaati. Monolog darrov
javob berishni talab qilmaydigan turli xil xabarlarni uzatish uchun mo‘ljallangan. Monolog elektron pochtasi, faksimil aloqa bilan ta’minlanadi. Hozirgi kunda, ayniqsa multimuhitdan foydalanilganda, nutq monologi keng tarqatilmoqda. Uni o‘tkazish uchun
nutq pochtasi maxsus yaratilgan. Foydalanuvchi yoki dastur nutqi abonent tizimining tashqi xotirasida haqiqiy oluvchi
tomonidan talab
qilinmaguncha saqlanadi. Internet tarmog‘i nutq monologini ta’minlovchi birinchi global tarmoqdir. Monolog muqobili muloqotdir. monoxrom ingl.: monochrome rus.: монохромный Bir rangli. Misol uchun, monitorlar monoxrom, oq-qora yoki
rangli bo‘lishi mumkin. Monoxrom monitorlar aslida ikkita rangdan foydalanadi, ularning bittasi displey tasviri, ikkinchisi esa fon uchun ishlatiladi. Grafik tasvirlar ham monoxrom, oq-qora yoki rangli bo‘lishi mumkin. Mosaic WWWda hujjatlarni o‘qishni osonlashtiruvchi qo‘llanma. Dastlab Milliy superkompyuter qo‘llanmalari markazi (National Center for Supercomputing Applications, NCSA) tomonidan yaratilgan. Mosaic doimo bepul dastur sifatida tarqatilgan. Biroq 1994 yilda NCSA dasturning tijoriy rivojlantirilishini Spyglass kompaniyasiga berib yuborgan. Hozirgi kunda Mosaicning bir necha turi bor, ba’zilari bepul va ba’zilari pullik. Download 9.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling