Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati


Download 9.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/103
Sana09.02.2017
Hajmi9.86 Mb.
#51
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   103

 

NCR 

qisq.: National Cash Register company 

NCR  kompaniyasi.  NCR  kompaniyasining 

faoliyati 

yo‘nalishlaridan 

biri 

– 

yuqori 



samaradorli 

kompyuter 

tizimlarini 

ishlab 


chiqish. 

 

NCSA 

qisq.: 

National 

Center 

for 

Supercomputing 

Applications 

Superkompyuterlar 

uchun 

qo‘llanmalar 



bo‘yicha milliy markaz (AQSH). 

 

NDIS 

qisq.: Network Driver Interface Specification 

Tarmoq drayverining interfeysi spetsifikatsiyasi. 

Shaxsiy  kompyuterlar  tarmoq  moslagichlarini 

bir  xil  shaklga  keltirish  uchun  Microsoft 

tomonidan ishlab chiqilgan spetsifikatsiya. 

 

NDS 

qisq.: Novell Directory Services 

Novell firmasinining kataloglar xizmati. 



 

NEC korporatsiyasi 

ingl.: NEC corporation 

rus.: корпорация NEC 

Dunyoda 


kompyuterlar 

va 


elektronika 

mahsulotlari  bo‘yicha  eng  yetakchi  ishlab 

chiqaruvchilardan biri. NEC (Nippon Electronic 

Corporation) 

yarimo‘tkazgichlar 

ishlab 


chiqarish  sohasida  Intel  kompaniyasidan  keyin 

ikkinchi 

o‘rinda 

turadi. 


NEC 

apparatli 

ta’minotni 

ishlab 


chiqaradi, 

turli 


xil 

kompyuterlar,  uy  kompyuterlari,  jumladan 

ko‘pmuhitli  kompyuterlarni,  ixcham  shaxsiy 

kompyuterlarini 

va 

ular 


uchun 

xotira 


qurilmalarini  yaratadi.  Yaponiyaning  shaxsiy 

kompyuterlar bozorining yarmini egallaydi. 



 

NEST operatsion (amaliy) tizimi 

ingl.: NEST operating system 

rus.: операционная система NEST 

Novell  korporatsiyasi  tomonidan taklif  qilingan 

sodda, ichiga joylashtiriladigan operatsion tizim. 

«  Novell  ichiga  joylashtirilgan  texnologiyalar 

tizimi  «  NEST  konsepsiyadir.  Unga  ko‘ra, 

printer, 

faks-apparat 

va 


texnologik 

jarayonlarning 

bergichlari, 

monitorlar 

va 

boshqa  kuchli  protsessorga  yoki  diskka  ega 



bo‘lmagan 

qurilmalar, 

maxsus 

ichiga 


joylashtirilgan  voqeiy  vaqtli  operatsion  tizim 

tufayli mahalliy tarmoqqa ulanadilar. 



 

netiket 

ingl.: netiquette 

rus.: нетикет 

Internet+Etiket=Netiket.  Internet  etiketi  (odob-

ahloq  qoidalari).  Internet  “voqeiy  hayotda” 

amal  qiladigan  qonunlar  to‘g‘ridan-to‘g‘ri 

qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan hollardan tashqari 

qonunlar  bilan  deyarli  rostlanmaydi.  Biroq, 

Internet  hamjamiyatining  ko‘pincha  vebmaster 

va foydalanuvchilar amal qiladigan ba’zi an’ana 

va  madaniyati  mavjud.  Ushbu  yozilmagan 

nazorat yig‘indisi 

 


 

207 


qonun  netiket,  ya’ni  “tarmoq  etiketi”  (net  – 

tarmoq) deb nomlanadi. 



 

Netscape 

Communications 

korporatsiyasi 

ingl.: Netscape Communications corporation 

rus.: корпорация Netscape Communications 

Tarmoq  uchun  dasturiy  ta’minot  yaratish  bilan 

shug‘ullanuvchi  kompaniya.  1994  yilda  James 

H.  Clark  va  Marc  Andreessenlar  tomonidan 

yaratilgan  va  AOL  kompaniyasi  tomonidan 

1999  yilda  sotib  olingan.  Kompaniya  bepul 

Netscape  veb-brauzerini  chiqarib  bozorda 

inqilob 


qilgan. 

Netscapening 

boshqa 

ishlanmalari qatoriga Live Media ma’lumotlarni 



haqiqiy  vaqtda  uzatish  me’moriy  tuzilmasi, 

Java 


texnologiyasi, 

LiveScript 

yazыk 

ssenariylar tili va Java Script tili kiradi. 



 

Netware operatsion (amaliy) tizimi 

ingl.: Netware 

rus.: операционная система Netware 

Novell 


(Orem 

sh., 


Yuta, 

AQSH) 


kompaniyasining  mahalliy  tarmoqlar  uchun 

mo‘ljallangan  juda  mashhur  operatsion  tizimi. 

Netver  alohida  amaliy  tizim  bo‘lib,  o‘z  ichiga 

periferiya  (fayl  serverlari,  printerlar,  modemlar 

va  h.k.)  va  foydalanuvchilarni  ham  oladi. 

Netver DOS, OS/2 yoki Windows bo‘lmasa-da, 

ular  ko‘rinishida  bo‘lib  ular  kabi  ishlay  oladi. 

Bu  xususiyat  Netverni  mashhur  qiluvchi 

afzalliklardan biridir. 

 

news bayonnomasi 

ingl.: news protocol 

rus.: протокол news 

Yangiliklar  guruhlaridan  fayllarni  olish  uchun 

mo‘ljallangan Internet bayonnomasi (news://). 

 

NeXT Software korporatsiyasi 

ingl.: NeXT Software corporation 

rus.: корпорация NeXT Software 

Obyektga-yo‘naltirilgan 

me’moriy 

tuzilma 


dasturlarini  yaratish  bilan  shug‘ullanuvchi 

kompaniya.  AQSHda  1985  yilda  yaratilgan 

NeXT_Software 

kompaniyasi 

turli 

ishlab 


chiqaruvchilarning 

apparatli 

maslaklarini 

qo‘llab-quvvatlovchi 

NextStep 

obyektga-

yo‘naltirilgan muhiti yaratgan. 

 

neyrolingvistik dasturlash 

ingl.: neurolinguistic programming 

rus.: нейролингвистическое программирование 

So‘z  orqali  ishontirishning  alohida  shakllari 

yordamida  insonlar  ichki  ongiga  manipulyativ 

ta’sir ko‘rsatish uslubi. Bunda insonlarda yetarli 

darajada  mustahkam  psixologik  ko‘rsatmalar 

paydo  bo‘lib,  ular  keyinchalik  muayyan 

harakatlarga  undashi  mumkin.  Internet  orqali 

amalga oshirilishi mumkin. 



 

neyron kompyuteri 

ingl.: neural computer 

rus.: нейронный компьютер 

Bir-biriga 

bog‘langan 

elektron 

neyronlar 

tarmog‘idan  tuzilgan  kompyuter  turi.  Ushbu 

mashinalar  o‘rganish  uchun  yaratilgan  va 

dasturlashtirish uchun yaratilmagan. Dizayni va 

faoliyati bo‘yicha ular inson miyasiga o‘xshaydi. 

Miyadagidek,  neyronlar  bir-biriga  minglab 

moslashtiriladigan  kanallar  orqali  signallar 

jo‘natadi. O‘rganish jarayoni davomida mashina 

kanallarni  sozlaydi.  O‘zini  sozlangandan  keyin 

mashina yozuv yoki ovozni tushuna oladi. 



 

neyron tarmog‘i 

ingl.: neural network 

rus.: нейронная сеть 

Bir-biri  bilan  o‘zaro  ta’sirda  bo‘lgan  nerv 

hujayralari 

yoki 


ularning 

harakatlarini 

modellashtirayotgan  tarkibiy  qismlardan  tashkil 

topgan  tarmoq.  Neyron  tarmoqlari  sun’iy 

intellektda 

inson 


miyasi 

faoliyatini 

modellashtirish 

uchun 


o‘rganiladi. 

Ushbu 


tarmoq 

miya 


kabi 

ko‘pgina 

kiruvchi 

signallaridan  parallel  tarzda  ta’sirlanuvchi  bir-

biriga  bog‘langan  neyronlardan  tashkil  topgan. 

Odatda  neyron  tarmog‘i  avvalo  ko‘p  hajmdagi 

ma’lumotlar  yoki  ma’lumotlarning  o‘zaro 

bog‘liqligi  qoidalarini  o‘rganadi  (masalan, 

«Bobomning 

yoshi 


otamnikidan 

katta»). 

Neyron  tarmog‘i  avvalgi  boy  tajriba  bazasiga 

ega  bo‘lganda  asosan  samaralidir.  Neyron 

tarmoqlari  sohasiga  1950-yillarda  Stenford 

Universiteti  vakili  Bernard  Vidrou  asos  solgan. 

Neyron  tarmoqlari  ovozni  tanish,  tasvirlarni 

aniqlash tizimlari, sanoat robotlari, aeronavtika, 

ma’lumotlarni  olish  va  boshqa  sohalarda 

qo‘llaniladi. 



 

NFA 

qisq.: Deterministic Finite Automaton 

Aniqmas chekli avtomat. 



 

NFB 

NFB 


 

 

208 


qisq.: Negative FeedBack 

Manfiy teskari aloqa. 



 

NFS 

qisq.: Network File System 

Tarmoq  fayl  tizimi,  NFS  bayonnomasi.  Fayl 

tizimidan  erkin  foydalanish  bayonnomasi, 

tarmoq  orqali  fayl tizimlarni  o‘rnatish imkonini 

beradi.  Sun  Microsystems  korporatsiyasi  ishlab 

chiqqan. NFS asosida RPC bayonnomasi yotadi. 

NFSning 3 rusumi spetsifikatsiyasi RFC 1813da, 

4  rusumi  spetsifikatsiyasi  RFC  3010  da 

keltirilgan. 

 

NGIO 

qisq.: Next Generation Input/Output 

Kiritish-chiqarish 

uchun 

spetsifikatsiyaning 



keyingi avlodi. 

 

NGN 

qisq.: Next Generation Network 

Yangi  avlod  tarmog‘i.  Aloqaning  yangi  turi, 

video-telefoniya, 

video-Internetni, 

tezkor 

axborot resurslari texnologiyalarini quvvatlaydi. 



 

Niderraytera kriptotizimi 

ingl.: Nideraiter’s cryptosystem 

rus.: криптосистема Нидеррайтера 

Xatolarni 

tuzatish 

kodlariga 

asoslangan 

kriptotizim. 1986 yili G. Niderrayter tomonidan 

taklif qilingan. 

 

nik  

ingl.: nickname 

rus.: ник 

Tarmoq 


foydalanuvchisi 

odatda 


chatlar, 

yangilik 

guruhlarida, 

elektron 

pochtasida 

ishlatadigan  taxallus,  haqiqiy  bo‘lmagan  ism. 

Odatda 

nik 


turli  xil 

qayd 


yozuvlarida 

foydalanuvchi nomi sifatida ishlatiladi. 



 

nimtarmoq 

ingl.: subnetwork 

rus.: подсеть 

Tarmoq qismi. 



 

nimtizim 

ingl.: subsystem 

rus.: подсистема 

Tizim qismi. 



 

niqoblash 

ingl.: masking 

rus.: маскировка 

Obyektni 

jinoyatkorlar 

uchun 


kirib 

bo‘lmaydigan  (ko‘rinmaydigan)  yoki  undan 

erkin 

foydalanishni 



murakkablashtiruvchi 

harakatlarni  bajarishga  asoslangan  obyektlarni 

muhofaza qilish uslubi. 

 

NIS 

qisq.: Network Information Service 

Tarmoq  axboroti  xizmati,  NIS  bayonnomasi. 

Unix 

operatsion 



tizimi 

oilasida, 

foydalanuvchilar 

ma’lumotlar 

bazasidan, 

tarmoq xizmatlari ro‘yxatidan erkin foydalanish 

bayonnomasi. 

 

nisbatlar 

ingl.: proportions 

rus.: пропорции 

Kompyuterlar  displeylari  va  rasmlarda  rasm 

enini  bo‘yiga  bo‘lgan  nisbati.  Masalan,  2:1 

nisbati  rasm  eni  uning  bo‘yidan  ikki  baravar 

kattaligini  ko‘rsatadi.  Rasmni  veb-sahifa  kabi 

boshqa  hujjatga  qo‘shish  paytida  nisbatini 

saqlash katta ahamiyatga egadir. 

 

NIST 

qisq.: National Institute of Standards and Technology 

Standartlar va texnologiyalar milliy instituti. 



 

nishon 

ingl.: cursor 

rus.: курсор 

qarang: kursor 

 

NL 

qisq.: Natural Language 

qarang: tabiiy til 

 

NLM 

qisq.: Netware Loadable Module 

NetWare operatsion tizimi yuklanadigan moduli. 



 

NLP 

qisq.: Neuro-Linguistic Programming 

Neyro-lingvistikaviy  dasturlash,  NLD.  Maxsus 

hisoblangan og‘zaki ta’sir yordamida odamlarni 

o‘qitishni  tezlatish  va  ularning  xulq-atvoriga 

ta’sir ko‘rsatish imkonini beradigan uslub. 

 

NLQ 

qisq.: Near Letter Quality 

Deyarli bosmaxona sifati. 



 

NMT 

qisq.: Nordic Mobile Telephone 

NFS 


 

 

209 


Skandinaviya  mobil  telefoni.  400  va  450  MGs 

chastotalardagi 

uyali 

telefon 


aloqasining 

analogli  standarti,  Yevropada  keng  tarqalgan. 

Raqamli 

standartlar 

tomonidan 

siqib 


chiqarilmoqda. 

 

NNI 

qisq.: Network-to-Network Interface 

qarang: tarmoqlararo interfeys 

 

NNTP 

qisq.: Network News Transfer Protocol 

Yangiliklar  uzatishning  tarmoq  bayonnomasi, 

NNTP 

bayonnomasi. 



Usenet 

yangiliklar 

guruhida 

xabarlarni 

uzatish 

uchun 


foydalaniladigan 

bayonnoma. 

UUCP 

bayonnomasi o‘rniga yaratilgan. 



 

nomlarning domen tizimi 

ingl.: domain name system 

rus.: доменная система имен 

Internet 

kabi 

tarmoqlarning 



har 

bir 


bog‘lamasiga  noyob  nom  berishning  shajaraviy 

tizimi.  Nom  subdomenlardan,  ya’ni  chapdan 

o‘ngga  o‘suvchi  shajara  darajalarini  bildiruvchi 

nuqtalar  bilan  ajratilgan  qismlardan  iborat. 

Nomda  istalgancha  domenlar  soni  bo‘lishi 

mumkin,  biroq  odatda  ularning  soni  beshdan 

oshmaydi.  Har  bir  domen  ma’nosi  tegishli 

shajara  darajaga  javobgar  shaxslar  tomonidan 

tasdiqlanadi. 

Masalan, 

cmp.ctd.unv.reg.ru 

nomidagi  cmp elementi  voqeiy  kompyuter 

nomidir.  Ushbu  nom  kompyuter  joylashgan 

kafedra 


(ctd) 

darajasida 

yaratilgan. 

O‘z 


navbatida,  kafedra  Rossiyada  (ru)  joylashgan 

hududiy  (reg)  kompyuter  tarmog‘iga  ulangan 

universitetga  (unv)  tegishlidir.  Nomlarning 

domen  tizimi  kompyuterlarni  ma’lumotlar 

almashuvini  ta’minlash  uchun  IP  manzillariga 

aylantiriluvchi 

so‘zlardan 

iborat 


nomlar 

bo‘yicha yo‘llash uchun qo‘llaniladi. 



 

Nortel korporatsiyasi 

ingl.: Nortel corporation 

rus.: корпорация Nortel 

Kommunikatsiya  tarmoqlari  uchun  jihozlarni 

ishlab 

chiqaruvchi 



kompaniya. 

AQSHda 


yaratilgan 

Nortel 


(Northern 

Telecom) 

kompaniyasining birinchi tuzilmalari 1874 yilda 

tashkil  topgan  bo‘lib,  hozir  ular  Kanada, 

Yevropa  va  Osiyoda  ham  mavjud.  Nortel  optik 

kanallariga 

asoslangan 

tayanch 


tarmoqlar 

yaratish  imkonini  beruvchi  jihoz  majmualarini 

taklif  etadi.  Kompaniya,  shuningdek,  tarmoq 

qurilmalarini  yaratish  uchun  zarur  bo‘lgan 

integral  sxemalarni  ishlab  chiqaradi.  Ishlab 

chiqarilayotgan  mahsulotlar  orasida  tarmoq 

boshqarishning  apparatli  va  dasturiy  ta’minoti 

muhim ahamiyat kasb etadi. 



 

NorthBridge 

Server 


ko‘prigi 

– 

mikrosxema 



ishlab 

chiqaruvchilar  orasida  qabul  qilingan  atama. 

Tizim  shinasi,  AGP  va  PCI  shinalari,  xotira  va 

xesh-xotira  (oddiy  Pentium  uchun  to‘plamlar 

uchun)  shinasini  o‘z  ichiga  oluvchi  tizim 

nazoratchisini  bildiradi.  Odatda  bu  bitta 

mikrosxema va aynan unga ko‘ra butun to‘plam 

nomlanadi. 



 

NOS 

qisq.: Network Operating System 

Tarmoq operatsion tizimi. 



 

nosimmetrik shifr 

ingl.: non-symmetric code 

rus.: несимметричный шифр 

Shifr-matnga  o‘girish  uchun  barchaga  ma’lum 

bo‘lgan  ochiq  (ommaviy)  kalit,  dastlabki 

matnga  o‘girish  uchun  esa  faqat  qabul  qilib 

oluvchiga ma’lum maxfiy (shaxsiy, yopiq) kalit 

ishlatiladigan shifr. 



 

Novell korporatsiyasi 

ingl.: Novell corporation 

rus.: корпорация Novell 

Tarmoqlar  uchun  dasturiy  ta’minotni  ishlab 

chiqaruvchi  kompaniya.  AQSHda  1983  yilda 

yaratilgan.  Novellning  eng  mashhur  ishlanmasi 

o‘n  yildan  ko‘p  mahalliy  tarmoqlarni  yaratish 

uchun 


standart 

bo‘lib 


kelgan 

NetWare 


operatsion tizimidir. 

 

Novell-Perfect korporatsiyasi 

ingl.: Novell-Perfect corporation 

rus.: корпорация Novell-Perfect 

Matn,  xabar  va  hujjatlarga  ishlov  berish  uchun 

dasturiy 

ta’minotni 

ishlab 

chiqaruvchi 



kompaniya.  AQSHda  yaratilgan  bo‘lib,  dastlab 

WordPerfect 

deb 

nomlangan. 



Kompaniya 

tomonidan  ochiq  xabarlar  muhiti  hamda  aloqa 

va 

obyektlarni 



butlash 

texnologiyasini 

belgilovchi  «aloqa  obyektlari  va  obyektlarni 

butlash» uslubiyati OLEOni yaratgan. 



 

Novell-Perfect korpora... 



 

210 


noyob aynanlovchi 

ingl.: unique identifier 

rus.: уникальный идентификатор 

qarang: noyob identifikator 

 

noyob identifikator 

ingl.: unique identifier 

rus.: уникальный идентификатор 

Muayyan  mohiyat  turining  har  bir  nusxasining 

noyob  aniqlanishi  uchun  mo‘ljallangan  atribut 

yoki  jami  atributlar  va/yoki  aloqalar.  To‘liq 

aniqlash holatida ushbu mohiyat turining har bir 

nusxasi  o‘zining  muhim  atributlari  bilan  to‘liq 

aniqlanadi,  aks  holda  uning  aniqlanishida, 

shuningdek,  boshqa  ota-ona  mohiyat  atributlari 

ishtirok  etadi.  Har  bir  mohiyat  kamida  bitta 

mumkin  bo‘lgan  kalitga  ega  bo‘lishi  lozim. 

Mohiyatning  mumkin  bo‘lgan  kaliti  –  bu 

qiymatlari  mohiyatning  har  bir  nusxasini  bir 

ma’noda  belgilovchi  bir  yoki  bir  necha  atribut. 

Bir  necha  mumkin  bo‘lgan  kalit  mavjud  bo‘lsa, 

ularning 

bittasi 


birlamchi 

kalit 


sifatida, 

qolganlari 

esa 

muqobil 


kalitlar 

sifatida 

belgilanadi. 

 

noyob tashrifchi 

ingl.: unique visitor 

rus.: уникальный посетитель 

Veb-sayt  traffigi  hajmini  aniqlayotganda  veb-

saytga ma’lum muddat ichida birdan ko‘p marta 

tashrif  buyuruvchi  shaxsga  tegishli.  Veb-sayt 

traffigini  nazorat  qiluvchi  va  o‘lchovchi  dastur 

saytga  faqat  bir  marta  tashrif  buyurgan  va 

saytga  qayta-qayta  tashrif  buyuruvchi  noyob 

foydalanuvchilarni 

ajrata 

oladi. 


Saytda 

o‘qilayotgan 

fayllar 

soni 


bo‘yicha 

o‘lchanadigan  sayt  sahifalarini  ko‘ruvchilar 

o‘zlarining  nolayn  barmoq  izlari  kabi  bo‘lgan 

noyob  IP  manzili  bo‘yicha  farq  qiladi.  Noyob 

tashrifchilar, 

shuningdek, 

saytga 

noyob 


tashrifchilar  tashrif  buyurishlar  sonidan  qat’iy 

nazar faqat bir marta hisoblanadi. 



 

nozik axborot 

ingl.: critical information 

rus.: критичная информация 

To‘la 


huquqli 

shaxs 


nuqtai 

nazaridan 

muhofazalanishi zarur bo‘lgan axborot. Chunki, 

uni oshkor aylash, o‘zgartirish, yo‘q qilish yoki 

yo‘qotish,  kimgadir  yoki  nimagadir  sezilarli 

zarar yetkazishga sabab bo‘lishi mumkin. 



 

NPC 

qisq.: 

1. Non-Printable Character – Choplanmaydigan 

ishora. 

2.  Non-Player  Character  –  O‘ynamaydigan 

shaxs. 

Kompyuter 



o‘yinida, 

kompyuter 

tomonidan boshqariladigan ishtirokchi shaxs. 

 

NSAPI 

qisq.:  Netscape  Server  Application  Programming 

Interface 

[Web-] server uchun Netscape kompaniyasining 

API si. Web-server imkoniyatlarini kengaytirish 

uchun  Netscape  kompaniyasi  tomonidan  ishlab 

chiqilgan 

API 


(Application 

Programming 

Interface).  CGIning  o‘rnini  bosish  uchun 

yaratilgan edi. NSAPI unchalik keng tarqalmadi. 

IPlanet  serveri  keyingi  avlod  interfeysi  WAI 

(Web Application Interface)dan foydalanadi. 



 

NSP 

qisq.: Network Service Provider 

Tarmoqdan 

erkin 

foydalanish 



xizmatini 

yetkazib beruvchi. 



 

NTFS 

qisq.: NT File System 

Windows  NT  fayl  tizimi.  Windows  NT  va 

Windows  2000  operatsion  tizimlari  uchun 

asosiy fayl tizimi. 



 

NTLM 

qisq.: NT LanMan 

Windows NTda so‘rov-javob turining chinligini 

tekshirish 

bayonnomasi. 

Bu 

bayonnoma 



tarmoqda 

uzatilayotgan 

maxfiy 

so‘zlarni 



muhofazalash uchun shifrlashdan foydalanadi. 

 

NTP 

qisq.: Network Time Protocol 

Vaqtning  [sinxronlash]  tarmoq  bayonnomasi. 

Kompyuterning  ichki  soatini  ko‘rsatishlarini 

kompyuter  tarmog‘i  serveri  soati  ko‘rsatishlari 

(odatda,  yuqori  aniqlikdagi,  atomli)  bilan 

sinxronlash  uchun  foydalaniladi.  RFC  1305da 

tavsiflangan. 


Download 9.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling