Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati
Download 9.86 Mb. Pdf ko'rish
|
raqamli konvert ingl.: digital envelop rus.: цифровой конверт 1. Xabarning oxiriga qo‘shib yuboriladigan va muayyan qabul
qiluvchiga xabarning mazmunini butunligini tekshirish imkonini beradigan ma’lumotlar. 2. Xabarlarni shifrlash uchun simmetrik kriptotizim, maxfiy kalitlarni shifrlash uchun esa asimmetrik kriptotizimdan foydaniladigan mexanizm. Shunday qilib, uzoq muddatli kalit asimmetrik kriptotizimga, seansli kalit esa simmetrik kriptotizimga mansub. raqamli modem ingl.: digital modem rus.: цифровой модем Ma’lumotlarni uzatish uchun
analogli modemlarga nisbatan, yuqoriroq chastotalardan (4 KGs dan 1-2 MGs gacha) foydalanadigan modem. Bu esa bir necha Mbit/s tezlikka (maksimal tezlik aloqa liniyasining sifatiga va aloqa
bog‘lamasigacha bo‘lgan
masofaga bog‘liq) yetkazib ma’lumotlar uzatish imkonini beradi. Bunda
past chastotalardan foydalanilmaydi, bu esa, ulanishni uzmagan holda telefonda gaplashish imkonini beradi. Raqamli modemlar bilan ishlash uchun ATS larda maxsus qurilmalar o‘rnatilgan bo‘lishi kerak, shu sababli raqamli modemni sotib olishdan oldin, ATS
bu xizmat
turini quvvatlashiga ishonch hosil qilishi zarur. raqamli poligrafiya ingl.: digital poligraphy rus.: цифровая полиграфия Lazer
yordamida choplash texnologiyasi. Raqamli poligrafiya tezkor hisoblanadi, chunki, hujjatlar ko‘lamini kompyuterdan diskret
signallarni ola turib, juda ham qisqa vaqt ichida choplash imkonini beradi. Shu bilan birga, raqamli poligrafiyani qimmatroq ekanligini hisobga olib, undan nashr ko‘lami katta bo‘lmagan hollarda foydalaniladi. Raqamli poligrafiyaning yaratilishi kompyuter-choplash atamasini keltirib chiqardi. U kompyuter va poligrafiya orasida oraliq amallar yo‘qligini anglatadi.
Naqd pulning elektron analogi. Raqamli pul sotib olinishi mumkin, ular elektron shaklda maxsus qurilmalarda saqlanadi va xaridorning ixtiyorida bo‘ladi. Saqlash qurilmalari sifatida, smart-kartalar yoki maxsus
kompyuter tizimlaridan foydalaniladi. raqamli radio ingl.: digital radio rus.: цифровое радио Radiotarmoq orqali uzatilayotgan tovushga raqamli ishlov berish texnologiyasi.
Sertifikalash markazi tomonidan berilgan elektron hujjat. Undan
kompaniya yoki
foydalanuvchini aynanlash uchun uning ochiq kalitini tekshirish yo‘lidan foydalaniladi. raqamli signal ingl.: digital signal rus.: цифровой сигнал qarang: diskret signal R raqamli signal
246
raqamli signalizatsiyaning ma’lumotlar bo‘g‘ini ingl.: digital data signalling link rus.: звено данных сигнализации цифровое Ma’lumotlar bo‘g‘ini. U chekka signalizatsiya qurilmalari bilan interfeysni amalga oshiradi va raqamli uzatish kanallaridan hamda raqamli uzib-ulagichlardan yoki
ularning chekka
uskunalaridan iborat. raqamli tabaqalanish ingl.: digital divide rus.: цифровое неравенство, цифровой разрыв, дигитальный раскол qarang: axboriy tabaqalanish 1. Aholini kompyuter texnologiyalaridan erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan va mumkin bo‘lmagan qismlari orasidagi chegara. Texnologiyalar olamiga kirganlar bilan kirmaganlar orasidagi tengsizlik. 2. Global miqyosda, ayrim mamlakatlarning xalqlari uchun zamonaviy axborot texnologiyalaridan erkin foydalanish imkoniyatining yo‘qligi. Raqamli tengsizlik muammosi o‘ylab chiqilganmi yoki yo‘qmi, bu bahs 5 yildan beri davom etmoqda. Ilk bor Digital Divide so‘zlari 1997 yili ovoza qilindi. Aynan o‘shanda, BMT o‘zining uchinchi dunyo mamlakatlarini rivojlantirish dasturini chop etdi. 3. Jamiyatning tabaqalanishi (mablag‘, oila tarkibi, kelib chiqishi, ta’lim darajasi va h.k.dagi farq). Bunda Internetdan to‘liq erkin foydalanish imkoni hamma fuqorolar uchun teng emas.
Diskret signallar uzatadigan va ularga ishlov beradigan kommunikatsiya tarmog‘i. Raqamli tarmoqlar, avvalgi analogli tarmoqlarga nisbatan yetarlicha afzalliklarga ega. Ularga birinchi navbatda, shovqinga yuqori bardoshligi, mikroprotsessor va xotira qurilmalaridan keng foydalanish, kanal hosil qiluvchi apparatlarning oddiyligi kiradi. O‘lchamlariga qarab mahalliy, hududiy va global tarmoqlar faqlanadi.
Raqamli shaklda taqdim qilingan, anlalog tasvirlarni skaner, tele- va
videokamera yordamida raqamlash yo‘li bilan olingan tasvir. raqamli teleko‘rsatuv ingl.: digital television rus.: цифровое телевидение Diskret
signallar yordamida amalga oshiriladigan teleko‘rsatuvlar.1997 yilning aprel oyida AQSH ning aloqa bo‘yicha federal komissiyasi, televizion jamiyatlarga raqamli teleko‘rsatuvlarga o‘tishga ko‘rsatma berdi. Unga ko‘ra, AQSH ning asosiy televizion stansiyalari 1999 yilning kuziga raqamli eshittirishlarni boshlashlari kerak, 2006 yilga kelib barcha stansiyalar raqamli eshittirishlarga o‘tkaziladi. Bu qaror boshqa davlatlarda ham raqamli teleko‘rsatuvlarga o‘tishga turtki bo‘ldi. Raqamli teleko‘rsatuvlarni yaratish shaxsiy kompyuterlarni televizor bilan va
teleko‘rsatuvlar texnologiyalarini ma’lumotlar uzatish bilan birlashishni anglatadi. raqamli tizim ingl.: digital system rus.: цифровая система Raqamli
signallarni tezkor
uzatishga mo‘ljallangan majmua. raqamli videodisk ingl.: Digital Video Disk (DVD) rus.: цифровой видеодиск Ixtiyoriy turdagi ma’lumotlarni yozishga mo‘ljallangan katta hajmdagi raqamli disk. Axborot saqlash
uchun optik
disk texnologiyasining keyingi avlodidir. DVD bir shaklga keltirilgan standart bo‘lib, matn, tasvir va
tovush yozish
hamda maishiy
videotexnikada foydalanish uchun mo‘ljallangan. Ma’lumotlarni DVD ga yozishda, bir vaqtning o‘zida, disklarning hajmini oshirish imkonini beradigan ma’lumotlarni zichlashtirish amalga oshiriladi. Ikki turdagi
disklar chiqariladi. Bir qatlamli DVD disk 4,7 Gbayt ma’lumotlarni saqlaydi, bu 135 minut davom etadigan videofilmni yozishga, yoki tovushni 9 soat eshitishga yetadi. Bu 34 000 ta epchil disk demakdir. Ikki qatlamli texnologiya bu sig‘imni 8 Gbaytgacha yetkazadi. Ikki tomonlama DVD disk, yoziladigan ma’lumotlar hajmini 17 Gbaytga yetkazadi. DVD 1380 Kbayt/s gacha tezlik
bilan ma’lumotlarni o‘qishni raqamli signalizatsiya... 247
ta’minlaydigan, ma’lumotlarga o‘rtacha kirish vaqti 190 ms bo‘lgan o‘yinyuritma deb ataladigan qurilmaga o‘rnatiladi. Tasvirlar 500 qatorga yaqin format bilan uzatiladi. Tovushga kelganda, u ko‘pkanalli (6 kanalli) bo‘lishi mumkin. DVD videofilmlarni faqat maishiy videotexnikada emas,
balki shaxsiy
kompyuterlarda ham ko‘rishni ta’minlaydi. Kinostudiyalar videofilmlarni DVD
da chiqarmoqdalar. raqamli xarita ingl.: digital map rus.: цифровая карта Raqamli shaklda xuddi rastrli fayl kabi taqdim qilingan tasvir. U yoxud, havo yoki kosmik (uchar) apparatlardan bevosita radiokanal orqali, yoki analogli tasvirlarni skaner, tele- yoki videokameradan raqamlash yo‘li bilan olinadi raqamli Yevropa simsiz aloqasi ingl.: Digital European Cordless Telecommunications (DECT) rus.: цифровая европейская беспроводная связь Raqamli simsiz aloqa uchun Yevropa standarti DECT. Cheklangan maydonlarda mini-uyali tarmoqlar yaratish uchun xizmat qiladi. Ko‘p jihatdan GSM standartiga o‘xshaydi. Ovoz ADPCM algoritmi bo‘yicha kodlanadi. RARP qisq.: Reverse Address Resolution Protocol Manzilni aniqlash teskari bayonnoma, RARP bayonnomasi. Mahalliy tarmoqda kompyuter o‘zining MAC-manziliga mos IP-manzilini so‘raydigan bayonnoma.
Uzoqdan kirish xizmati. Windows operatsion tizimida mahalliy tarmoqqa modem orqali ulanish imkonini beradigan tizimli xizmat. rastr ingl.: raster rus.: растр Tasvirlarni to‘g‘ri burchakli matritsaviy tasvir elementlari – piksellar shaklida taqdim
qilishning raqamli vositasi. Ular tasvirlarni yoki fazoviy obyektlarni rastrli ifodalash asosidir. rastrli tasvir ingl.: raster image rus.: растровое изображение Alohida oddiy elementlar bo‘lmish piksellardan qatorlab shakllantiriladigan tasvir. Tasvir
matritsasidagi ko‘psonli piksellar uning
shunday shaklini ta’minlaydiki, unda nuqtalar bir biri bilan deyarli qo‘shilishib ketadi. Rastrli grafikaning muhim fazilati bo‘lib, tasvirlarga ishlov
berishni ancha
yengillashtiradigan, tasvirning har bir elementini tahrirlash imkoni dir. Rastrli tasviralarning kamchiligi, ohista o‘zgaradigan egri chiziqlarni yarata olmasligidir. Masalan, aylana har doim siniq egri chiziq shaklida tasvirlanadi, darhaqiqat, bu chiziqning sinishilaridagi sakrashlarni, tasvir rastri
nuqtalari sonini oshirish hisobiga, kamaytirish mumkin (ammo, yo‘q qilib bo‘lmaydi). rastrli-vektorli o‘zgartirish ingl.: raster-to-vector transformation rus.: растрово-векторное преобразование Fazoviy obyektlarni rastrli ifodalashdan vektorli ifoda shakliga avtomatik yoki yarimavtomatik ravishda aylantirish (konvertrlash). Rastr- vektorli o‘zgartirish vektorlar bo‘yicha ixtisoslashgan dasturiy vosita tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. ravshanlik ingl.: brightness rus.: яркость Kompyuter grafikasida rang tavsiflanadigan uch tavsifnomadan (to‘yinganlik va ta’sirchanlik bilan bir qatorda) biri. Ravshanlik nurlanish energiyasining darajasini (yorug‘lik oqimini zichligi) belgilaydi. RDA qisq.: Remote Database Access Ma’lumotlar bazasidan uzoqdan
erkin foydalanish, RDA bayonnomasi. Ma’lumotlar bazasidan erkin
foydalanishni standart kommunikatsiya bayonnomasi.
RDF
248
Resurslarni tavsiflash sxemasi, RDF standarti. XML
tiliga asoslangan standart, W3C
konsorsiumi tomonidan tasdiqlangan. Metama’lumotlarni yaratish qoidalari ham uning tarkibiga kirgan, Internet resurslarini standart tarzda tavsiflash imkonini beradi. RDRAM qisq.: Rambus DRAM Rambus firmasi DRAMi. Ma’lumotlarni yuqori tezlik bilan
almasha oladigan xotira mikrosxemasining turi, Rambus firmasining ishlanmasi. RealAudio Audioni jonli efirda eshitish imkonini beruvchi brauzerlarga qo‘shiladigan modul. Bundan tashqari, axborotni tarmoq orqali uzatish paytida eshittirish imkonini ham beruvchi axborot zichlashning o‘z yuqori samarali usulidan foydalanadi.
Videoni jonli efirda ko‘rish imkonini beruvchi brauzerlarga qo‘shiladigan modul. Bundan tashqari, axborotni tarmoq orqali uzatish paytida aks ettirish imkonini ham beruvchi axborot zichlashning o‘z yuqori samarali usulidan foydalanadi.
Foydlanuvchini tanlangan sahifadan boshqa sahifaga majburiy ravishda qayta
yo‘naltiradigan dasturiy ishlanma yoki skript. registr ingl.: register rus.: регистр Hodisalarni, obyektlarni, kodlarni ro‘yxatga olish uchun mo‘ljallangan biror bir narsaning ro‘yxati yoki xotira sohasi. Informatikada registr deganda, kompyuterning tarkibiy qismlari orasida jo‘natiladigan, cheklangan o‘lchamli kodlarni vaqtincha saqlashga mo‘ljallangan oddiy qurilma
tushuniladi. Registrning muhim xossasi, ma’lumotlarni qabul qilish va berishda yuqori tezlikka ega bo‘lishidir. Registr uyalardan iborat, ularga so‘z, buyruq, ikkilik sanoq tizimida berilgan son va boshqalarni yozish, eslash va o‘qib olish mumkin. Ko‘pincha, registr kompyuter ishlaydigan so‘z o‘lchami bilan bir o‘lchamga ega. Ixtiyoriy registrning ish tezligi, u saqlay oladigan bitlar
soni bilan
belgilanadi. Registrlarni boshqarish, odatda,
mikrodasturlash vositalari bilan bajariladi. reinjiniring ingl.: reengineering rus.: реинжиниринг Odatda, axborot texnologiyalari asosida, biznes- jarayonlarni takroran, boshqa shaklda
loyihalash. reklama ingl.: advertising rus.: реклама Biror narsa haqidagi axborot tarqatish uslubi. Reklama bozor egallash maqsadida amalga oshiriladi. Reklama uchun maxsus nashr, gazeta va jurnallar hamda global tarmoqlar ishlatiladi. Internet.tarmog‘ining global ulanish xizmati, teleko‘rsatuvlar va
radioda kompyuter reklamasi bunga misol bo‘laoladi.
Sotish
(yoki almashishga) uchun taklif
qilinayotgan, odatda biror mulkdorga tegishli reklama o‘rinlari majmui. Masalan, bu sayt yoki reklama tarmog‘i yoki mavzu bo‘yicha tarqatish bo‘lishi mumkin. Odatda, reklama maydonchasi o‘zining auditoriyasi, uning soni va sifati (ijtimoiy-demografik tavsifnomasi) bilan
tavsiflanadi. reklama tarmog‘i ingl.: banner networks rus.: рекламная сеть Muayyan
reklama o‘rinlarida reklama materiallarini joylashtirishni boshqarish imkonini beradigan tizim. Tarmoqlar turli reklama maydonchalaridagi reklama o‘rinlarini birlashtirishi mumkin
(masalan, banner
ayirboshlovchi tarmoq, banner xarid tarmoqlari) yoki bir saytning yoki portalning ichida (ichki tarmoqlar) ishlatiladi.
Veb-sahifa dizaynida aniq turdagi reklama materiallarini joylashtirish uchun ajratilgan RDRAM
249
o‘rin. Qoidaga ko‘ra, bir sahifada bir necha reklama o‘rni bo‘ladi, masalan, 468x60 bir bannerga va ikki 100x100 bannerga. Saytning mazmunidan yaqqol ajralib turadigan, reklama o‘rnining dizayni
nafislik belgisi
bo‘lib hisoblanadi. Odatda, «birinchi ekranga» tushadigan reklama o‘rinlari qimmatroq hisoblanadi, chunki, bunda ko‘rib chiqish uchun sahifalarni varaqlash talab qilinmaydi.
1. Olingan natija kutilgan natijaga mos kelishi darajasi. Izlash atamalarida – bu izlash natijasini talabnomada qo‘yilgan vazifaga mos kelishi darajasi. 2. Internet tarmog‘ida – qanchalik izlash mashinasi topgan
hujjat sizning
talabnomangizga qanchalik mos kelishini ko‘rsatadigan son. Relevantlikni hisoblash ancha
murakkab. Bu
sohada yetakchi http://www.google.com/ relevantlikni hisoblash uchun sun’iy tafakkur elemenlarini jalb qilgan. Bunda foydalanuvchilarning tanlovini kuzatib borish orqali sun’iy tafakkur tizimi o‘z tajribasini oshirib boradi.
Tarkibiy qismlar munosabatlari to‘plami shaklida mantiqiy tashkillashtirilgan ma’lumotlar bazasi.
RDB ning
alohida xususiyati, uning tuzulmasi jadval shaklida ekanidir. Bunday jadvallarning qatorlari – yozuvlarga, ustunlari – atributlarga (saqlanayotgan ma’lumotlarning alomatlariga) mos keladi. Relyatsion ma’lumotlar bazasini ishlatish quyidagi imkoniyatlarni beradi: - ma’lumotlarni jadval shaklida yig‘ish va saqlash; - ularning mazmunini yangilash; - atributlar yoki yozuvlar bo‘yicha turli axborotni olish; - olingan ma’lumotlarni diagramma yoki jadval shaklida aks ettirish; - baza materiallari bo‘yicha kerakli hisoblarni bajarish. relyatsion MBBT ingl.: Relational DataBase Management System (RDBMS) rus.: реляционная система управления базой данных Ma’lumotlar jadvallar shaklida berilgan MBBT turi. Jadval yozuvlar bog‘lanishlarini aks ettiradi. MBBT lari soddaligi, muxtasarligi va aniqligi bilan ajralib turadi. Ularning har biri, bir vaqtning o‘zida bir necha jadvallarda joylashgan ma’lumotlar bilan ishlaydi. Shu sababli
relyatsion ma’lumotlar bazalari, ma’lumotlardan tezkor erkin foydalanishni ta’minlaydi. Ko‘proq ishlatiladigan MBBT larga Oracle, Sybase, MySQL, Microsoft Access misol bo‘lishi mumkin.
Bir necha serverda ma’lumotlar bazasini takrorlash. Axborotdan erkin foydalanish samaradorligini oshiradi. Haqiqatdan ham foydali bo‘lishi uchun, muntazam ravishda yangilashni va
ko‘chirilgan nusxalarni mutanosibligini kafolatlash zarur.
Download 9.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling