Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati
Download 9.86 Mb. Pdf ko'rish
|
pochta qutisi ingl.: mail box rus.: почтовый ящик Pochta serverida axborotni (xatlar, xabarlar, qo‘llanmalar) yozish uchun mo‘ljallangan qattiq disk maydoni. Pochta qutisi egasi maxsus mijoz dasturi yordamida quti tarkibini ko‘rishi, nusxa olishi, ko‘chirishi, o‘chirishi mumkin. Pochta qutisiga har bir pochta qutisini boshqalardan farqlash imkonini beruvchi noyob elektron manzil beriladi.
Foydalanuvchilarning shaxsiy xatlarini qabul qilib olish
va uzatishni hamda ularni
yo‘naltirishni ta’minlovchi server. Pochta
serverini tashkil
qilish uchun
shaxsiy kompyuterga tegishli dasturiy ta’minotni o‘rnatish lozim. Pochta – Internetda muloqot qilishning asosiy vositasi.
Tashqi abonentlar mazkur bog‘lama haqida axborot olish uchun murojaat qiluvchi shaxs. Uning
vazifalariga, jumladan, foydalanuvchilarga ko‘rsatmalar berish ham kiradi.
PPP qisq.: Point-to-Point Protocol Nuqta-nuqta bayonnomasi, PPP bayonnomasi. Ulanishning ikki
tomoni orasida
uzib- ulanadigan yoki ajratilgan kanal bo‘yicha ma’lumotlarni uzatish bayonnomasi. Ko‘pincha, kompyuterlarni Internet tarmog‘iga modem va telefon liniyasi orqali ulashda ishlatiladigan bayonnoma. RFC 1661da aniqlangan. PPTP qisq.: Point-to-Point Tunneling Protocol Nuqta-nuqta tunnellash bayonnomasi, PPTP bayonnomasi. Kriptografikaviy himoyalangan ulanishlarni yaratish bayonnomasi. printer ingl.: printer rus.: принтер Printer qurilma. Axborotni yoki choplash uchun boshqa materiallarni – proyeksion apparatlar uchun shaffof tasma, plastik va h.k.larni – qog‘ozga chiqarish. Printerlarning ko‘plab farqli turlari mavjud. printer ajrataolishi ingl.: printer resolution rus.: разрешение принтера Tasvirni chop etib chiqarishda bir dyumda yotgan nuqtalar soni. Masalan, 300-dpi (300 dyumga 300 nuqta) ajrata olishga ega printer, 1dyum chiziqqa 300 nuqtani choplay oladi. Bu degani u, bir dyum kvadratga 90.000 nuqtani Chop etishi mumkin.
Mahalliy tarmoqda bitta printerdan ushbu tarmoqning barcha ish stansiyalari tomonidan foydalanish qurilmasi. Progress Software korporatsiyasi ingl.: Progress Software corporation rus.: корпорация Progress Software Ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari (MBBT) sohasida dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniya. Progress Software kompaniyasi o‘z MBBTni yaratgan bo‘lsa ham, uning asosiy ustunligi xohlagan MBBT bilan o‘zaro ishlashi mumkin bo‘lgan qo‘llanmalarni yaratish vositalarini taqdim etishdan iborat.
Brauzer va oxirgi veb-server o‘rtasida vositachi sifatida foydalaniluvchi o‘rtaliq veb-serveri. Proksi-serverdan foydalanishning asosiy sababi – axborotni uzatishni tejash va keshlash orqali kirish
tezligini oshirish. Masalan, kompaniyaning ko‘pchilik xodimlari ko‘pincha P proksi-server
236
bir xil veb-serveridan foydalanib turganda, bunday server sahifalari proksida saqlanadi va shunday qilib dastlabki serverdan bir martagina so‘raladi. Proksi-serverdan foydalanishning ikkinchi sababi IP manzillarini tejayolishi mumkinligi, ya’ni proksidan foydalanganda kompaniya faqat bitta ommaviy IP manzilga ega bo‘lishi mumkin. PROLOG tili ingl.: PROLOG language rus.: язык PROLOG Sun’iy tafakkur masalalarida foydalaniladigan yuqori pog‘onadagi dasturlash tili. «Mantiq tushunchalarida dasturlash» tili, PROLOG (PROgramming LOGic) mantiqiy fikrlardan va qoidalar majmuasidan iborat. Fikrlar shartlardan (predikatlardan), bog‘lanmalardan, doimiylardan iborat
bo‘lib, ma’lumotlar bazasini tashkil qiladi. Qoidalar quyidagi shaklga ega: «A, agar B va D». Tilning asosiy elementi bo‘lib «atom» deb nomlangan element hisoblanadi, u ayrim obyektlar orasidagi munosabatlarni ifodalaydi. PROLOG bu – formal mantiqdan foydalanish uchun yangi yondashuv. Bu tildan foydalanib, dasturchi bevosita tushunchalar orasidagi mantiqiy aloqalar bilan ish tutadi. PROM qisq.: Programmable Read-Only Memory Dasturlanadigan doimiy xotiralash qurilmasi, DDXQ.
1. Kompyuterning buyruqlarni tahlil qiluvchi va bajaruvchi funksional qurilmasi. Protsessor kamida buyruqlarni boshqarish qurilmasi va arifmetik-mantiqiy qurilmadan iborat bo‘ladi. 2. Muayyan buyruqlarning aniq bajarilishini ta’minlovchi funksional qurilma.
Umumiy
foydalanishdagi uzib-ulanadigan telefon tarmog‘i.
Ozuqa bloki. PTN qisq.: Public Telephone Network Umumiy foydalanishdagi telefon tarmog‘i. pul vositalarining elektron almashuvi ingl.: Electronic Funds Transfer (EFT) rus.: электронный обмен денежными средствами Biror
bankdagi biror
shaxsning yoki
tashkilotning hisob
raqamidan, boshqa
shaxsning yoki tashkilotning hisob raqamiga pul mablag‘larini o‘tkazish imkonini beradigan elektron tijorat texnologiyasi. Bu atamadan, shu texnologiyadan foydalanish hodisasini ifodalash uchun ham foydalaniladi.
PROLOG tili
237
Q&A qisq.: Questions and Answers Savollar va javoblar. QA qisq.: Quality Assurance Sifat nazorati. qadam-baqadam o‘girish ingl.: interpreter rus.: интерпретатор qarang: interpretator qadrsizlanish ingl.: discredit rus.: компрометация Kompyuter muhofazasi buzilishi. Buning natijasida dasturlar yoki
ma’lumotlar o‘zgartirilishi, yo‘q qilinishi yoki mualliflashtirilmagan obyektlardan erkin
foydalanish imkoniyati tug‘ilishi mumkin. qadrsizlovchi nurlanish ingl.: discredit emission rus.: компрометирующее излучение Ixtiyoriy nurladigan signallar. Ularni tutib olishda va tahlil qilishda ishlov berilayotgan yoki uzatilayotgan nozik axborot oshkor bo‘lishi mumkin. Misollar – akustik (tovush) nurlanishi, elektromagnit to‘lqinlar nurlanishi. Qalpoq qurilmasi ingl.: Head-Mounted Device (HMD) rus.: шлем Insonni, virtual borliqqa botishi uchun boshiga kiyiladigan maxsus qalpoq. HMD qurilmasi bosh kiyim shaklida yasalgan bo‘lib, o‘zi uncha og‘ir emas (200 gr atrofida) va uch asosiy qismlardan tashkil topgan. Ulardan birinchisi hajmiy tasvir hosil qilish uchun mo‘ljallangan. U suyuq kristalli indikatorlar asosida yaratilgan ikki ekran shaklida yasalgan. Bu ekranlar foydalanuvchining ko‘zlari qarshisida joylashgan. HMD ning ikkinchi qismi hajmiy tovush olish uchun xizmat qiladigan quloq radiokarnaylaridir. HMD ning uchunchi qismi bosh burilishlarini kuzatishni ta’minlaydi. Bu virtual borliqda foydalanuvchi holatiga taqlid etish imkonini beradi. qamal qilish ingl.: locking rus.: блокировка 1. Obyektni ajratib qo‘yish, uni muayyan amallarni bajarishga to‘sqinlik qiladigan holatga keltirish. 2.
Obyektlarni birgalikda ishlatiladigan resursdan erkin foydalanishini nazorat qilish mexanizmi. Bir tarafdan, qamal qilish noxush holatlardan saqlanish tadbiridir. Boshqa tarafdan, axborot tizimida yoki tarmoqda vujudga kelgan noxush holatni qamal qilish deb tushuniladi. 3. Umumiy
foydalanishdagi ma’lumotlar bazasida, turli foydalanuvchilar tomonidan bir xil ma’lumotlardan bir vaqtda erkin foydalanish va o‘zgartirishlarini nazorat qilish mexanizmi.
Diskovodda doim mustahkamlangan qattiq magnit diski yoki disklar majmui. U yozish, o‘qish
kallaklari bilan
birga changdan tozalangan atmosfera bosimi ostida oddiy havo bilan to‘ldirilgan germetik yopiq korpusga solingan. Diskning aylanishida uning ustida kallaklarning disk ustidan tahminan bir necha mikron balandlikda osilib turishini ta’minlovchi «havo
yostig‘i» paydo
bo‘ladi. IBM
muhandislari o‘zlarining birinchi qattiq magnit diskda jamlovchilarni (QMDJ) Winchester deb atashgan. Bunga sabab qattiq diskning 30 Mbitli ikkita plastinadan (30-30) iborat bo‘lganligidir. Bu loyiha rahbari Ken
Xotonga (Ken
Haughton) Winchester miltig‘ini eslatgan (0,30 kalibrli ikki stvol). qayd yozuvi ingl.: profile rus.: учетная запись Kompyuterda saqlanuvchi foydalanuvchi tavsifi. Odatda u
ichiga foydalanuvchining tarmoqdagi ismi,
haqiqiy ismi,
paroli, foydalanuvchi huquqlari, uy katalogi nomini (agarda u mavjud bo‘lsa) oladi.
qaydlangan yo‘naltirish
238
Tarmoqda ishlatilayotgan yo‘naltirish usuli. Qaydlangan yo‘naltirish, mo‘ljallanayotgan tarmoq trafikining samaraliroq yo‘llarini ko‘rsatuvchi yo‘nalishlar jadvalini tuzishni ko‘zda tutadi. Bunda yo‘nalish avvaldan tanlanadi va tarmoqning holatiga bog‘liq bo‘lmaydi. qaynoq almashtirish ingl.: hot swap rus.: горячая замена Elektr manbaini o‘chirmagan va tizim ishini to‘xtatmagan holda tizimning ichki bloklarini, masalan, server shaxsiy kompyuterida qattiq disklarni, almashtirish usuli.
Radiotarmoqda ikkita radiokanal o‘zaro ishlashini ta’minlovchi ko‘prik. qayta uzatish tizimi ingl.: relay system rus.: ретрансляционная система Ma’lumotlarni uzatishga yoki bayonnomalarni o‘zgartirishga mo‘ljallangan axborot tizimi. Turli arxitekturaga ega bo‘lgan tarmoqlarni birlashtiradi. Qayta uzatish tizimlarida har bir tarmoq to‘la muxtoriyatga va o‘z boshqarash vositalariga ega. O‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun, qayta uzatuvchi tizimlar quyidagilarni amalga oshiradi: - ma’lumotlarni kommunikatsiyasi va ularni yo‘naltirish; - ulanadigan kommunikatsiya tarmoqlarida yoki tarmoqlar qismlarida bayonnomalarni moslash; - ma’lumotlar bloklarini tarmoqlar yoki ularning qismlari orasida uzatish; - ma’lumotlar bloklarini, agar tarmoqlarda (ularning qismlarida) ular turli o‘lchovlarga ega bo‘lsalar, yiriklashtirish yoki kichraytirish; - tizimlarni buferlari toshib ketishi va yuz bergan nosozliklar haqida xabar berish; - rad qilishlar va nosozliklardan so‘ng ishni qayta tiklash; - ulanayotgan tarmoqlarni yoki ularning qismlari holatini aniqlash; - o‘z ishini hisob qilib borish va bu haqida hisobot tayyorlash. qayta-ulanadigan to‘plagichli halqa ingl.: ring with a wiring concetrators rus.: кольцо с переключающими концентраторами Bir yoki bir necha guruh o‘zaro bog‘langan yulduzlar shaklida ifodalangan halqa tarmog‘i. Ulanib turadigan to‘plagichning vazifasi bo‘lib, davriy halqani ishonchli ishini ta’minlash hisoblanadi. Buning uchun to‘plagich yoylarni bir-biri bilan shunday ulaydiki, topologiya ma’nosida yulduzsimon tarmoq hosil bo‘lsin. Natijada, barcha
ulanish bloklari orqali o‘tadigan yagona halqa paydo bo‘ladi. Yoyda yoki abonent tizimda nosozlik paydo bo‘lishi bilan to‘plagich tegishli yoyni halqadan o‘chiradi. Shuning evaziga, halqaning qolgan qismi odatdagi ishini davom ettiraveradi. QBASIC tili ingl.: QBASIC language rus.: язык QBASIC Microsoft kompaniyasi tomonidan OS DOS va Windows 95 bilan birgataklif qilingan BASIC dasturlash tilining interpretatori. QBASIC tilining interpretatori BASIC tili vazifalarining ko‘pchiligini quvvatlaydi va to‘ldiradi. QBE qisq.: Query By Example Andoza bo‘yicha so‘rov. QBF qisq.: Query By Form Shakl orqali so‘rov. Ma’lumotlar bazasiga ekran shaklini to‘ldirish vositasida so‘rov berish.
1. AQSH Mudofaa Vazirligining kompyuter tarmoqlarini baholash bo‘yicha yo‘riqnoma sifatida chiqarilgan kitob. National Computer Security Center nashri. U hisoblash tarmoqlari uchun Trusted Computer System Evaluation Guidelines -TCSEC ni ta’riflab bergan. Qizil kitob nomi bilan ham mashhur. U qizil muqovali ikkita alohida kitobdan iborat. Birinchisi Trusted Network Interpretation of the Trusted Computer System Evaluation Criteria (NCSC-TG-005) nomi bilan chop etilgan, 1987 yilni 31 iyulida tasdiqlangan va ikkinchisi Trusted Network Interpretation Environments Guideline: Guidance for Applying the Trusted Network Interpretation (NCSC-TG-011) nomi bilan chop etilgan, 1990 yilni 1 avgustida tasdiqlangan. qaynoq almashtirish
239
2. ITU-T X.400 Message Handling System (MHS) tavsiyanomasi elektron pochtani saqlash va jo‘natishga oid xalqaro ikkita standartning birini (ikkinchi standart -SMTP) aniqlaydi. U ifodalashni, uzatishni va yetkazib qo‘yishni muhofazalashni turli usullarini qo‘llab- quvvatlashni ta’minlaydi. X.400 standartini, (uning muqovasi tufayli) gohida qizil kitob deb ham atashadi. QL qisq.: Query Language qarang: so‘rovlar tili qobiqsiz integral sxema ingl.: bare integrated circuit rus.: безкорпусная интегральная схема Muhofazalovchi qobig‘i bo‘lmagan integral sxema. Ularning chiqarilishi sharofati bilan, apparatura ishlab chiqaruvchilar o‘zlarining ko‘pmikrosxemali komplekslarini (mikroprotsessorlar, elektron xotira qurilmalari, maxsus mantiqiy modullar, mikrokontrollerlar, modemlar) yaratish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bunda ko‘pmikrosxemali kompleks avval seriyalab ishlab chiqarilgan tarkibiy qismlardan yig‘ilib, so‘ngra biror bir qobig‘ga yoki boshqa muhofazalovchi g‘ilofga joylashtiriladi.
1. Dastur yoki ma’lumotlardan ruxsatsiz erkin foydalanish niyatida bo‘lgan, bunga urinayogan yoki urinib ko‘rgan shaxs yoki tashkilot. 2. Harakatlari ma’lum kompyuter tizimi axborotining xavfsizligini buzuvchi subyekt. qoidabuzar modeli ingl.: infringer model rus.: модель нарушителя Qoidabuzarning amaliy va
nazariy imkoniyatlari, oldingi bilimlari, harakat vaqti va joyi va
h.k.ni aks
ettiruvchi mavhum
(rasmiylashtirilgan yoki rasmiylashtirilmagan) tavsifi. QoS qisq.: Quality Of Service qarang: xizmatlar sifati qotil paketlar ingl.: killer packets rus.: пакеты-убийцы Tizimni, unga tarmoq dasturlaridagi xatolardan foydalanuvchi Ethernet yoki IP paketlarini jo‘natish yoki tizim ishini halokatli tugatish orqali ishdan chiqarish uslubi.
Chiqish tutashmalari to‘rt qatorda joylashgan (mikrosxema uchun) tana.
Soxta-fayl (qurilma. U baytlar (ma’lumotlar) ketma-ketligini yozish va undan o‘qish uchun xizmat qiladi. Odatiy fayllar bilan ishlash doimo biror bir tashqi qurilmaga baytlar ketma- ketligini o‘qish (yoki yozish)dan iborat Odatda bu qattiq disk, disketa yoki kompakt–disk. Lekin
hech kim
baytlar ketma-ketligini printerga yozishni yoki baytlar ketma-ketligini klaviaturadan o‘qishni taqiqlamagan. Shu bilan birga operatsion tizim, odatiy fayl bilan ishlayotgandek ishlayveradi. Masalan, MS-DOS da “CON” ismli faylga yozish, ekranga chiqarishni anglatadi. “PRN” ismli faylga yozish - bu ma’lumotlarni printerga uzatishni, “CON” faylidan o‘qish - bu ma’lumotlar oqimini klaviaturadan uzatish, “COM1” ismli faylga yozish – bu ma’lumotlarni 1-chi ketma- ket port orqali uzatishni (tizimli blokning orqa tomonida shunday ajratgich bor) anglatadi. PRN, COM1, CON soxta-fayllar “qurilmalar fayllari” degan maxsus nom olganlar. qurt ingl.: worm rus.: червь Muxtor dastur.U ma’lumotlarni qayta ishlash tizimlari yoki kompyuter tarmoqlari orqali tarqalishi mumkin. Qurtlar xotira, xotira qurilmalari yoki ma’lumotlarni qayta ishlash vaqti kabi mavjud resurslarni kamaytirish uchun yaratiladi.
Ma’lumotlarni boshqarish va tuzilmasi bevosita muayyan kompyuter arxitekturasini aks
ettiradigan dasturlash (Assembler tili yoki mashina tili) tili. Q quyi pog‘ona tili
240
QWERTY QWERTY klaviaturasi. Stolusti kompyuterlari uchun klaviaturaning standart yoyilmasi.
Download 9.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling