Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati
Download 9.86 Mb. Pdf ko'rish
|
Open Group konsorsiumi ingl.: Open Group consortium rus.: консорциум Open Group Axborot tarmoqlarining tarkibiy qismlarini testlash va sertifikatsiyalash sohasidagi faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tashkilot. Open Group konsorsiumi (avvalgi nomi X/Open) interfeyslar va
ochiq tizimlar obyektlarining birlashtiruvchisi bo‘lib hisoblanadi. OpenDoc texnologiyasi ingl.: OpenDoc technology rus.: технология OpenDoc Umumiy
interfeyslarga ega
bo‘lgan, standartlashtirilgan tarkibiy qismlardan hujjatlar va amaliy dasturlar ishlab chiqish uslublari. OpenDoc texnologiyasi, IBM korporatsiyasi, Novell korporatsiyasi, Apple Computer korporatsiyasi va boshqa qator korxonalar tashkil qilgan Component Integration Labs konsorsiumi tomonidan, mahalliy tarmoqda xilma xil dasturiy obyektlarni birlashishini ta’minlaydigan guruhiy dasturiy ta’minot ishlab chiqish
uchun yaratilgan. OpenDoc texnologiyasi foydalanuvchilarga «konteynerlar» shaklidagi hujjatlarni yaratish uchun, dasturiy obyektlar bilan to‘ldiriladigan vositalarni taqdim qiladi. U bu hujjatlarni uskuna dasturiy ta’minot bilan bog‘laydi. OpenDocda ishlatiladigan obyektga- yo‘naltirilgan me’moriy tuzilma, dasturlashda epchillikni ta’minlaydi, dasturchilar mehnatining unumdorligini oshiradi. Shu bilan birga u, standart interfeysli dasturlarning tarkibiy qismlari uchun keng bozor istiqbolini ochadi.
OpenGL qisq.: Open Graphics Library Ochiq
grafik kutubxona, OpenGL tili.
Ucho‘lchamli grafika bilan ishlash uchun API, SGI kompaniyasining ishlanmasi. Ko‘pchilik malakali 3D-tezlatgichlar bilan apparat
pog‘onada va drayverlarda quvvatlanadi. OpenServer operatsion (amaliy) tizimi ingl.: OpenServer operating system rus.: операционная система OpenServer Santa
Cruz Operation korporatsiyasining operatsion tizimi. OpenServer biznes bilan OnNow PC texnologiyasi
221
bog‘liq jarayonlarni bajarish uchun yaratilgan. OpenServer UNIX operatsion tizimining rusumi bo‘lib, u banklar, savdo tashkilotlari va davlat muassasalari uchun mo‘ljallangan. Tizimning tuzilmasi, yetkazib berish buyurtmalarini rasmiylashtirish, buxgalterlik hisoblari, markaziy ofisni filiallar va vakolatxonalar bilan o‘zaro aloqada ishlashi bilan bog‘liq amaliy dasturlarning tez ishlovini ta’minlaydi. operator ingl.: operator rus.: оператор 1. Axborotni kiritish, saqlash, unga ishlov berish, uzatish va chiqarish bilan bog‘liq amallarni bajaruvchi belgi, inson yoki tashkilot. 2. Dasturlashda – ma’lumotlarga ishlov berish jarayonida bajarilayotgan ishlov. Bajarilishi zarur bo‘lgan ishlov amal belgisi bilan belgilanadi va bu amalga zarur bo‘lgan ma’lumotlarni aniq qiymatlari beriladi. U funksiya deb ham ataladi. 3. Tizim yoki tarmoq ishini boshqarish bilan bog‘liq ishlovlarni bajaruvchi inson. 4. Tarmoqni ng rivojlanishini va boshqaruvini ta’minlovchi tashkilot. operatsion muhit ingl.: operating enviroment rus.: операционная среда Amaliy dasturlarni ishlab chiqish va ular bajarilishini ta’minlaydigan vositalar majmuasi. Operatsion muhit operatsion tizim, dasturiy ta’minot, amaliy dasturlar interfeyslari, tarmoq xizmatlari, ma’lumotlar bazalari va dasturlash tillaridan iborat.
1. Kompyuter resurslarini va ma’lumotlarni muvofiqlashtiradigan va boshqaradigan dasturiy ta’minotning asosiy qismi. 2. Dasturlarning bajarilishini boshqaradigan va tizimning resurslarini taqsimlash, rejalashtirish, kirish-chiqishni va ma’lumotlarni boshqararish kabi vazifalarni ta’minlaydigan dasturiy vosita. Garchand operatsion tizimlar ko‘proq dasturiy bo‘lsalar ham, biroq, qisman apparat vositalari qo‘llanishi ham mumkin. Operatsion tizimlarning asosiy vazifalariga: - fayl tizimini boshqarish (yozish, o‘zgartish, fayllardan nusxa ko‘chirish, erkin foydalanishni nazorat qilish); - dasturlar bajarilishini boshqarish (protsessor vaqtini taqsimlash, dasturlarni diskdan tezkor xotiraga yuklash, yashirin xavfli ta’sirni tutib olish va h.q.); - xotirani boshqarish (keshlash, taqsimlash, ma’lumotlar butligi nazorati va h.k.); - foydalanuvchi bilan muloqot (klaviaturadan, sichqonchadan buyruqlarni o‘qish, axborotni ekranga, printerga chiqarish va h.k.) kiradi. Bundan tashqari operatsion tizimlar, kompyuterlarni turli rusumdagi tarmoqlardan – mahalliy tarmoqlardan global
korporativ tarmoqlargacha, shu jumladan, Internet tarog‘idan erkin foydalanishni boshqaradi. Operatsion tizimga misollar - MS-DOS, Linux, UNIX, Windows, Solaris va boshqalar. opsiya ingl.: option rus.: опция 1. Variant, tanlash imkoniyatlaridan biri, fakultativ imkoniyat. 2. Menyu elementi (taklif qilinayotgan tanlash variantlaridan biri).
Yakkakanal shoxchalarini ulaydigan va ixtiyoriy kirishlaridan biriga berilgan yorug‘lik signali, uning barcha chiqishlariga yetib keladigan qilib yasalgan qurilma. optik disk ingl.: optical disk rus.: оптический диск Disk shaklida yasalgan optik to‘plovchi. Magnit diskdan farqli o‘laroq, optik diskda ma’lumotlar yozish va o‘qish yorug‘lik nuri yordamida, lazerda amalga oshiriladi. Ma’lumotlar diskning bir yoki har ikki tomoniga yoziladi. Optik disklar yuqori
ishonchlilikka va
yuqori darajadagi yozuv zichligiga ega. optik kabel ingl.: optical cable rus.: оптический кабель Yorug‘lik signallarini uzatuvchi kabel. Optik, xuddi shunday, «optik-tolali kabel»deb ataluvchi kabelni, yaratish uchun yorug‘lik
optik kabel
222
o‘tkazgichlari ishlatiladi, ularning har biri, bir necha qavat muhofazalovchi qoplamaga ega bo‘lib, bu yorug‘lik o‘tkazgichlarini mexanik va optik ko‘rsatkichlarini yaxshilaydi. Bunday qoplamali yorug‘lik o‘tkazgichlarni optik tola deb ataladi. Optik tolalar guruhi optik kabelni hosil qiladi. Unda, tolalar nisbatan qalinroq plastmass naychalarga taxlanadi. optik kanal ingl.: optical channel rus.: оптический канал Yorug‘lik signallarini uzatish
uchun mo‘ljallangan kanal. Har bir kanal yorug‘lik uzatgichlaridan va optik kuchaytirgichlardan iborat. Yorug‘lik manbai – optik uzatgich bo‘lib, lazer yoki
yorug‘likdiodini (kamroq) boshqaradi. Yorug‘likni fotodiod qabul qiladi. Simsiz yorug‘lik kanallari lazer kanallari deb ataladi.
Yorug‘lik signallari bilan amallar bajaradigan kompyuterlar.
Optik
nurlanish quvvatini kuchaytirishni ta’minlovchi kuchaytirgich. Optik kanal va tizimlarda, yorug‘likni kuchaytirish tashqi manba energiyasi evaziga amalga oshiriladi. Kuchaytirgichning asosi bo‘lib, faol jismoniy muhit hisoblanadi, unda energetik dam berish hisobiga nurlanish quvvati ortadi. Faol jismoniy muhit
sifatida, lazerlarda ishlatiladigan moddalar ishlatiladi. Kuchaytirishda, boshlang‘ich signal spektri o‘zgarishi mumkin.
Yorug‘lik signallari uzatadigan kommunikatsiya tarmog‘i. Optik kommunikatsiya tarmog‘i, bir biri bilan ulangan optik uzib-ulash bog‘lamalaridan va optik kanalli abonent tizimlaridan tashkil topadi. optik tola ingl.: optical fibre rus.: оптическое волокно Diametri 50-125 mkm bo‘lgan, ko‘pincha kvarsdan yasalgan, yupqa shaffof tola. Optik kabelda
yorug‘lik uzatgichlari sifatida ishlatiladi. Optik tola, ma’lumotlarni uzatishda juda kam yo‘kotishga va keng o‘tkazish qobiliyatiga ega bo‘lib,
elektrmagnit shovqinlarni sezmaydigan, amaldagi benuqson muhitdir.
Optik tola orqali tarqalgan ma’lumolarga kirish uchun interfeys, FDDI standarti. Optik tola ishlatib, yuqori tezlikli mahalliy tarmoqlarni qurish standarti.
Yorug‘lik signalini, ichki elektr ta’siriga asoslangan kuchaytirgich.
Optik vositalar yordamida amalga oshirilgan xotira qurilmasi. Optik xotirani to‘plovchisi, yupqa muhit qatlamida qayd etiladigan, diametri bir mikrongacha bo‘lgan yorug‘lik nuqtasini generatsiyalaydigan, yarim
o‘tkazgichli lazerdan foydalanishga asoslangan. Ma’lumotlar yozishda, nurning quvvati axborot tashuvchisi nuqtalarini shunday qizdirish uchun ishlatiladiki, bunda uning optik ko‘rsatkichlari qaytadigan tiklanadigan yoki tiklanmaydigan holda keladi. O‘qishda, nurning quvvati shunday kattalikkacha kamayadiki, u axborot tashuvchisining holatini o‘zgartira olmaydi. Tashuvchidan aks ettirilgan yoki uni ich- ichigacha o‘tgan nurning shiddati, bu nuqtada nol yoki bir saqlanayotganini bildiradi. Optik to‘plovchilar uch turga
bo‘linadi: o‘chirilmaydigan, birmarotabali va
o‘chiriladigan yozuvli
turlar. Optik
to‘plovchilar optik dislar va ixcham disklar shaklida chiqariladi. optik uzib-ulash ingl.: optical switching rus.: оптическая коммутация optik kanal
223
Optik kanallar orasida yorug‘lik signallarini tarqatishni va xotirada saqlashni ta’minlovchi uzib-ulash.
Teleanjuman ichida o‘zaro murojaatlarga ega bo‘lgan bir mavzuga tegishli jami maqolalar.
Obyektga yo‘naltirilgan so‘rovlar tili. Oracle korporatsiyasi ingl.: Oracle corporation rus.: корпорация Oracle Ma’lumotlar bazalari uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi eng katta kompaniya. Oracle 1977 yilda AQSHda yaratilgan bo‘lib, bosh qarorgohi Redvud (Kaliforniya)da joylashgan. Kompaniya tarixan o‘zining ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlarining faoliyati uchun ish
stansiyalari asosida
server maslaklarini yaratishga qaratilgan. Oracle kompaniyasining relyatsion ma’lumotlar bazasi keyinchalik soha standartiga aylangan SQL tilini qo‘llab-quvvatlovchi birinchi ma’lumotlar bazasi bo‘lgan. Kompaniya baza kompyuterlari, ish stansiyalari va shaxsiy kompyuterlar, ularni tarmoqqa qo‘shish, axborot resurslarini yaratish va taqdim etish uchun dasturiy ta’minotni ishlab chiqaradi. ORB qisq.: Object Request Broker qarang: obyekt so‘rovlari brokeri ORPC qisq.: Object Remote Procedure Call Uzoqdan obyektning tartibotini chaqirish. OS qisq.: Operating System operatsion tizim OS/2 operatsion (amaliy) tizimi ingl.: OS/2 operating system rus.: операционная система OS/2 IBM tomonidan shaxsiy kompyuterlar uchun ishlab chiqilgan operatsion tizim. Operatsion tizimning birinchi rusumi OS/2, ilgari asosiy kompyuterlarda ishlatilgan tizimli amaliy
me’moriy tuzilma asosida 1987 yili yaratilgan. OS/2, asosan serverlarda foydalanish uchun mo‘ljallangan. Tizim
yuqori darajadagi ishonchlilikka ega, lekin, u bilan faqat malakali foydalanuvchilar ishlashi mumkin.
OS/2 ma’lumotlarga ishlov berishning tarqoq muhiti spetsifikatsiyasi bilan mos keladi va simmetrik multiprotsessorli ishlovni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu ishlovda tizimning 16 gacha protsessori ishtirok etishi mumkin. OS/2 turli rusumdagi protsessorlar bilan ishlaydi.
Ochiq tizimlar me’moriy tuzilmasi. Ochiq tizimlarning yetti pog‘onali tuzilishini va o‘zaro aloqada ishlashini aniqlaydigan ISO standarti. OSF qisq.: Open Software Foundation qarang: ochiq dasturiy ta’minot Fondi OSI qisq.: Open System Interconnection qarang: ochiq tizimlarning o‘zaro ishlashining tayanch namunaviy modeli osilib qolish ingl.: hang rus.: зависание Kompyuter ishining kutilmaganda to‘xtab qolishi. Bunda
kompyuter foydalanuvchi buyruqlariga javob bermay qo‘yadi.
Eng qisqa yo‘lni ochiqchasiga izlash, OSPF bayonnomasi. Eng
qisqa yo‘lni
izlash algoritmiga (SPF) asoslangan yo‘naltirishning ochiq bayonnomasi. RFC 1247dagi IETFda spetsifikatsiyalangan. OTM qisq.: Object Transaction Manager Obyektli tranzaksiyalar menedjerы. OTP qisq.: One-Time Password Bir martali maxfiy so‘z. OTS qisq.: Object Transaction Service Obyektli tranzaksiyalar xizmati, OTS spetsifikatsiyasi. Tarqoq obyektli tranzaksiyalar O OTS
224
xizmati, CORBAning umumiy obyektli xizmatlaridan biri. otsifrovka ingl.: digitalization rus.: оцифровка qarang: raqamlash overley ingl.: overlay rus.: оверлей 1. Kompyuter grafikasini jonli yoki yozilgan video signal ustiga yozish imkoniyati va hosil bo‘lgan video tasvirni videotasmada saqlash. Ko‘pincha, videotasmaga titrlarni qo‘shish uchun ishlatiladi. 2. Xotirada har doim ham rezident shaklda joylashmaydigan dasturiy ta’minot. Bunday dasturiy ta’minot tegishli talabnomaga binoan yuklanadi. OVID qisq.: Object View Interaction Design qarang: obyektli o‘zarofaol loyihalash ovoz berish ingl.: voting rus.: голосование Sayt auditoriyasi va uning fikrlari to‘g‘risida axborot yig‘ish uchun asbobiy dastur. Odatda ovoz berish har bitta savolga standart javob xillaridan birini tanlash mumkin bo‘lganda qulay.
oxirgi jihoz ingl.: end-to-end equipment rus.: оконечное оборудование qarang: terminal jihoz Foydalanuvchining, telekommunikatsiya tarmoqlari bilan o‘zaro aloqada ishlovchi va ular orqali uzatiladigan yoki qabul qilinadigan signallarni shakllantirish, o‘zgartirish, ularga ishlov berish uchun mo‘ljallangan texnika vositalari (telefon, faksimil, radioteleqabul qiluvchi va boshqa vositalar).
Kommunikatsiya tarmog‘i orqali
o‘zaro ishlaщda ma’muriy yoki abonent tizimlar ulangan bog‘lamalar.
Ma’lumotlar blokini yakunlovchi qismi. Unga, uzatish oldidan, ma’lumotlar bloki uzatilgandan so‘ng xato paydo bo‘lganligini aniqlash imkonini beradigan nazoratlovchi yig‘indi – bitlar ketma-ketligi yoziladi. oxirgi shifrlash ingl.: end-to-end encryption rus.: оконечное шифрование Avtomatlashtirilgan tizimning ikki subyekti orasida uzatiladigan axborotni kriptografik muhofazasi. oxirigi foydalanuvchiga mo‘ljallangan elektron biznes ingl.: electronic business oriented on end user rus.: бизнес электронный, ориентированный на конечного пользователя qarang: iste’molchi uchun biznes oyna ingl.: window rus.: окно 1.
Dasturiy qo‘llanmani yoki hujjatni ko‘rsatadigan displey ekranining to‘rtburchakli qismi, dastur yoki foydalanuvchi ayrim ekran bilan ishlagandek ishlaydigan, ekran qismi. Foydalanuvchining grafik interfeysining muhim elementi. 2. Ma’lumotlarga ishlov berishda va ularni uzatishda bo‘laklash vositasi. Oyna,
ma’lumotlar manbai, ularni qabul qiluvchiga yetib borganligi va xatosi yo‘qligi tasdig‘ini olmay turib, uzatishi mumkin bo‘lgan ulushni aniqlaydi. Shu usul
bilan, tarmoqda ma’lumotlar oqimini boshqarish va qabul qiluvchi – tizimni imkoniyatlaridan oshadigan tezlik bilan uzatishga yo‘l qo‘ymaslik mumkin.
1. Ma’lumotlarni uzatishni boshqarishda muhim rol o‘ynaydi. Oyna deyilganda kommunikatsion tizim orqali, xatosiz yetib borishi haqidagi xabar kutilmasdan uzatiluvchi ma’lumotlar bloklari soni tushuniladi. Ushbu uzatishning tugashida haqiqiy
oluvchi jo‘natilgan ma’lumotlar bloklarini olganligini tasdiqlashi lozim.
otsifrovka
225
2. Bir paytning o‘zida bir necha dasturni ishlatish texnologiyasi, bunda har bitta dastur alohida oynada bajariladi. Masalan, birinchi oyna hujjatni qayta ishlash uchun, ikkinchisi elektron jadvallarni tuzish, uchinchisi esa elektron pochtani qabul qilish uchun ishlatilishi mumkin.
Umumiy foydalanishdagi modellarni va amaliy dasturlarning standartlarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan tashkilot. OAG, o‘nta eng yirik dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilari tomonidan yaratilgan bo‘lib, o‘z e’tiborini qo‘llanmalarni uyg‘unlashtirishga qaratgan. Yaratilayotgan standartlar foydalanuvchilarga amaliy dasturlarni ishlab chiqaruvchilarni tanlash imkoniyatini va moliyaviy vositalarni iqtisod qilishni ta’minlaydi. Download 9.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling