Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati


Download 9.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/103
Sana09.02.2017
Hajmi9.86 Mb.
#51
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   103

 

NTSC 

qisq.: National Television Standards Committee 

1 Televizion standartlar bo‘yicha milliy qo‘mita 

(AQSH).  1953  yilda  televizion  eshittirishlar 

uchun  standartlar  yig‘masini  ishlab  chiqish 

uchun javobgar tashkilot. 

noyob aynanlovchi 

 


 

211 


2.  NTSC  standarti.  AQSHda  qo‘llaniladigan 

televizion ko‘rsatuvlar standarti. 



 

NTVDM 

qisq.: NT Virtual DOS Machine 

Windows  NTdagi  DOS  virtual  mashinasi. 

Windows  NT  operatsion  tizimi  o‘rnatilgan 

kompyuterda DOSda yozilgan qo‘llanmalarning 

bajarilishi uchun ishlatiladi. 

 

NUMA 

qisq.: Non-Uniform Memory Access 

Xilma-xil  xotiradan  erkin  foydalanish,  NUMA 

texnologiyasi.  Xilma-xil  xotirani  ishlatadigan 

ko‘pprotsessorli tizimlar qurish usuli. 



 

nusxa olishdan muhofazalash 

ingl.: copy protection 

rus.: защита от копирования 

Dasturiy  yoki  dasturiy-apparat  vositalarni, 

maxsus  vositalarni  qo‘llash  U  ma’lumotlardan, 

shaxsi  o‘rnatilmagan  tarzda  nusxa  olishni  bilib 

qolish yoki oldini olish uchun zarur. 

 

nutqiy axborot 

ingl.: speech information 

rus.: речевая информация 

Manbai  inson  nutqi  bo‘lgan  akustik  axborot. 

Nutqiy  axborot  yuksak  ma’noviy  aloqaga  va 

eng yuqori darajadagi axborot mazmundorligiga 

ega. 

 

nutqiy interfeys 

ingl.: voice-based interface 

rus.: речевой интерфейс 

Nutq shaklida buyruqlar va ma’lumotlar kiritish 

interfeysi.  U  foydalanuvchi  va  axborot  tizimi 

o‘zaro  ishlashiga  oid  usullarni  soddalashtirish 

maqsadida  yaratilgan  Tizimga  ma’lumotlarga 

ishlov  berishni  boshqarish  buyruqlari  yoki 

ma’lumotlarni o‘zi kiritiladi. 

 

nutqiy pochta 

ingl.: voice mail 

rus.: речевая почта 

Nutqiy 


xabarlar 

uzatishga 

mo‘ljallangan 

elektron 

pochta 

turi. 


Nutqiy 

pochta 


foydalanuvchilar  monologini  ta’minlaydi.  Nutq 

xabarlar 

shaklida 

uzatilib, 

ularni 

talab 


qilinmaguncha  xotirada  saqlana  beradi.  Buning 

uchun  abonent  tizimlarida  pochta  qutisi  deb 

ataluvchi xotira sohasi ajratib beriladi. 

 

nutqiy xabar 

ingl.: audio message 

rus.: речевое сообщение 

Tarmoq  orqali  uzatilayotgan  nutqdan  iborat 

bo‘lgan xabar.  Nutqiy  xabar  uzatish  odatdagiga 

nisbatan juda oson, chunki, klaviatura yoki nurli 

pero  ishlatishga  ehtiyoj  bo‘lmaydi.  Shu  bilan 

birga, 


uzatish 

jarayoni 

analog-raqamli 

o‘zgartirishni, qabul qilish jarayoni esa raqamli-

analog  o‘zgartirishni  o‘z  ichiga  oladi.  Bundan 

tashqari,  nutqiy  xabarlar  katta  hajmliligini 

hisobga 

olgan 


holda, 

ma’lumotlarni 

zichlashtirishdan  foydalaniladi.  Masalan,  30 

sekundlik  nutq  100  Kbaytli  xotiraga  taxlab 

joylashtirilishi mumkin. 

 

nutqiy yo‘l-yo‘l 

ingl.: voice band 

rus.: речевая полоса 

Nutq  uzatishni  ta’minlaydigan  chastotalar  yo‘l-

yo‘li 3000 Gs (300 dan 3330 gacha) ga teng deb 

qabul qilingan. 



 

nutqni kodlash 

ingl.: speech coding 

rus.: кодирование речи 

Nutqni kodlar ketma-ketligiga aylantirish. 



 

nutqni tanish 

ingl.: speech recognition 

rus.: распознавание речи 

Nutqni  matnga  o‘girish  jarayoni.  Shu  tufayli, 

foydalanuvchi  kompyuter  bilan  gaplashishi, 

xatlar  va  xabarlarni  aytib  turishi,  hujjatlarni 

tahrirlashi  mumkin.  Nutqni  tanish  tizimlari 

uchta parametr bilan tavsiflnadi: 

- tushuniladigan so‘zlar lug‘ati hajmi bilan; 

-  nutq  uchun  belgilab  qo‘yilgan  yuzakilik  (nutq 

to‘xtovsiz aytilishi mumkin yoki so‘zlar orasida 

tinishlar bo‘lishi zarur) bilan; 

-  muayyan  inson  nutqiga  sozlanishga  qaramlik 

darajasi bilan. 

Nutqni tanish tizimlari birincha navbatda, ayrim 

so‘zlar  yoki  so‘z  birikmalari  aytiladigan 

hollarda 

ishlatiladi. 

Bunday 

jumlalarni 



dispetcherlar,  tabobat  va  bank  xodimlari 

ishlatadi. 



 

nutqqa ishlov berish 

ingl.: speech processing 

rus.: обработка речи 

Nutqni  tahlil  qilish,  o‘zgartirish  va  sintezlash 

jarayoni.  Nutqqa ishlov  berishga  avvalo, nutqni 

tanish  va  sintezlash  kiradi.  Nutqni  tanish  uni 



nutqqa ishlov berish 

 


 

212 


matnga  aylantirishdan  iborat,  uni  axborot 

manbai  sifatida  ishlatish  imkoniyatini  ochadi. 

Tanishga  teskari  bo‘lgan 

masala  nutqni 

sintezlashdir,  ya’ni,  aniq  kod  bilan  ifodalangan 

matnni nutqqa o‘girish. 



 

NVRAM 

qisq.: Non-Volatile Random Access Memory 

Energiyaga  qaram  bo‘lmagan  tezkor  xotira 

qurilmasi. 

 

nyudjent 

ingl.: newgent 

rus.: ньюджент 

Neyron  tarmoqlari  agenti.  Hulq  modellarini 

idrok  qilish  uchun  tizim  yoki  dasturni  nazorat 

qiluvchi 

dastur 

– 

kompyuter 



tarmog‘i, 

Internetdagi  sotib  oluvchi  yoki  ishlab  chiqarish 

jarayoni 

bo‘lishi 

mumkin. 

Tizimga 


o‘rnatilgandan 

keyin 


Nyudjent 

tizimning 

normal 

faoliyatinining 



umumiy 

modelini 

tushunish  uchun  ma’lumotlarni  qayta  ishlay 

boshlaydi.  Nyudjent  paydo  bo‘lishi  mumkin 

bo‘lgan  muammolarni  bashorat  qilish  uchun 

nonormal  voqealarni  izlaydi  va  nonormal 

voqealarga 

qarshi 


harakatlar 

uyushtiradi. 

Nyudjent  tizimda  qanchalik  uzoqroq  qatnashsa 

uning intellekti shunchalik oshadi. 



 

NVRAM 


 

 

213 


Oo

 

 

OAG 

qisq.: Open Application Group 

qarang: ochiq amaliy jarayonlar guruhi 

 

obyekt 

ingl.: object 

rus.: объект 

1.  Foydalanuvchi  tomonidan  tavsif  etiladigan 

tarkibiy  qism.  U  tegishli  xossalar,  amallar  va 

munosabatlar bilan aniqlanadi. 

2.  Umumiy  informatikada  –  axborot  birligi. 

Qo‘llanmalarning  turiga  qarab,  bu  atama  ancha 

keng ma’noda ishlatiladi. 

3.  Obyektga  –  yo‘naltirilgan  dasturlashda, 

funksiya  va  ma’lumotlarni  o‘z  ichiga  olgan 

o‘zgaruvchi. 

Obyektni 

ishlatish 

alohida 

modelga 


asoslangan. 

Unda 


mijoz, 

bu 


obyektlardagi  usullar  va  tegishli  funksiyalar 

majmuasidan  iborat  ma’lumotlardan  interfeysi 

orqali  erkin  foydalanadi.  So‘ngra,  mijoz 

amallarni bajarish uchun bu usullarni chaqiradi. 

4.  Tarmoqni  boshqarishda  –  boshqarilayotgan 

qurilmaning muayyan tarzini aniqlaydigan sonli 

qiymatdir. 

5.  Tizimning  sust  tarkibiy  qismi.  U  axborotni 

saqlaydi, qabul qiladi yoki uzatadi, undan erkin 

foydalanishnii 

cheklash 

qoidalariga 

ko‘ra 

tartibga  solinadi.  Obyektdan  erkin  foydalanish, 



undagi  axborotdan  erkin  foydalanishni  nazarda 

tutadi.  Obyektlarga  misollar:  yozuv,  blok, 

sahifa, segment, fayl, mundarijalar va dasturlar, 

hamda  ayrim  bit,  bayt,  so‘z  va  maydonchalar; 

turli  qurilmalar  (terminal,  printer,  diskovod  va 

boshqalar);  turli  tarmoq  qurilmalari  (ayrim 

bog‘lamalar, kabellar va h.k.) 

 

obyekt so‘rovlari brokeri 

ingl.: Object Request Broker (ORB) 

rus.: брокер объектных запросов 

Namunaviy  dasturlar  blokini  ishlab  chiqish 

texnologiyasi.  ORB  texnologiyasi  dasturiy 

ta’minotning  oraliq  qatlamlari  turlaridan  biri 

bo‘ladi. 

ORB 


yordamida 

yaratilayotgan 

dasturlar  murakkab  dasturiy  tizimlarni  qurish 

uchun  qayta-qayta  ishlatilishi  mumkin.  Bu 

tizimlar,  birinchi  navbatda  global  ulanish 

xizmatida  foydalanishga  mo‘ljallangan.  ORB 

obyektli  yo‘naltirilgan  me’moriy  qiyofaga 

tayanadi,  broker  amallarini  bajara  turib,  bir 

obe’ktlarga  boshqa  obyektlarni  topib  olishni  va 

ularga  tarmoq  orqali  so‘rovlar  bilan  murojaat 

qilish  imkonini  yaratadi.  ORB  yordamida 

yaratilayotgan 

dasturlar, 

tarmoqda 

qo‘llanayotgan  platformaga,  ular  yaratilgan 

dasturlash tillariga bog‘liq emas. 



 

obyektdan erkin foydalanish 

ingl.: access to object 

rus.: доступ к объекту 

1. 


Obyektdan 

erkin 


foydalanish 

undagi 


axborotni olishni bildiradi. 

2.  Obyektdan  erkin  foydalanish,  undan  biror 

maqsad yo‘lida foydalanish demakdir. 

 

obyektdan takroriy foydalanish 

ingl.: repeated use of object 

rus.: повторное использование объекта 

Avval  bitta  yoki  bir  nechta  obyektdan  iborat 

bo‘lgan  xotira  maydonining  (masalan,  bet, 

freym,  disk  sohasi,  magnit  tasma)  qayta 

tayinlanishi 

va 


takroriy 

qo‘llanilishi. 

Xavfsizlikni  ta’minlash  uchun  ushbu  maydon 

yangi  obyekt  uchun  ajratilganda,  unda  eski 

obyektlar axboroti bo‘lmasligi lozim. 

 

obyektga-yo‘naltirilgan arxitektura 

ingl.: object-oriented architecture 

rus.: объектно-ориентированная архитектура 

Asosi,  tizim  yoki  tarmoqning  bir  biri  bilan 

o‘zaro  aloqada  ishlovchi  obyektlar  to‘plami 

bo‘lgan  arxitektura.  Obyektga-yo‘naltirilgan 

arxitektura  obyekt  texnologiyalarini  belgilaydi. 

Bu 


arxitektura 

asosida 


dasturlashda, 

ma’lumotlarga 

qanday 

ishlov 


berilishi 

tavsiflanmaydi,  balki,  ishlov  berish  natijasida 

nima  yuz  berishi  uqtirilgan  xabar  yo‘llanadi. 

Algoritmlarni tavsiflash obyektga-yo‘naltirilgan 

dasturlash 

tillaridan 

foydalanib 

amalga 


oshiriladi. 

 

obyektga-yo‘naltirilgan boshqarish 

ingl.: object-oriented management 

rus.: объектно-ориентированное управление 

Obyektga-yo‘naltirilgan 

arxitekturadan 

foydalanadigan tarmoqni boshqarish. Obyektga-

yo‘naltirilgan  boshqarishning  asosida,  axborot 

tarmog‘ini  o‘zaro  bog‘langan  obyektlar  -

qurilmalar  va  dasturlar  to‘plami  shaklida 

obyektga-yo‘naltirilga... 



 

214 


ifodalash 

yotadi. 


Obyektga-yo‘naltirilgan 

boshqarishni 

ishlatish 

amaliy 


dasturlarni 

ishlashga  ketayotgan  vaqtni  qisqartirishni  va 

boshqariladigan  tarmog‘i  tarkibiy  tuzilmasini 

sozlashda epchillikni ta’minlaydi. 



 

obyektga-yo‘naltirilgan dasturlash 

ingl.: object-oriented programming (OOP) 

rus.: 

объектно-ориентированное 

программирование 

Dasturlashning  hozirgi  kunda  eng  ommaviy 

uslubiyati. 

obyektlar, 



ya’ni 

standart 

bloklardan,  tashkil  topgan  amaliy  dasturlarni 

yaratishga 

yo‘naltirilgan. 

Strukturali 

dasturlashning 

rivojlanishidir. 

OOP 

ning 


markaziy  g‘oyasi  inkapsulyatsiyadir,  ya’ni, 

dasturni  alohida  shakldagi,  ma’lumotlarni  va 

ularni 

ishlov 


beruvchi 

tartibotlari 

bilan 

birlashtirgan  holda  modullarga  (sinflarga) 



tuzilmalashdir.  Har  bir  shunday  sinf,  amalga 

oshirish  (yoki  ifodalash)  deb  ataluvchi  ichki 

qismga va interfeys deb ataluvchi tashqi qismga 

ega.  Amalga  oshirishdan  faqat  interfeys  orqali 

erkin  foydalanish  mumkin.  Odatda,  interfeysda 

xossalarni 

(sintaksisda 

o‘zgaruvchidek 

ko‘rinadi) va usullarni (sintaksisda tartibot yoki 

funksiyadek  ko‘rinadi)  ajratadilar.  Sinf  usul-

konstruktorlarga  va  dasturni  bajarilish  vaqtida 

sinflarning nusxalarini yaratish va yo‘q qilishga 

imkon  beradigan,  destruktorlarga  ega  bo‘lishi 

mumkin. 


Bir 

sinfning 

nusxalari, 

o‘zaro 


o‘xshash  (masalan  sinfning  usulini  meros 

olgan),  ammo,  farqlanadi  ham  (masalan, 

xossalarni turli qiymatga  ega).  Sinflarni  va  sinf 

nusxalarini  obyektlar  deb  ataladi,  «obyektga-

yo‘naltirilgan  dasturlash»  nomi  ham  shundan 

kelib chiqqan. 



 

obyektga-yo‘naltirilgan 

ma’lumotlar 

bazalarini boshqarish guruhi 

ingl.: Object Database Management Group (ODMG) 

rus.: 

группа 

управления 

объектно-

ориентированными базами данных 

Ma’lumotlar  bazalari  sohasida  standartlarni 

ishlash bilan shug‘ullanadigan jamiyat. ODMG, 

birinchi  navbatda  obyektga  –  yo‘naltirilgan 

ma’lumotlar  bazalari  bilan  bog‘liq  masalalarni 

ko‘rib chiqadi. 



 

obyektga-yo‘naltirilgan 

ma’lumotlar 

bazasi 

ingl.: Object-Oriented DataBase (OODB) 

rus.: объектно-ориентированная база данных 

Ma’lumotlari  obyektlar  shaklida  ifodalangan 

ma’lumotlar  bazasi.  Kompyuterli  loyihalash 

texnologiyasida ilk bor paydo bo‘ldi, obyektga-

yo‘naltirilgan  arxitekturaga  asoslanadi.  OODB 

ni  ishlatish  evaziga,  ko‘psonli  tasvirlarni 

ma’lumotlar  elementlariga  bo‘lmaslik,  ularni 

obyektlar  shaklida  rasmiylashtirish  imkoniyati 

paydo  bo‘ldi.  So‘ngra,  OODB  ni  harxil 

ma’lumotlar  bilan  ishlashga  to‘g‘ri  keladigan 

yuqori  unumdorli  jarayonlar  va  masalalarda 

ishlata  boshladilar.  OODB  ma’lumotlarga 

taqsimlangan  ishlov  berish  uchun  juda  qulay. 

OODB  mijoz-server  arxitekturasiga  juda  ham 

mos  keladi.  Bu  yerda,  mijozlar  serverda 

joylashtirilgan  bazaning  obyektlariga  murojaat 

qiladilar,  ular  haqida  ma’lumotlarni  ko‘chirib, 

mahalliy  tarzda  ishlov  beradilar.  OODB  ni 

obyektga-yo‘naltirilgan  ma’lumotlar  bazasining 

boshqarish tizimi boshqaradi. 



 

obyektga-yo‘naltirilgan 

ma’lumotlar 

bazasini boshqarish tizimi 

ingl.:  object-  oriented  database  management  system 

(OODBMS) 

rus.: 

объектно-ориентированная 

система 

управления базой данных 

Obyektga-yo‘naltirilgan  ma’lumotlar  bazasiga 

asoslangan.  Obyektlar  shaklida  saqlanayotgan 

ma’lumotlarning 

murakkab 

turlari 


bilan 

ishlashga  imkon  beradi,  shu  bilan  birga, 

ma’lumotlar  amaliy  dasturlardan  mustaqil 

ravishda  saqlanadi.  OODBMS  tranzaksiyalar 

ishlovida  yuqori  unum  beradi,  shu  sababli, 

tasvirlar  va  tovushni,  relyatsion  baza  talab 

qilgani kabi jadval shaklida ifodalanmaydi. 

 

obyektga-yo‘naltirilgan operatsion tizim 

ingl.: object-oriented operating system (OOOS) 

rus.:  объектно-ориентированная  операционная 

система 

Obyektga-yo‘naltirilgan 

arxitekturaga 

ega 


bo‘lgan operatsion tizim. Tizimning eng muhim 

bo‘g‘ini  bo‘lib,  operatsion  tizimning  asosiy 

vazifalarini 

bajaradigan 

mikroo‘zagi 

hisoblanadi.  Uning  yuqorisida, turli xizmatlarni 

taqdim 

qiladigan 



modullar 

joylashadi. 

Mikroo‘zak 

bilan 


obyektga-yo‘naltirilgan 

dasturlash tillari bog‘langan. 



 

obyektlarni 

bog‘lash 

va 

joylash 

texnologiyasi 

obyektga-yo‘naltirilga... 



 

215 


ingl.:  Object  Linking  and  Embedding  technology 

(OLE) 

rus.: технология связи и компоновки объектов 

Windows 


muhitida  amaliy 

jarayonlarning 

o‘zaro  ishlashini  amalga  oshiruvchi  obyektga-

yo‘naltirilgan 

arxitektura. 

Microsoft 



korporatsiyasi  tomonidan  ishlab  chiqilgan  va 

Plug-and-Play  texnologiyasi  bilan  chambarchas 

bog‘langan.  1991  yilda  paydo  bo‘lib,  OLE 

operatsion 

tizimlarning 

amaliy 


dasturlari 

orasida 


ma’lumotlar 

uzatishni 

ta’minladi. 

Bunday  o‘zaro  ishlash  amaliy  dasturning 

umumiy interfeysidan foydalanishga asoslanadi. 

Bundan tashqari OLE, ma’lumotlardan uzoqdan 

erkin  foydalanishni,  tranzaksiyalarga  ishlov 

berishni, 

amaliy 

dasturlarni 



tarmoqda 

taqsimlashni 

ta’minlaydi. 

OLE 


ikkita 

piktogramma  orasidagi  ma’lumotlarni  shatakka 

olish  bayonnomasi  shaklida  ikki  amaliy 

dasturlar  taqdimi  sifatida  amalga  oshiriladi.  Bu 

jarayon,  kursor  yordamida  bir  juft  oynalarni, 

ular  orasida  uzatishni  bajarish  kerakligini 

ta’kidlash bilan bajariladi. 

 

obyektlarni boshqarish guruhi 

ingl.: Object Management Group (OMG) 

rus.: группа управления объектами 

Tarmoq  va  axborot  tizimlari  obyektlarini 

boshqarish  standartlarini  ishlab  chiqadigan 

tashkilot.  Notijorat  tashkiloti  OMG  1989  yilda 

tashkil  topgan.Uning  taniqli  ishlanmalaridan 

biri  bo‘lib,  «obyektlar  so‘rovlari  agentlarining 

umumiy  me’moriy  tuzilmasi»  deb  ataluvchi 

COBRA  hisoblanadi.  U  tillar  va  amaliy 

tizimlardan 

qat’iy 


nazar, 

turli 


ishlab 

chiqaruvchilar  tomonidan  tayyorlangan  amaliy 

dasturlarni o‘zaro ishlashini ta’minlaydi. 

 

obyektli kod 

ingl.: object code 

rus.: объектный код 

Dastlabki  matnni  mashina  kodiga  o‘girish 

natijasida hosil bo‘lgan dastur. 

 

obyektli texnologiya 

ingl.: object technology 

rus.: объектная технология 

Obyektga-yo‘naltirilgan 

arxitektura 

bilan 


aniqlanadigan 

texnologiya. 

Avvalgi 

yondashuvlardan  farqli  o‘laroq,  tartibot  va 

ma’lumotlar 

tushunchalari 

obyekt 

degan 


tushuncha bilan almashtirilgan. 

 

obyektli o‘zarofaol loyihalash 

ingl.: Object View Interaction Design (OVID) 

rus.: объектное интерактивное проектирование 

Murakkab 

masalalarni 

qulay 


bajarishga 

mo‘ljallangan, foydalanuvchi interfeysini ishlab 

chiqish 

uslubiyati. 

OVID 

uslubiyati 



bir 

masalaning  o‘zini  yechishda,  foydalanuvchilar 

tomonidan  muntazam  amallar  bajariladigan  hol 

uchun 


mo‘ljallangan. 

Masalan, 

matnlarni 

tahrirlash, 

moliya 

hisoblarini 



bajarish, 

chizmalarni  yaratish.  Bu  uslubiyat,  obyekt  deb 

ataluvchi, obyektlarni ishlatishga asoslangan. 

 

OCI 

qisq.: Oracle Call Interface 

Oracleni  chaqirish  uchun  interfeys.  Oracleni 

ma’lumotlar 

bazasidan 

SQL-so‘rovlarni 

chaqirish uchun API. 



 

OCR 

qisq.: Optical Character Recognition 

qarang: belgilarni optik o‘qish 

 

OCX 

qisq.: OLE Custom eXtension 

OLE  boshqarish  elementi.  Maxsus  tarzda 

rasmiylashtirilgan  dastur,  Windows  muhitida 

takror  ishlatilayotgan  tarkibiy  qism  kabi  erkin 

foydalanish mumkin. 

 

ODAPI 

qisq.: Open Database API 

Ma’lumotlar  bazalaridan  erkin  foydalanish 

uchun  ochiq  API.  Borland  firmasi  tomonidan 

ishlab  chiqilgan  ma’lumotlar  bazalaridan  erkin 

foydalanish uchun API. 

Windows 1.0 uchun ODAPI 1.0, Quattro Pro va 

Paradox  bilan  yetkazib  berilgan.  Keyinchalik, 

ODAPI  BDEning  qismi  bo‘lib  qoldi  va  IDAPI 

deb atala boshlandi. 

 

ODBC 

qisq.: Open DataBase Connectivity [interface] 

Ma’lumotlar  bazalari  bilan  o‘zaro  ishlashning 

ochiq  interfeysi.  Qo‘llanmalarni  ma’lumotlar 

bazalari  bilan  o‘zaro  ishlashi  uchun  Microsoft 

korporatsiyasi  ishlab  chiqqan  API.  Windows 

muhitida  keng  foydalaniladi,  UNIX  uchun 

amalga 

oshirilgan. 



Qo‘llanmalar 

nuqtai 


nazaridan 

ODBC-uyg‘unlashadigan 

ma’lumotlar  manbai,  relyatsion  ma’lumotlar 

bazasi  deb  qaraladi,  u  bilan  o‘zaro  aloqada 

ishlash  SQL  tili  yordamida  amalga  oshiriladi. 


Download 9.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling