Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati
Download 9.86 Mb. Pdf ko'rish
|
ochiq arxitektura ingl.: open architecture rus.: открытая архитектура Tuzilmasi va spetsifikatsiyasi nashr qilingan, masalan kompyuter, shu sababli hamma kirishi mumkin bo‘lgan qurilmaning arxitekturasi. Ochikkateskari tushuncha bo‘lib, yopiq
arxitektura hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchi tomonidan spetsifikatsiyasi nashr qilinmagan kompyuter arxitekturasini yopiq deb ataydilar. Shu sababli, begona ishlab chiqaruvchilar yopiq kompyuterga tashqi
kurilmalarni chiqara
olmaydilar. ochiq dasturiy muhit ingl.: open software environment rus.: открытая программная среда Dasturlar uyg‘unligini ta’minlay oladigan dasturiy muhit. ochiq dasturiy ta’minot Fondi ingl.: Open Software Foundation (OSF) rus.: фонд открытого программного обеспечения Dasturiy ta’minotni uyg‘unlashtirish texnologiyalari bilan shug‘ullanuvchi tashkilot. OSF tashkiloti 275 ta’sischi tomonidan tashkil qilingan. AQSH ning Massachusets shtatidagi Kembridjda joylashgan. OSF ning oshkora ishlaridan ko‘zlagan maqsadi, dasturlar uyg‘unligini ta’minlashga qodir, ochiq dasturiy muhit deb atalmish muhitni yaratishdan iborat. ochiq hujjat ingl.: open document rus.: открытый документ Hujjat, undagi ma’lumotlar abonent tizimlarda ishlov berishga qulay va xalqaro standartlar bilan belgilangan ommabop shaklda yoziladi. ochiq kalit ingl.: public key rus.: открытый ключ Asimmetrik kriptotizimda ishlatiladigan va tizimning barcha
foydalanuvchilari erkin
foydalanishi mumkin bo‘lgan kalit. Yana qaralsin: elektron raqamli imzoning yopiq kaliti. ochiq kalit kriptografiyasi ingl.: public key cryptography rus.: криптография с открытым ключом Kalitlar juftini ishlatadigan shifrlash usuli. Kalitlardan biri ochiq, boshqasi – maxfiy (xususiy) bo‘ladi; bir kalit bilan shifrlangan xabarlarni, faqat ikkinchi kalit bilan shifrini ochish mumkin. Shifrlashning asimmetrik algoritmlarini ishlatadi.
Ikkita, maxfiy va ochiq kalit ishlatadigan kriptografik tizim. Unda kalitlarning birortasi ham boshqasidan yetarli vaqt mobaynida hisoblab chiqarilishi mumkin emas. Maxfiy kalit sir saqlanadi, ochiq kalit esa, o‘zaro ishlovchi barcha
abonentlarga yuborilishi mumkin. Ochiq kalitdan foydalanib ixtiyoriy abonent, ochiq kalitning muallifiga muhofazalangan xabarni jo‘natishi mumkin. Bunda, bu xabarni faqat ochiq kalitga mos keluvchi maxfiy kalitga ega bo‘lgan tomon dastlabki matnga o‘girishi mumkin. Bunday kriptotizimlar ikki kalitli, yoki asimmetrik deb nomlanadi. Ochiq kalitli kriptotizimlar, ham nazariy, ham amaliy
kriptobardoshlikni ta’minlovchi simmetrik kriptotizimlardan farqli o‘laroq, faqatgina amaliy kriptobardoshlikni ta’minlaydilar. ochiq kalitni ro‘yxatga kiritish ingl.: public key registration rus.: регистрация открытого ключа So‘rov yuborgan shaxsga inobatli axborot berilishini ta’minlaydigan ochiq
kalitlarni O ochiq kalitni ro‘yxatg... 226
qaydlash jarayoni. Bu ochiq kalit qiymatini soxtalashtirishning oldini olish maqsadida qilinadi.
Keng doiradagi mustaqil ishlab chiquvchilar foydalanishi mumkin bo‘lgan bepul dastlabki kod yoki dastur. Oshkora kalitli loyihalarning asosiy g‘oyasi
shundaki, mustaqil dasturchilarning keng guruhi sifatli firma dasturiy ta’minotiga (yopiq kodga) xos bo‘lgan, “qo‘ng‘iz” va “teshiklar”dan holi bo‘lgan, dasturiy mahsulotni tayyorlashlari mumkin. Bunga erishish uchun, dastlabki kod undagi xatolarni topish maqsadida loyihaning ko‘pchilik ishtirokchilari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari har bir ishtirokchi, o‘zining shaxsiy talablariga monand turlashni kiritishi uchun, tarqatiladigan ochiq dasturiy ta’minotdan foydalanishi mumkin. Mashhur ochiq dasturlardan biri bo‘lib, Apache veb- serveri, Linux operatsion tizimi, amaliy tizimi va Netscape Communicator (Mozilla ochiq o‘zak) brauzeri hisoblanadi. ochiq mahsulot ingl.: open enterprise rus.: открытый продукт Umum tomonidan tan olingan interfeysli amaliy dasturiy ta’minot. OSI sohasida standartlarning yaratilishi, UNIX operatsion tizimi, amaliy tizimini va amaliy jarayonlar va amaliy pog‘ona orasidagi ochiq interfeyslarning keng ishlatilishi, turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan abonent tizimlarda ishlatiladigan ochiq mahsulotlarni yaratish imkoniyatlarini berdi. Natijada, dasturiy mahsulotlarning katta bozori vujudga keldi. Bu yerda dasturlar muayyan turlarga emas, balki, bu maxsulotlarni ishlatishga ochiq bo‘lgan barcha kompyuterlar uchun taklif qilinadi. ochiq matn ingl.: open text rus.: открытый текст 1. Ma’noli mazmundan kriptografiya usullarini ishlatmasdan erkin foydalanish mumkin bo‘lgan ma’lumotlar. 2. Muhofazalanayotgan dastlabki xabar.
Ma’lumot va resurslarni tasodifiy yoki qasddan qilingan ta’sirlardan muhofazalash sodda
operatsion tartibotlar yordamida erishiladigan muhit.
ochiq savdo ingl.: open commerce rus.: открытая торговля CommerceNet tomonidan taklif
qilingan, CORBA
«obyektlar so‘rovi
agentlarning umumiy arxitekturasi» ga tayanadi va format, interfeys va bayonnomalar uchun standartlar taklif qiladi. ochiq tarmoq arxitekturasi ingl.: Open Network Architecture (ONA) rus.: открытая сетевая архитектура British Telecom tomonidan ishlab chiqilgan to‘la funksional maslak. ONA da, barcha yetti pog‘onada ISO va ITU standartlari ishlatadi. ochiq tizim ingl.: open system rus.: открытая система Boshqa tizimlar bilan o‘rnatilgan xalqaro standartlarga mos ravishda o‘zaro ishlaydigan axborot tizimi. Har qanday ochiq tizim ikki vazifani ya’ni, – ma’lumotlarga ishlov berish va ma’lumotlarni uzatish vazifasini yechishga mo‘ljallangan. Shu sababli, axborot tarmog‘i nuqtai nazaridan ochiq tizim ikki qismdan iborat. Ulardan birinchisi, ma’lumotlarga ishlov berishga, birinchi navbatda foydalanuvchi ehtiyojlari uchun
mo‘ljallangan amaliy
jarayonlardir. Ikkinchi qism uchun, o‘zaro aloqada
ishlash sohasi,
turli tizimlarda joylashgan amaliy
jarayonlar orasida
ma’lumotlar uzatishni ta’minlashdan iborat. Ochiq tizimlari ishlab chiqishda bosh vazifani ISO bajaradi, u OSI standartlarini ishlab chiqadi va tizimlarni ochiq qiladi. ochiq tizimlarning o‘zaro ishlashining tayanch namunaviy modeli ochiq kod
227
ingl.: Open Systems Interconnection basic reference model (OSI) rus.: базовая эталонная модель взаимодействия открытых систем Ochiq tizimlarning xususiyatlari va vositalarini belgilab beruvchi konseptual asos. Model, turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan axborot tizimlarini yagona tarmoqda ishlashini ta’minlovchi Ochiq Tizimlarning o‘zaro ta’sirini aniqlab beradi. Shu sababli u, axborot tizimlari uchun
amaliy jarayonlarni, ma’lumotlarni ifodalash usullari, ma’lumotlarni yagona
ko‘rinishda saqlashga, tarmoq resurslarini boshqarish, ma’lumotlarni xavfsizligi va
axborotni muhofazalash, dasturlarni va texnik vositalarni tashhis qilish bo‘yicha o‘zaro ta’sirini muvofiqlashtiruvchi amallarni bajaradi. Model, Standartlar bo‘yicha Xalqaro Tashkilot tomonidan ishlab chiqilgan va axborot
tizimlari, hamda
ularning uyushmalari uchun tamoyillar asosi sifatida butun dunyoda keng qo‘llaniladi. Modelning asosiy elementlari bo‘lib, pog‘onalar, obyektlar, ulanishlar, ulanishning fizik vositalari hisoblanadi. O 228
Pp p.m. qisq.: Post Meridiem Tushdan so‘ng. P2P qisq.: Peer to Peer qarang: hisoblash resurslari almashuvi paket ingl.: packet rus.: пакет Uzatilayotgan ma’lumotlarning eng kam ulushi. Uzatilayotgan axborot ketma-ket paketlarga ajratib uzatiladi. Biroq paketlar tarmoq bo‘ylab alohida “sayr etishi” oqibatida ular oxirgi nuqtaga tartibsiz ravishda yetib borishi mumkin. Shuning uchun paketlar o‘z o‘rniga to‘g‘ri tushishi va ularning butunligini tekshirish uchun ularning har biriga noyob tartib raqami beriladi.
Xabarni bo‘lish, qayta jo‘natish va yig‘ish qoidalari.
Kompyuter tarmoqlarida ma’lumotlarni uzatish usuli. Unda axborot paketlarga bo‘linib, har bir paketda qabul qilish va jo‘natish punktlarining manzillari ko‘rsatiladi Paketlarni uzib-ulash tarmoqning ayrim ikki foydalanuvchiining o‘zaro ishlashini sekinlashtiradi, lekin umuman olganda tarmoqda uzatilayotgan ma’lumotlar hajmini oshiradi. Paketlar uzib-ulashning kanallar uzib-ulashdan farqlaydigan alohida xususiyati shundaki, unda uzib-ulashni xotiraga olish va kommunikatsiya tarmog‘i kanallarini jamoa bo‘lib ishlatish mumkin. Bu yerda, birorta ham kanal foydalanuvchi tizimlari jufti yoki ma’muriy tizimlar tomonidan hatto seans o‘tkazish davrida ham egallanmaydi. Paketlar o‘sha bir kanal orqali kirish ketma-ketligi tartibida manbalar va qabul qiluvchilardan qat’iy nazar uzatilaveradi. O‘zgacha aytganda, kanal o‘zaro
ishlagan foydalanuvchilar tomonidan faqat har bir paketni uzatish vaqtida egallanadi. paketlarni uzib-ulash tarmoqlarining tarmoqlararo interfeysi ingl.: packet switching networks internetwork interface rus.: межсетевой интерфейс сетей коммутации пакетов Paketlarni uzib-ulash tarmoqlari orasidagi interfeys. Tarmoqlararo interfeys X.75 tavsiyasi tomonidan belgilangan. PAL qisq.: Phase Alternation Line Qatorlab fazani o‘zgartirish, PAL televizion standarti. Analog
televizion eshittirishlar standarti, asosan Yevropa mamlakatlarida tarqalgan. PAM qisq.: Pulse-Amplitude Modulation Amplituda-impulsli modulyatsiya. PAP qisq.: Password Authentication Protocol Maxfiy
so‘z bo‘yicha autentifikatsiya bayonnomasi. parallel ishlov berish tili ingl.: parallel processing language rus.: язык параллельной обработки Ma’lumotlarga parallel ishlov
berishdagi jarayonni tavsiflashni ta’minlovchi til. Parallel ishlov berish tili, amaliy jarayon bosh va ishchi jarayonlarga bo‘linadigan modelga asoslanadi. Bosh jarayon
jamoa foydalanishidagi ma’lumotlarni bo‘ladi, ularni kortejlarga butlaydi va topshiriqlar beradi. Ishchi jarayonlar o‘zlari olgan masalalarni yechadi. Shu bilan birga, barcha bu jarayonlarni bajarilishda sinxron marom ta’minlanadi. Ma’lumotlarni parallellashni amalga oshiradigan tillardan biri Linda tilidir. parallel port ingl.: parallel port rus.: параллельный порт Printer kabi tashqi qurilmani ulash uchun ishlatiladigan parallel interfeys. Ko‘pincha shaxsiy kompyuterlar parallel porti ham, kamida bitta seriyali portga ham ega. Pp
229
Shaxsiy kompyuterlarda parallel port 25 tilchali (DB-25 turli) qo‘shgichga ega bo‘lib, printerlar, kompyuterlar va boshqa nisbatan katta o‘tkazish qobiliyatini talab qiluvchi qurilmalarni ulash uchun ishlatiladi. Ba’zan u kompyuter va printer o‘rtasida parallel aloqa uchun dastlabki standartni ishlab chiqqan kompaniya nomidan Centronics interfeysi deb ham nomlanadi. (Zamonaviy parallel interfeys Epson dizayniga asoslangan.) PA-RISC qisq.: Precision Architecture RISC RISC aniq me’moriy tuzilmasi, PA-RISC protsessori. HP kompaniyasi ishlab chiqqan RISC-protsessor. parol ingl.: password rus.: пароль 1. Sir tutiladigan belgilar ketma-ketligi. Parol, uning egasi haqiqiymi yo yo‘qmi, shuni aniqlash jarayonida tekshiruv axboroti sifatida ishlatiladi. 2. Subyekt siri bo‘lmish erkin foydalanish subyekti identifikatori. 3. Erkin foydalanishni aynanlash vositasi. U kompyuter bilan muloqot boshlashdan oldin, unga
terminal klaviaturasi orqali yoki
identifikatsiya (kodli)
kartasi yordamida kiritiladigan harfli, raqamli yoki harfli-raqamli kod shaklidagi maxfiy so‘zdan iborat. Pascal tili ingl.: Pascal language rus.: язык Pascal Yuqori pog‘onadagi dasturlash tili. 1960 yil oxirlarida Niklaus Wirth tomonidan yaratilgan. Bu til, 17 asrda yashab o‘tgan fransuz matematigi Blaise Pascal sharafiga atalgan. Blaise Pascal sonlarni qo‘shish uchun yaratilgan dastlabki mexanik mashinalardan birining ixtirochisi bo‘lgan. Pascal tili tuzilmalashgan dasturlash tili bo‘lib hisoblanadi. Dastlab Pascal dasturlashga o‘qitish uchun foydalanilgan. Hozir xilma xil dasturlarni tuzishda keng qo‘llanmoqda. Oddiy til, xilma xil turdagi ma’lumotlarga ishlov berish imkonini beradi va turli kompyuterlarda oson amalga oshiriladi. patch ingl.: patch rus.: патч Xizmat patch deb ham nomlanuvchi dastur xatosini tuzatish vositasi. Patch
– bu
yurgiziladigan dastur ichiga solinadigan haqiqiy obyektli kod qismi. Patchlar odatda Internetdan yuklanib olinishi mumkin.
PowerBuilder qo‘llanmalarini ishlab chiqish muhiti.
Xususiy [telefon] tarmoq. Korxona tasarrufidagi telefon tarmog‘i, muassasa ATSi.
Shaxsiy kompyuter, SHK. PCB qisq.: Printed Circuit Board Bosma plata. PC-DOS operatsion (amaliy) tizimi ingl.: PC-DOS operating system rus.: операционная система PC-DOS IBM kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan DOS rusumi.
Kiritish/chiqarish me’moriy tuzilmasining uchinchi avlodi (ISA va PCI birinchi va ikkinchi avlodni bildiradi). PCI Express – bu kiritish/chiqarish tizimlari uchun ketma-ket ulanishning hammabop, yuqori
tezlikdagi texnologiyasi. Dastlabki o‘tkazish qobiliyati 2,5 Gbit/s ga teng, ma’lumotlarni uzatish yo‘l- yo‘lining turli kengligini qo‘llab-quvvatlaydi (1dan 32gacha ma’lumotlar liniyalari) va mis kabelining tavsifnomalariga ko‘ra kengaytiriladi. PCI Express stolusti va mobil kompyuterlar, serverlar, kommunikatsiya qurilmalari, ish stansiyalari va ichiga o‘rnatilgan qurilmalarning kiritish/chiqarish me’moriy tuzilmasini birlashtirish imkonini berib, PCI va USB bilan uyg‘un qurilmalar bilan o‘zaro ishlash imkonini beradi.
PCI shinasi
230
ingl.: PCI (Peripheral Component Interconnect) bus rus.: шина PCI Kompyuterga tashqi qurilmalar ulash uchun mo‘ljallangan shina. Obyektlarning o‘zaro ishlashi to‘g‘ridan-to‘g‘ri, markaziy protsessor ishtrokisiz amalga oshiriladi. Shina, 1992 yili Intel kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lsa ham, u protsessorlarning biror bir aniq oilasi bilan bog‘liq emas. PCI 32-razradli bo‘lib, uni 64 razradligacha kengaytirish imkoni bor. O‘tkazish qobiliyati cho‘qqisi 32 razradli shina uchun 132 Mbayt/s.ni va 64 razradli uchun 300 Mbayt/s ni tashkil qiladi. Shina mahalliy tarmoq bilan yaxshi ulanadi.
64-razradli PCI shinasi, PCI-64 shina.
Kompyuterga, qo‘shimcha qurilmalar ulash uchun 64-xonali tizimli shinasi. Odatda, serverlarda foydalaniladi.
Chop etuvchini boshqarish tili, PCL tili. HP (Hewlett-Packard) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan, u o‘zi ishlab chiqargan Chop etuvchilarda foydalaniladi.
Impuls-kodli modullash, IKM. PCMCIA qisq.: Personal Computer Memory Card International Association 1. Xalqaro shaxsiy kompyuterlarning xotira kartalari uyushmasi. Shaxsiy kompyuter kartalari uchun standartlar ishlab chiqishni ta’minlovchi xalqaro tashkilot. PCMCIA 1989 yilda turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan taqdim etiladigan shaxsiy kompyuterlarning bosma xotira platalari uyg‘unligini ta’minlash maqsadida yaratilgan. Avvalo
shaxsiy kompyuter kartalari tashqi xotirani oshirish uchun chiqarilardi, biroq keyin ularning vazifalari keskin kengaydi. PCMCIA uyushmasi Yaponiyaning JEIDA uyushmasi bilan birga 32 razradli kompyuter shinasi va xotiradan to‘g‘ri erkin foydalanishni ko‘zlovchi PC_Card standartini tasdiqlagan. 2. PCMCIA interfeysi. Download 9.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling