Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati


Download 9.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/103
Sana09.02.2017
Hajmi9.86 Mb.
#51
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103

 

 

AXBOROT- 

KOMMUNIKATSIYA 

TEXNOLOGIYALARI 

 

IZOHLI LUG‘ATI

  

 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Toshkent-2004 

 



AXBOROT- KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI IZOHLI LUG‘ATI 

Copyright @ 2004 UNDP Digital Development Initiative Programme 

 

 

Ushbu  Lug‘at  Birlashgan  Millatlar  Tashkilotining  Taraqqiyot  Dasturi  va 

O‘zbekiston  Respublikasi  Hukumati  orasidagi  qo‘shma  “Raqamli  Rivojlanish 

Tashabbusi” Dasturi tomonidan Kompyuterlashtirishni va axborot-kommunikatsiya 

texnologiyalarini  rivojlantirish  bo‘yicha  Muvofiqlashtiruvchi  kengash  hamda 

O‘zbekiston  aloqa  va  axborotlashtirish  agentligi  bilan  hamkorlikda  ishlab 

chiqarilgan.

 

 



Lug‘at  O‘zbekiston  Respublikasida  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarini 

yanada  ommaviylashishi  uchun  xizmat  qilishga  mo‘ljallangan.  Uning  Internetdagi 

va  kompakt  disk  ko‘rinishidagi  turlari  ham  ishlab  chiqariladi  va  keng  ommaga 

taqdim etiladi.

 

 

 

Mualliflar jamoasi 

Aripov A. N. 

Mirzaxidov X. M. 

Shermatov Sh X. 

Saidxodjayev S. R. 

Hasanov P. F. 

Amirov D. M. 

Bakirov O. A. 



 

Loyiha koordinatori 

Saidxodjayev S. R. 



 

Ekspertlar guruhi 

Hasanov P. F. 

Amirov D. M. 

Bakirov O. A. 

 

 

Tarjimonlar 

Rahimdjanov Z. Ya. 

Atadjanov A. Yu. 

 

 

Murojaat uchun: 

E-mail: glossary@undp.ddi.uz 

Web: www.glossary.uz 

 

“Raqamli Rivojlanish Tashabbusi” Dasturi 



O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, 700084, 

Amir Temur ko‘chasi 108, 1-qavat. 

Tel: (+998 71) 134-10-37/51/52 

Faks: (+998 71) 134-10-63 

E-mail: info@undp.ddi.uz 

Web: www.ddi.uz 



 

Ushbu loyihani amalga oshirishda yaqindan yordam bergan Birlashgan Millatlar Tashkiloti 

Taraqqiyot  Dasturining  O‘zbekistondagi  vakolatxonasi  mas’ul  xodimlariga,  O‘zbekiston 

aloqa  va  axborotlashtirish  agentligi  tizimidagi  mutaxassislarga  va  Birlashgan  Millatlar 

Tashkilotining  Axborot  Texnologiyalari  xizmati  ko‘ngillilariga  chuqur  minnatdorchilik 

bildiriladi. 

 



MUNDARIJA



 

 

 

 

SO‘ZBOSHI  



LUG‘AT TUZILISHI  



O‘ZBEK ALIFBOSI  



ASOSIY QISM (atama, tushuncha va ta’riflar)  



ILOVALAR  

352 


1. Inglizcha-O‘zbekcha-Ruscha AKT lug‘ati  

353  


2. Ruscha-O‘zbekcha-Inglizcha AKT lug‘ati  

403 


3. AKT rivojining asosiy tarixiy sanalari 

455 


4. Domenlar turlari  

461 


5. Standartlarni belgilovchi tashkilotlar va maxsus 

telekommunikatsiya guruhlari 

465 

6. Jahon va MDH AKT kompaniyalari 



470 

7. Milliy Internet xismatlari ko‘rsatuvchi tashkilotlar 

477 

8. Jahon va MDH AKT nashrlari  



481 

9. Milliy AKT nashrlari  

486 

10. Internetda izlash tizimlari 



487 

11. AKT sohasida O‘zbekiston web manbalari 

489 

12. His – tuyg‘u alomatlari 



493 

13. Pochta va chat shevasi  

494 


 



 



SO‘ZBOSHI 

 

Hurmatli kitobxon, 



 

Mamlakatimizda  axborotlashtirish  sohasida  mustaqillik  yillari  davrida 

amalga  oshirilgan tadbirlar  o‘z  samarasini  bermoqda. O‘zbekiston  Jahon  axborot 

hamjamiyatining  teng  huquqli  a’zosiga  aylandi.  Zamonaviy  axborot  va 

kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanuvchilar soni tobora oshib bormoqda. 

Jamiyat  va  davlat  boshqaruvida,  xalq  ta’limi,  oliy  va  o‘rta  maxsus  ta’lim, 

ilm-fan sohalarida, ishlab chiqarish va aholiga xizmat ko‘rsatish sohalarida, bozor 

iqtisodiyotida, xalqaro aloqalarda va umuman, jamiyatimizning barcha jabhalarida 

kompyuter ilmi va amaliyoti keng quloch yoydi. 

O‘zbek tili Davlat tili maqomida jamiyatimiz hayotida keng qo‘llanilmoqda. 

Kundan  kunga  rivojlanayotgan  zamonaviy  axborot  va  kommunikatsiya 

texnologiyalari  sohasiga  oid  kengayib  borayotgan  so‘z  boyligining  o‘zbek  tilidagi 

izohiga  katta  ehtiyoj  mavjuddir.  Ushbu  munosabat  bilan  o‘zbek  tilida  lotin 

alifbosida  AKT  sohasidagi  tushunchalarni  ta’riflab  beruvchi  izohli  lug‘at 

tayyorlashga qaror qilindi. 

Qo‘lingizdagi 

“AKT 

izohli 


lug‘ati” 

axborot 


va 

kommunikatsiya 

texnologiyalariga  oid  3000  dan  ortiq  atama  va  tushunchalar  uchun  ta’rif  va 

izohlarni  hamda  ushbu  sohada  ishlatiladigan  juda  ko‘p  qo‘shimcha ma’lumotlarni 

ilovalar  shaklida  o‘zida  mujassamlashtirgan.  Undan  axborotlashtirish  sohasida 

ishlayotgan muhandisu-texnik, menejer va dasturlovchilardan tortib oddiy o‘quvchi, 

talaba va keng jamoatchilik vakillari foydalanishlari mumkin. 

Lug‘atni  tuzishda  boy  o‘zbek  tili  imkoniyatlaridan  iloji  boricha 

foydalanishga harakat qilindi, biroq u mutlaq mukammallikka da’vo qilolmaydi. Bu 

faqatgina  birinchi  urinish  xolos.  Shu  munosabat  bilan  lug‘atni  takomillashtirishga 

qaratilgan  fikr  va  mulohazalar  mamnuniyat  bilan  qabul  qilinadi  va  ularni  keyingi 

nashrlarimizda albatta inobatga olamiz deb umid qilamiz. 

 

Mualliflar jamoasi nomidan, 



 

 

 



Abdulla Aripov 

Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya 

texnologiyalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha 

Muvofiqlashtiruvchi Kengash raisi 

 



LUG‘ATNING TUZILISHI VA UNDAN FOYDALANISH TARTIBI



 

 

Mazkur  Lug‘atda  zamonaviy  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalari  (AKT) 

sohasida  keng  iste’molda  bo‘lgan  atama,  tushuncha  va  ingliz  tilida  berilgan 

qisqartma  so‘zlarning  ko‘pchiligi  hamda  ularga  oid  ta’rif  va  izohlar  maqolalar 

tarzida aks etgan. 

 

Lug‘atning  asosiy  qismida  maqolalar  lotincha  o‘zbek  alifbosi  tartibida 



joylashtirilgan.  Atamalar  quyuq  shriftdakeltirilgan.  Harbir  o‘zbek  tilida  berilgan 

atama uchun u bilan ingliz va rus tillarida bir hil ahamiyatga ega bo‘lgan atamalar 

og‘ma (kursiv) shriftda keltirilgan.  

 

Lug‘atning  Ilovalar  qismida  inglizcha  va  ruscha  atamalarga  mos  o‘zbekcha 



atamalarni  topishni  osonlashtirish  uchun  Inglizcha–O‘zbekcha–Ruscha  va 

Ruscha–O‘zbekcha–Inglizcha  lug‘atlar  keltirilgan.  Shu  bilan  birga  Domenlar, 

Standartlarni  belgilovchi  tashkilotlar,  Jahon  AKT  kompaniyalari,  Milliy  AKT 

kompaniyalari,  Jahon  AKT  nashrlari,  MDH  AKT  nashrlari,  Milliy  Veb  sahifalar, 

Pochta va chat shevasi, His–tuyg‘u alomatlari ham keltirilgan. 

 

Lug‘atga u bilan aynan mazmunga ega bo‘lgan CD-ROM va Internet veb-sahifasi  



ishlab chiqilgan. 

 

Keyingi  betda  Lug‘atning  asosiy  qismi  namunasi  keltirilib,  unda  maqola 



elementlari ko‘rsatilgan. 

 


 

 



 

 

 



 

 

 



 

асосий

 

маълумотлар

 

массиви

 

rus: базовый массив данных 

ingl: basic data array 

Машина  ўқий  оладиган  ташувчилардаги 

ахборот. У маълумотлар банкининг асоси бўлиб 

маълумотларни  таърифлашнинг  ягона  тили 

талабларига  мувофиқ  ташкил  этилади.  У 

маълумотлар 

банкининг 

асоси 


бўлиб 

маълумотларни  таърифлашнинг  ягона  тили 

талабларига мувофиқ ташкил этилади. 

 

алоқа



 

канали

 

rus: канал связи 

ingl: communication channel 

= маълумотлар узатиш канали. 



 

ATM 

akr: Asynchronous Transfer Mode 

ATM баённомаси, узатишнинг асинхрон 

режими. Юқори тезликда маълумотларни 

узатувчи тармоқларни қуриш технологияси, 

ITU стандарти. Маълумотлар қайдланган 

узунликдаги (53 байт) пакетларга 

("уяларга") ўзгартирилади, бу эса уларни 

юқори тезлик билан узиб-улаш имконини 

беради. 

 

ахборот

 

баланси

 

rus: баланс информационный 

ingl: information balance 

Ахборотнинг  миқдор  ва  сифат  турларининг 

муайян  муносабати.  У  ахборот  маконининг 

уйғунлик ҳолатини белгилайди (qonun.)

 

abonent 

ingl.: subscriber 

rus.: абонент 

Xizmat  ko‘rsatuvchi  axborot  obyekti  (tizim, 

tarmoq, majmua) bilan o‘zaro ishlash huquqiga 

ega qurilma, yuridik yoki jismoniy shaxs. 

Abonentning  har  qanday  foydalanuvchidan 

farqi  shundaki,  u  xizmat  ko‘rsatuvchi  axborot 

obyekti  foydalanuvchilari  ro‘yxatiga  kiritilgan 

bo‘ladi.


 

 

abonentlarni ro‘yxatga kiritish 



ingl.: subscriber logging 

rus.: регистрация абонентов 

qarang: ro‘yxatga kiritish 

 

ACE 

qisq.: Access Control Entry 

Erkin 


foydalanishni 

boshqarish 

yozuvi 

(ro‘yxatdan 



erkin 

foydalanish 

nuqtasi). 

Windows  NT  va  Windows  2000  xavfsizlik 

tizimida erkin foydalanishni boshqarish (ACL) 

ro‘yxatining elementi.

 

  

axborot resursi 



ingl.: information resource 

rus.: информационный ресурс 

1. 


Axborot 

tizimi 


tarkibidagi 

elektron 

shakldagi 

axborot, 

ma’lumotlar 

banki, 


ma’lumotlar bazasi. (qonun) 

2.  Alohida  hujjatlar  va  hujjatlar  massivlari, 

axborot 

tizimlaridagi 

(kutubxona, 

arxiv, 


jamg‘arma  va  ma’lumotlar  banklari,  boshqa 

axborot  tizimlari) 

hujjatlar 

va 


hujjatlar 

massivlari. 

3.  Axborot  tizimlaridagi  (kutubxona,  arxiv, 

jamg‘arma  va  ma’lumotlar  banklari  hamda 

depozitariy,  muzey  va  boshqalar)  hujjatlar  va 

hujjatlar massivlari. 

 

 

 



Asosiy atamalar shunday aks 

etgan. 


 

Asosiy atamalar bilan bir hil 

ahamiyatga ega bo‘lgan ruscha va 

inglizcha atamalar shunday aks 

etgan. 

 

Atama ta’rifi yoki izohi shunday 



aks etgan. 

 

Lug‘atda biror atama ta’rifi 



bo‘yicha uning o‘rniga boshqa 

atama ishlatilishi mumkin bo‘lgan 

holda shunday aks etgan. 

 

 



Qisqartmalar shunday aks etgan. 

Bundan keyin qisqartmaning 

ma’nosi berilgan. 

 

 



 

Ko‘pgina atamalar birnecha izohga 

ega. Ko‘proq foydalaniladigan 

izohlar birinchi o‘rinda keltirilgan.  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

O‘zbekiston Respublikasi 

Qonunlarida keltirilgan 

moddalarga tegishli ta’riflarga 

havolalar shunday aks etgan.

 

 



 



 



O‘ZBEK ALIFBOSI

 

 



 

Aa 



Qq 

qe 

Bb 

be 


Rr 

er 


Dd 

de 


Ss 

es 


Ee 



Tt 

te 

Ff 

Ef 


Uu 



Gg 

ge 

Vv 

ve 


Hh 

he 


Xx 

xe 


Ii 



Yy 

ye 

Jj 

je 


Zz 

ze 


Kk 

ke 


O‘o‘ 

o‘ 


Ll 

el 


G‘g‘ 

g‘e 


Mm 

em 


Sh sh 

she 


Nn 

en 


Ch ch 

che 


Oo 



Ng ng 

nge 

Pp 

pe 


’ 

tutuq belgisi 

 

 

O‘zbek alifbosiga kirmagan lug‘atda ishlatilgan lotin harflari: 



 

Cc 

 

Ww 

 


 



#



 

 

10 Mbps

 

10  Megabit  soniyaga.  Ethernet  tarmog‘ida 



uzatish tezligi. 

 

100 Mbps 

100  Megabit  soniyaga.  Fast  Ethernet  va  FDDI 

tarmoqlarida uzatish tezligi. 

 

100Base-FX 

Optik  kabel  asosli  uzatish  tezligi  100  Megabit 

soniyaga  bo‘lgan  Ethernet  tarmoqlari  uchun 

IEEE 802.3us spetsifikatsiyasi. 



 

100Base-T 

Burama 


juft 

(«o‘rama 

juft») 

asosidagi 



ekranlanmagan kabel asosida uzatish tezligi 100 

Megabit/soniya  bo‘lgan  Ethernet  tarmoqlari 

uchun IEEE 802.3us spetsifikatsiyasi. 

 

10Base-2 

IEEE  802.3  Ethernet  standartini  ingichka 

koaksal  kabeldan  foydalanib  amalga  oshirish. 

Shuningdek Thinnet deb ham ataladi. 



 

10Base-5 

IEEE  802.3  Ethernet  standartini  yo‘g‘on 

koaksal  kabeldan  foydalanib  amalga  oshirish. 

Shuningdek Thicknet deb ham ataladi. 



 

10Base-F 

IEEE  802.3  Ethernet  standartini  optik  kabeldan 

foydalanib amalga oshirish. 

 

10Base-T

 

Burama 



juft 

(«o‘rama 

juft») 

asosidagi 



ekranlanmagan kabel asosida uzatish tezligi 100 

Megabit/soniya  bo‘lgan  Ethernet  tarmoqlari 

uchun  IEEE  802.3us  spetsifikatsiyasi.  Kabel, 

UTP  3,  toifasi  5,  ekranlanmagan  o‘rama  juft 

asosida  bajarilgan,  topologiyasi  markazida  xab 

(Hub)  joylashgan  –  yulduz.  Shinaga  nisbatan 

ustunliklari: 

-  har  bir  bog‘lamaga  faqat  birgina  egiluvchan 

kabel ulanadi; 

- bir nurdagi kabelni jarohatlanishi faqat birgina 

bog‘lamadagi  ulanishlarni  ishdan  chiqishiga 

olib keladi; 

tarmoqda 



paketlarni 

ruxsat 


etilmagan 

«eshitish» qiyinlashtiradi. 

Hozirda  yangi  tarmoqlarning  ko‘pchiligi  shu 

asosda yaratilmoqda. 



 

1GL

 

qisq.: First Generation Language 



qarang: birinchi avlod tili 

 

2GL 

qisq.: Second Generation Language 

qarang: ikkinchi avlod tili 

 

3COM korporatsiyasi

 

ingl.: 3COM corporation 

rus.: корпорация 3COM 

Axborot  tarmoqlari  uchun  jihozlarni  ishlab 

chiqarishga  ixtisoslashgan  dunyodagi  eng  katta 

kompaniyalardan  biri.  Kompaniya  nomi  uchta 

atamadan 

tashkil 


topgan 

– 

COMputer, 



COMmunication, 

and 


COMpatibility 

(kompyuter,  kommunikatsiyalar,  uyg‘unlik). 

Kompaniya AQSHda 1979 yili Robert Metcalfe, 

Ethernet 

ixtirochilaridan 

biri 


tomonidan 

yaratilgan.  3COM  keng  ko‘lamda  mahsulotlar 

taklif  etadi,  jumladan  xablar,  uzib-ulagichlar, 

yo‘naltirgichlar, modemlar. 



 

3D 

qisq.: Three-Dimensional Graphics 

qarang: uch o‘lchamli grafika 

 

3GL 

qisq.: Third Generation Language 

qarang: uchinchi avlod tili 

 

403 - xatolik 

ingl.: 403 ERROR 

rus.: ошибка 403 

Ba’zan,  saytda  sahifani  so‘raganingizda,  uning 

o‘rniga  xatolik  to‘g‘risida  xabarni  olasiz.  403  - 

xatolik, 

so‘ralayotgan 

sahifadan 

erkin 

foydalanish  ta’qiqlanganini  bildiradi.  Bu  holat, 



saytning  egasi  ba’zi  mulohazalariga  ko‘ra, 

foydalanuvchilardan  axborotning  bir  qismini 

yashirishga qaror qilganda ham yuz beradi. 

 

404 - xatolik 

ingl.: 404 ERROR 

rus.: ошибка 404 

404 - xatolik 

 


 

10 


Ba’zan,  saytda  sahifani  so‘raganingizda,  uning 

o‘rniga  xatolik  to‘g‘risida  xabarni  olasiz.  404  - 

xatolik  siz  so‘ragan  URLga,  saytning  birorta 

ham  sahifasi  mos  kelmaganini  anglatadi. 

Buning  ikkita  sababini  keltirish  mumkin: 

murojaat  noto‘g‘ri  yoki  avval  mavjud  bo‘lgan 

sahifa endi yo‘q. 

 

4GL 

qisq.: Fourth-Generation Language 

qarang: to‘rtinchi avlod tili 

 

5GL 

qisq.: Fifth-Generation Language 

qarang: beshinchi avlod tili 

 

4GL 


 

 

11 


Aa

 

 

ABI 

qisq.: Application Binary Interface 

Qo‘llanmalarning  binar  interfeysi.  Operatsion 

tizimning  resurslaridan  qo‘llanmalarning  erkin 

foydalanish usulini aniqlaydigan spetsifikatsiya. 

To‘la o‘girishdan o‘tkazilgan qo‘llanmalarni bir 

xil  ABI  lik  tizimlar  orasida  ko‘chuvchanligini 

ta’minlaydi. 

 

abonent 

ingl.: subscriber 

rus.: абонент 

Xizmat  ko‘rsatuvchi  axborot  obyekti  (tizim, 

tarmoq,  majmua)  bilan  o‘zaro ishlash  huquqiga 

ega qurilma, yuridik yoki jismoniy shaxs. 

Abonentning  har  qanday  foydalanuvchidan 

farqi  shundaki,  u  xizmat  ko‘rsatuvchi  axborot 

obyekti  foydalanuvchilari  ro‘yxatiga  kiritilgan 

bo‘ladi. 



 

abonentlarni ro‘yxatga kiritish 

ingl.: subscriber logging 

rus.: регистрация абонентов 

qarang: ro‘yxatga kiritish 

 

AC 

qisq.: Alternating Current 

O‘zgaruvchan tok. 



 

AC-3 

(shuningdek  Dolby  Digital  ham)  AC-3  formati. 

Dolby  Laboratories  tomonidan  ishlab  chiqilgan 

raqamli oqim formati. Beshta asosiy va bir past 

chastotali  tovush  kanallari  haqidagi  axborotni 

o‘z ichiga oladi. 



 

ACE 

qisq.: Access Control Entry 

Erkin 


foydalanishni 

boshqarish 

yozuvi 

(ro‘yxatdan 



erkin 

foydalanish 

nuqtasi). 

Windows  NT  va  Windows  2000  xavfsizlik 

tizimida  erkin  foydalanishni  boshqarish  (ACL) 

ro‘yxatining elementi. 



 

ACID 

qisq.: Atomicity, Consistency, Isolation, Durability 

Atomarlik, 

ziddiyatsizlik, 

yakkalanganlik, 

mustahkamlik. 

Bular 


tranzaksiyaga 

xos 


xususiyatlardir. 

Atomarlik 

(atomicity) 

xususiyati,  tranzaksiyaga  kirayotgan  amallar 

bo‘linmas ish birligidek namoyon bo‘ladi, ya’ni, 

yo  barcha  amallar  muvaffaqiyatli  yakunlanadi, 

yo  bekor  qilinadi.  Bu  tizim  ziddiyatsizligini 

(consistency)  kafolatlash  imkonini  beradi: 

tashqi  kuzatuvchi  nuqtai  nazaridan  tizim, 

tranzaksiya  boshlanishidan  oldin  ham,  u 

yakunlanganidan  keyin  ham  ziddiyatsizlik 

holatida  bo‘ladi.  Yakkalanganlik  (isolation) 

xususiyati 

ziddiyatsizlikni 

tranzaksiya 

davomiga  ham  tegishli  qiladi,  ya’ni,  bajarish 

davomida 

bir 


tranzaksiya 

boshqa 


yakunlanmagan 

tranzaksiyalar 

qilgan 

o‘zgarishlarni 



«ko‘rmaydi». 

Mustahkamlik 

(durability)  bajarib  bo‘lingan  tranzaksiyalar 

o‘zgarishlarini,  pastki  pog‘onalardagi  to‘xtab 

qolishlardan  qat’iy  nazar,  hoh  bexosdan  qayta 

yuklanish,  hoh  qurilmalarni  buzilishi  bo‘lsin, 

saqlanishini bildiradi, 

 

ACK 

qisq.: ACKnowledgement 

Tasdiqlash. Ma’lumotlarni muvaffaqiyatli qabul 

qilinganligini tasdiqlovchi signal. 

 

ACL 

qisq.: Access Control List 

Erkin 


foydalanishni 

boshqarish 

ro‘yxati. 

Windows  NT  va  Windows  2000  xavfsizlik 

tizimida,  ACLfoydalanuvchilar  va  ularning 

guruhlarining  obyektdan  (faylga  yoki  boshqa 

resurslardan)  erkin  foydalanish  huquqlarini 

aniqlaydi,  hamda  hodisalar  auditini  belgilaydi. 

U ACE ro‘yxatidan iboratdir. 


Download 9.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling