Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati
Download 9.86 Mb. Pdf ko'rish
|
axborot infratuzilmasi standartlari hay’ati ingl.: Information Infrastructure Standards Panel (IISP) rus.: комиссия стандартов информационной инфраструктуры Vazifasi axborot tuzilmasiga doir standartlarni ishlab chiqish bo‘lgan hay’at. IISP 1994 yilda AQSH da ishlab chiqarish korporatsiyalarining, assotsiatsiyalarning va kosorsiumlarning, davlat tashkilotlarining, muassasalarining standartlar ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan 80 ta
axborot infratuzilmasi... 30
vakili bo‘lmish yuridik shahslar ishtirokida tuzilgan. IISP da ko‘rib chiqiladigan standartlar uch sohani qamrab oladi:
- ma’lumotlar xavfsizligi; - axborot tarmoqlarida mualliflik huquqini muhofazalash; - tarmoqlarni, shu jumladan, turli turkumdagi o‘zaro harakatlarini tashkil qilish.
1. Axborotning asbobiy asosi, uni uzatish va saqlash usullari hamda xalqning faol qismi uchun erkin foydalanish mumkin bo‘lgan axborot hajmining keskin o‘zgarishi. 2. XX asrning oxirgi choragida yuz bergan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jamiyat hayotining barcha sohalariga ko‘rsatgan inqilobiy ta’sirni ifodalovchi istiora. Ushbu hodisa axborot sohasidagi undan avvalgi inqilobiy ixtirolar (kitoblarni bosish, telefoniya, radio aloqasi, shaxsiy kompyuter) ta’sirlarini birlashtiradi, chunki axborotni uzatishda xohlagan masofalarni o‘tish va shu tufayli insoniyatning aqliy qobiliyatlari va ma’naviy kuchlarining birlashishi uchun texnologik asos yaratadi.
Global
axborotlashtirish jarayonining rivojlanishi tufayli
paydo bo‘lgan
iqtisodiyotning yangi sektori. O‘z ichiga axborotlashtirish vositalarini hamda axborot mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqarish va axborot bozorini oladi. axborot iste’molchisi ingl.: information consumer rus.: потребитель информации O‘z ehtiyojlarini qondirish (bilimlarni oshirish, ta’lim olish, qarorlarni qabul qilish va h.k.) maqsadida axborotga muhtoj, uni izlovchi va oluvchi shaxs yoki shaxslar.
Axborot massivida oldindan belgilangan izlash sharti (so‘rovi) talabini qondiruvchi yozuvlar borligini aniqlash jarayoni va agar ular mavjud bo‘lsa bunday yozuvlar joylashishini aniqlash jarayoni. axborot izlash tizimi ingl.: information retrieval system rus.: информационно-поисковая система Ma’lumotlar bazasi va jami axborot resurslarida axborot izlash uchun mo‘ljallangan tizim.
Axborotning to‘g‘ri qabul qilinish xususiyati. U quyidagilar yordamida ta’minlanadi: uzatilayotgan xabarlarda voqealar ro‘y berish vaqtining belgilanishi; turli manbalardan olingan ma’lumotlarning puxta o‘rganilishi va taqqoslanishi; soxta informatsiyaning vaqtida fosh etilishi; buzilgan axborotning o‘chirilishi va h.k.
axborot jamiyati ingl.: information society, information oriented society rus.: информационное общество 1. Zamonaviy sivilizatsiya taraqqiyoti bosqichi. U jamiyat hayotida axborot va bilimlar roli o‘sishi, axborot kommunikatsi, axborot mahsuloti va xizmatlarining yalpi
ichki mahsulot (YAIM) dagi
ulushi ortishi, insonlarning samarali axboriy aloqada o‘zaro ishlashini ta’minlovchi global
axborot makonining yaratilishi, ularning jahon axborot resurslaridan foydalanishi hamda axborot
mahsulotlari va xizmatlariga bo‘lgan ijtimoiy hamda
shaxsiy ehtiyojlarini qondirishni ta’minlash darajasi bilan tavsiflanadi. 2. Bilimlar asosiy ishlab chiqarish mahsuloti bo‘lgan jamiyat. Axborot jamiyatining farqli xususiyatlari: kerakli axborotdan jamiyatning barcha a’zolari uchun erkin foydalanishi osonligi, jamiyatning o‘z faoliyati uchun zarur bo‘lgan butun axborotni ishlab chiqarish hamda jamiyatning barcha a’zolarini ushbu axborotdan erkin foydalanish vositalari bilan ta’minlash qobiliyati. 3. Axborotni ishlab chiqarish va iste’mol qilish eng asosiy faoliyat turi bo‘lgan, axborot esa eng ahamiyatli resurs sifatida tan olingan jamiyat. Bu yangi
jamiyatda axborot
va telekommunikatsiya texnologiyalari va
axborot inqilobi
31
texnikasi asosiy texnologiyalar va texnika hisoblanadi, axborot muhiti esa ijtimoiy va ekologik muhitlar bilan birga insonning yangi yashash muhitiga aylanadi. axborot jamiyatida yashashga tayyorlik ingl.: e-readiness rus.: готовность к жизни в информационном обществе Quyidagi muhim ko‘rsatkichlar bilan baholanadigan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi: axborot-kommunikatsiya infratuzilmasining rivojlanishi, elektron iqtisod, masofaviy ta’lim, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) davlat boshqaruvida foydalanish va AKT sohasida davlat siyosati. axborot jamiyatining rivojlanish ko‘rsatkichlari ingl.: information society development indicators rus.: индикаторы развития информационного общества Axborot jamiyatining axboriy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalar
bo‘yicha rivojlanishini belgilovchi ko‘rsatkichlar ro‘yxati. Har bir mamlakatda axborot jamiyati rivojlanishi darajasini miqdoriy baholash uchun yillik «axborot jamiyati indeksi» (AJI)
ishlab chiqilgan. Ushbu indeks quyidagi to‘rtta guruhga bo‘lingan 23 ko‘rsatkichga asoslanadi: - kompyuter infratuzilmasi (7 ko‘rsatkich – muayyan mamlakatda odam boshiga shaxsiy kompyuterlar soni, bitta
oilaga uy
kompyuterlarining soni va h.k.); - axborot infratuzilmasi (7 ko‘rsatkich – bitta oilaga to‘g‘ri kelgan telefon liniyalarining soni, odam boshiga televizorlar, fakslar, uyali telefonlar soni,
kabel televideniyesi abonentlarining soni va h.k.); - Internet infratuzilmasi (4 ko‘rsatkich – Internetdan maishiy, biznes va
ta’lim maqsadlarida foydalanuvchilar soni, elektron savdo ko‘lami); - ijtimoiy infratuzilma (5 ko‘rsatkich – o‘rta maktab va oliy o‘quv yurtlari o‘quvchilari soni, matbuot o‘quvchilari soni, matbuot erkinligi, fuqarolik huquqlarining ta’minlanishi).
1. Axborotni yaratish, yig‘ish, ishlov berish, to‘plash, saqlash, izlash, tarqatish va iste’mol qilish jarayonlari. 2. Hujjatlashtirilgan axborotni foydalanuvchi uchun yig‘ish, ishlov berish, to‘plash, saqlash, dolzarblashtirish va taqdim etish jarayonlari. 3. Axborotni yaratish, yig‘ish, saqlash, ishlov berish, aks ettirish, uzatish, tarqatish va foydalanish jarayonlari. axborot jinoyati ingl.: information criminal rus.: информационный криминал G‘arazli yoki bezorilik maqsadlarida amalga oshiriladigan, axborot tizim va tarmoqlarida axborotni o‘g‘irlash yoki buzishga qaratilgan atayin qilingan jinoyatkorona harakatlar.
Qonunda ko‘zda tutilgan shaxs, tashkilotlar yoki davlat huquqlarini buzuvchi qonunga zid harakatlar. Bunda jamiyatning axborot sohasidagi qonunga zid o‘laroq, shaxs, tashkilot va davlatga ma’naviy yoki moddiy zarar yetkazishi nazarda tutilgan. axborot mahfiyligi ingl.: confidentiality of information rus.: конфиденциальность информации 1. Axborot va uning tashuvchisining holati. Bunda axborot bilan ruxsatsiz tanishishni yoki uni
ruxsatsiz hujjatlashtirishni (nusxa ko‘chirishni) oldini olish ta’minlangan 2. Axborot
uchun subyektiv ravishda aniqlanadigan (qo‘shib yoziladigan tavsifnoma (xossa). Bu axborotdan erkin foydalanish huquqiga ega bo‘lgan subyektlar davrasiga cheklovlar kiritish zaruratini ko‘rsatadi. Tizim (muhit)
mazkur axborotni undan erkin
foydalanish huquqiga egalik vakolatlari bo‘lmagan subyektlardan sir saqlash qobiliyati bilan ta’minlangan bo‘lishi shart. Mahfiylik ikki yo‘l bilan ta’minlanadi. Birinchisi, axborot bilan
ishlash huquqiga ega bo‘lgan
foydalanuvchilar davrasini cheklash. Ikkinchisi, axborotni shifrlash, ya’ni uni shunday shaklda ifodalanadiki, o‘qilgan axborotning mazmunini faqat
shifrlash kalitiga ega bo‘lgan
foydalanuvchilar tushuna oladilar. A axborot mahfiyligi
32
axborot mahsuloti ingl.: information output, information goods rus.: информационная продукция, информационный товар 1. Axborot jarayonlarning moddiylashtirilgan natijasi. U davlat hokimiyati organlari, yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish uchun mo‘ljallangan. 2. Bu:
- ayirboshlash yoki sotish uchun yaratilgan axborot mahsuloti; - sotuv predmeti sifatidagi axborot xizmati; - axborot faoliyatini ta’minlovchi mahsulot (sotish uchun ishlab chiqarilgan axborot vositalari va texnikasi). axborot mahsulotlari ingl.: information products rus.: информационные продукты 1. Hujjatlashtirilgan axborot. U foydalanuvchilar ehtiyojlariga muvofiq
tayyorlanib, ushbu ehtiyojlarni qondirish uchun mo‘ljallanadi yoki foydalaniladi 2. Mahsulot shaklida taqdim etilgan barcha turdagi axborot resurslari, dasturiy mahsulotlar, ma’lumotlar bazalari va banklari hamda boshqa axborot. 3. Ishlab chiqaruvchi tomonidan mahsulot yoki xizmat sifatida moddiy yoki elektron shaklda keyinchalik tarqatilishi uchun tayyorlangan jami ma’lumotlar. 4. Ma’lum shaxsning faoliyati natijasi bo‘lmish axborot. Axborot mahsuloti o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
- axborot (ma’lumotlar, bilimlar); - axborot tashuvchilari; - axborot vositalari va texnikasi; - axborot faoliyatini ta’minlovchi mahsulotlar. axborot makoni ingl.: information space rus.: информационное пространство 1. Elektron tarmoqlardan foydalangan holda paydo bo‘luvchi birlashgan elektron axborot makoni.
2. Axborot kommunikatsiyalari dunyoning zamonaviy ijtimoiy hayotida yetakchi rol o‘ynaydigan sohalari. Ushbu ma’noda axborot makoni
tushunchasi axborot
muhiti tushunchasiga yaqinlashadi. 3. Axborot oqimlari uchun aylanish makoni.
Axborot yuzaga kelishini identifikatsiyalovchi obyekt. Foydalanuvchi erkin olishi mumkin bo‘lgan va odatda ba’zi muammoli aniqlikka ega bo‘lgan u yoki bu axborot resurslari sinfi subto‘plamining yagona elementi.
Ma’lum obyekt yoki hodisa to‘g‘risida jami elementlar, tomonlar, ular o‘rtasidagi aloqa va munosabatlarni belgilovchi aniq ma’lumotlar. axborot miqdorining birligi ingl.: unit of information quantity rus.: единица количества информации Ikkilik sanoq tizimida, axborotning eng kichik birligi bo‘lib bit hisoblanadi. Bir bit bu bita «1» yoki bita «0» degani, signal impulsi borligi yo yo‘qligi bilan aks etadi. Bitlarning butun deb qaraladigan tutash ketma-ketligi bayt deb ataladi. Ko‘pincha, bayt sakkiz bitga teng deb qabul qilinadi. axborot muhiti ingl.: information environment rus.: информационная среда Kompyuterda saqlanuvchi, biroq axborot tizimi sifatida shakllantirilmagan, ma’lum predmet sohasiga tegishli va bitta yoki bir necha foydalanuvchi tomonidan ishlatiladigan jami bilimlar, faktlar va ma’lumotlar. axborot muhofazalashning qonunchilik vositalari ingl.: legal protection means rus.: законодательные средства защиты информации Mamlakatning erkin foydalanish cheklangan axborotga ishlov berish va uzatishni, ishlatishni tartibga soluvchi qoidalar hamda ularni
buzganlik uchun
javobgarlik darajasini o‘rnatadigan qonunchilik hujjatlari.
axborot mahsuloti
33
Ma’lumotlarga ishlov berish tizimini faoliyatini, uning
resurslarini ishlatishni, xodimlarni faoliyatini, hamda unda aylanib yurgan axborot xavfsizligiga tahdidni yuqori darajada qiyinlashtirish yoki
amalga oshirish imkoniyatini yo‘qqachiqarishga sharoit tug‘diradigan, foydalanuvchi bilan
tizim orasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi choralar.
Axborot muhofazasi samaradorligini nazorat qilish uchun mo‘ljallangan yoki qo‘llaniladigan texnikaviy, dasturiy vosita, modda va (yoki) biror narsa.
Axborot muhofazasi sohasidagi davlat siyosati quyidagi asosiy yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi: - axborot muhofazasi sohasida faoliyatni davlat tomonidan boshqarish mexanizmlarini yaratish; - axborot muhofazasi sohasidagi qonunchilikni rivojlantirish; - davlat axborot resurslarini muhofazalash; -axborot muhofazasi sohasida zamonaviy texnologiyalar va
xizmatlar bozorini rivojlantirish uchun sharoit yaratish; - davlat va jamiyat faoliyati uchun o‘ta muhim bo‘lgan avtomatlashtirilgan axborot tizimlari muhofazasini tashkil qilish; - axborot muhofazasiga tegishli bo‘lgan dastur va loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va amalga oshirish.
Axborot muhofazasi sohasida ishlash huquqini beruvchi ruxsatnoma.U litsenziya bitimi
(shartnomasi) asosida shakllantiriladi. axborot muhofazasi sohasidagi litsenziyalash ingl.: licensing in information protection sphere rus.: лицензирование в области защиты информации Litsenziya bitimi (shartnomasi) bilan tasdiqlangan, axborot muhofazasi sohasidagi ishlarni amalga oshirish huquqlarini berish yoki olish bilan bog‘liq faoliyat. axborot muhofazasi tamoyillari ingl.: concept of information protection rus.: концепция защиты информации Axborot muhofazasi muammolariga axborotga avtomatlashtirilgan ishlov berish
tizimida umumiy qarashlar va uni yechish yo‘llarini belgilaydigan hujjat. Bunda yig‘ilgan tajribani hisobga
olgan holda
uning zamonaviy rivojlanishi tendensiyalari bayon qilingan. U tashkilot xavfsizligi tamoyillarining tarkibiy qismidir.
Axborotni muhofazalash bo‘yicha harakatlar oqibatida erishilgan natijalarni axborot
muhofazasi maqsadiga mos kelishi darajasi. axborot muhofazasini ta’minlash tamoyillari ingl.: information security ensuring principles rus.: принципы обеспечения информационной безопасности - Shaxs, jamiyat va davlat manfaatlariga rioya qilish; - Qonuniylik; - Axborot xavfsizligining barcha subyektlari harakatlarining kelishilganligi; - Axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha choralarning bir yaxlitligi; - Axborot xavfsizligi subyektlarining axborot sohasidagi qonunbuzarliklar uchun javobgarligi; - Xalqaro axborot xavfsizligi tizimlari bilan birlashish; - Qo‘riqlanayotgan axborotning muhofaza qilinganligi; - Axborot xavfsizligini ta’minlash choralarining axborot
sohasidagi noqonuniy harakatlar (harkatsizlik) tufayli yetkazilishi mumkin bo‘lgan zarar ko‘lamiga muvofiqligi. axborot muhofazasining dasturiy vositasi ingl.: information protection software tools rus.: программное средство защиты информации A axborot muhofazasining... 34
Dasturiy ta’minot tarkibiga kiruvchi va axborot muhofazasi uchun mo‘ljallangan maxsus dastur. axborot muhofazasining huquqiy shakli ingl.: legal form of information protection rus.: правовая форма защиты информации Informatika, axborot munosabatlari va axborot muhofazasi sohasidagi mamlakat konstitutsiyasi va qonunlari moddalari, fuqarolik va jinoyat kodekslari bandlari va boshqa me’yoriy- huquqiy
hujjatlarga asoslangan axborot muhofazasi. Axborot muhofazasining huquqiy shakli axborot munosabatlari subyektlarining huquq va majburiyatlari, axborot muhofazasi organlari, texnik vositalari va usullarining huquqiy holatini tartibga soladi va axborot muhofazasi sohasida odob-ahloq me’yorlarni yaratishning asosidir. Download 9.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling