Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati
axborot muhofazasining sug‘urta shakli
Download 9.86 Mb. Pdf ko'rish
|
axborot muhofazasining sug‘urta shakli ingl.: insurance form of information protection rus.: страховая форма защиты информации Sug‘urta jamiyatlari tomonidan axborot munosabatlari subyektlariga axborotning sizishi (maxfiysizlashtirilishi), uning
o‘zgartirilishi yoki jismoniy yo‘q qilinishi holatida moddiy zararni to‘ldirish bo‘yicha kafolatlar berishga asoslangan axborot muhofazasi. Axborot muhofazasining sug‘urta shakli moddiy mulk sug‘urtasi bilan bir xil bo‘lib, iqtisodiyotning xususiy sohasida katta muvaffaqiyat bilan qo‘llanilishi mumkin.
1. Axborotga egalik qilish, undan foydalanish, tasarruf etish vakolatlarini qonuniy aktlarga muvofiq tarzda to‘la amalga oshiruvchi subyekt. 2. Axborot resursiga egalik qilish, tasarruf etish va foydalanishning yuridik huquqiga ega bo‘lgan axborot
munosabatlari subyekti. Axborot resursiga egalik qilish, tasarruf etish va foydalanishning yuridik huquqiga ushbu axborot resursini meros qilib olgan shaxslar egadir. Kashfiyot, ixtiro, ilmiy-texnikaviy ishlanmalar, ratsionalizatorlikka oid takliflar va h.k. mualliflari o‘zlari manbai
bo‘lgan axborotga egalik qilish, tasarruf etish va foydalanishning yuridik huquqiga ega.
Axborot
munosabatlari subyektlarining muhofazalanganligi. Bunda axborotga va/yoki uni qayta ishlash va uzatish vositalariga ta’sir qilish yo‘li bilan yetkaziladigan moddiy, ma’naviy va o‘zgacha zarardan muhofazalanganlik tushuniladi. axborot obyekti ingl.: information object rus.: информационный объект Xohlagan kompyuter yoki telekommunikatsiya tizimi, axborotga ishlov berish uchun bitta yoki jami apparatli va (yoki) texnika vositalari, axborotga ishlov berish va (yoki) uzatish tizimi yoki
vositalari o‘rnatilgan yoki maxfiy
muzokaralar o‘tkazilayotgan xona. axborot obyektlarinining muhofaza qilinganligini shahodatlash tizimi ingl.: information security certification system rus.: система аттестации информационных объектов на защищенность Axborot
obyektlarinining muhofaza qilinganligini shahodatlash ulardan foydalanish sharoitlarining ishlov berilayotgan axborotning huquqiy maromiga muvofiqligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Davlat mulki bo‘lmish maxfiy axborotga ishlov beriladigan axborot obyektlarning muhofaza qilinganligini shaxodatlash ularni ishga tushirishdan oldin shartli
ravishda o‘tkaziladi. Muhofaza qilinganlikka shahodatlash tarkibi
tekshirilayotgan axborot
obyektidan foydalanayotgan tegishli davlat organi, tashkilot, muassasa rahbari tomonidan tasdiqlanayotgan hay’atlar tomonidan amalga oshiriladi va axborot muhofazasi bo‘yicha vakolatli davlat organi
bilan kelishib olinadi. Davlat
mulkchiligida bo‘lgan
axborotga ishlov
bermaydigan axborot obyektlarini shahodatlash uchun axborot muhofazasi bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan bunday faoliyat uchun litsenziya berilgan ixtisoslashtirilgan tashkilotlar jalb qilinishi mumkin.
axborot muhofazasining... 35
Axborotning (erkin) olinish xususiyati. axborot oqimi ingl.: information flow rus.: информационный поток Makon va zamonda uzaladigan axborot. axborot qadrsizlanishi ingl.: discredit of information rus.: компрометация информации Pinhoniy axborotni chiqib ketishi yoki oshkor bo‘lishi, yo mualliflashtirilmagan subyektlar tomonidan olinishi. axborot qonunchiligi ingl.: information legislation rus.: информационное законодательство 1. Axborot aylanishi va axborotni ishlab chiqarish va
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish sohasiga oid jami qonunlar, me’yoriy aktlar va boshqa huquqiy rostlash shakllari. 2. Axborot muammolariga to‘liq bag‘ishlangan qonunchilikning ba’zi sohalarini ham, butunlay maxsus me’yoriy aktlarni ham, shuningdek, qonunchilikning boshqa sohalari uchun alohida axborot-huquqiy me’yorlarni ham o‘z ichiga oluvchi yaxlit soha. axborot quroli ingl.: information weapons rus.: информационное оружие 1. Axborot infratuzilmasiga qarshi qaratilgan jami ixtisoslashtirilgan (fizikaviy, axborot, dasturiy, radioelektron) uslublar va vositalar. Ular infratuzilmaning butunlay yoki uning alohida
elementlarining vazifalari va xizmatlarining vaqtinchalik yoki tiklab bo‘lmas darajada ishdan chiqarish uchun mo‘ljallangan. 2. Axborot urushida dushmanga axborot ta’sirlarini o‘tkazishni amalga oshirish imkonini beruvchi vosita va uslublar. 3. Zarar yetkazish kuchi mamlakatning axborot sohasi obyektlari va uning qurolli kuchlarini vayron qilish,
bostirish, (muhofazasini) yengishga asoslangan maxsus qurol.
1. Axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, ma’lumotlar banki, ma’lumotlar bazasi.
2. Alohida hujjatlar va hujjatlar massivlari, axborot tizimlaridagi (kutubxona, arxiv,
jamg‘arma va ma’lumotlar banklari, boshqa axborot
tizimlari) hujjatlar va hujjatlar massivlari. 3. Axborot tizimlaridagi (kutubxona, arxiv, jamg‘arma va ma’lumotlar banklari hamda depozitariy, muzey va boshqalar) hujjatlar va hujjatlar massivlari. 4. Ma’lumotlar va bilimlar bazalari, axborot tizimlaridagi boshqa axborot massivlarini o‘z ichiga
oluvchi tashkillashtirilgan jami hujjatlashtirilgan axborot. axborot resurslarining egasi ingl.: owner of information resources rus.: владелец информационных ресурсов Qonun bilan yoki axborot resurslarining mulkdori tomonidan belgilangan huquqlar doirasida axborot resurslariga egalik qiluvchi, ulardan foydalanuvchi va ularni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs. (qonun) axborot resurslarining mulkdori ingl.: owner of information resources rus.: собственник информационных ресурсов Axborot resurslariga egalik qiluvchi, ulardan foydalanuvchi va ularni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs. (qonun) axborot sanoati ingl.: information industry rus.: информационная индустрия Eng
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (gazeta, jurnal va kitoblardan tortib kompyuter o‘yinlari va tarmoqlarning axborot to‘ldirilishi) asosida turli xil axborot mahsulot va xizmatlarini keng ko‘lamda ishlab chiqarish. U muhim farq qiluvchi ikki qismdan iborat: axborot texnikasini (mashinalar va asbob-uskunalar) ishlab chiqarish va bevosita axborotni ishlab chiqarish. axborot sifati ingl.: information quality rus.: качество информации Obyektlar va ularni o‘zaro bog‘lanishlari haqidagi muayyan
axborotni yaroqliligini ifodalovchi xossalar majmui. U foydalanuvchi u yoki bu turdagi faoliyatni amalga oshirishi, o‘z oldida turgan maqsadlarga erishishi uchun zarur. Eng umumiy parametrlar qatoriga ma’lumot A axborot sifati
36
ishonchliligi, mavridiyligi, yangiligi, qimmatliligi, foydaliligi, olish qulayliligi kiradi. axborot sohasi ingl.: information sphere rus.: информационная сфера 1. O‘z tarkibiga axborotni yaratish, to‘plash, unga ishlov berish, taqdim etish, undan foydalanish hamda ushbu
jarayonlarni ta’minlovchi infratuzilmani yaratishni oluvchi faoliyat sohasi. 2. Axborotni izlash, olish, uzatish, ishlab chiqarish va tarqatish bo‘yicha faoliyat sohasi, shuningdek, jami axborot resurslari va ularni ta’minlovchi axborot infratuzilmasi. 3. Subyektlarning axborot yaratish, o‘girish va iste’mol qilish bilan bog‘liq faoliyat sohasi. 4. Axborot to‘plash, shakllantirish, tarqatish va unga ishlov berishni amalga oshiruvchi jami axborot, axborot infratuzilmasi va subyektlar, shuningdek, ushbu jarayonda paydo bo‘luvchi ijtimoiy munosabatlarni rostlash tizimi. 5. Axborot sohasi o‘z ichiga zamonaviy jamiyatda insonlar atrofidagi inson tomonidan sun’iy ravishda yaratilgan belgilar muhitini oladi.
axborot tahdidi ingl.: information threat rus.: информационная угроза Jamiyat axborot sohasining faoliyatiga xavf tug‘dirayotgan jami omillar va omillar guruhlari.
Hujjatlarni o‘rganish va shakllanayotgan hamda foydalanilayotgan axborot hajmini aynanlash, shuningdek, hujjatlar aylanishi sxemasini va axborot aloqalari modelini ishlab chiqish.
Qonunga muvofiq tarzda axborot tarmoqlariga to‘la egalik qilish, foydalanish va tasarruf etishni amalga oshiruvchi davlat, ma’muriy- hududiy birlik, jismoniy yoki yuridik shaxs.
Aloqa kanallari bo‘yicha ma’lumotlarni uzatish va ularga ishlov berish uchun dasturli- texnikaviy vositalar majmui. axborot tashuvchisi ingl.: information carrier rus.: носитель информации Jismoniy shaxs yoki moddiy obyekt. Moddiy obyekt jumlasiga axborot ramzi, timsol, signal, texnik yechimlar va jarayonlar shaklida aks ettirilgan moddiy obyekt, shu jumladan fizik maydonlar kiradi. axborot texnikasi sohasi ingl.: information technology sphere rus.: информационная техносфера Jamiyatning asbobiy-texnologik muhiti. U jamiyatni axborotlashtirishning jami texnikaviy vositalari va ularnining ijtimoiy foydalanilishi imkoniyatlarini ta’minlovchi axborot texnologiyalaridir. axborot texnologiyalari ingl.: information technologies rus.: технологии информационные qarang: axborot texnologiyasi axborot texnologiyalari sohasida tadqiqotlar va rivojlanish bo‘yicha Yevropa strategik dasturi ingl.: European strategic program of IT research rus.: европейская стратегическая программа исследований и развития в области информационной технологии Informatikani tadqiqot qilish va rivojlantirish bo‘yicha Yevropa strategik rejasi. Axborot texnologiyalarini rivojlantirishni muhimligini hisobga olgan
holda, Yevropa
Ittifoqi tomonidan uning tuzilishi haqida qaror qilingan. ESPRIT rejasi quyidagi bosh maqsadlarni ko‘zlaydi: - Yevropa sanoatini asos soluvchi axborot texnologiyalari bilan ta’minlash; - Yevropa ilmiy va sanoat kooperatsiyasini rag‘batlantirish; - xalqaro
standartlarni tatbiq
qilishga ko‘maklashish. axborot texnologiyasi ingl.: information technology rus.: информационная технология 1. Axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish
va uni
tarqatish uchun
axborot sohasi
37
foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar. (qonun) 2. Ma’lumotlarni to‘plash, ularga ishlov berish, saqlash, uzatish va
ulardan foydalanish jarayonida hisoblash texnikasidan foydalanish yo‘llari, usullari va uslublari. 3. Hujjatlashtirilgan axborot, jumladan dasturli vositalarga ishlov berishning jami uslublari, yo‘llari, usullari va vositalari hamda ulardan foydalanishning belgilangan tartibi. 4. Inson faoliyatining turli sohalarida axborot mahsulotini ishlab chiqarishda axborot jarayonlarini amalga oshirishning jami usullari. 5. Insonlar tomonidan axborotni yig‘ish, saqlash, ishlov
berish va
tarqatish uchun
foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar va ishlab chiqarish jarayonlari. Keng ma’noda axborot texnologiyasi misoli sifatida idora cho‘tidan foydalanish va kitoblarni bosishni ko‘rsatish mumkin. Tor ma’noda «axborot texnologiyasi» atamasi axborotga ishlov berish uchun ushbu
axborotdan foydalanuvchi jarayonlarning sermehnatligini kamaytirish va ularning ishonchliligini va tezkorligini oshirish maqsadida zamonaviy elektron texnikasidan foydalanish bilan bog‘liq. axborot texnologiyasining xavfsizligi ingl.: information technology security rus.: безопасность информационной технологии Axborotni qayta ishlash
texnologik jarayonining muhofazalanganligi. axborot tizimi ingl.: information system rus.: информационная система 1. Axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda ulardan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari. (qonun) 2. Tashkiliy (jumladan, axborot jarayonlarini amalga oshiruvchi hisoblash texnikasi va aloqa vositalaridan foydalangan holda) tartibga solingan jami hujjatlar (hujjatlar massivlari) va axborot texnologiyalari. 3. Bir butunni tashkil qiluvchi tartibga solingan jami axborot texnologiyalari, obyektlar va ular orasidagi munosabatlar. Obyektlar sifatida axborot tizimi tarkibiga aniq axborot jarayonini bajarish uchun kerakli xodimlar, axborot, moddiy-texnikaviy va boshqa resurslar kirishi mumkin. 4. Tartibga solingan funksional nuqtai nazardan o‘zaro bog‘liq jami dasturiy-apparat vositalari va axborotni to‘plash, unga ishlov berish, saqlash va uzatish texnologiyalari. 5. Axborotni yig‘ish, saqlash va unga ishlov berish bilan bog‘liq bo‘lgan istalgan tizim. Shu nuqtai nazardan tizimlashtirilgan kartoteka ham, ma’lumotlar banki
ham axborot
tizimi hisoblanadi. 6. Foydalanuvchilar (inson va dasturlar) so‘rovi bo‘yicha axborotni saqlash, izlash va berish uchun mo‘ljallangan hisoblash tizimi. Odatda axborot tizimi o‘z ichiga katta va murakkab ma’lumotlar bazalari va bilimlar bazalarini olib, bir necha tashkilot foydalanuvchilarini axborot bilan ta’minlaydi.
Qonun
bilan yoki
axborot tizimlarining mulkdori tomonidan belgilangan huquqlar doirasida axborot tizimlariga egalik qiluvchi, ulardan foydalanuvchi va ularni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs. (qonun)
Axborot tizimlariga egalik qiluvchi, ulardan foydalanuvchi va ularni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs. (qonun) axborot tizimlari tillari bo‘yicha konferensiya ingl.: Conference On Data SYstem Language (CODASYL) rus.: конференция по языкам информационных систем AQSH mudofaa vazirligi tomonidan tashkil qilingan va
ma’lumotlar bilan
ishlash standartlarini ishlab chiqish
bilan shug‘ullanadigan tashkilot. 1959
yilda yaratilgan CODASYL tarkibiga, dasturlash tillarini va ma’lumotlarga ishlov berish dasturiy ta’minotini ishlab chiquvchi jamoalarning vakillari bo‘lmish informatika sanoatini mutaxassislari kirgan. CODASYL tashkiloti tomonidan COBOL tili yaratilgan. A axborot tizimlari till... 38
axborot tizimlari va vositalarini muhofazalangan tarzda bajarish ingl.: protected version of information systems and tools rus.: защищенное исполнение информационных систем и средств Axborot tizimlarini va vositalarini loyihalash va yasash. Bunda ishlov berilayotgan axborotga xavfsizlik bo‘yicha qo‘yilgan talablar hisobga olinadi.
Replikant-dasturlar asosida yangi axborot tizimlarini qurish.
Tizimlar axborot
ifodalashning yagona
standartlariga mos
keladigan, kesishib o‘tadigan ma’lumotlar bazasiga, umumiy axtaruvchi tizimga, o‘xshash interfeyslarga ega bo‘ladi.
Texnik vositalar tomonidan ishlov berilganda tashuvchilarda axborot
mazmuni yoki
hajmining ruxsatsiz o‘zgartirilishi. axborot urushi ingl.: information war rus.: информационная война 1. Dushman axboroti, axborotga asoslangan jarayonlar va
axborot tizimlariga zarar yetkazish harakatlari. Ayni paytda o‘z axboroti, axborotga asoslangan jarayonlari va axborot tizimlarini muhofaza qilish orqali axborot ustunligiga erishish ko‘zlanadi. 2. Tizimlarning moddiy, harbiy, siyosiy yoki mafkuraviy sohada ma’lum yutuqqa erishishga qaratilgan bir-biriga ochiqdan-ochiq yoki yashirincha qaratilgan axborot hujumlari. axborot vositachisi ingl.: information intermediary rus.: информационный посредник Boshqa shaxs nomidan elektron hujjatlarni jo‘natuvchi, oluvchi yoki saqlovchi, yoki ushbu hujjatlarga nisbatan boshqa
xizmatlar ko‘rsatuvchi shaxs. Download 9.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling