Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati
Download 9.86 Mb. Pdf ko'rish
|
avtomatlashtirilgan tizimning texnik ta’minoti ingl.: hardware of automated system rus.: техническое обеспечение автоматизированной системы Avtomatlashtirilgan tizim ishini ta’minlashga mo‘ljallangan texnik vositalar majmuasi.
Avtomatlashtirilgan tizimning me’yoriy faoliyati jarayoniga ruxsatsiz aralashishdan, hamda o‘g‘irlash, uni tarkibiy qismlarini noqonuniy takomillashtirish yoki barbod
qilishdan muhofazalanganligi. avtomatlashtirilgan shifrni buzib ochish ingl.: automatized deciphering rus.: автоматизированное дешифрование Ma’lumotlarni kompyuterda qayta ishlash jarayonining bosqichlaridan biri. U raqamli tasvirlar shaklida taqdim
etiladigan ma’lumotlarni masofadan zondlashdir. Tasvirlarni kompyuterga kiritish, mavzu
bo‘yicha shifrni buzib ochish va ma’lumotlarni ekspert baholashlarni o‘z ichiga oladi. avvalgi iz ingl.: cookies rus.: куки Foydalanuvchi brauzerini, veb-serverga tashrif buyurganda veb-server qo‘yib chiqadigan belgidan iborat ma’lumotlar (katta bo‘lmagan blok). Foydalanuvchi keyin tashrif buyurganda, server bu yerda uning avval bo‘lganini biladi. Shuni hisobga olib, masalan, o‘tgan gal ko‘rsatgan bannerni bu gal unga ko‘rsatmaydi. Takomillashgan tizimlarda, cookies-texnologiya yordamida tashrifchining qiziqishlarini o‘rganib va uni har tashrifida tegishli reklamani ko‘rsatish mumkin. Avvalgi iz, misol uchun loginlarni, «shopping cart» ma’lumotni va boshqalarni eslab qolishga qodir.
AWK tili. UNIX muhitida ishlatiladi. Tilning nomi uning ijodkorlari familiyalarining birinchi harflaridan iborat. AWT qisq.: 1. Abstract Windowing Tollkit – Mavhum darchalarni boshqarish uchun uskunalar, AWT paketi. Grafik interfeysni dasturlash uchun A AWT
26
xizmat qiladigan Java maslagining standart paketlaridan biri. 2. Average Work Time – O‘rtacha ishlash vaqti.
Maxsus qurol. U apparatli, dasturiy-matematik ta’minot, axborot (ma’lumotlar), jumladan axborot kompyuter tizimlari (tarmoqlari)ni muhofaza qilish vositalariga vayron qiluvchi dasturiy ta’sir ko‘rsatishga asoslangan axboriy huquqiy me’yorlar ingl.: information legal norms rus.: информационно-правовые нормы qarang: axboriy huquqiy normalar axboriy huquqiy munosabatlar ingl.: information legal relation rus.: информационное правоотношение Axborot-huquqiy me’yor bilan tartibga solingan axboriy ijtimoiy munosabat. Munosabat tomonlari axborot-huquqiy me’yor bilan
belgilangan va kafolatlangan o‘zaro huquq va majburiyatlari tashuvchilari sifatida qatnashadi. axboriy huquqiy normalar ingl.: information legal norms rus.: информационно-правовые нормы Axborot
sohasida axborot
huquqlari va
erkinliklarini amalga oshirish va axborotning aylanishida axborot jarayonlarning amalga oshirilishi tufayli paydo bo‘luvchi ijtimoiy munosabatlarning alohida guruhlarini tartibga soladi.
Kompyuterga o‘rnatiladigan va maxsus dasturiy majmua yordamida turli izlash vazifalarini (aktlarni hujjat nomi, qabul qilingan sanasi, me’yoriy akt turi va h.k. bo‘yicha izlash) bajarishi mumkin bo‘lgan huquqiy axborotning avtomatlashtirilgan ma’lumotlar banki. Zamonaviy axboriy huquqiy tizimlar odatda dasturiy qobiq
va unga
qo‘shiladigan ma’lumotlar bazalaridan (masalan, huquq sohalari bo‘yicha) iborat bo‘ladi.
1.
Eng yangi
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishda bir
xil imkoniyatlar yo‘qligidan kelib chiqqan ijtimoiy tabaqalanishning yangi turi. 2. Axborot tuzilmalari, vositalari va ularning fuqarolar orasida tekis taqsimlanish jarayonlari taqdirini fuqarolik huquqlari va farovonlik masalalari bilan
bog‘lovchi tamoyillarni qo‘llab-quvvatlovchilar uchun tavsif atamasi. 3.
Sivilizatsiya rivojlanishining yangi muammosi. Uning mazmuni
shundaki, jamiyatni axborotlashtirish jarayonida paydo bo‘layotgan yangi yuqori avtomatlashtirilgan axborot
muhitidan foydalanish imkoniyatlarining jahon
hamjamiyatining alohida kishilari, tashkilotlari, mintaqalari va mamlakatlari uchun
bir xil
darajada bo‘lmasligidir. axboriy yondashuv ingl.: information approach rus.: информационный подход Ilmiy bilishning tag-zaminli uslubi. Uning ma’nosi shundaki, tabiat va jamiyatdagi xohlagan obyekt, jarayon yoki hodisani o‘rganayotganda birinchi navbatda ularning faoliyati va rivojlanishini belgilovchi eng namunali axborot xususiyatlari aniqlanib tahlil qilinadi.
1. Taqdim etilish shaklidan qat’iy nazar shaxs, predmet, dalil, voqea, hodisa va jarayonlar haqidagi ma’lumotlar. 2. Dalil, voqea, hodisa, predmet, jarayon kabi obyektlar haqidagi bilim (ma’lumotlar) hamda tushunchalar yoki buyruqlar. 3. Ma’lum xos matnda aniq ma’noga ega bo‘lgan tushunchalarni ichiga oluvchi dalil, voqea, hodisa, predmet, jarayon, taqdimot kabi obyektlar haqidagi bilim (ma’lumotlar). 4. Qiziqish uyg‘otishi mumkin bo‘lgan va saqlanishi va qayta ishlanishi lozim bo‘lgan jami dalil va ma’lumotlar. Kitob matni, ilmiy formulalar, bank hisob raqamidan erkin foydalanish va to‘lovlar, dars jadvali, o‘lchash majmualarining Yer
va fazo
stansiyasi o‘rtasidagi masofa to‘g‘risidagi xabarlar va h.k. axborotlar bo‘lishi mumkin. Hisoblash mashinasi ishi uchun zarur bo‘lgan axborot axboriy dasturiy qurol
27
qayta ishlanishi lozim bo‘lgan ma’lumot va dasturdan iborat bo‘lib,
dastur ushbu
ma’lumotlar bilan nima va qaysi tartibda bajarilishi lozimligini belgilaydi (yoki foydalanuvchiga belgilash imkonini beradi). Axborot nur, tovush va radio to‘lqinlari, elektr toki
yoki kuchlanishi, magnit maydoni, qog‘ozdagi belgilar shaklida yaratilishi va tashilishi mumkin. Umuman olganda, xohlagan moddiy tuzilma yoki energiya oqimi axborotni tashishi mumkin. Axborotdan foydalanish ko‘lamlari jamiyat
rivojlanishi darajasini belgilaydi. 5. Turli obyektlarning o‘zaro ishlashida ro‘y beruvchi aks etish jarayonining faol harakatlarni ta’minlash uchun yaroqli natijalari. Shuningdek, birov, biror narsa to‘g‘risidagi ma’lumotlar. 6. Aks etgan xilma-xillik. axborot agentligi ingl.: information agency rus.: информационное агентство Matbuot, radio, kino,
televideniye, telefotografiya sohasidagi ixtisoslashtirilgan tashkilot. U axborot materiallarini to‘plash bilan muntazam shug‘ullanadi va bir paytning o‘zida tahririyat, nashriyot va tarqatuvchi statusiga egadir.
axborot asosida o‘zaro ishlash ingl.: information interaction rus.: информационное взаимодействие Ma’lumotlar (axborot) oluvchilardan kamida birining bilimi o‘zgarishiga olib keluvchi ma’lumotlar (axborot) almashish jarayoni. Tirik va texnik tizimlarda axboriy aloqada o‘zaro ishlashlarning murakkab pog‘onalar shajarasi mavjud bo‘lib, ular ko‘pincha ikkita sxemaga asoslanadi: uzatuvchi – kodlash qurilmasi – aloqa kanali – dekodlash qurilmasi – qabul qiluvchi (K.Shennonning an’anaviy sxemasi); N.Vinerning boshqaruv sxemasi, unda to‘g‘ri axborot oqimi bilan birga teskari, ya’ni boshqarilayotgan obyekt
(tizim) haqidagi axborotni uzatuvchi oqim ham mavjud bo‘ladi. Amaliy masalalarni yechishda foydalanuvchilar orasida axboriy aloqada o‘zaro ishlashlari uchun optimal sharoitlarni tashkil qilish aslida Internetning asosiy vazifasidir.
Axborotning miqdor va sifat turlarining muayyan munosabati. U axborot makonining uyg‘unlik holatini belgilaydi. axborot biznesi ingl.: information business, infobusiness rus.: информационный бизнес, инфобизнес Biznesda axborot texnologiyalari. Jamiyatning ish faoliyatidagi yangi yo‘nalish. U axborot bozorida savdo va oraliq vazifalarini amalga oshirish, shuningdek jamiyatni ommaviy
axborotlashtirish vositalarini ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, ijaraga berish, sug‘urta qilish, moliyaviy va ish kuchi bilan ta’minlashlarni tashkil qilish bilan bog‘liq. axborot bozori ingl.: information market rus.: информационный рынок 1. Jamiyatda iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy munosabatlar tizimi. U axborot texnikasi vositalari, axborot texnologiyalari, axborot mahsulotlari savdosini hamda foydalanuvchilarga tijorat asosida axborot xizmatlari ko‘rsatishni ta’minlaydi. 2. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, axborot mahsulotlari va xizmatlari bozori.
Axborot texnologiyalariga asoslangan va ular tomonidan boshqariladigan bozorlar.
Axborotning, uning mazmunining o‘zgarmasligi va uning butun mavjudlik vaqti davomida tasodifiy yoki atayin qilingan ta’sirlar sharoitida bir xil ma’noda talqin qilinishini nazarda tutuvchi xususiyati. axborot butunligi ingl.: information integrity rus.: целостность информации 1. Axborot va uni tashuvchining holati. Butunlay axborot va uning alohida tarkibiy qismlari bo‘linmasligini ta’minlash hamda ularni ruxsatsiz qasddan yo‘q qilish, buzib talqin qilish, sizib chiqib ketish, o‘g‘irlash, A axborot butunligi
28
qalbakilashtirish va almashtirib qo‘yishni, oldindan bartaraf qilishni nazarda tutiladi. 2. Hisoblash texnikasining yoki
avtomatlashtirilgan tizimning tasodifiy va (yoki) qasddan qilingan g‘alati qilib qo‘yish (barbod qilish)
sharoitida, axborotning o‘zgarmay qolishini ta’minlash qobiliyati. Axborot butunligini ta’minlash uchun uch uslubdan foydalaniladi: - yopiq kanallarni yaratish; - yo‘naltirilishni kuzatib borish; - ma’lumotlardan erkin foydalanishni boshqarish. Butunlik kriptografiya yordamida ham ta’minlanishi mumkin. Bundan tashqari boshqa usullar ham mavjud. Masalan, chop etilgan ma’lumotlarga elektron imzo qo‘shib qo‘yish, ma’lumotlarni takrorlash, nazorat qiymatini qo‘shib qo‘yish. axborot egasi ingl.: information owner rus.: владелец информации 1. Qonun va/yoki axborot egasi tomonidan belgilangan huquqlar doirasida axborotga ega bo‘lgan va undan foydalanayotgan hamda foydalanish vakolatlarini amalga oshirayotgan subyekt. 2. Axborot uzatishni va tarqatishni, yaratilgan axborotni iste’molchiga eltib
berishni ta’minlaydigan alohida huquqlarni qo‘lga kiritgan shaxs yoki shaxslar. 3. Axborot
ishlab chiqaruvchilari va iste’molchilari orasidagi vositachi. axborot ehtiyojlari ingl.: information needs rus.: информационные потребности Nomoddiy ehtiyojlar turi. Aniq vazifani bajarish yoki muayyan maqsadga erishish uchun zarur bo‘lgan axborotga ehtiyoj. axborot erkinligi to‘g‘risidagi 1966 yil Qonuni ingl.: Freedom of Information Act 1966 (FOIA) rus.: Закон о свободе информации 1966 года Axborotlashgan jamiyat rivojlanishi tarixida muhim voqea. Bu qonunga ko‘ra, AQSH ning barcha federal muassasalari fuqarolarni milliy xavfsizlik huquqni muhofaza qiluvchi organlar, moliya va shaxsga oid hujjatlardan tashqari barcha axborotlardan erkin foydalanishni ta’minlashlari shart.
Axborotning vaqt o‘tishi bilan o‘zining amaliy qiymatini yo‘qotish xususiyati. U ushbu axborot aks
ettiruvchi fan
sohasi ahvolining o‘zgarishiga bog‘liq.
1. Axborotni yoki unga ishlov berish imkonini oluvchi subyekt. 2. Axborot tizimi yoki vositachiga kerakli axborot olish uchun murojaat qiluvchi yoki undan foydalanuvchi subyekt. axborot huquqi ingl.: information law rus.: информационное право 1.Huquq subyektlarining axborot sohasidagi faoliyatini tartibga soluvchi jami huquqiy me’yorlar. 2. Axborot sohasida (ishlab chiqarish, axborotni o‘zgartirish va iste’mol qilish sohasida) paydo bo‘luvchi, davlat
tomonidan muhofaza qilinuvchi ijtimoiy me’yorlar va munosabatlar tizimi. Bu yerda huquqiy rostlashning asosiy predmetlari – bu axborot jarayonlarini (axborotni yaratish, yig‘ish, ishlov berish, to‘plash, saqlash, izlash, tarqatish va iste’mol qilish) amalga oshirishda paydo bo‘luvchi axborot munosabatlari. 3. Jami yuridik fanning doktrinaviy bandlari, milliy huquqning mustaqil massivini tashkil qiluvchi huquqiy
me’yorlar, xalqaro
qonunchilik me’yorlari. 4. Axborotni (axborot resurslarini) yaratish, ulardan foydalanish, uzatish va uni muhofaza qilish
sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi, huquqiy
me’yorlarning shakllanayotgan sohalararo majmui. axborot huquqi fan sifatida ingl.: information law (as science) rus.: информационное право как наука Axborot huquqini jami yuridik me’yorlar sifatida shakllanishi va rivojlanishining ilmiy muammolarini o‘rganadigan fan. . Uning maqsadi axborot sohasida subyektlar (fuqarolar, axborot egasi
29
korxonalar, idoralar, jamoat birlashmalari, davlat hokimiyati va mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari) hulq-atvorini belgilashdir.
Axborot sohasida namoyon bo‘ladigan ijtimoiy hayotning obyektiv qonuniyatlarni yuridik jihatdan tasdiqlovchi asosiy dastlabki tamoyillar. Axborot huquqining quyidagi asosiy
tamoyillarini ajratish mumkin: - Axborot munosabatlarning axborot
huquqining murakkab sohasini tashkil qiluvchi munosabatlar ekanligi tamoyili; - Axborot mulkchiligi tamoyili; - Axborotning yaratuvchisi va
foydalanuvchisidan ajratilmasligi tamoyili (subyektni olingan bilimlardan ajratib bo‘lmasligi); - Axborot mulkchiligi munosabatlarini yaxlit rostlash tamoyili (axborotni o‘ziniki ekanligini tan olish ma’nosida); - Investitsiya mulkchiligi tamoyili; - Axborot ashyosi tamoyili; - Namunaviy axborot-huquqiy me’yorlar tamoyili.
Axborot qonunchiligi, axborot huquqi ilmi va «axborot huquqi» o‘quv fanida o‘z ifodasini topgan. Tuzilma nuqtai nazaridan axborot huquqi tizimi ikki qismga bo‘linadi – Umumiy va
Maxsus. Umumiy
qismda axborot
huquqining tizim hosil qiluvchi boshlanishlar tavsifnomasi keltirilgan, me’yorlar to‘plangan axborot sohasida faoliyatni rostlashning asosiy tushunchalari, umumiy tamoyillari, huquqiy shakllar va usullari jamlangan. Maxsus qism ma’nosi yaqin bo‘lgan axboriy huquqiy me’yorlar birlashtirilgan axborot huquqining alohida institutlarini o‘z ichiga oladi. axborot huquqiy aloqalari matritsasi ingl.: matrix of information legal relations rus.: матрица информационных правоотношений Qatorlari predmet sohalarida axborot jarayonlarni belgilovchi jadval:
axborot, axborot
resurslari, axborot
mahsulotlari, axborot xizmatlarini izlash, olish va iste’mol qilish; ularni ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash; axborot tizimlari, ularning tarmoqlari, ularni ta’minlash vositalarini yaratish va qo‘llash; axborot xavfsizligi mexanizmlarini yaratish va qo‘llash. Matritsa ustunlari huquq toifalarini ko‘rsatadi: huquq, huquqning cheklanishi, majburiyat, mas’uliyat. Qator va ustunlar kesishgan joyda ushbu huquq toifalarida axborot
jarayonlarida paydo
bo‘ladigan axborot munosabatlari ro‘yxatlari keltiriladi. axborot infratuzilmasi ingl.: information infrastructure rus.: информационная инфраструктура 1. Axborot resurslari, jumladan axborot xizmatlari va ommaviy axborot vositalarini shakllantirish, tarqatish va ulardan foydalanish tizimi. 2. Mamlakatning axborot makoni hamda fuqarolar va
tashkilotlarning axborot
resurslaridan foydalanishni ta’minlovchi axboriy aloqada o‘zaro ishlash vositalarining faoliyati va rivojlanishini ta’minlovchi jami tashkiliy tuzilmalar. 3. Axborot makoni tuzilmasining ushbu makonda axborot oqimlari yaratilishi va aylanishini ta’minlovchi qismi. Axborot
infratuzilmasining asosiy belgilari: infratuzilma elementlarining sifatga oid va miqdoriy tarkibi; elementlarning makonda joylashishi va o‘zaro aloqasi; elementlar va butun infratuzilmaning axborot samaradorligi va o‘tkazish qobiliyati. Axborot infratuzilmasining asosiy elementlari: telekommunikatsiyalar; axborot
tarmoqlari; axborot resurslari; axborot sohasida xizmat ko‘rsatish tizimlari. Qo‘shimcha (yordamchi) elementlari: axborot infratuzilmasining rivojlanishi va faoliyatini ta’minlash tizimlari.
Download 9.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling