Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati
Download 9.86 Mb. Pdf ko'rish
|
ASN.1 qisq.: Abstract Syntax Notation One ASN.1 tili, 1 rusum uchun mavhum sintaksis qoidasi. OSI
da ishlatiladigan mavhum sintaksisga asoslangan tuzilmalarni tavsiflash tili. asosiy funksional profil (kasbiy yo‘nalish) ingl.: basic functional profile rus.: базовый функциональный профиль Bir necha o‘zaro bog‘liq pog‘onalarni o‘z ichiga olgan va o‘zaro ta’sir sohasining faqat bir qism
pog‘onalari bayonnomalari bilan belgilanadigan funksional kasbiy yo‘nalish. Asosiy funksional kasbiy yo‘nalish uning asosida yaratiladigan to‘la yoki chala funksional kasbiy yo‘nalishga poydevor bo‘ladi, shu sababli mustaqil ahamiyatga ega emas. asosiy ma’lumotlar massivi ingl.: basic data array rus.: базовый массив данных Mashina
o‘qiy oladigan tashuvchilardagi axborot. U ma’lumotlar bankining asosi bo‘lib ma’lumotlarni ta’riflashning yagona tili
talablariga muvofiq tashkil etiladi. asosiy raqamli kanal ingl.: primary digital channel rus.: канал основной цифровой 64
kbit/sek tezlikda signallar uzatishga mo‘ljallangan namunaviy raqamli kanal.
Signal modulyatsiya qilinmasdan uzatiladigan jismoniy kanal. Eng sodda vositalar: o‘rama juftlik yoki yassi ekranlanmagan kabel asosida yaratiladi. Ko‘rilayotgan kanalning nomi yo‘l- yo‘l asosli signal, ya’ni modulyatsiyasiz, asosiy yo‘l-yo‘lda (kenglikda) uzatilayotgan signal nomidan kelib chiqqan. asosyo‘l-yo‘lli signal ingl.: baseband signal rus.: основополосный сигнал Dastlabki shaklda, modulyatsiya bilan o‘zgartirilmay, uzatilayotgan signal. ASP qisq.: 1. Active Server Pages – ASP texnologiyasi, faol server sahifalari. Microsoft korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan texnologiya. Mazmuni dinamik tarzda shakllantiriladigan Web-bog‘lamalarni yaratish uchun mo‘ljallangan. 2. Application Service Provider – Qo‘llanmalar ijarasi bo‘yicha xizmatni ko‘rsatuvchi.
Dinamik o‘zaro faol veb qo‘llanmalarini yaratish uchun server tomonidagi ssenariylar texnologiyasi. ASP fayli ssenariylarga ega va ASP bilan uyg‘un veb-serveri tomonidan bajariluvchi hujjatdir. Ssenariylarni bajarishdan keyin veb-serveri natijada hosil bo‘lgan sahifalar va fayllarni veb-brauzeriga jo‘natadi. ASPI qisq.: Advanced SCSI Programming Interface SCSI uchun dasturlashning takomillashtirilgan interfeysi.
Nutqni avtomatik tarzda tanish. Assembler tili ingl.: Assembly language rus.: язык Ассемблера Tushunchalari kompyuter me’moriy tuzilmasini aks ettiradigan quyi pog‘ona dasturlash tili. Assembler tili tarkibiga jumlalar, buyruqlar va ma’lumotlar formatlari kiradi, ular muayyan kompyuter imkoniyatlariga bir qiymatli tarzda mos keladilar. Boshqacha qilib aytganda, har bir operatorga kompyuterning biror buyrug‘i mos keladi. Assembler tilidan mashina tiliga o‘girishni avtomatlashtirish uchun yaratilgan dasturlar assemblerlar deb ataladi. A Assembler tili
22
Assemblerning kirishiga Assembler tilida
yozilgan dastlabki dastur kiritiladi. Assembler chiqishida, mashina buyruqlaridan tarkib topgan dastur beriladi. Disassembler deganda, mashina kodidan Assembler tilida yozilgan dasturga o‘zgaruvchi dastur nazarda tutiladi.
Standart Atlantika vaqti. AQSHning Atlantika qirg‘oqlaridagi vaqt kamari.
1.
Advanced Technology – Yetakchi texnologiya. 2.
ATtentions command
- AT-buyruq. Modemni boshqarish buyrug‘i.
Axborot tarmoqlarini ishlab chiquvchi, ishlab chiqaruvchi va ularni ishlatuvchi kompaniya. «Amerika telefon va
telegrafi» AT&T
kompaniyasi AQSHda 1885 yilda yaratilgan, birinchi telefon apparatidan tortib zamonaviy aqliy tarmoqqacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan va
eng katta
telekommunikatsiya korporatsiyasiga aylangan. AT&T 300ga yaqin mamlakatni qamrovchi va 90 milliondan ortiq abonentga ega bo‘lgan global aqliy tarmoq egasi va operatoridir.
Avvalo klaviaturalar (PS/2 gacha), hozirgi paytda esa asosan musiqa klaviaturalari va sintezatorlari ulanadigan portlar. ATA qisq.: Advanced Technology Attachment, AT Attachment ATA interfeysi. Shaxsiy kompyuterlarda diskli to‘plovchiga ulanish va undan erkin foydalanish uchun
ishlatiladigan interfeyslar va bayonnomalar yig‘masi. ATM qisq.: Asynchronous Transfer Mode ATM bayonnomasi, uzatishning asinxron rejimi. Yuqori tezlikda ma’lumotlarni uzatuvchi tarmoqlarni qurish texnologiyasi, ITU standarti. Ma’lumotlar qaydlangan uzunlikdagi (53 bayt) paketlarga («uyalarga») o‘zgartiriladi, bu esa ularni yuqori tezlik bilan uzib-ulash imkonini beradi.
Asinxron usulda uzatishning asosiy funksional kasbiy yo‘nalish.
Uzatishning asinxron usulini
ishlatadigan tarmoqlar uchun xalqaro standartlar ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan tashkilot. ATM Forum
konsorsiumi 1991
yilda katta
korporatsiyalar guruhi tomonidan tuzilgan. ATM uzib-ulagichi ingl.: ATM switch rus.: коммутатор ATM Uzatishning asinxron usuli standartlariga mos ravishda, ma’lumotlar bloklarini tezkor qayta uzatishni ta’minlaydigan uzib-ulagich. ATM uzib-ulagichi ma’lumotlarni ming Mbit/s li tezlikkacha uzatadigan kanallar bilan ishlaydi. Bu mahalliy tarmoqlar, asosiy kompyuterlar va yuqori tezlikdagi ishchi stansiyalarni bir–biri bilan aloqasini ta’minlaydi. ATM uzib-
ulagichlarining o‘tkazish qobiliyati o‘nlab Gbit/s.ga yetishi mumkin. Bunga erishish uchun qayta uzatish faqat apparat vositalar bilan amalga oshiriladi. Uzib-ulagichlar «qaynoq almashtirish» imkoniyatlariga ega, ya’ni,
undagi modullarni uzib-ulagichni tarmoqdan o‘chirmay almashtirish mumkin. atribut ingl.: attribute rus.: атрибут Xususiyat, sifat yoki miqdor belgisi. U makondagi obyektni ta’riflovchi (biroq uning qayerda
joylashganligini ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lmagan) va uning noyob soni ya’ni aniqlovchisi bilan bog‘liqlikda tasavvur qilinadi. Atribut
ko‘rsatkichlari majmuasi odatda ma’lumotlar bazalarini relyatsion boshqarish tizimi vositalari yordamida jadvallar shaklida taqdim etiladi. Kengroq ma’noda atribut deganda obyektning xohlagan, makondagi yoki makonda bo‘lmagan xususiyati tushuniladi; AST
23
bunday holda makondagi atributlar va makonda bo‘lmagan atributlar ajratiladi. Makondagi obyektlarga atribut berish yoki obyektlarni atribut bilan bog‘lash jarayoni atributlash deyiladi.
Ma’lum talablarga muvofiqlikni baholash. Obyektlar, xonalar, texnik vositalar, dasturlar, algoritmlar tegishli xavfsizlik darajalariga ko‘ra muhofaza nuqtai nazaridan axborot muhofazasi talablariga muvofiqligi bo‘yicha shahodatlashdan o‘tishi lozim.
AT
formatini kengaytirmasi, shaxsiy kompyuterni bir necha yil oldin ishlab chiqilgan tanasining tuzilishini va mos ravishda tegishli ona
plataning form-omili. Pentium II
protsessorlarining paydo
bo‘lishi bilan
ommaviy sifatda foydalana boshlandi, chunki, bu protsessorga ona platalar faqat ATX formatida (juda katta istisno bilan) chiqariladi.
O‘zaro bog‘liq kadrlarning (tovush jo‘rligida yoki tovush jo‘rligisiz) belgilangan tartibidan iborat
bo‘lgan, tegishli texnik vositalar yordamida ko‘rish yoki eshitish (tovush jo‘rligida bo‘sa) orqali qabul qilish uchun mo‘ljallangan asar. Audiovizual asar ichiga, ularning dastlabki yoki keyingi saqlanishidan qat’iy nazar,
kinematografik asarlar
va kinematografiya vositalari orqali
taqdim etiladigan barcha asarlar (tele- va videofilmlar, diafilmlar va slaydfilmlar va shular kabi) kiradi.
Kompyuter muhofazasida - muhofazani tekshirish paytida ishlatish imkonini yaratishni ko‘zlab yig‘ilgan ma’lumotlar auditoriya ingl.: audience rus.: аудитория Tashrifchilarning umumiy ta’rifi. Ular uchun muayyan sayt, portal, majmua yoki Internetning boshqa
resursi mo‘ljallangan. Resursni namoyish etish uslubi auditoriya xususiyatiga bog‘liq, auditoriya hajmi esa Internet loyihasi muvaffaqiyatining muhim o‘lchovidir. autentifikatsiya ingl.: authentication rus.: аутентификация 1. Obyektning e’lon qilingan bir xilligini tekshirish jarayoni. 2.
Subyekt taqdim
etgan aynanlovchi (identifikator) unga tegishliligini tekshirish; haqiqiyligini tekshirish. 3. Foydalanuvchining tizimdan erkin
foydalanish uchun kiritgan qayd etilgan axborotining to‘g‘riligini tekshirish tartibi. Autentifikatsiya resurslardan erkin foydalanish huquqlari va tizimda
amallarni bajarish huquqlarini majburan cheklash uchun qo‘llaniladi. AUX qisq.: AUXilliary Ko‘makchi. AVI qisq.: Audio-Video Interleaving Audio va videoni galma gal ulash uchun AVI formati. Microsoft tomonidan ishlab chiqilgan videotasvirni va u bilan sinxronlashgan tovushni saqlash uchun mo‘ljallangan fayl formati
Nutqni avtomatik tarzda tanish. avto terish ingl.: call-back rus.: автодозвон Kerakli raqam, agarda u “band” bo‘lsa yoki javob bermasa avtomatik ravishda terish imkonini beruvchi funksiya. Telefon qisqa vaqt ichida avtomatik ravishda abonent raqamini qayta teradi. avtojavobberuvchi ingl.: telephone answering device rus.: автоответчик Telefon yoki modemning abonentlar uchun nutqiy axborotni aks ettirish va abonentlar
avtojavobberuvchi
24
xabarlarini disk, kasseta yoki flash xotiraga yozish imkonini beruvchi funksiyasi. avtomatik telefon stansiyasining xizmat zonasi ingl.: activity zone of automated telephone station rus.: зона действия автоматической телефонной станции Mazkur telefon stansiyasi yoki sub stansiyasi joylashgan hudud.
Bu hududda
telefon stansiyasi yoki substansiyasiga ulangan magistral, tarqatuvchi tarmoqning kabel (havodagi) liniyalari hamda radio erkin
foydalanish vositalari mavjud. Shu uskunalar bilan zonani telefonlashtirish mumkin bo‘ladi. avtomatik tizim ingl.: automated system rus.: автоматическая система Inson ishtirokisiz mustaqil faoliyat qiluvchi dasturiy va apparatli vositalar tizimi.
avtomatlashtirilgan shifrni buzib
ochish avtomatlashtirilgan axborot texnologiyasi ingl.: automatized information technology rus.: автоматизированная информационная технология Ma’lumotlarni uzatish, to‘plash, saqlash va qayta ishlash uchun hisoblash texnikasi va aloqa
tizimlari usullari va vositalari qo‘llaniladigan axborot texnologiyasi. avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va ularning texnologiyalarini ta’minlash vositalari ingl.: automated information systems and technologies support tools rus.: средства обеспечения автоматизированных информационных систем и их технологий Axborot tizimlarini loyihalash va ulardan foydalanishni ta’minlash uchun foydalaniladigan yoki yaratiladigan dasturiy, texnikaviy, lingvistik, huquqiy, tashkiliy vositalar (kompyuter uchun dasturlar; hisoblash texnikasi va aloqa
vositalari; lug‘atlar, tezauruslar va tasniflagichlar; ko‘rsatmalar va uslubiyatlar; qoidalar, nizomlar, lavozim ko‘rsatmalari; chizmalar va ularning tasniflari, boshqa foydalanish va kuzatish hujjatlari).
Matematik uslublar, texnik
vositalar (kompyuterlar, aloqa vositalari, ma’lumotlarni chiqarish qurilmalari va h.k.) va tashkiliy majmualar to‘plami. U belgilab olingan maqsadga muvofiq
murakkab obyekt
(jarayon)ni boshqarishni ta’minlaydi. ABT asos va funksional qismlarga bo‘linadi. Asosga axboriy, texnikaviy va matematik ta’minotlar kiradi. Funksional qismga aniq boshqaruv vazifalarini (loyihalashtirish, moliyaviy-hisobot faoliyati va h.k.) avtomatlashtiruvchi o‘zaro bog‘liq dasturlar to‘plami kiradi. Ikki turdagi ABT mavjud. Bular, obyektlar miqyosida avtomatlashtirilgan tizimlar (texnologik jarayonlar uchun-TJABT, korxona uchun - KABT, soha uchun -S ABT) va funksional avtomatlashtirilgan tizimlardir. Funksional ABTga loyihalashtirish, hisob-kitob, moddiy- texnika
va boshqa
ta’minotlar uchun
mo‘ljallangan ABT misol bo‘la oladi. avtomatlashtirilgan ish joyi (AIJ) ingl.: automatized work place rus.: автоматизированное рабочее место (АРМ) 1. Texnik va dasturiy vositalarning shaxsiy majmuasi. U mutaxassis kasbiy mehnatini avtomatlashtirishga qaratilgan va unga kerakli hujjat va ma’lumotlarni tayyorlash, tahrir qilish, izlash va (ekran yoki qog‘ozga) chiqarishni ta’minlaydi. AIJ shaxsiy kompyuterdagi alohida avtomatlashtirilgan tizim shaklida amalga oshirilgan yoki
avtomatlashtirilgan tizim
atamasi bo‘lishi mumkin. 2. Foydalanuvchining muloqat (interaktiv) holatida ishlashi uchun mos mahalliy hisoblash tarmog‘i bog‘lamasi. avtomatlashtirilgan tizim ingl.: automatized system rus.: автоматизированная система Inson faoliyati jarayonini avtomatlashtirishga qaratilgan dasturiy va apparatli vositalar tizimi. Avtomatik tizimdan farqli
o‘laroq. Avtomatlashtirilgan tizim har doim inson avtomatik telefon stan...
25
ishtirokida faoliyat ko‘rsatadi va inson uning asosiy bo‘g‘inidir. avtomatlashtirilgan tizim matematik ta’minoti ingl.: mathematical support of automated system rus.: математическое обеспечение автоматизированной системы Tizimni boshqarish va uning yordamida hisoblash texnikasida axborotga ishlov berish vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan jami algoritmlar va dasturlar.
Maxfiylik, butunlik va kirishimlilik kabi uch tavsifni ta’minlashdan iborat. Tizim tarkibiy qismining maxfiyligi shundaki, unga faqat tegishli vakolatlarga ega bo‘lgan subyektlar (foydalanuvchilar, dasturlar, jarayonlar) kira oladi. Tarkibiy qismning butunligi uni, faqat tegishli huquqqa ega bo‘lgan subyekt tomonidan uni o‘zgartirish mumkinligi nazarda
tutiladi. Kirishimlilik, tegishli vakolatlarga ega bo‘lgan subyekt har qachon alohida muammolarsiz tizimning zarur bo‘lgan tarkibiy qismidan (resursidan) erkin foydalanishi mumkinligini bildiradi. avtomatlashtirilgan tizimda axborotga ishlov berish ingl.: information processing in automated system rus.: обработка информации в АС Avtomatlashtirilgan tizim vositalaridan foydalanib axborot ustida bajariladigan amallar (yig‘ish, jamg‘arish, saqlash, o‘zgartirish, in’ikos etish, chiqarish va shu kabilar) majmuasi.
Avtomatlashtirilgan tizimning aniq maqsad va vazifalarga javob beruvchi funksional yoki tuzilish xususiyati bo‘yicha ajratilgan qismi. Download 9.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling