Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati


Download 9.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/103
Sana09.02.2017
Hajmi9.86 Mb.
#51
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   103

 

qo‘llanma 

ingl.: application 

rus.: приложение 

Ma’lum  foydalanish  sohasida  ma’lumotlarga 

ishlov berishni amalga oshiruvchi jami dasturlar. 

 

qo‘lyozma matnni tanish 

ingl.: handwriting recognition 

rus.: распознавание рукописного текста 

Qo‘lyozma  matni  ramzlarni  kodlar  ketma-

ketligiga  aylantirish  texnologiyasi.  Qo‘lyozma 

matnini  tanish,  matnni  skaner  yoki  yorug‘lik 

perosi  yordamida  axborot  tizimiga  kiritish 

imkonini  beradi.  Jipslashgan  matnni  tanish 

dasturiy  ta’minotdan  qo‘lyozmaning  uzluksiz 

chizig‘ini  ayrim  ramzlariga  ajratishni  talab 

qiladi.  Bu  oson  masala  emas,  vohalanki, 

qo‘lyozmaning o‘zi yakka ma’noli emas. Bunda, 

lug‘atlarni  ishlatish  qo‘l  keladi.  O‘qiydigan 

tizimlar  ham  mavjud  bo‘lib,  ular  har  bir 

foydalanuvchiga  25-35  so‘zni  yozib  berishni 

taklif  qiladilar.  Tizim  yozilganlarni  o‘rganadi 

va  mazkur  foydalanuvchi  qo‘lyozmasini  taniy 

oldi. 


 

qo‘riqlanadigan axborot 

ingl.: protected information 

rus.: охраняемая информация 

1.  Axborot  mulkdori  yoki  mulkdor  vakolat 

bergan 

shaxs 


tomonidan, 

kuchga 


ega 

qonunchilikka  binoan  muhofaza  qilish  maromi 

o‘rnatilgan axborot. 

2.  Erkin  foydalanish  va  almashuv  bilan  bog‘liq 

jarayonlarda,  ishlatilishi,  qonunchilik  bilan 

o‘rnatilgan 

qoidalarga 

mos 


bajariladigan 

axborot. 



 

QWERTY 


 

 

241 


Rr

 

 

R&D 

qisq.: Research and Development 

Tadqiqotlar va ishlanmalar. 



 

R/W 

qisq.: Read/Write 

O‘qish - yozish. 



 

RAD 

qisq.: Rapid Application Development 

qarang: dasturlarni tez ishlash 

 

radio chastota spektri monitoringi 

ingl.: monitoring of radiofrequency spectrum 

rus.: мониторинг радиочастотного спектра 

Tashkiliy-texnik  tadbirlar  majmui.  U  radio 

chastota  spektri  holatini  nazorat  qilish,  undan 

foydalanishni  baholash,  radio  chastota  spektri 

to‘g‘risidagi  qonunbuzarliklarni  bartaraf  etish 

uchun mo‘ljallangan. 



 

radioaloqa 

ingl.: radio communication 

rus.: радиосвязь 

Radioto‘lqinlar yordamida amalga oshiriladigan 

telekommunikatsiya. 

 

radioelektron qurilma 

ingl.: radio electronic device 

rus.: радиоэлектронное устройство 

Bitta  yoki  bir  necha  radiouzatuvchi  va  (yoki) 

radioqabul 

qiluvchi 

qurilmalar 

hamda 


yordamchi  uskunalardan  tashkil  topgan  texnika 

vositasi. 



 

radioelektron vosita 

ingl.: radio electronic tools 

rus.: радиоэлектронные средства 

Radioto‘lqinlar  uzatishga  va  qabul  qilishga 

mo‘ljallangan bir yoki bir necha radiouzatuvchi 

yoki  radioqabul  qiluvchi  qurilmalar  yoki 

ularning  birikmasi  va  yordamchi  uskunalardan 

iborat  texnika  vositasi.  Bu  vosita  uzatish  va 

qabul  qilish  uchun  mo‘ljallangan,  o‘z  ishida 

chastotasi 

kGs 


dan 

yuqori 


bo‘lgan 

elektromagnit  tebranishlaridan  foydalanidigan 

radiostansiyalar, 

radiotelefonlar, 

radionavigatsiya  va  radioaniqlash  tizimlari, 

kabel  teleko‘rsatuvlari  tizimi  hamda  boshqa 

vositalardan iborat. 

 

radiohalal 

ingl.: radio interference 

rus.: радиопомеха 

Bitta  yoki  bir  necha  nurlanishlardan  hosil 

bo‘lgan 

elektromagnit 

energiyasining 

radioaloqa  tizimida  qabulga  ta’siri.  U  axborot 

sifati yomonlashishida, xatolar paydo bo‘lishida 

yoki axborot yo‘qotishda namoyon bo‘ladi. 



 

radiokanal 

ingl.: radio channel 

rus.: радиоканал 

Ma’lumotlar  uzatish  uchun  radionurlanishdan 

foydalanadigan kanal. Radiokanal radiouzatkich 

va  radio  qabul  qiluvchidan  tarkib  topgan. 

Radionurlanish  chastotasi  radiokanal  vazifasiga 

ko‘ra  tanlanadi.  Axborot  tarmoqlarida  radio 

kanallar  ikki  maqsadda  ishlatiladi.  Birinchisi, 

abonent tizimni kabellar guruhi asosida qurilgan 

tarmoq bilan ulashdir. Bunga, yer bo‘ylab kabel 

tortish  iloji  bo‘lmasa  yoki  tizim  bir  joydan 

boshqasiga  ko‘chib  yursa  ehtiyoj  tug‘iladi. 

Ikkinchi maqsad, radiotarmoq yaratishdir. 



 

radionurlanish 

ingl.: radio-frequency radiation 

rus.: радиоизлучение 

Elektromagnit  spektrda  infraqizil  nurlanishdan 

oldin 

joylashgan 



elektromagnit 

nurlanish. 

Tebranish  chastotasi  3-30  KGs  dan  300-6000 

GGs  gacha  bo‘lgan  elektromagnit  to‘lqinlari 

radionurlanishga 

oiddir. 


Bu 

chastotalar 

polosasini  olti  diapazonga  bo‘lish  qabul 

qilingan.  Bu  diapazonlar  radionurlanishlar 

tarqalishi xususiyatini belgilab beruvchi turli xil 

radioto‘lqinlarga  tegishli.  Shuni  nazarda  tutish 

kerakki, 

bu 


polosalar 

doimiy 


bo‘lmay 

radiotexnika  rivojlana  borgan  sari  kengayib 

boradi. 

 

radiorele liniyasi 

ingl.: microwave radio 

rus.: радиорелейная линия 

«O‘tayuqori  chastota»  diapazonida  ishlaydigan 

radiokanal.  Radiorele  liniyasi,  2;  7;  13;  15;  18; 

23; 38 GGs chastotalarda ishlaydigan, o‘tkazish 

polosasining  kengligi  3,5-28  Mgs  bo‘lgan,  50 

km  uzoqlikgacha  ma’lumotlarni  uzata  oladigan 

yerusti radiotarmog‘ining tarkibiy qismidir. 

radiorele liniyasi 

 


 

242 


 

radiostansiya 

ingl.: radio station 

rus.: радиостанция 

Bitta  yoki  bir  necha  uzatgich  yoki  qabul 

qiluvchilar 

yoki 


uzatgich 

va 


qabul 

qiluvchilarning,  shu  jumladan,  yordamchi 

uskunalar  birikmasi.  U  belgilangan  joyda 

radioaloqa  xizmatini  yoki  radioastronomiya 

xizmatini bajarish uchun zarur. 

 

radiotarmoq 

ingl.: radio network 

rus.: радиосеть 

Radiokanallarga  ega  bo‘lgan  simsiz  tarmoq. 

Radiotarmoqlar  hududiy  yoki  mahalliy  bo‘lishi 

mumkin.  Arxitekturasiga  ko‘ra  –ma’lumotlarni 

yo‘naltirishli 

tarmoqlar 

va 

ma’lumotlarni 



tanlashga  asoslangan  tarmoqlarga  farqlanadi. 

Xuddi  shunday,  yerusti  radiotarmoqlari  va 

yo‘ldosh 

aloqasi 


tarmoqlari 

farqlanadi. 

Radiotarmoqlarning  birinchi  avlodi  analog 

signallarni uzatishga mo‘ljallangan edi. So‘ngra, 

uzatish  sifatini  oshirish  va  qo‘llanish  sohasini 

kengaytirish 

maqsadida, 

radiotarmoqlarda 

diskret  signallarni  ishlata  boshladilar.  Har 

qanday 


turda 

ma’lumotlar 

uzatadigan 

radiotarmoqlar  yaratish  imkoniyati  tug‘ildi. 

Radiotarmoqlarning  muhim  tarkibiy  qismi 

bo‘lib,  tayanch  stansiyalari,  ya’ni,  abonent 

tizimlari  bevosita  o‘zaro  ishlaydigan,  axborot 

tizimlari hisoblanadi. 



 

radiotelefon 

ingl.: radiophone 

rus.: радиотелефон 

Radioto‘lqinlar  orqali  nutq  yoki  musiqa  uzatish 

yoki  qabul  qilish  apparati.  Radiotelefonlarni 

besh guruhi ajratiladi: 

-  tarmoq  bilan  radiokanal  orqali  ulanadigan 

telefon apparatlar; 

- Mobil, ular avtomobillarda o‘rnatiladi; 

-  tashishga  qulay,  ular  yumshoq  sumkalarda  va 

g‘iloflarda joylashadi; 

-  ko‘chma,  ular  portfel-diplomatga  yengil 

joylashadi; 

- shaxsiy, ular kostum kissasida joylashadi. 



 

radioto‘lqin 

ingl.: radio wave 

rus.: радиоволна 

Shartli  ravishda,  chastotasi  6000  GGs  dan  past 

deb  qabul  qilingan  elektromagnit  to‘lqinlar. 

Ular  fazoda  sun’iy  to‘lqin  o‘tkazgichisiz 

ishoralar,  signallar,  yozma  matn,  tasvir  va 

tovushni  uzatish  yoki  qabul  qilish  uchun 

tarqatiladi. 

Oltita radioto‘lqin diapazoni ajratiladi: 

1.  O‘tauzun  to‘lqinlar  (tebranishlar  chastotasi- 

3-30 KGs). 

2. Uzun to‘lqinlar (30-300 KGs). 

3. O‘rta to‘lqinlar (300-3000 KGs). 

4. Qisqa to‘lqinlar (3-30 MGs). 

5. Ultraqisqa to‘lqinlar (30 MGs - 300 GGs). 

6. Submillimetrli to‘lqinlar (300-6000 GGs). 

 

radiochastota 

ingl.: radio frequency 

rus.: радиочастота 

qarang: radioto‘lqin 

 

radiochastota spektri 

ingl.: radio frequency spectrum 

rus.: радиочастотный спектр 

Shartli  ravishda  qabul  qilingan  3000  GGs  dan 

past 

oraliqda 



joylashgan 

radiochastotalar 

majmui. 

 

radiochastota taqdimoti 

ingl.: radio frequency assignment 

rus.: радиочастотное присвоение 

Radiochastota 

taqdim 

etuvchi 


tashkilot 

tomonidan 

foydalanuvchiga 

aniq 


radiochastotadan 

foydalanishga 

berilgan 

ruxsatnoma. 



 

RADIUS 

qisq.: Remote Authentication Dial-In User Service 

Qo‘ng‘iroq 

qilayotganni 

uzoqdan 


autentifikatsiyalash 

xizmati, 

RADIUS 

bayonnomasi.  NAS  serveri  va  autentifikatsiya 



(RADIUS 

serveri) 

serveri 

orasidagi 

o‘zaroaloqada  ishlash  bayonnomasi.  Birlamchi 

Livingston  kompaniyasi  tomonidan  ishlab 

chiqilgan  (so‘ngra  Lucent  xarid  qilib  olgan), 

RADIUS  bayonnomasi  de-fakto  va  IETF  (RFC 

2058) standartidir 

 

RAID 

qisq.: Redundant Array of Independent Disks 

qarang: RAID massivlari 

 

RAID massivlari 

ingl.: RAID arrays 

rus.: массивы RAID 

Ma’lumotlarni 

saqlash 

ishonchliligini 

ta’minlash  tizimi.  U  mustaqil  disklardan  iborat 

radiostansiya 

 


 

243 


bo‘lgan 

ortiqcha 

massiv 

(RAID-massiv). 



Yuqori  hajm,  samaralilik  va  ishonchlilikka  ega 

disk  tizimlarini  yaratish  texnologiyasi.  Maxsus 

qurilma  –  RAID-nazoratchisi  –  yordamida  bir 

necha  disklar  operatsion  tizim  tomonidan 

yagona  katta  disk  sifatida  qabul  qilinadigan 

tarzda 


birlashtirilishi 

mumkin. 


RAID-

tizimlarida 

ishonchlilik 

ortiqchalik 

orqali 

amalga  oshiriladi.  Eng  oddiy  misol,  bu 



RAIDning  1  pog‘onasi,  ya’ni,  disklar  oynasi 

mavjud  bo‘lgan  hol.  RAIDning  mashhur  5 

pog‘onali  xilida  to‘plamdagi  disklarning  bittasi 

qolgan  disklarning  nazorat  summasini  saqlaydi. 

Ortiqchalik  to‘plamdagi  disklarning  biri  ishdan 

chiqqan  holatda  uni  almashtirish  va  dastlabki 

axborotni qayta tiklash imkonini beradi. 

RAIDning  pog‘onalar  deb  nomlanuvchi  oltita 

ish maromi mavjud: 

-  0  pog‘onasi  ma’lumotlarni  disklar  bo‘yicha 

taqsimlashni  ta’minlaydi.  Bunda  xatolarni 

tekshirish  va  ma’lumotlarni  ortiqcha  yozishlar 

yo‘q. 

-  1  pog‘onasi  oyna  disklarni  taqdim  etadi. 



Ularning  har  biri  o‘z  «aksida»  taqrorlanib, 

boshqa diskdagi ma’lumotlarni to‘la taqrorlaydi. 



pog‘onasi 



disklarning 

ketma-ket 

almashishini  ta’minlaydi  va  nazorat  diskini 

ajratadi.  Har  bir  amal  jarayonida  barcha 

disklardan o‘qiladi. 



pog‘onasi 

baytlarning 

ketma-ket 

almashishini  ta’minlaydi  va  ma’lumotlarni 

qayta  tiklash  uchun  juftlik  diskini  ajratadi. 

Juftlik  diski  nazorat  summalarini  saqlaydi  va 

ayrim  disklarning  ishdan  chiqishi  oqibatlarini 

bartaraf qilish imkonini beradi. 

-  4  pog‘onasi  bitlarning  ketma-ket  almashishi 

va 


nazorat 

summasi 


bilan 

tavsiflanadi. 

Ma’lumotlar disklar bo‘yicha taqsimlanadi. 

-  5  pog‘onasi  ma’lumotlar  bloklarining  ketma-

ket  almashishini  amalga  oshiradi  va  nazorat 

diskini  ajratadi.  Nazorat  summalari  disklar 

bo‘yicha taqsimlanadi. 

 

RAM 

qisq.: Random Access Memory 

To‘g‘ridan-to‘g‘ri almash xotirasi, tezkor xotira 

qurilmasi. 

 

RAMDAC 

qisq.:  Random  Access  Memory  Digital-to-Analog 

Converter 

RAM 


uchun  raqam-analog 

o‘zgartirgichi. 

Xotiradagi  tasvirni  videomonitor  uchun  analog 

signallar 

oqimiga 

almashtirib 

beradigan 

vileomoslagichning mikrosxemasi. 



 

ramz 

ingl.: character 

rus.: знак 

Biror  bir  tushunchani,  hodisani,  jarayonni 

shartli  ifodalashda  xizmat  qiluvchi  alomat. 

Ramz  yoki  alomat  sifatida,  raqam,  harf, 

punktuatsiya  belgisi  yoki  tabiiy  tilni  iyeroglifi, 

tinish  belgisi,  bo‘shlik  belgisi,  maxsus  ramz, 

amal  ramzi  bo‘lishi  mumkin.  Bundan  tashqari, 

boshqaruvchi ramzlar keng ishlatiladi. 



 

ramzni tanish 

ingl.: character recognition 

rus.: распознавание символов 

Belgilarni  optik  o‘qish  moslamasi  asosida 

yaratilgan elektron qurilma.  

 

rang 

ingl.: colour 

rus.: цвет 

Muayyan  elektromagnit  spektrli  yorug‘likni 

ko‘z  bilan  sezish.  Kompyuter  grafikasida  rang 

uch tavsifnoma bilan tavsiflanadi: 

-  ta’sirchanlik,  yorug‘lik  nuri  chastotasi  bilan 

belgilanadigan sifat; 

-  to‘yinganlik,  rangni  berilgan  ta’sirchanlik 

bilan  ifodalanish  darajasi,  odatda  foizlarda 

belgilanadi (0 dan 100 gacha); 

-  ravshanlik,  nurlanish  energiyasi  darajasi 

(yorug‘lik oqimining zichligi). 

Kompyuter  tizimlarida  rang  bir  necha  model 

bilan  tavsiflanishi  mumkin.  Masalan,  asosiy 

«qizil,  yashil,  ko‘k»  ranglarni  yagona  tarzda 

birikmasi  RGB  deb  ataluvchi  model,  ko‘pgina 

kompyuterlarda  foydalaniladi.  Oq  qog‘ozga 

choplashda 

«feruza, 

to‘q-qizil, 

sariq» 


CMYmodelidan foydalaniladi. 

 

rangli choplash 

ingl.: colour print 

rus.: цветная печать 

Matn  va  grafikani  rangli  choplash  imkoniyati. 

Amalda  barcha  purkovchi  printerlar,  rangli 

tasvirlarni  yuqori  sifat  bilan  choplay  oladilar. 

Lazer  printerlari  ham  rangli  choplashni  amalga 

oshira  oladi,  lekin  bunday  printerlar  ancha 

qimmat turadi. 

 

rangli choplash 

 


 

244 


ranjlash 

ingl.: ranking 

rus.: ранжирование 

Izlash 


mashinasining 

bazasidan 

foydalanuvchining 

talabnomasiga 

mos 

keladigan sahifani tanlash jarayoni. Shuningdek, 



sahifani  talabnomaga  mos  kelish  (relevantlik) 

foizi  kamayib  borishi  tartibida  taqdim  etiladi. 

Ranjlash  uchun  muayyan  izlash  mashinasining 

relevantlik 

formulasi 

ishlatiladi, 

unda, 

relevantlikka  ta’sir  o‘tkazadigan  turli  faktorlar 



turli 

vazn 


koeffitsiyentlari 

qatnashadi. 

Relevantlik formulasi har doim sir tutiladi, yoki 

juda bo‘lmaganda, faktorlarning vaznlari oshkor 

etilmaydi. 

 

raqam asri 

ingl.: digital age 

rus.: цифровой век 

Raqamli 


texnologiyalar 

global 


ravishda 

tarqalganda  yuzaga  kelgan  atama.  Bu  jarayon 

zamonaviy  hayotni ijtimoiy-madaniy  jihatlariga 

sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. 



 

raqam-analog o‘zgartirishi 

ingl.: Digit-to-Analog Conversion (DAC) 

rus.: цифро-аналоговое преобразование 

Diskret  signalni  analog  signalga  aylantirish 

jarayoni.  Aksariyat  hollarda  maxsus  integral 

sxemalar yordamida amalga oshiriladi. 



 

raqamlash 

ingl.: digitalization 

rus.: цифрование 

Analog  signalni  diskret  signalga  aylantirish 

jarayoni,  ya’ni,  analog  ma’lumotlarni  raqamli, 

kompyuter  muhitida  mavjud  bo‘la  oladigan  va 

mashina 

o‘qiydigan 

tashuvchilarda 

saqlanadigan  shaklga  o‘tkazish.  Kompyuter 

grafikasida,  geoinformatikada  va  sh.k.  larda 

qo‘llaniladi.  Analogli  tasvirlarni  raqamlash, 

ko‘pincha skaner yordamida bajariladi. 

 

raqamlashtiruvchi 

ingl.: digitizer 

rus.: дигитайзер 

Chizma  va  boshqa  tasvirlarni  raqamlashtirish 

uchun 

mo‘ljallangan 



qurilma. 

Raqamlashtiruvchi 

tasvirlarni 

kompyuterda 

ishlov  berish  uchun  raqamli  shaklga  o‘girish 

imkonini beradi. 



 

raqamli 

ingl.: digital 

rus.: цифровой 

Raqamlardan  tashkil  topgan  ma’lumotlarga, 

hamda  bu  ma’lumotlardan  foydalanadigan 

jarayonlar  va  funksional  qurilmalarga  tegishli 

tushuncha. 

 

raqamli abonent liniyasi 

ingl.: Digital Subscriber Line (DSL) 

rus.: цифровая абонентская линия 

Oddiy telefon liniyasi asosida, Internetga yuqori 

tezlikli  kirish  kanalini  yaratish  texnologiyasi. 

DSL texnologiyasi, ma’lumotlarni zichlashtirish 

uchun  murakkab  modulyatsiya  sxemalaridan 

foydalanadi.  Bu  texnologiya  «so‘nggi  mil» 

texnologiyasi deb ham ataladi, chunki, u telefon 

stansiyalarini  bir-biri  bilan  ulashga emas,  balki, 

uy  va  idoralarni  telefon  stansiyalari  bilan 

ulashga  mo‘ljallangan.  DSL  texnologiyasi, 

kommunikatsiya  xizmatlari  ko‘rsatuvchidan 

uzoq  bo‘lmagan  (6  km.gacha)  masofalarda 

yuqori  tezlikdagi  aloqaga  ega  bo‘lib,  ISDN 

texnologiyasiga  nisbatan  kattaroq  tezlikda 

ma’lumotlar uzatish  bilan  farqlanadi.  DSL ning 

barcha  turlanishlari  xDSL  tarzida  belgilanadi. 

Internetga  tezkor  asinxron  kirish  Asymmetric 

DSL 


(ADSL) 

texnologiyasi 

yordamida 

ta’minlanadi, 

tezkor 

sinxron 


aloqa 

esa, 


Symmetric 

DSL 


(HDSL) 

texnologiyasi 

yordamida ta’minlanadi. 

 

raqamli fotoapparat 

ingl.: digital photographic camera 

rus.: цифровой фотоаппарат 

qarang: raqamli kamera 

 

raqamli hamyon 

ingl.: digital wallet 

rus.: цифровой бумажник 

qarang: elektron hamyon. 

Plastikli 

kartadan 

foydalanib 

Internet 

tarmog‘ida  tovar  uchun  haq  to‘lash  uchun 

mo‘ljallangan  dastur.  Mijozga  Internet  orqali 

xavfsiz  hisob-kitob  qilish  imkonini  beradigan 

dasturiy ta’minot. 

 

raqamli imzo 

ingl.: digital signature 

rus.: цифровая подпись 

qarang: elektron raqamli imzo 

 

raqamli iqtisodiyot 

ingl.: digital economy 

ranjlash 

 


 

245 


rus.: цифровая экономика 

Raqamli  kommunikatsiyalar  yordamida  olib 

borilayotgan iqtisodiyot. 

qarang: elektron iqtisodiyot 

 

raqamli kamera 

ingl.: digital camera 

rus.: цифровая камера 

Raqamli  formatda  tasvirlar  olish,  ishlov  berish 

va  saqlash  uchun  foydalaniladigan  kamera.  U 

suratlarni  saqlash  uchun,  plenka  o‘rniga  ichiga 

o‘rnatilgan 

yoki 


almashtiriladigan 

yarim 


o‘tkazgichli 

xotiradan 

foydalanadi. 

kompyuter,  televizor  va  printer  bilan  ulanishi 



mumkin. 

Kadrga 


ishlov 

berish 


bevosita 

kamerada 

amalga 

oshirilganligi 



sababli, 

foydalanuvchi 

olingan 

tasvirni 

darhol 

to‘g‘riligini  tekshirishi,  uni  choplashi  yoki 



elektron  pochta  orqali  jo‘natishi  mumkin. 

Odatda,  raqamli  kamera  10  dan  200  gacha 

tasvirlarni  saqlashi  mumkin.  Bozorda  taklif 

qilinayotgan  elektron  fotapparatlar  qurilmalari 

496x360  dan  6000x7520  gacha  piksellarni 

ajrata  oladi.  Odatda,  foydalanuvchi  olinayotgan 

tasvirlar  sifatini  (ajrata  olishini)  tanlashi 

mumkin,  bu  esa  saqlana  oladigan  tasvirlar 

soniga ta’sir qiladi. 


Download 9.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling