Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati
Download 9.86 Mb. Pdf ko'rish
|
resurs ingl.: resource rus.: ресурс 1. Tizimning, foydalanuvchiga yoki jarayonga ajratilishi mumkin bo‘lgan, mantiqiy yoki jismoniy qismi. 2. Hisoblash tizimining ixtiyoriy tarkibiy qismlaridan biri va u taqdim qilayotgan imkoniyatlar. 3. Hisoblash tizimining yoki uning ayrim tarkibiy qismlarining, hisoblash jarayoniga yoki foydalanuvchiga taqdim qilinishi mumkin bo‘lgan vaqt, apparat, dasturiy va boshqa vositalari. Masalan, biror bir dasturni ishlashi uchun ajratilishi mumkin bo‘lgan markaziy protsessorning vaqti, tezkor yoki tashqi xotira sohasi va kiritish-chiqarish qurilmalari resursdir. 4. Xizmat yoki bir turdagi xizmatlarni taqdim qiladigan, muayyan
auditoriyaga xizmat
ko‘rsatadigan va mustaqil loyiha muqomiga (o‘zining xususiy noyob nomiga) ega veb- sahifalar majmui.
RET
250
Ajrataolish qobiliyatini yaxshilash texnologiyasi, RET texnologiyasi. REXX qisq.: REstructured eXtended eXecutor Tuzilmasi qayta tuzilgan kengaytirilgan ijrochi, REXX tili. IBM kompaniyasi ishlab chiqqan skriptlar tili. reyestr ingl.: registry rus.: реестр Qaralsin: domen nomlar reyestri, Windows reyestri
Dastur. U joriy vaqtda bajarilayotibdimi yo yo‘qmi, bundan qat’iy nazar, tezkor xotiradan joy olgan obyektdir. rezistor ingl.: resistor rus.: резистор Yarimo‘tkazgichli asbob. U elektromagnit nurlanishni energiyaning boshqa
turlariga o‘zgartirishni ta’minlaydi va elektronikada ishlatiladi.
Sharhlar uchun so‘rov. IETF guruhining rasmiy hujjati turi. RFC seriyasi hujjatlari tartib raqamga va o‘z mavqeiga ega. RFC-hujjatning yakunlangan rusumi Internet standarti bo‘lib qolmoqda. RGB qisq.: Red, Green, Blue Qizil, yashil, ko‘k; RGB tizimi. Rang kodlash RGB tizimi. RGB tizimida rang uch asosiy aniq jadallikka ega ranglarning yig‘indisi sifatida tasavvur qilinadi. Uchchala asosiy ranglarning yo‘qligi (nol jadallikka ega) qora rangga mos keladi.
Alohida sinxronlashga ega bo‘lgan qizil, yashil, ko‘k rang. RGB videosignalini uzatish usuli, gorizantal va vertikal sinxronlash signallari bir- biridan alohida uzatiladi.
1. Routing Information Protocol – Yo‘nalish axboroti bayonnomasi, RIP bayonnomasi. Katta bo‘lmagan tarmoqlar uchun
yo‘naltirish bayonnomasi. 2. Raster Image Processor – Rastrli tasvirlarga ishlov bergich. Tasvirni vektorli turdan bitli xarita (rastr) turiga o‘zgartirish uchun xizmat qiluvchi dasturiy yoki apparat qurilma. 3. Rest In Peace - Tinch yotgin. Qabrlardagi yozuv.
RISC qisq.: Reduced Instruction Set Computer Buyruqlar yig‘masi qisqartirilgan kompyuter, RISC me’moriy tuzilmasi. Mashina buyruqlari (ko‘rsatmalari) yig‘masi, odatda bir xil uzunlikdagi, uncha katta bo‘lmagan ommabop protsessor turi. Rich media Reklama materiallarini yaratishning odatda Flash va
Javalarga asoslangan yangi texnologiyasi. Ingliz tilidan
“boy” yoki
“boyitilgan” vosita deb so‘zma-so‘z tarjima qilinadi. Rich media afzalliklari qatorida uning yordamida reklamani qiziqarliroq va o‘zaro faol qilish mumkinligi ajralib turadi. richagli mexanizm ingl.: joystick rus.: рычажный механизм Tizimga koordinatalar kiritishga mo‘ljallangan qurilma. Richagli mexanizm plastmass g‘ilof shaklida yasalgan bo‘lib, unga tik ravishda qo‘l ushlagich o‘rnatilgan. U hech bo‘lmaganda ikkita
harakat erkinligi darajasiga ega.
Boshqarish tugmachalari g‘ilofning ustida va qo‘l ushlagichning yuqori qismida joylashadi. Qo‘l ushlagichning har tamonga harakatlanishi monitor
ekranidagi kursorni boshqaradi. Richagli mexanizm avtomatlashtirishning turli sohalarida va kompyuter o‘yinlarida ishlatiladi.
REXX
251
Standart uya. FCC da ro‘yxatga olingan ulash uyalariga standartlar. RLE qisq.: Run-Length Encoding Takrorlanish davomiyligini kodlash, RLE usuli. Bir xil
elementlar ketma-ketligi takrorlanayotgan element
qiymatiga va
takrorlanishlar soniga almashtiriladigan kodlash usuli.
RLL qisq.: Run-Length Limited encoding Cheklangan davomiylikka ega
bo‘lgan takrorlanishni kodlash, RLL
usuli. Takomillashgan RLE usuli,
bunda kodlanayotgan ketma-ketlik uzunligi cheklangan.
Usulni uzoqdan chaqirish, RMI texnologiyasi. Java maslagi uchun API, uning yordamida obyekt uzoqdan turib (tarmoq orqali) boshqa obyektning usullarini chaqirishi mumkin.
Uzoqdan
tarmoq monitoringi. SNMP bayonnomasining kengaytmasi. Tarmoq
bog‘lamalari ma’lumotlarni uzatishi bilan
bog‘liq statistik axborotni hisobga olish registrlarining standart yig‘masini ta’minlaydi. Bunday axborot
shikastlanishlarni izlash
maqsadida markazlashgan aks ettirilishi va tahlil qilinishi mumkin. robastlik ingl.: robustness rus.: робастность Ham ichki, ham tashqi xato holatlar yuz berganda, hisoblash tizimining qayta tiklana olish qobiliyati o‘lchovi. robot ingl.: robot rus.: робот O‘zgaruvchan tashqi sharoitda maqsad sari yo‘nalgan hulq-atvorga qodir tizim. «Robot» atamasi chex tilidagi «robata» ish so‘zidan kelib chiqqan. Bu g‘oya ilk bor 1921 yili Karel Chapekning «RUR» (Rossumnmning hammabop robotlari) pyesasida ifodalangan. Fantast yozuvchi Ayzek Azimov ularni 1951yili chiqqan «Men, Robot» hikoyasi va «Robotlar seriyasi» kitoblari seriyasi bilan mashhur qildi. Robot- sun’iy intellekt va mexanikaning qorishmasidir. Uning asosi kompyuter yoki kompyuterlar guruhidan iborat. Kompyuter tashqi qurilmalar- rivojlangan a’zolarni boshqaradi. Tashqi
qurilmalar detallar, asboblar yoki robotning o‘zini fazoda va burchak ostida harakatlarini ta’minlaydi. O‘z vazifalarini bajarish uchun robot datchiklardan (sun’iy ko‘rish, eshtish a’zolari, sensor
qurilmalar) kelayotgan axborotga ishlov beradi. «Robot» atamasi «bot»sifatida ham ishlatiladi, uning ma’nosi, dasturiy agent bo‘lib, u masalan, veb-resurslarni izlashda qo‘llaniladi. ROLAP qisq.: Relational OLAP Relyatsion OLAP, ROLAP texnologiyasi. Relyatsion ma’lumotlar bazasida axborot
saqlaydigan OLAP- tizimlarning boshqacha shakli.
ROM qisq.: Read-Only Memory Faqat o‘qish uchun xotira, doimiy xotira qurilmasi.
13 ga burilish. Lotin alifbosida yozilgan xabarlarni kodlashning sodda usuli. Usulning mohiyati alifboni 13tadan belgilardan iborat ikkita nimjadvalga bo‘lish va
dastlabki xabardagi har bir harfni boshqa nimjadvaldagi simmetrik harf bilan almashtirishga asoslanadi. Shunday qilib, A harfi N deb kodlanadi, B esa O deb, va teskarisi - N - A, O – B va h.k. boshqa belgilar (ochiq joy, tutinish belgilari) o‘zgartirilmaydi.
Umumiy o‘q atrofida erkin aylanadigan disklardan iborat
kriptografik mashina. Mexanik va elektromexanik bo‘lishi mumkin. Mashinaning disklari (rotori) bir biriga nisbatan harakatlanadi, shu bilan, har bir taktda burchak holatlaridan noyob birikma hosil qiladi. Agar R rotor mashinasi
252
mashinaning hamma disklari qo‘zg‘almas bo‘lganda edi, bunda, rotor mashinasi bir diskli oddiy ekvivalent almashtirishni bajaruvchiga o‘xshab qolgan bo‘lar edi. Disklar soni yetarlicha (odatda 5-10) bo‘lsa, disklarning to‘g‘ri tanlangan soxta tasodifiy harakatida rotor mashinasi yuqori kriptobardoshlikni ta’minlaydi. Eng mashhur rotor mashinalaridan biri S-36, u yana M-209 Converter nomi bilan ham ma’lum. rouming ingl.: roaming rus.: роуминг Abonentga avtomatik uzluksiz xizmat ko‘rsatish. Roumingni ikki turi mavjud. Birinchisi, milliy rouming. Bunda davlat ichida abonent biror operator tarmog‘i ta’sir zonasidan boshqasining ta’sir zonasida o‘tsa avtomatik uzluksiz xizmat bilan ta’minlanadi. Ikkinchisi, xalqaro rouming. Bunda, abonent
bir mamlaktdan boshqa mamlakatga o‘tganda ham mobil abonentga avtomatik uzluksiz xizmat bilan ta’minlanadi. router ingl.: router rus.: маршрутизатор, рутер qarang: yo‘naltirgich RPC qisq.: Remote Procedure Call Tartibotni uzoqdan chaqirish, RPC bayonnomasi. RPG qisq.: Role-Playing Game Rolli o‘yin. O‘yin ishtirokchisi aniq shaxs o‘rnida o‘ynaydigan kompyuter o‘yini.
Tavsiya qilingan 232 spetsifikatsiyasi. Ketma- ket kommunikatsiya interfeys spetsifikatsiyasi.
RSA algoritmi. Ochiq kalit asosida shifrlash algoritmi, 1977
yilda ishlab
chiqilgan. Algoritmning nomi uning
mualliflari familiyalarining birinchi harflaridan hosil bo‘lgan: Ron Rivest, Adi Shamir, Leonard Adleman. RSVP qisq.: Resource Reservation Protocol Resurslarni zahiralash bayonnomasi, RSVP bayonnomasi. Tarmoqni zaruriy o‘tkazish yo‘l- yo‘lni vaqtincha zahiralash imkonini beradigan bayonnoma.
Haqiqiy vaqt. Haqiqiy vaqtga mansub. RTC qisq.: Real-Time Clock Haqiqiy vaqt soati. Haqiqiy vaqt hisobini olib boradigan qurilma.
Kengaytirilgan matn formati, RTF formati. RTOS qisq.: Real-Time Operating System Haqiqiy vaqt operatsion tizimi. Haqiqiy vaqt operatsion tizimlari kattaroq bo‘lsa ham (bir necha soniya) kafolatlangan javob vaqtiga egadirlar.
Bajarilish vaqtida turini aniqlash. Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tilining tavsifnomasi. Dastur bajarilishi vaqtida muayyan turdagi obyekt haqida axborot olib turish imkonini beradi.
runet ingl.: runet rus.: рунет Internetning Rossiya qismi, ya’ni, yagona, Rossiya veb-saytlaridan tashkil bo‘lgan axborot makoni.
Internetda chegaralar geografik alomatlar bo‘yicha emas, balki, til bo‘yicha bo‘ladi. Shu sababli, runet deganda, faqat .ru domenidagi saytlarning o‘zigina emas, balki, barcha russiyzabon saytlarni ham tushunish zarur.
RUP qisq.: Rational Unified Process Bir shaklga keltirilgan Rational jarayoni. Rational kompaniyasi taklif qilgan dasturiy ta’minotni ishlab chiqish uslubiyati. ruter rouming
253
ingl.: router rus.: маршрутизатор, рутер qarang: yo‘naltirgich ruxsatli erkin foydalanish ingl.: authorized access rus.: санкционированный доступ 1. Axborot resursiga shtat texnika vositalari yordamida belgilangan qoidalarga muvofiq amalga oshirilayotgan erkin foydalanish. 2. Erkin foydalanishlar uchun chegaralaviy qoidalarni buzmasdan axborotdan erkin foydalanish. ro‘yxatga ishlov berish ingl.: list processing rus.: обработка списков Ro‘yxat elementlarini tahlil qilish va tartibga keltirish. Ro‘yxatlarga ishlov berishda, ma’lumotlar elementlarining bog‘lanishlarini namoyon qiladigan modellash amalga oshiriladi, bu esa
ularni izlashni yengillashtiradi. Ro‘yxatlarga ishlov berish aslida, elementlar to‘plamini tartibga keltirishdir. Ro‘yxatlarga ishlov berish, bu maqsadga mos keluvchi tillar yordamida bajariladi, masalan, LISP tili yordamida. Ro‘yxatlarga ishlov berish tilining eng muhim
vazifasi xotiradan unumli foydalanishdir. ro‘yxatga kiritish ingl.: registration rus.: регистрация Foydalanuvchilarni ro‘yxatga olish va ularga dasturlar va ma’lumotlarni ishlatishga huquq berish
jarayoni. Ayrim
veb-saytlar foydalanuvchilarga qo‘shimcha xizmatlarni olish va pullik xizmatlarga obuna bo‘lish uchun ro‘yxatdan o‘tishni, ya’ni,
o‘zi haqida
qandaydir ma’lumotlarni xabar qilishni (anketa to‘ldirishni) va login va parol olishni taklif qiladilar. Ro‘yxatga kiritish varaqasini to‘ldirganingizdan so‘ng,
sizning ma’lumotlaringiz sayt egalariga kelib tushadi. Foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tganda, uning uchun «akkaunt» (account) deb ataluvchi – hisob yozuvi yaratiladi, foydlanuvchiga tegishli turli axborot saqlanadi, masalan, sayt uchun uning sozlashlari, pullik xizmatlarni istemol qilgani haqida ma’lumotlar va boshqalar. ro‘yxatga olish markazi ingl.: registration centre rus.: центр регистрации Maxsus vakolatli organda davlat ro‘yxatidan o‘tgan va «Elektron raqamli imzo to‘g‘risidagi» qonunda
nazarda tutilgan vazifalarni bajarayotgan yuridik shaxs. Ro‘yxatga olish markazi: - elektron raqamli imzoning yopiq va ochiq kalitlarini yaratadi; - elektron raqamli imzo yopiq kaliti muhofaza qilinishini ta’minlaydi; - elektron raqamli imzolar
kalitlari sertifikatlarining reyestrini yuritadi, uning o‘z vaqtida yangilanishini hamda undan yuridik va jismoniy shaxslarning erkin foydalana olish imkoniyatini ta’minlaydi; - yuridik va jismoniy shaxslarga elektron raqamli imzolar kalitlarining sertifikatlarini elektron hujjatlar shaklida va qog‘oz hujjatlar shaklida beradi; - elektron raqamli imzolar
kalitlarining sertifikatlarining amal qilishini to‘xtatib turadi va qayta tiklaydi, shuningdek ularni bekor qiladi;
- elektron raqamli imzoli qog‘ozdagi elektron hujjatlarning ko‘chirma nusxalarini tasdiqlaydi va h.k.
ro‘yxatga olish markazi
254
Ss S.M.A.R.T. qisq.: Self-Monitoring, Analysis and Reporting Technology Qattiq disklarning o‘z-o‘zini nazorat va tahlil qilish texnologiyasi.
Qisqa tutashuv. S/N qisq.: 1. Serial Number – (Mahsulotning) seriya tartib raqami. 2. Signal-to-Noise - Signal/shovqin [nisbati]. S/PDIF qisq.: Sony/Philips Digital InterFace [connector] Sony/Philips raqamli interfeysi. Sony va Philips firmalari tomonidan ishlab chiqilgan raqamli optik audio interfeys. sabj ingl.: subj rus.: сабж Inglizcha Subj qisqartmasi. Subject ya’ni mavzu, nom, predmetni bildiradi.
Yaxshilangan audio ixcham-disk. Oddiy CDga qaraganda 6 barobar katta sig‘imga ega, bu esa ko‘p kanalli tovushni juda sifatli yozish imkonini beradi. SACD ikki qatlamli bo‘lib, bunda
ikkinchi qatlam
yo oddiy
CD o‘ynatgichlari bilan uyg‘unlik uchun, yo diskning umumiy eshittirish vaqtini ko‘paytirish uchun xizmat qilishi mumkin. SADT qisq.: Structured Analysis and Design Technique Tarkibiy tahlil va loyihalashtirish uslubi, SADT uslubiyati. Biznes loyihalarini modellashtirish va tahlil qilish uchun ishlatiladi. SADT uslubiyati funksional diagrammalar (modellar)ning oddiy grafik ifodasi va ularning bosqichma-bosqich bo‘linishi va aniqlanishining (yozuvchi-o‘quvchi davri)
o‘zaro faol uslubiga asoslangan. SAG qisq.: SQL Access Group SAG guruhi, SQL erkin foydalanish guruhi. SQL tilini qo‘llab-quvvatlovchi relyatsion MBBT yetkazib beruvchilarining uyushmasi. sahifa ingl.: page rus.: страница Noyob manzilga ega bo‘lgan, ko‘rish dasturi yordamida ochib ko‘rilishi mumkin bo‘lgan hujjat. WWW sahifalardan iborat. Odatda, bu matn, grafika, tovush, video yoki animatsiya, boshqa hujjatlarga gipermurojaatlarni o‘z ichiga olgan ko‘ptashuvchi hujjatlardir.
Foydalanuvchilar qachon veb-saytga qaytishini ko‘rsatuvchi o‘rtacha kattalik. Bu doimiy yangilanib turuvchi mazmunli saytlar uchun tavsifli. Tashriflar soni chastotasi qanchalik katta bo‘lsa, bannerlar tezroq kuyadi, chunki bu holda bitta tashrifchi tomonidan bannerni bir necha marta ko‘rish ehtimoli yuqori. Download 9.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling