Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati
Download 9.86 Mb. Pdf ko'rish
|
tizim muhandisi ingl.: system engineer rus.: системный инженер Tizimli dasturiy ta’minotini ishlatish va kuzatib borish bilan shug‘ullanuvchi shaxs (odatda muhandis-dasturlashtiruvchi). Ba’zi hollarda tizim muhandisi tizim ma’muri vazifalarini ham bajaradi. tizim obyektlari modeli ingl.: System Object Model (SOM) rus.: модель системных объектов Dasturlarning mahalliy tarmoqda o‘zaro ishlashi va ularning bitta abonent tizimidan boshqasiga ko‘chishi mumkinligini ta’minlovchi yondashuv. SOM
IBM korporatsiyasi tomonidan obyektlarni boshqarish guruhi tomonidan taklif qilingan «obyektlar so‘rovi agentlarning umumiy arxitekturasi» CORBA asosida ishlab chiqilgan. Model turli abonent tizimlarida joylashgan obyekt-dasturlarning interfeyslari va o‘zaro ishlash qoidalarini belgilaydi. Bir jinsli muhitni hosil qilib, SOM foydalanuvchiga tarmoqda ishlatiladigan maslaklardan qat’iy nazar turli operatsion tizimlar bilan ishlash imkonini beradi. Uning yordamida turli maslaklarda ishlayotgan obyektlardan foydalanib, ularning o‘zaro ishlashini ta’minlash mumkin.
Kompyuter qurilmalari tomonidan dasturni o‘z talabidan xabardor qilish uchun yoki dastur tomonidan qurilma vazifasini nazorat qilish uchun ishlatiladigan qurol.
Turli tavsifdagi murakkab muammolarni hal etish bo‘yicha qarorlarni tayyorlash va isbotlash uchun ishlatiladigan jami uslubiy vositalar. U tizimli yondashuvga hamda qator matematik usullar va zamonaviy boshqaruv usullariga asoslanadi. Asosiy tartibot – voqeiy holatning o‘zaro
bog‘liqliklarini aks
ettiruvchi umumlashgan modelni yaratish. tizim tahlilchisi ingl.: system analyst rus.: системный аналитик Amaliy muammolarga tavsif beruvchi, tizim spetsifikatsiyalarini belgilovchi, qurilmalarni o‘zgartirish bo‘yicha tavsiyalar beruvchi, ma’lumotlarga ishlov berish tartibotlarini va ko‘zda tutilgan ma’lumotlar tuzilmalarini loyihalashtiruvchi mutaxassis.
Hisoblash tizimi tarkibiga kiruvchi jami tizimli dasturlar. Bu kompyuterdan foydalanish va xizmat
ko‘rsatish, hisoblash ishlarini tashkillashtirish va amaliy dasturlarni yaratishni avtomatlashtirish uchun zarur bo‘lgan dasturiy ta’minot. Tizimli dasturiy ta’minotning eng muhim tarkibiy qismi – operatsion tizim – apparatli vositalar uchun zarur qo‘shimcha bo‘lib, odatda
hisoblash tizimini ishlab chiqaruvchi tomonidan yetkazib beriladi. Tizimli dasturiy ta’minotning boshqa tarkibiy qismlari kompyuterga foydalanuvchini qoniqtiradigan hisoblash tizimini yaratish uchun uning o‘zi tomonidan o‘rnatiladi.
Yuqori pog‘onali domeni. To‘liq domen nomning oxirgi (o‘ng) qismi. Masalan, gov.uz domenida yuqori pog‘onali domen ‘.uz’. turli yuqori pog‘onali domenlar mavjud,
masalan .biz, .com, .edu, .gov, .info, .int, .mil, . net, .org; shuningdek dunyo mamlakatlarini belgilovchi ikki harfli domen nomlari ham bor: .uz, .ru, .ua, .pl, .us. TLS qisq.: 1. Thread Local Storage – Oqimning mahalliy xotirasi. 2. Transport Layer Security – Transport pog‘onasida xavfsizlik, TLS bayonnomasi.
TOP funksional profili... 288
rus.: функциональный профиль TOP Texnologik va muassasa bayonnomalarining shajarasini belgilovchi funksional kasbiy
yo‘nalish. Boeing Computer Service jamiyati 1985 yilda funksional kasbiy yo‘nalishning, TOP «texnik va muassasa bayonnomasi» deb atalmish to‘la rusumini taklif qildi. U muassasalarning mahalliy tarmoqlarida keng foydalanish uchun mo‘ljallangan. TOP amaliy kasbiy yo‘nalishi xilma-xil tarmoq xizmatlarini taqdim qiladi. topologiya ingl.: topology rus.: топология Tarmoqning umumiy tarkibiy tuzilmasi. Tarmoq topologiyasi kompyuter, kabel va tarmoqning boshqa tarkibiy qismlarini jismoniy joylashuvini ifodalaydi. Har bir topologiya aniq shartlarni qo‘yadi. Ularning har biriga na faqat kabelning turini aniqlash darkor, balki uni qanday yotqizishni ham. Turli topologiyalar kompyuterlarni tarmoqda aniq o‘zaro ishlash usuliga ham
talab qo‘yadi. Asosiy topologiyalarga shina, yulduz va halqa kiradi. Agar kompyuterlar bir kabel (segment) bo‘ylab ulangan bo‘lsalar, bunday topologiya shina deb ataladi. Agar kompyuterlar bir nuqtadan chiqqan
segmentlarga yoki
to‘plagichga ulangan bo‘lsalar, bunday topologiya yulduz deb ataladi. Agar kompyuterlar ulangan kabel halqa qilib ulangan bo‘lsa, bunday topologiya halqa deb ataladi. Amaliyotda yuqorida keltirilgan sodda
topologiyalarning murakkabroq birikmalari ham uchraydi. topshiriq ingl.: job rus.: задание Kompyuter bajaradigan ish
hajmi. U ma’lumotlar, dasturlar, fayllar va mashina uchun ko‘rsatmalar majmuidan iborat. Ixtiyoriy topshiriq bir necha bosqichda bajarilishi mumkin, ularning bir qismi
o‘zidan avvalgilarining natijalariga bog‘liq bo‘ladi. Topshiriqlar ikki xil maromda, ya’ni bir dasturli va ko‘p dasturli maromda bajarilishi mumkin. Oxirgi holda,
tizimda qandaydir vaqt mobaynida topshiriqlar majmui bajariladi. Uni maxsus rejalovchi dastur boshqarib, u amaliy jarayonlar tomonidan qo‘shma resurslarni ishlatish tartibini belgilaydi.
Reklama bannerini reklama beruvchi uchun eng qiziq bo‘lgan
faqat cheklangan foydalanuvchilar doirasiga (maqsad auditoriyasiga) ko‘rsatish. Masalan, banner ko‘rsatishlarni foydalanuvchilar so‘rovlariga javoban
sotuvchi katta
izlash tizimlari foydalanuvchiga izlash doirasini aniqlab berib, unga mavzuga mos bannerlarni ko‘rsatadi. Reklama beruvchilar banner ko‘rsatishlarni aynan tor yo‘nalishga ega bo‘lgan, ya’ni foydalanuvchilarning aksariyati berilgan mahsulot/xizmat turi bilan qiziqadigan saytlarda (yoki sayt bo‘limlarida) sotib olishga harakat qiladi. Reklamaning bunday turi eng samarali, biroq qimmatroq.
Tegishni sezuvchi panel – hajmi tahminan 6x6 sm bo‘lgan, sichqonchaning o‘rnini bosuvchi maxsus
panel. Panel
barmoqning harakatlanishini ham, u bilan bosishni ham nazorat qiladi.
Mobil kompyuterlarda qo‘llaniladi va ba’zi klaviatura modellariga o‘rnatiladi. tovar belgisi ingl.: TradeMark (TM) rus.: товарный знак Kompaniyaning yoki uning maxsulotini ajratish uchun xizmat qiladigan o‘rnatilgan tartibda ruyxatga olingan belgi.
Tovar belgisiga misollar: Novell, Windows, Microsoft.
Muhitning tebranma harakati. Tabiatning har qanday hodisalari qatori asboblar, apparatlar, mashinalar, transport vositalari ham tovush manbai bo‘lishi mumkin. Tovushning alohida turlari bo‘lib nutq va musiqa hisoblanadi. Inson 16 Gs dan to 20 kGs chastota oraliqdagi tovushlarni qabul qila oladi.Texnik qurilmalar unga qaraganda ancha keng oraliqda tovush qabul qila oladi, hattoki, ultratovush va gipertovushni ham. Tovush foydalanuvchi tizimiga tovush platasi orqali kiritiladi va tovush tizimida qayta tiklanadi.Tovush topologiya
289
tashuvchi to‘lqinlar mikrafon bilan qabul qilinadi, analog-raqamli o‘zgartirishdan o‘tadi va bir o‘lchamli diskret signallar ketma- ketligiga aylanadi. Buning sharofati bilan, tovush xotira qurilmasiga yoziladi, so‘ngra, boshqa turdagi ma’lumotlar shakli kabi
uzatiladi, saqlanadi va unga ishlov beriladi. tovush fayli ingl.: sound file rus.: звуковой файл Nuqtama-nuqta kodlanadigan tovush
bo‘laklaridan iborat fayl. Bundan tashqari, tovush fayli dasturlar va qurilmalar tomonidan ishlatiladigan boshqaruvchi kodlarni ham o‘z ichiga oladi. Tovush fayllarining namunaviy kengaytmalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: Microsoft Windows - .wav MPEG (Moving Pictures Expert Group) Layer- 3 - .mp3 Apple - .aif MIDI - .mid Intel Indeo Video Movie clips - .avi
Tovush eshittirish signallari yoki tovush jo‘rligi signallari uzatishga mo‘ljallangan namunaviy uzatish kanali. tovush kartasi ingl.: sound card rus.: звуковая карта qarang: tovush platasi tovush kolonkasi ingl.: speaker rus.: звуковая колонка Manbaga (tovush platasiga) ulanadigan analogli tovush signalini qayta tiklaydigan akustika apparaturasi. Odatda, stereoeffekt yaratish uchun tovush platasiga bir juft tovush kolonkasi ulanadi. tovush moslagichi ingl.: sound adapter rus.: звуковой адаптер qarang: tovush platasi tovush platasi ingl.: sound board rus.: звуковая плата Kompyuter yordamida tovushlarni yozish va eshittirish, musiqani sintezlash, kompyuterga ulangan tashqi akustika apparatlarini boshqarish imkonini beradigan plata (foydalanuvchi tizimining bo‘lagi). Tovush platasi
o‘z mikroprotsessoriga ega bo‘lib, tovushni tizimga kiritishda analog-raqamli o‘zgartirish va
chiqarishida diskret-analogli o‘zgartirishni ta’minlaydi. Ko‘pincha plata ma’lumotlarni zichlashtirishni ham amalga oshiradi.
Tovushni eshittirish uchun mo‘ljallangan tizim. Tovush tizimlari kompyuterlarning kirish/chiqish qurilmasi bo‘lib, elektr signallarni mono- yoki stereotovushga o‘zgartirib beradi. Ularning orasida 3D «ucho‘lchovli» deb ataluvchi stereotizimlar tobora keng
tarqalmoqda. Har bir tovush tizimi hech bo‘lmaganda bitta past chastotali va bitta yuqori chastotali radiokarnayga, hamda ichiga
joylashtirilgan kuchaytirgichga ega. Toshiba korporatsiyasi ingl.: Toshiba corporation rus.: корпорация Toshiba Elektron apparatura, shaxsiy kompyuter va mobil tizimlar uchun jihozlar ishlab chiqaruvchi kompaniya. Ixcham shaxsiy kompyuterlar ishlab chiqaruvchi eng yetakchi kompaniyalardan biri. Kompyuterlar katta suyuq kristalli monitor va DVD tizimlariga ega. Katta e’tibor mobil tizimlarga va nutqqa ishlov berishga qaratiladi. TPDDI qisq.: Twisted Pair Distributed Data Interface qarang: CDDI TPM qisq.: Transaction Processing Monitor Tranzaksiyalarga ishlov berish
monitori. Tranzaksiyalarga ishlov berishni boshqaruvchi o‘rtacha pog‘onaga ega bo‘lgan DT.
vakolat uzatish bilan ko‘p tomonidan erkin foydalanish
TrackBall
290
Harakatlanishi nazorat qilinuvchi shar – shar shaklidagi va sichqonchaning o‘rnini bosuvchi 2 yoki 3 tugmachadan iborat maxsus qurilma. Sharni barmoq bilan burash sichqonchaning harakatlanishiga teng.
Telekommunikatsiya tarmog‘i orqali
uzatilayotgan xabarlar to‘plami. Trafik vaqt birligida uzatilayotgan, kompyuter xotirasini o‘lcham birligida ifodalangan (bit/sek) axborot hajmi bilan aniqlanadi. Trafik kanalning yoki kommunikatsiya tarmog‘ining yuklanganligini belgilaydi. trafik tahlili ingl.: traffic analysis rus.: анализ трафика Axborot almashuvi oqimini nazorat qilish asosida axborot haqidagi taxminlar. Misol – aloqa tarmog‘ining ish yukining mavjudligi, yo‘qligi, hajmi, yo‘nalishi va chastotasining tahlili. trafikni tiqishtirish ingl.: traffic stuffing rus.: набивка трафика Axborot muhofazasi sohasida - aksil chora. U trafikni tahlillashni yoki shifrlangan matnni ochiq matnga o‘girishni murakkablashtirish uchun uzatish muhitida ma’nosiz ma’lumotlarni yaratib ulardan foydalanishni nazarda tutadi. Masalan, ramzlar
ketma-ketligi sifatida kodlangan xabar uzatishda ketma-ketlikning ayrim xonalarini yaratilgan ramzlar bilan to‘ldirish tushuniladi.
Ma’lumotlar uzatiladigan kanallar ketma-ketligi yoki yo‘l. Trakt ma’lumotlarni uzatish yo‘lini aniqlagan hollarda, uni ko‘pincha marshrut deb ham atashadi. Bular, trakt bo‘ylab uzatilayotgan tarmoqdagi ma’lumotlar bloki, MB dagi axborot yig‘masi, dasturdagi buyruqlar ketma- ketligi va axborot izlashdagi fayllar ketma- ketligi bo‘lishi mumkin.
Bitta tasvir sekin boshqa tasvirga aylanadigan animatsiya usuli. Ko‘p murakkab animatsiya dasturlari transformatsiya vazifasini qo‘llab- quvvatlaydi.
Kiril alifbosida yozilgan matnni xuddi shunday mazmuniy ahamiyatdagi lotin alifbosidagi to‘la mutanosib matnga o‘girishga mo‘ljallangan konvertor-dastur.
1. Signallarni bir shaklda qabul qilib (odatda aniq chastotatali analog shaklda), boshqa shaklda uzatadigan kommunikatsiya qurilmasi. 2. Axborotni bir tizimdan boshqa tizimdagi teng kuchli axborotga o‘giruvchi qurilma. 3. Bir dasturlash tilida yozilgan dasturni boshqa tilda taqdim qilingan dasturga o‘giruvchi maxsus dastur. 4. Teleko‘rsatuv va radioeshittirishlarda, bosh stansiyadan signalni qabul qilib, so‘ng uni kuchaytirib va shu signalni uzatadigan stansiya. 5. Telefoniya uskunalarida, terilgan raqamlarni qo‘ng‘iroq uchun axborotiga o‘giruvchi qurilma. transport maslagi ingl.: transport platform rus.: транспортная платформа Transport, tarmoq, kanal
va jismoniy pog‘onalarning o‘zaro bog‘liq funksiyalari. Transport maslagi, o‘zaro ishlash sohasining quyi pog‘onalari standartlari bilan aniqlanadi. U, kommunikatsiya tarmoqlarining tavsifnomalarini va shu tarmoqlar orqali ma’lumotlar bloklarini uzatish usullarini tavsiflaydi. Shu sababli, ko‘rilayotgan maslak amaliy maslakning va amaliy jarayonlarning asosi bo‘lib xizmat qiladi.
OSI pog‘onalari shajarasidagi tarmoq pog‘onasi bilan seans pog‘onasi orasidagi to‘rtinchi pog‘ona. Transport pog‘onasi: - kommunikatsiya tarmog‘i orqali ma’lumotlar paketlarini uzatishni ta’minlaydi; trafik
291
- seans pog‘onasiga ulanishning jismoniy vositalarini, jismoniy pog‘onani, kanal pog‘onasini va tarmoq pog‘onasini xizmatlarini hamda o‘z xizmatlarini taqdim qiladi; - axborot tarmog‘ida abonent tizimlarni va ma’muriy tizimlarni manzillashni aniqlaydi; - quyi pog‘onalarda yo‘qotilgan ma’lumotlar bloklarini qayta tiklaydi.
Paralell ishlov berishda ishlatiladigan ixtisoslashgan mikroprotsessorlar. Har bir transpyuter protsessor, tezkor xotira
va ma’lumotlarni uzatish qurilmasidan tashkil topadi. Shunday tuzilma tufayli, transpyuter bir vaqtning o‘zida, ma’lumotlarni qabul qilishi, ishlov berishi va kelgusiga uzatishi mumkin. Transpyuterlar bir birlari bilan birlashadilar. Ularning har biri bir necha portlarga ega, bu esa, xilma xil tuzilmalarni yaratish imkonini beradi. tranzaksiya ingl.: transaction rus.: транзакция 1. Maqsadga erishish yo‘lida qilingan harakat. 2. Obyektlarning vaqt bo‘yicha qisqa o‘zaro ishlash davri. U o‘z ichiga talabnoma – topshiriqni bajarish – javob ketma-ketligini oladi. Odatda, muloqot maromida bajariladi. 3. MB sida ma’lumotlarni kiritish yoki o‘zgartirish amallari. tranzistor ingl.: transistor rus.: транзистор Elektr tokini kuchaytirish, generatsiyalash va o‘zgartirishga mo‘ljallangan yarim o‘tkazgich asbob.
tranzit ingl.: transit rus.: транзит Telekommunikatsiya signallarining chastota polosasini yoki uzatish tezligini o‘zgartirmay o‘tishini ta’minlaydigan bir xil nomli uzatish kanallarining yoki traktlarning ulanishi.
1. Qurilma. U ikki barqaror holatga ega bo‘lgan qurilma. Bu holatlarning birini ixtiyoriy vaqt davomida saqlashi va kirish signali ta’sirida boshqa barqaror holatga o‘tishi mumkin. Ikkidan ortiq barqaror holatlarga ega, ko‘p barqarorli element deb ataluvchi qurilmalar ham mavjud Ularning ish tamoyili turli fizika hodisalaridan biriga
asoslanadi. Kompyuterlarda asosan, elektron hodisalarga asoslangan ikki barqaror holatli triggerlar ishlatiladi. 2. Ma’lumotlarni yangilash, boyitish va yo‘q qilish
amallarini bajarishda avtomatik bajariladigan, pirovordida aniqlangan harakat yoki harakatlar ketma-ketligi. Trigger, ma’lumotlarni yangilanish qoidalarini tekshirilgandan so‘ng ishga tushadi. Na foydalanuvchi, na
ishlanmalar triggerni faollashtira olmaydilar. Trigger quyidagilardan tashkil topgan: - cheklanishlar, ularni amalga oshirish uchun trigger yaratilgan; - hodisa, cheklanishlarni tekshirishni talab qiladigan holatni yuzaga kelishini belgilaydi; - harakatlar.
Download 9.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling