Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati
Download 9.86 Mb. Pdf ko'rish
|
umumjahon o‘rgimchak to‘ri konsorsiumi ingl.: World Wide Web Consortium (W3C) rus.: Консорциум Всемирной паутины (W3C) Konsorsium World Wide Web (W3C) – konsorsiumi, u 1994 yili tashkil bo‘lgan xalqaro tashkilot. WWW dan global erkin foydalanish xizmati uchun
standartlar, bayonnomalar, amaliy dasturlar ishlashni qo‘llash va muvofiqlashtirish - uning maqsadidir. CERN ishtirokida asos solingan, WWW dunyoga kelgan
ilmiy markazda, bugungi kunda
Konsorsium uch tashkilot asosida ishlamoqda: AQSHdagi Massachusets texnologiyalar instituti (Massachusetts Institute of Technology, Laboratory for Computer Science), Fransiyadagi informatika va
avtomatika sohasidagi tadqiqotlar Milliy instituti (Institut National de Recherche en Informatique et en Automatique) va Yaponiyadagi Keio umumiy foydalanishdagi... 297
universiteti. Konsorsium serverida (http://www.w3.org) WWW rivojlanishi tarixi va dunyoda WWW ni hozirgi kundagi ahvoli haqida umumiy axborot, Konsorsiumning yangiliklari va press-relizlari, WWW bo‘yicha konferensiya materiallari bilan
tanishish mumkin. WWW bilan bog‘liq barcha texnik materiallarning katta kolleksiyasi (me’moriy qiyofa, bayonnomalar, foydalanuvchi interfeysi) muhim amaliy ahamiyatga ega. Hususan, WWW uchun hujjatlar tayyorlashning barcha tillarining naqllari bo‘yicha spetsifikatsiyalar, shu jumladan, HTML 4.0 va XML 1.0 standartlari bo‘yicha tayyorlanayotgan tavsiyalar ham taqdim
etilgan. Manzillanayotgan sahifalarning tuzilmasini tavsiflash uchun xizmat qiladigan, «sahifalarni kaskadli stili» CSS tili tomonidan taklif qilindi. UN/EDIFACT texnologiyasi ingl.: UN/EDIFACT technoligy rus.: технология UN/EDIFACT Hujjatlar tayyorlash va uzatish uchun xalqaro standart, ma’lumotnoma va tartiblangan jarayonlar yig‘masi. « Birlashgan Millatlarning ma’muriyat, savdo va transport uchun elektron xatlar sohasida xizmatlar» standartlari UN/EDIFACT keng tarqalmoqda. Texnologiya EDI tarmoq xizmatini ishlatishga asoslangan va ISO hujjatlari bilan belgilanadi.
Nomlash haqida umumiy kelishuv. Windows va Novell NetWare asosida qurilgan tarmoqlarda – tarmoq resursi nomini ko‘rsatish yo‘li, masalan, fayl nomini:
\\servername\sharename\path\filename. Unisys korporatsiyasi ingl.: Unisys corporation rus.: корпорация Unisys Xalqaro axborot xizmatlarini ko‘rsatuvchi katta kompaniya. AQSHda 1986 yilda Burroughs va Sperry Univac kompaniyalarining birlashishi tufayli yaratilgan Unisys kompaniyasi taxminan 100ta mamlakatda faoliyat ko‘rsatadi. O‘z ishida u banklar, aviakompaniyalar, aloqa korxonalari, davlat idoralari va tijorat
korxonalari uchun ochiq tizimlar ishlatishga asoslanadi. Unisysning asosiy
faoliyat sohalariga bosh kompyuterlar, serverlar, shaxsiy
kompyuterlar, UNIX
operatsion tizimlari, amaliy dasturlar ishlab chiqish, axborotni saqlash joylarini yaratish kiradi.
Bell laboratoriyasi tomonidan yaratilgan tarmoq operatsion tizimi. Ilk bor UNIX operatsion tizimi Bell Laboratory tomonidan 1969 yili taklif qilingan, azaldan tarmoqlarda ishlatish uchun mo‘ljallangan edi. Hozirgi kunda UNIX, Si tilida yozilgan ko‘pfoydalanuvchili va ko‘pmasalali operatsion tizim. Tizimning bosh tarkibiy qismi bo‘lib mikroo‘zak hisoblanadi. Uning ichiga tarmoqlararo uzatishni boshqarish bayonnomasini/ bajaruvchi modul joylashtirilgan. UNIX operatsion tizimi bir qancha ijobiy xislatlarga ega, ulardan birinchi navbatda quyidagilarni ko‘rsatish zarur: - amaliy dasturlarni bir turdagi kompyuterdan boshqa turdagisiga ko‘chirib o‘tkaza olish; - ma’lumotlarni tarqoq ishlovini bajarish imkonini beradigan tarmoq xizmatlarining keng yig‘masi; - bir vaqtning o‘zida turli xildagi fayl majmualarining mavjud bo‘lishi; - yuz berayotgan ishlov
jarayonlarini foydalanuvchilar tomonidan rejalash imkoni; - RISC
protsessorlari bilan
yaxshi uyg‘unlashuvi; - xar xil ishlab chiqaruvchilar tomonidan taqdim qilingan mahsulotlarni oson ishlatish; - rivojlanish va kengayish uchun ochiqlik. UNIX superkompyuterlari, ishchi-stansiyalar va maxsus shaxsiy kompyuterlarda keng ishlatiladi.
UNIX
operatsion tizimining Novell korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan rusumi. UNIXWare tizimi birinchi navbatda NetWare
tarmoqlarida ishlatish uchun yaratilgan. Shu bilan birga, bu operatsion tizimining muhitida hududiy tarmoqlarning bayonnomalari ham bajariladi. UNIXWare oddiy grafik interfeysga ega. Bu 32-xonali tizim «ish stoli» deb ataluvchi muhitda ishlaydi. UNIXWare ko‘pmasalali, ko‘pfoydalanuvchili, ko‘poqimli tizimdir. U UNIXWare operatsion (a... 298
Update Ma’lumotlarning yangilanishi. Ko‘p dasturlar o‘z ishida ma’lumotlar bazalaridan foydalanadi. Dastur ishlab chiqaruvchilari ma’lumotlarni bazalarga qo‘shib, foydalanuvchilarga ma’lumotlar bazalarini yangilash imkonini beradi. Misol sifatida viruslar bazalaridan foydalanuvchi g‘ayrivirus dasturlarini keltirish mumkin. Ushbu bazalar doimo yangilanib borib, foydalanuvchilar ularni Internet orqali yangilash imkoniga ega. Upgrade 1. Kompyuter yoki kompyuter qurilmasini, masalan, protsessorni kuchliroqqa almashtirish, tezkor xotira hajmini oshirish va h.k. tufayli yangilash. 2. Dasturni keyingi rusumgacha yangilash. Kompyuter dasturlarini ishlab chiqaruvchilari yangi rusum chiqishida nafaqat to‘liq yangi o‘rnatish paketini, balki avvalgi rusumlar foydalanuvchilari ishlatishi mumkin bo‘lgan yangilash paketlarini ham ishlab chiqaradi. Yangilash paketining hajmi odatda kamroq bo‘ladi, chunki uning ichiga faqat o‘zgartirish yoki qo‘shish lozim bo‘lgan fayllar kirib, ko‘pgina fayllar eski nus’hadan olinadi (to‘liq paketga ushbu fayllar ham yoziladi). Dastur pullik bo‘lsa, yangilash to‘liq paketga qaraganda arzonroqdir. Dastur bepul bo‘lsa va yangilash Internet orqali amalga oshirilsa, yangilash kamroq vaqt talab qilishi bois uni yuklab olish uchun kamroq vaqt ketadi.
Uzatish. Ma’lumotlarni (odatda
faylni) kompyuteringizdan boshqa kompyuterga uzatish. UPS qisq.: 1. Uninterruptible Power Supply – Uzluksiz oziqlantirish manbai.
Ichiga o‘rnatilgan akkumulatorli tarmoq kuchlanishi stabilizatori. 2. United Parcel Service – Birlashgan jo‘natmalar xizmati, UPS xizmati. Pochta va yuklarni tezkor yetkazish xizmatlarini ko‘rsatuvchi transmilliy kompaniya. URI qisq.: Uniform Resource Identifier Unifikatsiya qilingan resurs aynanlagichi. Internet orqali erkin foydalanish mumkin bo‘lgan resurs manzili. URIning birinchi qismi sxema deyiladi. Eng keng tarqalgan sxema - 'http', biroq ko‘plab boshqalari ham mavjud. Har bir URI sxemasi o‘z formatiga ega. Quyida http, telnet va news sxemalaridan foydalanuvchi URI misollari keltirilgan: 1) http://www.test.net/files/glossary.html; 2) telnet://test.net; 3) news:new.newusers.questions. URL qisq.: Uniform Resource Locator Unifikatsiya qilingan resurs ko‘rsatuvchisi. Internet tarmog‘ida axborot resursi (sahifa, fayl) manzili. URL domen nomi, saytda sahifaga yo‘l va sahifa fayli nomidan iborat. Misol: http://www.gov.uz/ru/uzbekistan/economics.ht ml. Bu yerda www.gov.uz saytning domen nomi, /ru/uzbekistan/ - yo‘l va economics.html – fayl nomi. Odatda veb-sahifalarni tashkil qiluvchi fayllar.htm yoki .html kengaytmasiga ega bo‘ladi.
Unifikatsiya qilingan resurs nomi. US-ASCII qisq.: American Standard Code for Information Interchange Axborot almashish uchun Amerika standart kodi, US-ACSII kodi. Lotin alifbosining kichik va katta harflari, raqamlar, tinish belgilari va boshqaruv belgilarini taqdim etish uchun 7 bitli kod.
USB qisq.: Universal Serial Bus qarang: USB shinasi USB 2.0 shinasi ingl.: USB 2.0 rus.: шина USB 2.0 Yuqori tezlikka ega bo‘lgan USB shinasi. USB 2.0 ma’lumotlar uzatish tezligini 480 Mb/s gacha
quvvatlay oladigan tashqi shina
standartidir. USB 2.0 texnologiyalar kanal o‘tkazishi kengligiga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida ishlab chiqilgan. USB 2.0, USB 1.1ni to‘ldirib bo‘lib, u bilan batamom uyg‘unlashadi, xuddi
bir xil
kabel va
Update
299
ulanishlardan foydalanadi. USB 2.0 shinasining spetsifikatsiyasi 2000 yilning aprel oyida nashr qilingan.
Kompyuterning USB portiga
ulanib 2 Gbaytgacha saqlash qobiliyatiga ega portativ qattiq disk sifatida ishlovchi kichik, portativ flesh xotira kartasi. USB flash drivelardan foydalanish juda oson, chunki ularning kattaligi cho‘ntakka solish uchun mos va u USB portiga ega xohlagan kompyuterga ulanishi mumkin. USB flash drivelar tashqi qattiq diskka qaraganda kamroq xotira hajmiga ega bo‘lsa ham, ular ixchamroq va mustahkamroq, chunki ular ichida harakatlanuvchi qismlar yo‘q. USB flash drivelar ruchka drayvlari, kalit dravylari yoki shunchaki USB drayvlari deb ham nomlanadi. USB shinasi ingl.: USB (Universal Serial Bus) rus.: шина USB
Tashqi shina standarti 12 Mb/s.gacha tezlik bilan ma’lumotlar uzatishni quvvatlaydi. USB (ommabop ketma-ket shina)
shinasining spetsifikatsiyasi Compaq, DEC, IBM, Intel, Microsoft, NEC
va Northern Telecom kompaniyalari tomonidan «plug-and-play» standarti bo‘yicha tashqi kompyuter qurilmalarini ulash uchun ishlab chiqilgan. Natijada, kengaytirish slotlariga qo‘shimcha platalarni o‘rnatish va tizimni qayta tarkibini tuzish extiyoji yo‘qoladi. USB shinasi bir vaqtning o‘zida ketma-ket 127gacha sichqoncha, modem, klaviatura kabi tashqi qurilmalarni ulash imkonini beradi. iMac kompyuterining paydo bo‘lishi bilan, 1998 yildan USB keng joriy etila boshlandi. Yaqin kelajakda USB ketma-ket va parallel portlarni butunlay almashtirishi kutilmoqda.
Munozara ishtirokchilari orasida xabarlarni tarqatish texnologiyasi. USENET tarmog‘i Internet tarmog‘i bilan o‘zaro ishlaydi va 10 000ga yaqin munozara guruhlariga ega. Ishtirokchilar orasidagi axborot almashuvi quyidagicha tashkil qilingan. Boshida munozara mavzui e’lon qilinadi va unda ishtirok etmoqchi bo‘lganlar ro‘yxati yig‘iladi. Guruh hosil bo‘ladi. So‘ngra, guruhning a’zolaridan birortasi yuborgan xabaridan nusxa ko‘chiriladi va barcha boshqa ishtirokchilarga elektron pochta orqali tarqatiladi. O‘sha pochta orqali yangitdan olingan xabarlar yana barcha guruh a’zolariga tarqatiladi. Munozara mavzusi yopilmaguncha shunday jarayon
davom etaveradi. UTF qisq.: UCS Transformation Format USCni o‘girish formati. USC (Unicode) standartining hammabop belgilar to‘plamini turli kodlamalarga o‘girish uchun formatlar oilasi.
UTF-16 belgilarini kodlash standarti, UTF-16 kodlamasi. UCSni o‘girish formati, Unicode 3.0 standarti qismi. Belgilar ikki baytli ketma- ketliklar yordamida kodlanadi. RFC 2781da tavsiflangan. UTF-7 qisq.: UTF-7 UCS Transformation Format UTF-7 belgilarini kodlash standarti, UTF-7 kodlamasi. UCSni o‘girish formati, belgilarni 7 bitli ketma-ketliklarga o‘giradi. RFC 2152da tavsiflangan. Belgi baytida katta bitni e’tiborga olmaydigan xabarlarni transport qilish mexanizmlarida masalan Internetdagi elektron pochtada ishlatiladi. UTF-8 qisq.: UTF-8 UCS Transformation Format UTF-8 belgilarini kodlash standarti, UTF-8 kodlamasi. UCSni o‘girish formati, US-ASCII ko‘lamidagi belgilarni bir bayt yordamida kodlaydi, qolganlarni esa 2dan 6 baytgacha guruhlar bilan kodlaydi. RFC 2279da
tavsiflangan. utilita ingl.: utility rus.: утилита Kompyuter va kompyuter dasturlariga texnik xizmat ko‘rsatish quroli bo‘lmish xizmat dasturi. Utilitalar kompyuter tizimlarini sinovdan o‘tkazish, operatsion tizim
yoki uning
qismlarini testlash va qayta tiklash, buzilgan U utilita
300
yoki yo‘qotilgan fayllarni qayta tiklash va h.k. uchun xizmat qiladi. UTP qisq.: Unshielded Twisted Pair Ekranlashtirilmagan halqa jufti. UUCP qisq.: UNIX to UNIX Copy Protocol UNIX tizimlari orasida ma’lumotlardan nusxa ko‘chirish bayonnomasi. Fayllardan nusxa ko‘chirish va pochta xabarlarini uzatish uchun hozirgi paytda ishlatilmaydigan bayonnoma.
UXGA standarti. Grafik axborotni aks ettirish standarti. 16,7 mln. ranglar bilan 1600x1200 ajrataolishni ta’minlaydi. uy katalogi ingl.: home directory rus.: домашний каталог Foydalanuvchi kompyuterda ishlash uchun oladigan katalog. Ushbu katalogda u fayllarni yozishi va o‘zgartirishi mumkin. Boshqa kataloglarda fayllarni faqat o‘qish mumkin.
1. Brauzer tomonidan dastur yuklangandan so‘ng terminalda paydo bo‘ladigan veb- sahifaning, portalning, majmuaning birinchi sahifasi. Odatda, prezentatsiya va navigatsiya bo‘yicha ham asosiy ish bajaradi. 2. Veb-sayt foydalanuvchisi ochadigan birinchi veb-sahifa. Saytdan foydalanish undan boshlanadi. Odatda, foydalanuvchi o‘zining qayerda ekanligi va saytning boshqa sahifalarida nimalarni ko‘rishi mumkinligi haqida Bosh sahifadan ma’lumot oladi.
1. Jadvaliy qo‘llanmalarda – ma’lumotlar elementini (matn, son qiymati, formula) kiritish uchun mo‘ljallangan to‘g‘riburchak shaklli katak. Butun jadval uyalari ustunlar va qatorlardan iborat bo‘ladi. Jadvaldagi uya, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimidagi maydonga o‘xshaydi. 2. Telekommunikatsiyalar va aloqada – qayd etilgan ma’lumotlar paketi. 3. Xotira uyasi – o‘zining manziliga ega va bit, bayt, so‘z yoki so‘z qismini saqlay oladigan xotira elementi. 4. Registr uyasi - bir bitni saqlashga mo‘ljallangan registr elementi. 5. Uyali aloqa tizimlarida – uyali aloqa bilan qamrab olingan fazo bir biriga yopishib ketadigan uyalarga bo‘linadi. Ularning har birida, uyali aloqa asosiy stansiyasi o‘rnatiladi. Shu stansiyalarning o‘zaro ishlashi tarmoq hosil qiladi. 6. Optik disk, magnit disk va magnit tasmaning uyasi – shu qurilmaning sohasi yoki maydoni. O‘z navbatida, disk yoki tasma, amaliy jarayonga taqdim qilinadigan xotira uyasidir.
Uyali
paketli radiotarmoqda ma’lumotlar uzatish usuli. CDPD texnologiyaga ega
tarmoqlar 1994 yili paydo bo‘lib, tezda ommaviylashib ketdilar. Mobil
aloqa ma’lumotlarning ixtiyoriy turini (matnlar, tasvirlar va tovushni) uzatishni ta’minlay boshladi. Shu bilan birga, uzatishning yuqori ishonchliligi va xilma xil xizmatlar taqdim qilish kafolatlanadi. uyalashgan tarmoq ingl.: mesh network rus.: ячеистая сеть Abonent tizimlari orasida bir necha turli yo‘nalishlar o‘tkazish mumkin bo‘lgan tarmoq. Unga qarama qarshi o‘laroq, yakkakanalli tarmoqda tizimlar faqat bitta kanal bilan ulanadilar. uyali qayta uzatish ingl.: cell relay rus.: ретрансляция ячеек Ma’lumolarni tezkor uzib-ulashni apparat bilan ta’minlovchi tarmoq texnologiyasi. Uyalarga taxlab joylashtirilgan ma’lumotlarni qayta uzatib to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzib-ulaydi. Birinchi navbatda, asosiy tarmoqlarda ishlatiladi. U kadrlarni qayta uzatishdan, bu tarmoqlar orqali o‘zgarmas uzunlikdagi, uya deb ataluvchi ma’lumotlar blokini uzatishni ta’minlashi bilan UTP
301
farqlanadi. Uyalarni qayta uzatish birlashgan uzib-ulash bog‘lamalarida bajariladi. UZ zonasi ingl.: UZ zone rus.: зона UZ Internet tarmog‘ining o‘zbek
segmentiga ajratilgan domen nomlari majmui. uzatish kanali ingl.: transmission channel rus.: канал передачи Texnik vositalar va tarqalish muhiti majmui. U aniq chastotalar kengligida yoki aniq tezlikda tarmoq stansiyalari, tarmoqlar bog‘lamalari orasida yoki tarmoq stansiyasi yoki tarmoq bog‘lamasi va birlamchi tarmoqning chekka qurilmasi orasida telekommunikatsiyalar signallarini uzatishni ta’minlaydi. Telekommunikatsiyalar signallarini uzatish usullariga qarab, uzatish kanalini analogli yoki
raqamli deb
atashadi. Telekommunikatsiyalar signallarini uzatish
tezligiga ko‘ra,
raqamli kanalni
asosiy, birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi, to‘rtlamchi deb ataladi.
Download 9.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling