Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati


uzatish  nazorati  va  to‘qnashuvlarni


Download 9.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/103
Sana09.02.2017
Hajmi9.86 Mb.
#51
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   103

 

uzatish  nazorati  va  to‘qnashuvlarni 

aniqlash  bilan  ko‘p  tomonidan  erkin 

foydalanish 

ingl.:  Carrier  Sense  Multiple  Access  with  Collision 

Detection (CSMA/CD) 

rus.:  множественный  доступ  с  контролем 

передачи и обнаружением столкновений 

Tarmoq 


qurilmalarining 

taqsimlanadigan 

ma’lumotlarni 

uzatish 


muhitidan 

erkin 


foydalanishni  boshqarish  usuli.  CSMA/CD 

IEEE  standartlari  tomonidan  tasdiqlangan  va 

ko‘p  abonent  tizimlarining  bitta  yakka  kanal 

orqali o‘zaro ishlash paytida qo‘llaniladi. Ushbu 

usulda  har  bir  abonent  tizimi  yakka  kanalda 

paydo  bo‘layotgan  signallarni  nazorat  qiladi. 

Yakka kanalni eshitganda tizimlarning hech biri 

ma’lumotlarni 

uzatmayotganligi 

aniqlangandagina  A  tizimi  ma’lumotlar  blokini 

uzatishni  boshlashi  mumkin.  Yakka  kanalda 

ma’lumotlar uzatilayotgan bo‘lsa A tizimi uning 

tugashini  kutadi.  Uzatishni  boshlab,  A  tizimi 

boshqa 


tizim 

tomonidan 

ayni 

paytda 


ma’lumotlar  uzatilishi  boshlanganligini  nazorat 

qilib  turadi.  Bunday  holda  A  tizimi  o‘z 

uzatishni  tugatib,  ma’lum  vaqt  o‘tgach  uni 

qayta  boshlaydi.  Ma’lumotlar  faqat  A  tizimi 

tomonidan  uzatilayotganligi  aniqlanganda  u 

blokni 


uzatishni 

oxirigacha 

yetkazadi. 

CSMA/CD  Ethernet,  Fast  Ethernet  va  Gigabit 

Ethernet tarmoqlarida qo‘llaniladi. 

 

uzatish radiotizimi 

ingl.: transmission radio system 

rus.: радиосистема передачи 

Telekommunikatsiya  signallari  ochiq  fazoda 

radioto‘lqinlar  tarzida  tarqatiladigan  uzatish 

tizimi.  Radioto‘lqinlarning  tarqalishi  muhiti  va 

shakliga  qarab,  uzatish  radiotizimini:  to‘g‘ri 

ko‘rinadigan  radioreleli,  trposferali,  yo‘ldosh 

aloqali, ionosferali va h.k. deb atashadi. 

 

uzatish sifati 

ingl.: quality of transmission 

rus.: качество передачи 

Uzatuvchi  foydalanuvchidan  qabul  qiluvchi 

foydalanuvchiga 

kelayotgan 

telekommunikatsiya  signalini  qayta  tiklash 

darajasi. 



 

uzatishning asinxron rejimi 

ingl.: Asynchronous Transfer Mode (ATM) 

rus.: асинхронный режим передачи 

Uzib - ulash kanallariga ega tarmoqlarda barcha 

turdagi  (ma’lumotlar,  ovoz  va  video)  trafikning 

bir 


xil 

paytda 


yuqori 

tezlikda 

uzatish 

texnologiyasi;  uzib  -  ulash  tarmoqlari  uchun 

standart.  Ma’lumotlar  cheklangan  uzunlikdagi 

(53  bayt)  paketlar  («uyalar»)  ga  aylantiriladi. 

Bayonnoma  bog‘lanishlar uchun  mo‘ljallangan: 

ma’lumotlarning 

uzatilishidan 

oldin 


ma’lumotlarni  jo‘natuvchi  va  oluvchi  o‘rtasida 

virtual  bog‘lanish  (uzib  -  ulash  yoki  doimiy) 

tashkil  qilinadi,  bu  esa  yo‘naltirish  tartiblarini 

osonlashtiradi.  Turli  o‘tkazish  qobiliyatiga  ega 

tarmoqlarda  (soniyasiga  2  dan  620  Mbitgacha) 

ma’lumotlar  va  sarlavhadan  iborat  53-baytli 

uyalarni 

kafolatlangan 

almashuvi 

uchun 


vositalar 

mavjud. 


Bayonnoma 

nomidagi 

«asinxron»  atamasi  bitta  bog‘lanishdagi  uyalar 

aloqa 


kanaliga 

istalgan 

vaqtda 

(ya’ni 


nomuntazam 

ravishda) 

erkin 

foydalanishi 



mumkinligini 

bildiradi. 

Ma’lumotlar 

uzatishning  asinxron  maromi  (MUAR)  dizayni 

apparatli 

ta’minot 

darajasida 

dasturiy 

ta’minotga  qaraganda  osonroq  tashkil  etilishi 

sababli,  ma’lumotlarga  ishlov  berish  va  uzib-

ulashning  yuqori  tezlikda  (soniyasiga  10 

uzatishning asinxron r... 



 

302 


Gbitgacha)  bajarilishi  mumkin. MUAR  sinxron 

optik  tarmoqlar  (SONET)  va  boshqa  ba’zi 

tarmoqlar  bilan  birga  keng  yo‘l-yo‘lli  ISDN 

bog‘lanishning asosiy tarkibiy bo‘lakidir. 



 

uzatishning gipermatnli bayonnomasi 

ingl.: HyperText Transfer Protocol (HTTP) 

rus.: гипертекстовый протокол передачи 

Uzatishning  transport  bo‘g‘ini  bayonnomasi.  U 

Internet 

tarmog‘ida 

hamkorlarni 

o‘zaro 


harakatlari  tartibini  belgilaydi  va  Internet 

tarmog‘i  orqali  gipermatn  formatida  hujjatlar 

uzatishga mo‘ljallangan. 

HTTP  yordamida  bajariladigan  amallar  to‘rt 

bosqichda amalga oshiriladi: 

-  hamkorlarni  o‘zaro  harakatlarining  seansini 

o‘rnatish; 

- so‘rov tashabbuskori xabarlarini jo‘natish; 

-  javob  ma’lumotlarini  (teskari  tomonga) 

yo‘naltirish; 

- seansni to‘xtatish. 

 

uzib-ulagich 

ingl.: switch 

rus.: коммутатор 

Ma’lumotlar 

uzatish 

mumkin 


bo‘lgan 

yo‘nalishlardan 

birini 

tanlashni 



amalga 

oshiradigan 

qurilma 

yoki 


dastur. 

Kommunikatsiya tarmog‘ida uzib-ulagich qayta 

uzatish  tizimning  oddiy  turi  bo‘lib,  tiniqlik 

xususiyatiga  ega.  Ya’ni,  bu  yerda  uzib-ulash 

ma’lumotlarga birorta ishlov bermasdan amalga 

oshiriladi.  Uzib-ulagich  buferga  ega  emas  va 

ma’lumotlarni yig‘a olmaydi. Shu sababli, uzib-

ulagich 


ishlatilganda, 

ulanayotgan 

ma’lumotlarni  uzatish  kanallarida  signallarni 

uzatish tezliklari bir xil bo‘lishi zarur. 



 

uzib-ulanadigan aloqa liniyasi 

ingl.: switched communication line 

rus.: коммутируемая линия связи 

Uzatuvchi  va  qabul  qiluvchi  qurilmalarni 

ulanish  vaqtida  o‘rnatiladigan  aloqa  liniyasi. 

Qoida  bo‘yicha,  telefon  tarmog‘ida  tashkil 

qilinadi. 

 

uzib-ulanadigan kanal 

ingl.: switched channel 

rus.: коммутируемый канал 

Kommunikatsiya  tarmog‘ining  mantiqiy  kanali. 

Kanallarni uzib-ulash natijasida, aksariyat, faqat 

tizimlar orasida seans vaqtiga taqdim qilinadi. 



 

uzib-ulanadigan mahalliy tarmoq 

ingl.: switched local-area network 

rus.: коммутируемая локальная сеть 

Segmentlardan iborat  mahalliy  tarmoq.  U  uzib-

ulash  majmuasi  yordamida  yagona  bir  butun 

bo‘ladi.  Yuqori  o‘tkazish  qobiliyatli  uzib-

ulaydigan 

majmua 


orqali, 

faqat 


boshqa 

segmentlarda  joylashgan  tizimlarga  yo‘llangan 

ma’lumot  bloklari  uzatiladi.  Qolgan  bloklar 

faqat  o‘zlarining  segmentlarini  ichida  aylanib 

yuradilar,  bu  esa  tarmoqni  xavfsizligiga  imkon 

yaratadi.  Uzib-ulaydigan  majmua  jismoniy 

uzib-ulashni  ham,  mantiqiy  uzib-ulashni  ham 

ta’minlaydi.  Buning  sharofati  bilan,  bir-biri 

bilan  bog‘langan  turli-tuman  virtual  tarmoqlar 

yaratiladi. 



 

uzib-ulanadigan virtual tarmoq 

ingl.: Switched Virtual Networking (SVN) 

rus.: коммутируемая виртуальная сеть 

IBM  korporatsiyasi  tomonidan  taklif  qilingan, 

tuzulmasi 

jo‘shqin 

o‘zgaradigan 

tezkor 


kommunikatsiya 

tarmoqlarining 

me’moriy 

qiyofasi. SVN tizimli tarmoq me’moriy qiyofasi 

va 

yo‘naltirgichlar 



asosida 

yaratilayotgan 

tarmoqlar  o‘rniga  kirib  kelmoqda.  SVN  ning 

asosiy  xususiyati  uzatishning  asinxron  usulini 

ishlatish  va  ulanishning  jismoniy  vositalarining 

rang-barangligi. 

Shuning 

evaziga, 

SVN 

strategiyasi turli rusumdagi tarmoqlarni qamrab 



olmoqda. 

 

uzib-ulash 

ingl.: switching 

rus.: коммутация 

1.  Signallarni  tashib  o‘tishga  kerak  bo‘lgan 

vaqtga 

funksional 



birliklarini, 

uzatish 


kanallarini  va  telekommunikatsiya  kanallarini 

ketma-ket ulanishlarini yaratish jarayoni. 

2.  Ma’lumotlarni  uzatish  yo‘nalishini  tanlash 

usuli. 


Uzib-ulash 

ma’lumotlarni 

yo‘naltirgichli 

tarmoqlar 

texnologiyasining 

asosi 


bo‘lib 

hisoblanadi.  Kommunikatsiya  tarmog‘i  oldiga 

qo‘yilgan  vazifalarga  qarab,  uzib-ulashning  bir 

necha  usuli  ishlatiladi.  Ularning  har  biri  OSI 

sohasi  pog‘onalarining  turli  qatlamlari  bilan 

aniqlanadi.  Bloklarni  uzib-ulashni,  kanallarni 

uzib-ulashni, xabarlarni uzib-ulashni, paketlarni 

uzib-ulashni  farqlashadi.  Aralash  uzib-ulash, 

kanallarni  uzib-ulashni  ham,  paketlarni  uzib-

ulashni ham ta’minlay oladi. 

uzatishning gipermatnl... 


 

303 


 

uzib-ulash xabi 

ingl.: switched hub 

rus.: коммутирующий хаб 

Tarmoq  ishining  samaraliligini  oshiruvchi 

Ethernet texnologiyasining  keyingi  rivojlanishi. 

Bu 


holda 

muhitdan 

erkin 

foydalanishni 



boshqarish  aslida  bog‘lamalardan  port juftlari – 

paket  manbalari  va  ularni  qabul  qiluvchilar  – 

o‘rtasida virtual ajratilgan kanallar o‘rnatilishini 

ta’minlovchi markaziy uzib-ulovchi qurilmasiga 

ko‘chiriladi.  Uzatuvchi  bog‘lamalardan  uzib-

ulovchi  xab  deyarli  har  doim  paketni  yo  o‘z 

buferiga  qabul  qilish,  yo  uni  deyarli  uzulishsiz 

maqsad  portiga  uzatishga  tayyor  (bunday  xab 

bilan 

“turib” 


almashuvchi 

ikkita 


kompyuterlarning  uzib-ulovchisi  –  On-the-fly 

Switching).  Uzib-ulovchi  xab  orqali  o‘zaro 

ma’lumotlarni 

almashuvchi 

kompyuterlar 

umumiy  trafik  yukini  oshirmaydi.  Bunday 

xablar,  shuningdek,  Ethernet  va  Fast  Ethernet 

tarmoqlarini bog‘lash uchun qo‘llaniladi. 



 

uzib-ulashlar markazi 

ingl.: switching centre 

rus.: центр коммутации 

Ma’lumotlarni  uzatishda  dastlabki,  kirish  va 

tranzit  yuklamalarni  o‘tkazishni  ta’minlaydigan 

stansiya. 



 

uzluksiz ozuqa manbai 

ingl.: Uninterruptible Power Supply (UPS) 

rus.: источник бесперебойного питания 

Tarmoqda 

kuchlanish 

pasayishi 

paytida 

kompyuterning  uzluksiz  ishini  ta’minlovchi 

qurilma. 

 

uzluksiz signal 

ingl.: continuous signal 

rus.: непрерывный сигнал 

qarang: analog signal 

 

uzoqdan ma’murlash  

ingl.: remote administration 

rus.: удаленное администрирование 

Bog‘lamani  boshqa  kompyuterdan  tarmoq 

orqali ma’murlash. 

 

uch o‘lchamli grafika 

ingl.: three-dimensional graphics 

rus.: трехмерная графика 

Hajmiy 


obyektlarning 

tasvirlari 

ustidan 

tekislikda 

amallar 

bajaruvchi 

kompyuter 

grafikasi.  Uch  o‘lchamli  grafika,  uch  o‘lchamli 

tasvirni  ikki  o‘lchamli  shaklda  ifodalash 

modelini  ishlatish  natijasida  olinadi.  Shu  bilan 

birga,  sintezlanayotgan  uch  o‘lchamli  3D 

obyektni,  mumkin  bo‘lgan  eng  ko‘p  darajada 

taqlid 

qilinishi  ta’minlanishi  shart. 



Uch 

o‘lchamli  grafika  tushuntirilayotgan  materialni 

izohlashda  keng  ishlatiladi  va  virtual  borliqni 

boyitadi.  Uni  tavsiflash  uchun  turli  tillar 

ishlatiladi,  shu  jumladan,  virtual  borliqni 

modellash tili ham. 



 

uch o‘lchamli interfeys 

ingl.: three dimensional interface 

rus.: трехмерный интерфейс 

Uch  o‘lchamli  grafikani  tavsiflaydigan  amaliy 

dasturlarning  interfeysi.  «Uch  o‘lchamli  «  3D 

interfeysning 

yaratilishi, 

aniq 


obyektlarni 

tavsiflaydigan uch o‘lchamli grafikaning barcha 

kuchli vositalarini birlashtirish imkonini beradi. 

Bu  uch  o‘lchamli  tavsviflar  bo‘yicha,  inson 

«ko‘rishiga»  taqlid  etilgan  virtual  borliqda 

harakatlanuvchi 

tasvirlarni 

tezkor 


qurish 

texnologiyasini yaratish imkonini beradi. 



 

uch o‘lchamli tasvir 

ingl.: three dimensional image 

rus.: трехмерное изображение 

Obyektning hajmiy tasviri. 



 

uchinchi avlod tili 

ingl.: third generation language (3GL) 

rus.: язык третьего поколения 

Inson 


tomonidan  tushunish 

va 


dasturlar 

yozishni yengillashtirish uchun ishlab chiqilgan 

dasturlash  tili.  Uchinchi  avlod  dasturlash 

tillarining  ko‘pchiligi  tuzilmaviy  dasturlashni 

quvvatlaydi.  Uchinchi  avlod  tillariga  Fortran, 

ALGOL, COBOL, BASIC, Ci, C++ misol bo‘la 

oladi. 

 

Uchinchi avlod tilli 



 

304 


Vv

 

 

vakillik serveri 

ingl.: proxy server 

rus.: представительский сервер 

To‘siq  hosil  qiluvchi  kompyuter  yoki  unda 

ishlovchi dasturiy ta’minot. Vakillik serveri ikki 

tarmoq  o‘rtasida  joylashib,  biri  uchun  erkin 

foydalanish chetdan mumkin bo‘lsa, boshqasiga 

esa  mumkin  bo‘lmaydi.  Ichki  tarmoqni  ajratib, 

Internetda  uning  vakili  sifatida  bo‘ladi.  Uning 

asosiy 


vazifasi 

– 

tarmoq 



mijozlarining 

so‘rovlarini  Internet  bog‘lamalariga  uzatish  va 

talab qilingan axborotni mijozga qaytarish. 

 

vakolat  uzatish  bilan  ko‘p  tomonidan 

erkin foydalanish 

ingl.: Token Passing Multiple Access (TPMA) 

rus.: 

множественный  доступ  с  передачей 

полномочия 

Vakolat  yordamida  yakka  kanaldan  ko‘p 

tomonli  erkin  foydalanish  yoki  davriy  halqa. 

TMPA usulida abonent tizimlari mantiqiy halqa 

bo‘ylab  bir-biriga  vakolat  yoki  asso  deb 

nomlangan alohida ma’lumotlar blokini uzatadi. 

Vakolatni 

olib, 


tizim 

erkin 


foydalanish 

jarayonini  boshlaydi  va  (oldindan  kelishib 

olingan)  bir  yoki  bir  necha  ma’lumotlar  blokini 

uzatishi  mumkin.  Vakolatni  olgan tizim  uzatish 

uchun  ma’lumotlarga  ega  bo‘lmasa,  u  darhol 

vakolatni  ro‘yxatda  navbatdagi  boshqa  tizimga 

jo‘natadi. 

 

vakolatlar 

ingl.: authority 

rus.: полномочия 

Foydalanuvchi  (terminal,  dastur,  tizim)ning 

muhofaza  qilingan  ma’lumotlar  ustidan  u  yoki 

bu amallarni bajarish huquqi. 



 

vakolatli server 

ingl.: proxy server 

rus.: сервер полномочий 

Muhofaza  qilingan  tarmoqning  Internetning 

qolgan  qismi  bilan  aloqasini  boshqaruvchi 

dastur.  Ko‘p  korporatsiyalar  korporativ  tarmoq 

va xavfli bo‘lishi mumkin bo‘lgan qo‘llanmalar 

o‘rtasida  muhofaza  qatlamini  hosil  qiluvchi 

vakolatli serverlardan foydalanadi. 

 

vaqt ajratish 

ingl.: timesharing 

rus.: разделение времени 

Yagona  kompyuterdan  bir  paytda  bir  necha 

shaxs 

foydalanishi. 



Bu 

holda, 


har 

bir 


foydalanuvchi,  o‘zining  aloqa  vositalari  orqali 

bosh  kompyuter bilan  ulangan,  terminali  oldida 

bo‘ladi. Foydalanuvchi, bosh kompyuterga, eng 

oddiysidan  to  eng  murakkabigacha  o‘z  ichiga 

olgan  muayyan  vazifani,  bajarish  uchun 

talabnoma  yuboradi.  Shunda,  foydalanuvchiga 

kompyuter  faqat  uning  vazifasini  ishlash uchun 

ajratilgandek  tuyuladi,  lekin,  kompyuterning 

quvvati  unga  bir  foydalanuvchining  vazifasidan 

boshqasining 

vazifasiga 

ko‘chib 


yurish 

imkonini  beradi.  Vaqt  ajratish  texnologiyasi 

quyidagi ustunliklarga ega: 

1. 


Foydalanuvchi 

uchun 


o‘ziga 

alohida 


kompyuter  sotib  olishdan  ko‘ra  boshqalar  bilan 

birga  yagona  kompyuterni  baham  ko‘rish 

arzonroq tushadi. 

2.  Bosh  kompyuterda  yetarlicha  hajmdor  yoki 

qimmatli 

axborot 


bo‘lib, 

uni 


ayrim 

kompyuterlarda  nusxalash  imkoni  yo‘q.  Vaqt 

ajratish  texnologiyasi  kompyuter  narxi  juda 

baland bo‘lgan davrda, ayniqsa ommaviy tarzda 

ishlatilgan. 

 

vaqt bombasi 

ingl.: temporary bomb 

rus.: бомба временная 

Belgilangan 

vaqtda 

amalga 


oshiriladigan 

mantiqiy bomba turi. 



 

vaqtni  taqsimlash  bilan  ko‘p  tomonidan 

erkin foydalanish 

ingl.: Time Division Multiple Access (TDMA) 

rus.:  множественный  доступ  с  разделением 

времени 

Kanal  ish  vaqtini  axborot  tizimlari  orasida 

taqsimlashga  asoslangan  ko‘p  tomonidan  erkin 

foydalanish.  TDMA  usuli  takt  generatori  deb 

nomlangan  maxsus  qurilmadan  foydalanishga 

asoslangan.  Ushbu  generator  kanal  ish  vaqtini 

takrorlanadigan  davralariga  bo‘ladi.  Har  bir 

davra  chegaralovchi  signal  bilan  boshlanadi. 

Davra  tartib  raqami  berilgan  n  ta  vaqt 

oraliqlaridan  tarkib  topgan.  Oraliqlar  ularga 

ma’lumotlar  bloklarini  yuklash  uchun  taqdim 

Vv 


 

 

305 


etiladi.  TDMA  usuli  ma’lumotlarni  uzatish 

muhitining  bitta  chastota  polosasida  FDMA 

usuliga  nisbatan  bir  necha  barobar  ko‘p 

mustaqil  kanallarni  joylashtirish  imkonini 

beradi.  TDMA  usuli  ISDN  standartli  raqamli 

telefon tarmoqlari va mobil aloqada qo‘llaniladi. 



 

VAX 

qisq.: Virtual Address eXtension 

Kengaytirilgan 

virtual 

manzillash, 

VAX 

seriyadagi  EHM.  DEC  kompaniyasi  tomonidan 



ishlab  chiqariladigan  XX  asrning  80-90-

yillarida mashhur mini EHM liniyasi. 



 

VBR 

qisq.: Variable Bit Rate 

Ma’lumotlar oqimining o‘zgaruvchan tezligi. 



 

VBScript tili 

ingl.: VBScript language 

rus.: язык VBScript 

Microsoft 

kompaniyasi 

tomonidan 

ishlab 

chiqilgan  va  Internet  Explorer  veb-brauzeri 



quvvatlaydigan skriptlar (Visual Basic Scripting 

Editiondan  qisqartma)  tili.  VBScript  tili  Visual 

Basic  dasturlash  tiliga  asoslangan,  lekin  unga 

nisbatan 

soddaroq. 

Ko‘p 


jihatlardan 

u, 


JavaScript 

skriptlar 

tili 

bilan 


o‘xshash. 

VBScript  tili  masalan,  mualliflarga  veb-

sahifalarga  o‘zaro  faol  boshqarish  vositalarini 

(tugmachalar, 

aylantirish 

yo‘l-yo‘llari) 

qo‘shishga imkon beradi. 

 

VCL 

qisq.: Visual Component Library 

Vizual  tarkibiy  qismlar  kutubxonasi,  VCL 

kutubxonasi.  Borland  Delphi  va  Borland  C++ 

Builder ishlab chiqishning RAD vositalari bilan 

birga  yetkaziluvchi  vizual  tarkibiy  qismlar 

kutubxonasi. 



 

VCR 

qisq.: Video Cassette Recorder 

Videomagnitofon. 



 

VDSL 

qisq.: Very High Speed Digital Subscriber Line 

O‘ta  yuqori  tezlikka  ega  bo‘lgan  raqamli 

abonentlik 

liniyasi, 

VDSL 

texnologiyasi. 



Ma’lumotlarni  bitta  bino  doirasida  uzatish 

uchun  mo‘ljallangan  (eng  katta  masofa  1,2-1,4 

km).  U  yuqoriroq  chastotalar  ko‘lamini  talab 

qiladi,  bu  esa  uni  ADSL  va  SHDSL  bilan 

uyg‘un  qiladi.  Shunday  qilib,  bitta  telefon  simi 

orqali  bir  paytning  o‘zida  VDSL  modemi, 

ADSL modemi va oddiy ovoz telefoni signallari 

uzatilishi  mumkin.  Liniyaning  kichik  uzunligi 

VDSL  modemi  tuzilishini  osonlashtirish  va 

arzonlashtirish  va  18 Mbit/s tezlikni ta’minlash 

imkonini beradi. 

 

veb 

ingl.: web 

rus.: веб 

qarang: Butunjahon tarmoq 

 

veb bog‘lama tuzilmasi 

ingl.: web-node structure 

rus.: структура веб-узла 

Veb  bog‘lamasi  sahifalari  orasidagi  aloqalar 

to‘plami 

 

veb-anjuman 

ingl.: web-conference 

rus.: веб-конференция 

qarang: forum 

 

veb-bord 

ingl.: www-board 

rus.: веб-борд 

qarang: E’lonlar taxtasi  

 

veb-bog‘lama 

ingl.: web-node 

rus.: веб-узел 

Veb-serverda umumiy katalogda saqlangan, bir-

biri bilan bog‘liq bo‘lgan veb-sahifalar, rasmlar, 

hujjatlar,  ko‘ptashuvchi  fayllar  va  boshqa 

fayllar to‘plami. 


Download 9.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling