Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati
Download 9.86 Mb. Pdf ko'rish
|
troyan oti ingl.: Trojan horse rus.: троянский конь Ma’lumotlarni ruxsatsiz yig‘ishni, soxtalashtirish va yo‘q qilishni ta’minlaydigan badniyat mantiqini o‘z ichiga olgan, shakldan beziyon dastur. Viruslardan farqli o‘laroq, troyan
oti tizimda
o‘zining nusxalarini yaratmaydi. Uning eng ashaddiy turlaridan biri kompyuterni viruslardan halos qilishni taklif qiladigan dastur bo‘ladi, haqiqatda esa, u kompyuterni virus bilan zararlantiradi. Atama, Gomerning «Iliada» hikoyasidan kelib chiqqan, unda, greklar o‘z dushmanlariga, troyaliklarga, yog‘ochdan yasalgan juda ham katta otni, tinchlik taklifining ramzi sifatida hadya qilganlar. Ammo, troyaliklar otni o‘z shaharlari ichiga olib kirganlaridan so‘ng, uning ichida berkinib olgan grek jangchilari tashqariga chiqib darbozalarni ochganlar, shu bilan o‘z qo‘shinlariga shaharga kirish va uni egallashga sharoit yaratganlar. TSR qisq.: Terminate and Stay Resident T TSR
292
To‘xtab rezident bo‘lish, TSR dasturi. MS-DOS uchun, uning bir marta yurgizilishidan keyin xotirada saqlanuvchi dastur. Odatda rezident modul
muayyan tugmachalar birikmasini bosganda boshqaruv boshlanadi. TTF qisq.: True-Type Font True-Type shrifti. TTS qisq.: Text To Speech Matnni nutqqa o‘girish. Oldindan kompyuterga kiritilgan yoki dinamik tarzda shakllantirilgan matnni operator tomonidan karnay yoki quloqchinlar orqali qabul qilinadigan tekis nutqqa o‘girish. tugun ingl.: node rus.: узел qarang: hisoblash tarmog‘i bog‘lamasi. tunellash ingl.: tunneling rus.: туннелирование Hududiy yoki global tarmoq ichidan o‘tgan virtual kanalni yotqizib chiqish. Tunellash ekstratarmoq deb ataluvchi tarmoqlarni yaratish va foydalanuvchilarni o‘zlarining mahalliy tarmoqlari bilan o‘zaro ishlashini ta’minlashda foydalaniladi.
Fonogrammaning har bir nusxasida va (yoki) uning har bir g‘ilofida joylashtiriladigan nishon. U uch elementdan iborat bo‘ladi: aylanada «R» lotin harfi; alohida tutash huquqlari egasining ismi (rasmiy nomi); fonogramma birinchi marta chop etilgan yil.
Germaniyada elektron jihozlarni sertifikatsiyalash uchun javobgar tashkilot.
Yashirin dastur yoki apparat mexanizmi. U odatda sinovdan o‘tkazish va nosozliklarni topish uchun yaratiladigan va kompyuter muhofazasini chetlab o‘tish uchun ishlatilishi mumkin.
tuzilmaviy dasturlashtirish ingl.: structural programming rus.: структурное программирование Mantiqan oddiy va tushunarli dasturlarni yaratishga qaratilgan dasturlashtirish uslubiyati. Tuzilmaviy dasturlashtirish dasturning mantiqiyligi va tushunarliligi uning ishlab chiqilishi, to‘g‘riligini isbotlash va keyingi kuzatishni osonlashtirishi, shuningdek, uning ishonchliligini ta’minlashi haqidagi taxminga asoslangan. Tuzilmaviy dasturlashtirishning o‘ziga hos tamoyillari quyidagilardir: 1) pasayuvchi dasturlashtirishda vazifa kichik dasturlar (tartibotlar yoki vazifalar) shaklida dasturlashtiriluvchi bir necha oddiyroq qismlar yoki kichik vazifalarga bo‘linadi; 2) modulli dasturlashtirishda nisbatan mustaqil kichik vazifalar alohida dasturiy modullar shaklida dasturlashtiriladi. 3) dasturlashtirishda boshqarishning uchta tuzilmasidan foydalanishlari (ergashish, tanlash va takrorlash); xohlagan algoritm harakatlar, tarmoqlanishlar va takrorlashlar ketma-ketligidan iborat bo‘lib, ularni asosiy boshqarish tuzilmalari yordamida tasniflash mumkin; 4) boshqarishni shartsiz uzatishdan voz kechish va global o‘zgaruvchilardan foydalanishni kamaytirish mumkin;
kichik dasturlar (tartibotlar yoki
vazifalar)ni chaqirish yordamida barcha kichik vazifalar bir butun – tuzilma dasturga bog‘lanadi. TWAIN qisq.: Technology Without An Important Name TWAIN texnologiyasi. Skanerlar bilan ishlash uchun past pog‘onali API. TWAIN rastr tasvirni kiritish qurilmasi drayveri va amaliy dastur o‘rtasida interfeysni aniqlaydi.
Ikki
yoki undan
ko‘p kompyuterning foydalanuvchilari uchun
hech qanday
cheklashlarsiz texnik, dasturiy va axborot uyg‘unligi. to‘la o‘girgich TTF
293
ingl.: compiler rus.: компилятор qarang: kompilyator to‘lamatnli ma’lumotlar bazasi ingl.: full-text database rus.: полнотекстовая база данных To‘lamatnli hujjatlar yoki ularning qismlari saqlanayotgan ma’lumotlar bazasi.
Kompyuter muhofazasini buzish maqsadida mumkin bo‘lgan parol yoki kalitlar to‘plamidan foydalanishga urinish va har bir urinish xato bo‘lsa, to‘plamning boshqa elementini sinab ko‘rish tartibida qilinadigan harakat. To‘la- to‘kis hujum
tahliliy hujumning aksi hisoblanadi. to‘lqinni taqsimlash bilan ko‘p tomonidan erkin foydalanish ingl.: Wavelength Division Multiple Access (WDMA) rus.: множественный доступ с разделением волны Optik kanallarda qo‘llaniladigan ko‘p tomonli erkin foydalanish. WDMA usuli
ikki multipleksor tomonidan amalga oshiriladigan «to‘lqin uzunligi bo‘yicha multiplekslash», ya’ni WDMga asoslanadi. WDMA usuli olis aloqada ayniqsa samarali bo‘lib, qit’alararo kanallar o‘tkazuvchanlik qobiliyatini bir necha marta oshirish imkonini beradi.
Kanallar guruhini yagona, umumiy kanal bilan o‘zaro ishlashini ta’minlovchi funksional blok. To‘plagich ma’lumotlarni to‘plashni ta’minlab beradi. Shu bilan birga, to‘plagichning kirishiga kelayotgan axborot bloklarining soni uning imkoniyatlaridan ortiq bo‘lgan holat yuzaga kelishi
mumkin. Unda,
to‘plagich bu
bloklarning bir
qismini yo‘q
qiladi. To‘plagichning o‘zagi protsessordir. Kiruvchi axborotni birlashtirish uchun, aksariyat hollarda, vaqtni bo‘lishga asoslangan ko‘ptomonlama erkin foydalanish ishlatiladi.
Yuqori pog‘onadagi tillarga nisbatan inson tiliga yaqinroq turadigan (ko‘pincha 4GL deb ataladigan) dasturlash tillari. Atama Jim Martin tomonidan ma’lumotlar bazalari tizimlari bilan o‘zaro
ishlaydigan yuqori
pog‘onadagi dasturlash tillarini tasviflash uchun ixtiro qilingan edi.
To‘rtinchi avlod
tillariga ma’lumotlar bazalariga so‘rovlar tillari (SQL; Focus, Metafont, PostScript, RPG-II, S, IDL- PV/WAVE, Gauss, Mathematica) va ma’lumotlar oqimlarini boshqarish tillari (AVS, APE, Iris Explorer) misol bo‘ladi. Kompyuter tillarining qolgan avlodlari quyida sanab o‘tilgan. Bularga: birinchi avlod: mashina tili, ikkinchi avlod: Assembler tili, uchinchi avlod: yuqori pog‘onadagi tillar, masalan, Ci, C++ va Java, beshinchi avlod:sun’iy tafakkur va neyron tarmoqlarida masala yechishda foydalaniladigan tillar kiradi. to‘sish ingl.: locking rus.: блокировка qarang: qamal qilish to‘xtovsiz ishni ta’minlash va faoliyatni qayta tiklash rejasi ingl.: continuous work and operation recovery plan rus.: план обеспечения непрерывной работы и восстановления функционирования Muhofaza dasturining qismi. U tizimning xavfli holatlarga javoban
ish qilish,
zahiraviy nusxalash va keyingi qayta tiklash tartiboti bo‘yicha ish rejasidir. U asosiy resurslardan erkin foydalanish imkonini va tanglik holatlarda ishlov berishning to‘xtovsizligini ta’minlash uchun tuzilgan. T to‘xtovsiz ishni... 294
Uu UART qisq.: Universal Asynchronous Receiver/Transmitter Hammabop asinxron qabul
qiluvchi va
uzatuvchi. Ma’lumotlarni ketma-ket RS-232 interfeysi orqali uzatishni boshqaruvchi mikrosxema. UATA qisq.: Ultra ATA Ultra ATA interfeysi. UCS qisq.: Universal Character Set Hammabop belgilar to‘plami, UCS standarti. ISO/IEC 10646-1 standartining (ISO 10646 standarti) qisqartirilgan belgilanishi, belgilarning ko‘pbaytli to‘plamini belgilaydi. UCS standarti o‘z ichiga dunyodagi ko‘pchilik yozuv tizimlarining belgilarini oladi. Ularni kodlashning 2 asosiy usuli aniqlangan: ikki baytli kodlash UCS-2 va to‘rt baytli kodlash UCS-4. UCS-2 faqatgina UCSning birinchi 64K belgilari bilan cheklangan, ya’ni bu baza to‘plami. Ta’kidlab o‘tish lozimki, standart qabul qilinayotgan paytda UCS-2 doiralaridan tashqaridagi belgilar aniq bo‘lmagan, biroq bunday kengaytirish ro‘y berishi mumkin. UCS belgilar to‘plami Unicode
bilan sinxronlashtirilgan; Unicodega kiritiladigan o‘zgarishlar UCSga tuzatishlar sifatida qabul qilinadi. UDDI qisq.: Universal Description, Discovery, and Integration Hammabop tavsif, izlash va o‘zaro ishlash, UDDI registri. XML tiliga asoslangan jahon elektron tijorat veb xizmatlari registri. UDF qisq.: User-Defined Function Foydalanuvchi tomonidan belgilangan vazifa. UDP qisq.: User Datagram Protocol Foydalanuvchi deytagrammalar bayonnomasi, UDP bayonnomasi. TCP/IP bayonnomalari oilasidan ma’lumotlar uzatishning transport bayonnomasi. RFC 768da tavsiflangan.
Foydalanuvchilar guruhi. Ma’lum dasturiy mahsulot foydalanuvchilarining odatda norasmiy uyushmasi. UHF qisq.: Ultra High Frequency Ultrayuqori chastota, UVCH. Elektrmagnit to‘lqinlarining 300 MHzdan 3 GHzgacha bo‘lgan chastotasi (uzunligi 1 mdan 10 smgacha).
Turli asboblarning xavfsizligini aniqlovchi AQSH tashkiloti. Uning talablariga javob beruvchi qurilmalar ushbu tashkilot nashr qiladigan maxsus ro‘yxatga kiritiladi.
Veb-brauzerlariga formatlari brauzerlar tomonidan aniqlanmaydigan, masalan ba’zi video va audio yozuv formatlari, HTML hujjatlariga solingan fayllarni o‘qish va ularni amalga oshirish imkonini beruvchi dastur. Masalan, Windows Media aks ettiruvchining ulanadigan moduli Internet Explorer brauzeri oynasida filmlarni ko‘rish imkonini beradi.
Foydalanuvchi tizimni yoki ma’muriy tizimni monokanal yoki davriy xalqaning umumiy bo‘g‘ini bilan ulanish qurilmasi. Ulanish bloki uch qismdan
tashkil topadi.
Ulardan ikkitasining, tuzilmasi bu bo‘g‘inlarning turiga bog‘liq bo‘lib, ulanish blokini foydalanuvchi bo‘g‘in yoki umumiy bo‘g‘in bilan tutashishini ta’minlaydi. Blokning uchinchi (mantiqiy) qismi, ulanish blokining nosozligini tashhis qilish va “o‘zining” tizimiga paydo bo‘layotgan nosozliklar haqida xabar uzatish, tizimdan signallarni umumiy bo‘g‘inga va unga teskari yo‘nalishda uzatish va qabul qilish, umumiy bo‘g‘inni bandligini aniqlash maqsadida eshitib turish kabi erkin foydalanish funksiyalarini Uu
295
bajaradi. Ko‘pincha ulanish bloklarini nazorotchilar deb atashadi.
Foydalanuvchining telefonga ulanishni o‘rnatish hakida talabi.
Unifikatsiya qilingan xotira arxitekturasi – odatda ona platalarida joylashgan arzon videokartalarda ishlatiladi. Ish
tamoyili videokarta tomonidan kompyuterning oddiy xotirasini ekran xotirasi sifatida ishlatishi va binobarin, kompyuter arzonlashishiga asoslangan. Bunda videokarta uchun ajratilgan xotira DOS turidagi operatsion tizim uchun ko‘rinmas bo‘lib, unga faqat videokartaning BIOSidan kirish mumkin, shuning uchun bunday videokartalar oddiy PCI kartalarga qaraganda ancha sekinroq ishlaydi. Windows turidagi operatsion tizimlar ostida ishlaganda farq ancha kamroq, biroq mavjud. UML qisq.: Unified Modeling Language Unifikatsiya qilingan modellashtirish tili, UML tili. Obyektga yo‘naltirilgan loyihalashtirish uchun grafik tavsif. UMTS qisq.: Universal Mobile Telephone System Uchinchi avlod mobil radioaloqalari uchun standart, ovoz va raqamli ma’lumotlarni uzatish spetsifikatsiyalarini o‘zida birlashtiradi. umum foydalanishdagi axborot tizimi ingl.: information common use system rus.: информационная система общего пользования Barcha jismoniy va yuridik shaxslarning foydalanishi uchun ochiq va ushbu shaxslarga xizmatlari rad etilishi mumkin bo‘lmagan axborot tizimi.
Umum foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘ining axborot xavfsizligiga badniyat shaxs ta’siri tahdidi amalga oshirishga olib kelishi mumkin bo‘lgan, umum foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘ining obyekti. umumfoydalanishdagi tarmoq ingl.: public use communication network rus.: сеть связи общего пользования 1. Aloqa xizmatlarini xohlagan yuridik yoki jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan elektr aloqasi tarmog‘i. 2. Mamlakatning o‘zaro bog‘liq
aloqa tarmog‘ining tarkibiy qismi. U barcha yuridik va jismoniy shaxslarning foydalanishi uchun ochiq
va ushbu
shaxslar tomonidan foydalanilish rad etilishi mumkin emas.
Ilmiy
bilimlarning istiqbolli poydevoriy sohalaridan biridir. U tabiat va jamiyatning rivoji asosida yotgan, axborot voqeiyligining namoyon
bo‘lishiga oid
eng umumiy
qonuniyatlarga asoslanadi. umumiy bo‘g‘in ingl.: common link rus.: общее звено Monokanalning bir qismi, u orqali har bir ma’lumotlar bloki barcha abonent tizimlarga uzatiladi. Umumiy bo‘g‘in o‘rama juft, yassi kabel, koaksal kabel, optik kabel yoki radiokanal asosida yaratiladi. umumiy foydalanish telekommunikatsiya tarmoqlarining (UFTT) axborot xavfsizligi ingl.: information security of public access telecommunication networks rus.: безопасность сетей телекоммуникаций общего пользования информационная Ma’lumot (foydalanuvchining axborotlari) uzatish jarayonining buzg‘unchilardan muhofazalanganlik holati. Bunda buzg‘unchi tomonidan tasodifan va ataylab
amalga oshiriladigan ta’sirlar telekommunikatsiya tarmog‘i obyektlariga apparat-dasturiy vositalariga, foydalanuvchi uzatayotgan ma’lumotlarni uzatishni to‘sib qo‘yish
maqsadida tarmoqni boshqaruvchi axborotga U umumiy foydalanish tel... 296
yo‘naltirilgan bo‘lib, bular avvaldan ma’lum hisoblanadi. umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘i axborot xavfsizligi mexanizmi ingl.: public switched telecommunications network information security mechanism rus.: механизм информационной безопасности сети телекоммуникаций общего пользования Umumiy
foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘i axborot
xavfsizligini ta’minlashning apparat-dasturiy va tashkiliy vositalari. Belgilangan xavfsizlik siyosatiga muvofiq
tarmoqning axborot
xavfsizligiga bo‘lgan tahdidlardan bir-birini bosuvchi muhofaza sinflariga ko‘ra bir yoki bir necha muhofaza jihatlarini amalga oshiradi: buzish ta’sirining oldini olish, jinoyatkor tomonidan keltirilgan oqibatlarni aniqlash, ushbu oqibatlarni bartaraf qilish. Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘i axborot xavfsizligi mexanizmlariga tarmoqda xabarlarni uzatish
jarayonini muhofaza qilishda quyidagilar kiradi: erkin foydalanishni nazorat qilish mexanizmi, xabarni autentifikatsiya qilish mexanizmi, almashuv autentifikatsiyasi mexanizmi.
1. Butun jahon bo‘ylab joylashgan serverlardagi axborotni olish imkonini beruvchi Internet xizmati. 2. Internet xalqaro axborot-telekommunikatsion tarmog‘ining gipermatn axborot subtizimi. Internet tarmog‘iga ulangan va dunyoning turli mamlakatlarida joylashgan ma’lumotlar bazalarida kalit so‘zlar va murojaatlar bo‘yicha axborot izlashni ta’minaydi. 3. Internetdagi resurslarni izlash va ulardan erkin foydalanish uchun gipermatn tizimi. UO‘T ushbu
tarmoqdagi kompyuterlarda saqlanayotgan barcha ma’lumotlarni, ularni bog‘lovchi gipermurojaatlar tizimi orqali ko‘rib chiqish imkonini yaratuvchi Internet xizmatlari majmuini taqdim etadi. UO‘Tning apparat ta’minoti asosini butun dunyoda joylashgan va Internetda birlashgan ko‘plab kompyuterlar tashkil etadi. UO‘Tning axborot asosini veb- hujjatlari deb atalmish ushbu kompyuterlar xotirasida ko‘plab saqlanayotgan gipermatnga asoslangan hujjatlar tashkil
etadi. veb-
hujjatlarida foydalanuvchi, ajratib qursatilgan so‘z yoki jumlalarni tanlab, boshqa hujjatlarga o‘tishi yoki yer sharining turli nuqtalarida joylashgan kompyuterlar xotirasidagi fayllardan erkin foydalanishi mumkin. Shuning uchun ham foydalanuvchi UO‘Tni Umumnjahon virtual «o‘rgimchak to‘risimon» axborot tarmog‘i sifatida qabul qiladi. UO‘T Internetdagi kompyuterlar va fayllar va hujjatlarni uzatish protokollaridan foydalanganligi sababli
«UO‘T» atamasi
odatda umumjahon kompyuterlar tarmog‘ini ham, axborotning o‘zini ham bildiradi. veb-hujjatlaridan erkin foydalanish mijoz-server arxitekturasini qo‘llab amalga oshiriladi. Serverdan hujjatni olish uchun uning hammabop resurs ko‘rsatkichi (URL) deb atalmish tarmoqdagi manzili qo‘llaniladi. UO‘T mijoz va serverlari o‘zaro muloqotda bo‘lgan til va qoidalar gipermatnni uzatish protokoli (Hyper Text Transmission Protocol, HTTP) tomonidan belgilanadi. HTTP matn, tasvir, tovushlarga ega gipermedia ma’lumotlarini so‘rash, qabul qilish va aks ettirish imkonini beradi. Umumjahon o‘rgimchak to‘ri asoschisi Tim Berners-Li (Tim Berners-Lee) 2004 yilning 15 aprelida 1 mln. AQSH dollari ($1,23 mln.) miqdorda mukofot olgan.
Download 9.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling