Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati
Download 9.86 Mb. Pdf ko'rish
|
veb-brauzer ingl.: web browser rus.: веб-браузер qarang: brauzer veb-dizayn ingl.: web-design rus.: веб-дизайн Veb-sahifalarini bezash. Veb-dizayn qog‘oz nashri uchun poligrafik dizayn va sahifalash qanday vazifani bajarsa, sayt uchun ham xuddi shunday vazifani bajaradi. Veb-dizayn deganda odatda nafaqat sayt uchun grafik elementlarni yaratishni, balki uning tuzilmasi, navigatsiyasi va ba’zan sayt ishi uchun zarur bo‘lgan skriptlarni loyihalashtirish, ya’ni saytni to‘liq yaratish nazarda tutiladi. Dizayn saytning aqlli V veb-dizayn
306
tuzilishi ma’nosida uning “chiroyliligi”dan ancha
muhimroq. Sayt
dizayni odatda
ixtisoslashtirilgan veb-dizayn studiyalari tomonidan bajariladi. Sayt uchun dizayn yaratish bahosi sayt hajmi, grafik elementlar soni, uning ustida ishlovchi mutaxassislar saviyasi, dasturlashtirish zarurligi va h.k.larga bog‘liq. veb-hujjat ingl.: web-document rus.: веб-документ 1. Odatda, maxsus murojaat HTML (Hypertext Markup Language) tilidagi hujjat. Veb-hujjat Umumjahon tarmog‘i asosini tashkil qiladi. Ular gipermatndan iborat bo‘lib,
foydalanuvchiga ajratib ko‘rsatilgan so‘z yoki jumlaga
qaratib, ma’lumotlarni o‘qish, hujjatning boshqa qismiga yoki ayni hujjat bilan gipermurojaat yordamida bog‘langan boshqa veb-hujjatga o‘tish imkonini beradi. Veb-hujjat, shuningdek, matn,
tasvir, tovushlarni mujassamlovchi gipermuhit ma’lumotni ham o‘z ichiga olishi mumkin. veb-hujjatni ochish, ularni o‘qish yoki aks ettirish Internet brauzerlari yordamida amalga oshiriladi. Veb- hujjat tushunchasi «veb-sahifalar» va «veb- saytlar» tushunchalari bilan
chambarchas bog‘liq. Ushbu atamalar ma’nolari haligacha aniq ta’rif topgani yo‘q. Odatda veb-sahifasi atamasi veb-hujjat atamasining sinonimini bildiradi, veb-sayti atamasi esa yagona mavzu ostida birlashtirilgan yoki bitta tashkilot, muallif yoki foydalanuvchiga tegishli bo‘lgan sahifalar majmuasiga tegishlidir. 2. Veb-saytning tarkibiy qismi. Jismoniy nuqtai nazardan HTML fayldan iborat. Tarkibida matn, tasvir, JAVA appletlari va boshqa veb elementlar bo‘lishi mumkin. Sahifa statik yoki dinamik ravishda shakllantirilgan bo‘lishi mumkin. Freymlardan foydalangan holatda har bir freym alohida sahifa hisoblanadi. veb-interfeys ingl.: web-interface rus.: веб-интерфейс Foydalanuvchiga veb-brauzer orqali
turli dasturlar bilan o‘zaro ishlash imkonini beruvchi interfeys (masalan, o‘z buyurtmasini boshqarish Internet do‘konida yoki tarmoq printerini sozlash). Veb-interfeyslarining qulayligi shundaki, ular bitta
ofisda joylashmagan xodimlarga birgalikda ish yuritish imkonini beradi. Masalan, veb- interfeyslar turli
ma’lumotlar bazalarini to‘ldirish yoki Internet OAVda materiallarni chop etish uchun ishlatiladi. veb-kamera ingl.: webcam rus.: веб-камера Ko‘chmas ravishda o‘rnatilgan kamera bo‘lib, u bilan olingan tasvirlar Internetdagi muayyan saytda ko‘rsatiladi. Odatda bu video oqimi emas, balki muayyan muddatlardan keyin masalan, har 20 soniyada yangilanuvchi statik tasvir. Odatda video kameralar saytga tashrif buyuruvchilar ko‘nglini ovlash uchun ishlatiladi. veb-sahifa ingl.: webpage rus.: веб-страница Internet manzili (URL) bilan bir xil ma’noda belgilanuvchi mantiqiy birlik. U veb-saytning tarkibiy qismidir. Veb-saytlardan iborat bo‘lsa, saytlar esa o‘z navbatida sahifalardan iborat deyish mumkin. Jismoniy nuqtai nazardan u HTML fayldir. Matn, tasvirlar, JAVA appletlari va boshqa elementlardan iborat bo‘lishi mumkin. Sahifa
statik yoki
dinamik shakllantirilgan bo‘lishi mumkin. Freymlardan foydalangan holda har bir freym alohida sahifa hisoblanadi. veb-sahifa nomi ingl.: webpage title rus.: название веб-страницы Veb-sahifani aynanlashtiruvchi tavsiflovchi matn. Ochiq
sahifa nomi
veb-brauzeri oynasining sarlavha qatorida aks etiriladi. veb-sayt ingl.: web site rus.: веб-сайт Inglizcha «site» (tarjimasi «joy») so‘zining o‘zbekcha talaffuzi. Umumjahon o‘rgimchak to‘ri ma’lum axborot topish mumkin bo‘lgan va noyob URL bilan belgilangan virtual joy. Mazkur URL veb-saytning bosh sahifasi manzilini ko‘rsatadi. O‘z navbatda, bosh sahifada veb-saytning boshqa sahifalari yoki boshqa saytlarga murojaatlar bo‘ladi. Veb-sayt sahifalari HTML, ASP, PHP, JSP, grafik va boshqa fayllardan tashkil topgan bo‘lishi mumkin. Veb-saytni ochish uchun brauzer veb-hujjat
307
dasturidan foydalaniladi. Eng ko‘p
foydalanadigan brauzerlar – bu Internet Explorer va Netscape Navigator. Veb-sayt shaxsiy, tijorat, axborot va boshqa bo‘lishi mumkin.
veb-sayt auditoriyasi o‘lchami ingl.: site reach rus.: размер аудитории веб-сайта Aniq vaqt mobaynida, veb-saytga kirgan noyob tashrifchilar soni. Agar veb-sayt muntazam ravishda yangilanib tursa, unda, veb-saytga muayyan chastota bilan tashrif
buyuradiganlarga, ya’ni
saytni doimiy
auditoriyasiga ega bo‘lishga qulay imkoniyat mavjud.
veb-sayt statistikasi ingl.: web-site statistics rus.: статистика веб-сайта Saytlar egalariga saytda tashrifchilar soni, qaysi bo‘limlar eng ko‘p mashhur bo‘lgan va boshqa narsalarni bilish imkonini beradi. veb-saytni aylantirish ingl.: website promotion rus.: раскрутка веб-сайта Veb-saytga tashriflar sonini ortirish, uning doimiy auditoriyasini yaratish maqsadida qilinayotgan tadbirlar majmui.
Internet yoki tarmoqqa ulangan veb-serverga sahifa va fayllarini ko‘chirish orqali veb-sayt Internet yoki ichki tarmoqda foydalanish uchun ochiq bo‘lishini amalga oshiruvchi jarayon.
1.
Internet yoki
Intranetga ulangan
umumfoydalanishdagi axborot serveri. Unda hujjatlar va fayllar – audio, video, grafik va matn fayllari – saqlanib, ular foydalanuvchilarga HTTP vositalari orqali taqdim etiladi. Veb-server nomi u umumjahon tarmoqning qismi bo‘lgani uchun kelib chiqqan. 2. Maxsus dasturiy ta’minotga ega bo‘lgan, bir yoki bir necha veb-sayt fayllarini saqlash va ularga ishlov berishi mumkin. Bir necha veb- sayt bitta kompyuterda ishlasa, veb-server deganda veb-sayt ishlovchi virtual makon (dasturiy ta’minot va kompyuterdagi joy) tushuniladi. Buning uchun ko‘plar uchun “veb- server” deganda “veb-sayt” tushuniladi. Ko‘p axborotni saqlovchi veb-saytlar bir paytning o‘zida bir necha kompyuterda saqlanilishi va ularga ishlov berilishi mumkin. Veb-verver mijozlarning veb-saytga so‘roviga javob beradi va CGI-, JSP-, ASP-, PHP- va boshqa qo‘llanmalarni amalga oshiradi veb-standart palitra ingl.: web-standards palette rus.: веб-стандартная палитра Rasmlarda ranglarni aniq solishtirish va aks ettirish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan 256 rangdan 216sini o‘z ichiga olgan ranglar jadvali. Qolgan 40 rang ishlatilmaydi, chunki ular kompyuterlarda rang uzatish
sifatining sozlanganligiga ko‘ra turlicha aks ettirilishi mumkin. Veb standart palitra odatda xavfsiz ranglar palitrasi deyiladi. veb-usta ingl.: webmaster rus.: веб-мастер 1. Veb-sahifalarni loyihalashtirish, yaratish va bezash bilan shug‘ullanuvchi shaxs. Veb-usta Internet texnologiyalari bo‘yicha bilimlar majmuasi va rassom-bezaklovchi tajribasiga (kompozitsiya, dizayn) ega bo‘lishi lozim. 2. Saytning tashqi ko‘rinishi va ishi uchun javobgar kompaniya xodimi. Veb-usta deganda turli-tuman majburiyatlar doirasi tushuniladi – kichik oddiy sayt uchun sahifalashtiruvchidan tortib dizayner va tizim ma’murigacha. Internet foydalanuvchilari uchun veb-usta bu sayt va kompaniya domeniga bog‘liq barcha masalalar bo‘yicha aloqada bo‘ladigan shaxsdir.
Foydalanuvchi veb-sahifalarini Internet provayderi (xosting provayderi) serverida joylashtirish va qo‘llab-quvvatlash. “Xosting” so‘zi to‘laqonli ikki tomonlama aloqa bilan ta’minlangan tarmoqdagi kompyuterni
veb-xosting
308
bildiruvchi xost (host) so‘zidan olingan. Xosting
pulli va
tekin, oddiy
va mukammallashgan, yaxshi va yomon bo‘lishi mumkin. Xosting provayderini tanlayotganda quyidagi tavsifnomalarga e’tibor berish lozim: 1) disk makoni; 2) Internet kanalining o‘tkazish qobiliyati (kengligi) ; 3) fayllarni boshqarish usullari: veb-forma yoki FTP bayonnomasi orqali erkin foydalanish; 4) standart skriptlar to‘plami; 5) server tomonida dasturlashtirish mumkinligi (SSI, PHP, ASPlarni qo‘llab- quvvatlash, cgi-bin katalogi); 6) serverda ma’lumotlar bazalaridan erkin foydalanish – o‘z ma’lumotlar bazalarini yaratish va ishlatish mumkinligi; 7) shell erkin foydalanish;8) htaccess fayli orqali serverni konfiguratsiya qilish mumkinligi; 9) log fayllardan erkin foydalanish; 10) uchinchi darajali domenlarni taqdim
etish (name.you_name.ru, name1.you_name.ru va boshqa turdagi manzil); 11) bir yoki bir necha pochta qutisini qo‘llab- quvvatlash; 12) uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash. veb-sharhlovchi ingl.: web-browser rus.: веб-обозреватель qarang: brauzer vektor grafikasi ingl.: vector graphics rus.: векторная графика Chiziqlar joylashishi, uzunligi va yo‘nalishini belgilovchi matematik tavsiflar bo‘yicha yaratiladigan rasmlar. Vektor rasmlari nuqta yoki piksellar to‘plamidan bo‘lmay, chiziqlar oilasidan iborat.
Tasviri
matematik modellardan shakllantiriluvchi shriftlar. Ushbu shriftlar asosan plotterlar uchun ishlatiladi. Windows OT uchta vektor shriftni qo‘llab-quvvatlaydi. Bularga Modern, Roman va Script kiradi. verifikatsiya ingl.: verification rus.: верификация Harakat, jarayon yoki mahsulotni ularga tegishli talablar yoki tasniflar bilan taqqoslash. Misollar – tasnifning xavfsizlik siyosati modeli bilan taqqoslash yoki obyekt kodini dastlabki kod bilan taqqoslash. Vernam kriptotizimi ingl.: Vernam’s cryptosystem rus.: криптосистема Вернама Kriptotizim, xuddi shunday Vernam shifri deb ham ataladi, tamomila tasodifiy ravishda hosil qilinadigan bit satrini ishlatadi. Kalitlar oqimining uzunligi dastlabki matn uzunligiga teng, dastlabk matn va tasodifiy bit satri shifrlangan matn hosil qilish uchun, XOR amalidan foydalanib aralashtiriladi. Bunday algoritm o‘ta maxfiylikka ega. Ushbu
kriptotizim omilkor
emas, chunki
katta o‘lchamdagi kalitlardan foydalanishga to‘g‘ri keladi. U asosan, harbiy va diplomatik maqsadlarda ishlatiladi. Bu shifrning asosiy kamchiligi kalitlarni boshqarish qiyinligi.
Ma’lum mavzu yo‘nalishidagi, ushbu mavzu doirasida turli xizmatlarni taqdim etuvchi veb- sayt. Eng istiqbolli axborot resursi va uskunasi bo‘lib, butun dunyo bo‘ylab o‘z izdoshlariga ega.
VESA qisq.: Video Electronics Standards Association 1. Videoelektronika sohasidagi standartlar bo‘yicha uyushma. 2. VESA mahalliy shinasi standarti. VFAT qisq.: Virtual File Allocation Table Fayllar joylashishining virtual jadvali, virtual FAT. FAT fayllar tizimining fayllarga 8dan ko‘p belgidan iborat nom berish imkonini beruvchi turidir.
Videografika matritsasi, VGA standarti. SHX uchun videomoslagich turi. Mukammalroq SVGA standarti tomonidan siqib chiqarilan. Standart IBM kompaniyasi tomonidan 1987 yilda e’lon qilingan. Eng katta ajrataolish aks ettiriladigan ranglar soniga bog‘liq: 16 rang uchun 640x480 yoki 256 rang uchun 320x200. VHDL veb-sharhlovchi
309
qisq.: VHSIC Hardware design and Description Language VHSIC apparaturasini ishlab chiqish va tavsiflash tili.
O‘ta yuqori chastota, VHF chastota ko‘lami. Elektrmagnit to‘lqinlarning 30 MHzdan 300 MHzgacha bo‘lgan chastotasi (uzunligi 10 mdan 1 mgacha).
Maishiy videomagnitofon, VHS standarti. VHSIC qisq.: Very High-Speed Integrated Circuit O‘ta tezkor integral sxema. video anjuman ingl.: video conferencing rus.: видеоконференция Tasvirni Internet muhitida translatsiya qilish orqali foydalanuvchilarning uzoqdagi guruhlari orasidagi kengash va munozaralar o‘tkazish metodologiyasi.
Moslama. U foydalanuvchining shaxsiy kompyuter yordamida ko‘ngil ochar yoki ishga oid dasturlari va Internet resurslari bilan jismoniy o‘zaro ishlashini ta’minlaydi. Ushbu istiqbolli texnologiya insonni virtual dunyoga «olib kiradi». Vijiner kvadrati ingl.: Vizier’s quadrate rus.: квадрат Вижинера Mashhur ko‘palifboli kriptotizimlardan biri. Fransuz kriptografi Bleyz Vijiner sharafiga atalgan. Vijiner kvadrati n elementli kvadrat matritsadan iborat bo‘lib, bu yerda n- ishlatilayotgan alifbodagi harflar
soni. Kvadratning har bir qatori alifboni bitta ramzga davriy siljitish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Shifrlash kaliti sifatida kalit so‘zi deb ataluvchi, Sezar kriptotizimiga o‘xshash qadamma-qadam o‘zgaradigan kalit ishlatiladi. Har bir ustun 0,1, ....,
25 kalitlardan tuzilgan Sezar
kriptotizimi deb qaralishi mumkin. Odatda kalit so‘zi odatdagi ochiq matndan qisqa bo‘lgani uchun u davriy tarzda ishlatiladi.
Voqeiy bo‘lib ko‘ringan, biroq vazifalari boshqa moslamalar tomonidan bajariladigan funksional moslama ta’rifi. virtual bank ingl.: virtual bank rus.: виртуальный банк Mijozlarga Internet tarmog‘idan foydalanib xizmat ko‘rsatadigan bank. Mijozlar brauzerlar yoki maxsus dasturiy ta’minotdan foydalanib chinakam bankda bajariladigan amallarning ko‘pini bajarishlari va axborot olishlari mumkin. virtual borliq texnologiyasi ingl.: virtual reality technologies rus.: технологии виртуальной реальности Yangi axborot texnologiyalari turi. Informatika va kibernetika vositalari yordamida, insonlar ongida
virtual borliqni shakllantirishni ta’minlaydi. virtual borliqni modellash tili ingl.: Virtual Reality Modelling Language (VRML) rus.: язык моделирования виртуальной реальности WWW muhitida, ucho‘lchamli sahnalarni va obyektlarni o‘zaro faollik elementlari bilan tavsiflash tili. HTML tilining 3D- deb atalmish rusumi. VRML da yozilgan fayllar, «.wrl» (ingliz tilidagi world – dunyo so‘zidan) kengaytmaga ega. Bu fayllarni aks ettirish uchun, VRML brauzeri yoki veb-brauzer uchun VRML plug-in zarur bo‘ladi. VRML yordamida na faqat ucho‘lchamli muhit yaratiladi, balki, unda soyalarni va tamosha nuqtalarini chizib chiqish uchun yorug‘lik manbalari joylashgan yer ham ko‘rsatiladi. Buning ustiga, VRML foydalanuvchiga yaratilgan virtual borliqda ko‘chish imkonini beradi. Barcha amallar
virtual borliqni model... 310
sichqoncha yoki klaviatura yordamida bajariladi. VRML tili ISO va ITU tomonidan xalqaro standart sifatida tasdiqlangan.
Elektron makonda iqtisodiy amallarni bajarish. virtual kompaniya ingl.: virtual company rus.: компания виртуальная Qo‘shma, kelishilgan faoliyat bajaruvchi jismoniy yoki yuridik shaxs. U odatda turli sohalarda, aniq maqsadlarga erishish uchun axborot texnologiyalaridan foydalanadi. virtual korxona ingl.: virtual enterprise rus.: виртуальное предприятие 1.
Faoliyat jarayonida elektron aloqa
vositalaridan foydalangan holda eng kam yoki umuman bo‘lmagan shaxsiy, bevosita aloqasiz muloqotda bo‘ladigan, o‘zaro ishlaydigan geografik nuqtai nazardan ajratilgan xodimlar uyushmasidan iborat bo‘lgan korxona. 2. Bitta tashkilotning bir-biridan hududiy ajratilgan va
axborot-kommunikatsion tarmoqlar yordamida o‘zaro
ishlaydigan tuzilmalari. virtual ofis ingl.: virtual office rus.: виртуальный офис Kompaniyaning Internet resursi yoki uning qismi. U geografik nuqtai nazardan uzoqda joylashgan xodimlarga axborotni almashish, saqlash, qayta ishlash va boshqaruv ta’sirlarini uzatish yagona tizimi yordamida tashkilot sifatida o‘zaro ishlash imkonini beradi.
Download 9.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling