Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati
Download 9.86 Mb. Pdf ko'rish
|
yopiq kanal ingl.: closed channel rus.: закрытый канал Ma’lumotlardan ruxsatsiz erkin foydalanishdan muhofazalangan mantiqiy kanal. Bunday
mantiqiy kanallarning bayonnomalari transport pog‘onasidan yuqorida joylashgan bo‘ladi va o‘zaro aloqadagi foydalanuvchilar orasidagi uzatishni maxfiyligini kafolotlaydi. yorliq ingl.: shortcut rus.: ярлык Hujjat matnida yozilgan fayl yoki mundarijalar manzili. Odatda bu manzil maxsus faylda saqlanadi. yozuv ingl.: record rus.: запись 1. Ko‘rilayotgan obyektni (masalan, buyum – uning tartib raqami, nomlanishi, o‘lamlari, narxi, uni yasash uchun ishlatilgan modda) ifodalab beruvchi ma’lumot elementlari majmui. 2.
Tashqi va
amaliy xotira
orasidagi ma’lumotlar almashuvini tuzilmaviy birligi. yuklama to‘plagichi ingl.: overload concentrator rus.: коммутация нагрузки Texnik
vosita. U ma’lumotlarni uzatish tarmog‘ida paketlarni uzib-ulash markaziga ulanadigan va
paketlarni yig‘ish-sochish amallarini bajarish uchun mo‘ljallangan
Kompyuterga unga ulangan
qurilmadan dasturlarni yoki ma’lumotlarni uzatish: 1. Foydalanuvchi tomonidan ixtiyoriy veb- sahifani ko‘rish, ya’ni ma’lumotlarni veb- sahifadan kompyuterga uzatish («Sahifani yuklash»). 2.Ixtiyoriy fayllarni serverdan kompyuterga uzatish («Faylni yuklash»). 3. Dasturni qattiq diskdan kompyuterning amaliy xotirasiga siljitish («Amaliy tizimni yuklash»).
Amaliy tizimning amaliy jarayonga zarur dasturlarni taqdim qiluvchi bloki.
Yevropa yo‘ldosh jamiy... 325
ingl.: boot virus rus.: загрузочный вирус Shikastlangan diskni kompyuterga yuklashda uning xotirasiga kirishib ketadigan virus. Ayni holda, tizim yuklovchisi yuklanish bajariladigan diskning birinchi sektoridagi axborotni o‘qiydi, o‘qilgan axborotni xotiraga joylab unga (ya’ni virusga) boshqaruvni uzatadi. Keyinchalik yuklovchi virus o‘zini fayl kabi tutadi, ya’ni amaliy tizimning disklarga murojaatini ushlab olib, ularni zararlantiradi, ayrim sharoitlarga qarab, buzg‘unchilik harakatlarini bajaradi yoki tovush hamda tasvir effektlarini bajaradi. yulduzsimon monokanal ingl.: star monochannel rus.: звездообразный моноканал Daraxtsimon monokanalning xususiy holi bo‘lib, unda hamma shoxchalar bir nuqtadan chiqadi. yulduzsimon tarmoq ingl.: star network rus.: звездообразная сеть Hamma foydalanuvchi tizimlar bitta markaziy obyektga ulangan tarmoq. Yulduzsimon tarmoq, ma’lumotlarni yo‘naltirishda eng sodda tarmoq turi bo‘lib hisoblanadi. Dastlab, bunday tarmoqda terminal-bosh kompyuter me’moriy tuzilmasi ishlatilgan. Bu holda, tarmoqning markazida bosh kompyuter joylashar edi. Keyinchalik, mijoz-server me’moriy tuzilmasi vujudga keldi, endi, tarmoqning markazida server yoki uzib-ulash bog‘lamasi joylashdi. Bunday
tarmoqning kamchiligi shundaki, markaziy obyektning ishdan chiqishi butun tizimni ishdan chiqishiga olib keladi. Bundan tashqari, tarmoq kanallarining umumiy uzunligi haddan ziyod katta bo‘ladi.
Yuqori
ravshanlikka ega
bo‘lgan teleko‘rsatuvlar. Uning alohida xususiyatlariga ekran shaklini 4:3 dan 16:9 ga o‘zgartirilgani, uning ajrata olish qobiliyatlari 1250 qatorgacha yetkizilganligi va stereo tovush hamrohligi ta’minlanganligi kiradi. yuqori pog‘ona tili ingl.: High-Level Language (HLL) rus.: язык высокого уровня Biror bir tizimning muayyan tuzilmasi bilan bog‘liq bo‘lmagan holda dasturlarni yozishni ta’minlaydigan dasturlash tili (Ada, Algol, BASIC, COBOL, C, C++, FORTRAN, LISP, Pascal, Prolog va boshqalar). Bunday tillar yuqori pog‘ona tili deb ataladi, chunki, ular insonlar tiliga yaqinroq bo‘lib, mashina tilidan uzoqlashgan bo‘ladi. Yuqori pog‘ona tillarini quyi pog‘ona tillariga (masalan, Assembler tiliga) nisbatan asosiy farqi shundaki, ularni yozish, o‘qish va quvvatlash nisbatan yengildir. Yuqori pog‘ona tillarida yozilgan dasturlarni translyator yoki kompilyator yordamida mashina tiliga o‘giriladi. Dastlabki yuqori pog‘ona tillari 1950 yillarda ishlab chiqilgan edi.
Veb bog‘lamasi jildlari shajarasida eng yuqori pog‘ona jildi. Yuqori pog‘onali veb bog‘lama veb serverda, virtual server tarmog‘ida yoki mahalliy kompyuterning qattiq diskida
joylashgan bo‘lishi mumkin. Bu veb bog‘lamasi ildiz veb bog‘lamasi deb ham ataladi. yuqori texnologiyalar kompaniyalari ingl.: Hi-Tech companies rus.: компании высоких технологий Asosiy aktivlari intellektual mulk va yuqori malakali mutaxassislar bo‘lgan kompaniyalarning shartli nomi. Faoliyat sohasi – yuqori
texnologiyalar sohalari va postindustrial texnologiyalar. Bu
turdagi kompaniyalarga odatda quyidagilar kiradi: Internet kompaniyalari; dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilar va yarimo‘tkazgich qurilmalar ishlab chiqaruvchilar; mobil va kosmik aloqa operatorlari; biotexnologiya kompaniyalari; ilmiy-tekshirish tajriba
konstruktorlik ishlanmalari sohasidagi kompaniyalar; omma- media kompaniyalari; yuqori texnologiyali uskunalar ishlab chiqaruvchilar. yuritma ingl.: engine rus.: движок Serverda yurgizilib ma’lumotlar bazalariga murojaat natijalariga ishlov berish, matematik hisoblar va boshqa asosiy ishlarni bajaruvchi dastur. Yuritgich tayyor veb-sahifalarni oddiy ko‘rsatishga qaraganda veb-sayt Y yuritma
326
funksionalligini amalga oshiradi. Masalan, Internet do‘koni katalogini ko‘rish (mahsulotlar ro‘yxati do‘kon ma’lumotlar bazasidan olinadi), Internetda izlash (izlash tizimi natijalari bilan sahifalar dinamik ravishda shakllantiriladi), bannerlarni ko‘rsatish (yuritma sayt sahifalariga berilgan algoritmga binoan u yoki bu bannerni beradi). yo‘l ingl.: path rus.: путь Fayl joylashgan jildlarni belgilovchi URL manzilining qismi.
Masalan, http://www.company.com/image/image.jpg URL manzili /image/ yo‘lini o‘z tarkibiga olgan.
1. Yuqori va past chastota chegara qiymatlari farqi, ya’ni oralig‘i. 2. Aniq vaqt oraligida (odatda 1 soniya) uzatilishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar hajmi. Raqamli qurilmalarda odatda, yo‘l-yo‘l kengligi bit soniyada yoki bayt soniyada ifodalanadi. Analogli qurilmalar uchun yo‘l-yo‘l kengligi davr soniyada yoki Gerslarda (Gs) ifodalanadi. Yo‘l-yo‘l kengligi ayniqsa, kiritish - chiqarish qurilmalari uchun katta ahamiyatga ega. Masalan, tezkor diskli
to‘plovchining samaradorligi, shina yetarlicha keng yo‘l-yo‘lga ega bo‘lmasa kamayishi mumkin.
1. Tarmoq trafigini uzatishning bir yoki bir necha aloqa yo‘llarini tanlash bo‘yicha qarorlar qabul qilishga javobgar tizim yoki qurilma. Mazkur vazifani bajarish uchun tarmoq
haqidagi axborotni va yo‘naltirish metrikasi deb nomlangan bir necha mezonlar asosida eng yaxshi aloqa yo‘lini tanlash algoritmlariga ega yo‘naltirish bayonnomalari ishlatiladi. Xabarlarning tezkor
va eng
samarali yo‘naltirish uchun yo‘naltirgichlar bir-biri orasida tarmoqning ayni paytdagi holati haqidagi ma’lumotlarni almashish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim. 2. Tarmoqda paketlarni yo‘naltirish, ya’ni paketlarning tarmoq bo‘ylab uzatilishida eng qisqa
aloqa yo‘li
tanlab berish
bilan shug‘ullanuvchi tarmoq kompyuteri. 3. Ma’lumotlar bloklarini yo‘naltirish bilan shug‘ullanuvchi qayta uzatish tizimi. yo‘naltirish ingl.: routing rus.: маршрутизация Kommunikatsiya tarmog‘ida ma’lumotlar bloki haqiqiy oluvchiga yetib borishi mumkin bo‘lgan aloqa yo‘lini aniqlash jarayoni. Yo‘naltirish obyekt manzilini ushbu blok uzatiladigan kanallar ro‘yxatiga aylantirishni ta’minlaydi. Yo‘naltirish taqsimlangan jarayon bo‘lib,
ma’lumotlar yo‘naltirgichlariga ega bo‘lgan tarmoqning barcha bog‘lamalari tomonidan amalga oshiriladi. Buning uchun har bir bog‘lama chaqiriq yoki ma’lumotlar blokini yo‘naltirish lozim bo‘lgan kanalni aniqlaydi. Tarmoqlarda yo‘naltirishning turli uslublari qo‘llaniladi: - Tanlab yo‘naltirishning xususiyati shundaki, ma’lumotlar bloklari, ular haqiqiy oluvchiga yetib bormasligi mumkinligini nazarda tutgan holda birdaniga bir necha yo‘nalish bo‘yicha jo‘natiladi. Bunda aloqa yo‘li oldindan tanlanib, u tarmoq holatiga bog‘liq emas. - Belgilangan yo‘naltirish tarmoqning mumkin bo‘lgan trafigining eng samarali aloqa yo‘llarini ko‘rsatuvchi aloqa yo‘llari jadvalini tuzishni nazarda tutadi. - Moslashtiriladigan yo‘naltirishning belgilangan yo‘naltirishdan farqi shundaki, aloqa yo‘llari jadvallari trafik o‘zgarishlariga ko‘ra yangilanib turadi. - Ehtimollik yo‘naltirish ma’lumotlar bloklarini uzatish yo‘lini tasodifiy tanlash nazarda tutiladi, bunda ular haqiqiy oluvchiga yetib borishi aniq deb hisoblanadi. yo‘naltirishni belgilash ingl.: trace routing rus.: трассировка маршрутизации Sizni qiziqtirgan kompyuterga (tracert buyrug‘i bilan bajariladigan) paketlar o‘tib keladigan yo‘naltirgichlar (bog‘lamalar) to‘g‘risidagi axborotni olishning tartiblangan jarayoni. U yo‘naltirish xatoliklarini topish imkonini beradi, masalan, «davraga tushib qolish», ya’ni, xostdan xostgacha halqa bo‘ylab paketlarni uzatish.
yo‘l
327
Zz zahira nusxa ingl.: backup copy rus.: резервная копия Ma’lumotlar ko‘chirilgan nusxasini o‘z ichiga olgan magnit disk yoki tasma.
Qo‘shimcha vositalar va (yoki) imkoniyatlarni qo‘llash. Bu obyektning bitta yoki bir nechta elementi ishdan chiqsa, uning ish qobiliyatini saqlab qolish maqsadida amalga oshiriladi.
Kompyuter disklari, ma’lumotlar bazalari, veb- serverlari mazmunidan davriy ravishda to‘la yoki qisman nusxa ko‘chirish. Bu axborot yo‘qotishdan xalos bo‘lishga yordam beradi. Zahiraviy nusxa ko‘chirish operatsion tizim buyruqlari yordamida ham, buning uchun maxsus yaratilgan qurilmalardan foydalanib ham amalga oshiriladi. Zahiraviy nusxa ko‘chirish paytida band
disk makonini kamaytirish maqsadida, ma’lumotlarni zichlashtirish ham amalga oshiriladi. zaif ingl.: lamer rus.: ламер qarang: lamer zaiflik ingl.: vulnerability rus.: уязвимость Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi yoki uning vositalaridagi kamchilik, ya’ni tahdidlarga nisbatan zaif joy. zararli dastur ingl.: nocuous software rus.: вредоносная программа 1. Mustaqil kompyuter dasturi yoki kompyuter tizimi, tarmoq yoki mashina tashuvchilarida saqlanayotgan axborotni ruxsatsiz o‘chirish, to‘sish, o‘zgartirish yoki ko‘chirish maqsadida mavjud bo‘lgan dasturlarga o‘zgartirishlar kiritish. 2. Maxsus virus dasturi. zichlash ingl.: compression rus.: сжатие Fayl hajmini uning formatini o‘zgartirish tufayli kichraytirish jarayoni. Buning natijasida faylni saqlash uchun kamroq joy va uni uzatish uchun kamroq vaqt talab qilinadi.
Signalni jo‘shqinlik diapazonini kamaytirishga va keyinchalik tiklashga qaratilgan texnik harakat. Signalni namunaviy kanallar orqali uzatish maqsadida, avval zichlagich (kompressor), so‘ngra
kengaytirgich (ekspander) ishlatish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
(Ingliz
tilidagi zoom
so‘zidan). Aks
ettirilayotgan maydon plan maydonini yoki xaritasini ko‘rinma kattalashtirish yoki kichraytirish. U vaziyat
tasvirini o‘zgartirmasligi lozim. Z Zummerlash 328
O‘o‘ o‘qitish tizimi ingl.: training system rus.: обучающая система Foydalanuvchilarni o‘qitib o‘rgatish uchun mo‘ljallangan tizim. Sun’iy tafakkur va bilimlar bazasini ishlatishga asoslanadi. Asosiy masala, foydalanuvchilarni tayyorgarlik darajasiga va ularni olingan axborotni o‘zlashtirishiga qarab, bilimlarni samarali uzatishdir. Muxtor (ayrim shaxsiy kompyuterlarda ishlaydi) va tarmoq (Internet serverlarida joylashgan) ta’lim
tizimlarini farqlanadi. O‘qitish tizimi
g‘oyalarini rivojlanishi, masofada o‘qitishning tarmoq vositalari yaratilishiga olib keldi. o‘rama juft ingl.: twisted pair rus.: витая пара Ikkita simni bir-biri atrofida o‘rash orqali tashkil qilinadigan kabel. Bu o‘zaro shovqinlar va
elektromagnit to‘lqinlari ta’sirlarini kamaytirish imkonini beradi. o‘rgimchak ingl.: spider rus.: паук Doimiy
ravishda tarmoqni kezib veb-
sahifalardan axborot yig‘ib yuruvchi (ularni indekslovchi) maxsus dastur (izlash roboti, avtomati, agenti, o‘rgimchak, qurt). Indekslash jarayoni – bu izlash mashinasiing siri. Lekin odatda “o‘rgimchak” e’tiborini hujjat tavsifiga va sarlavhalarga beradi, ba’zan hujjat matnini ko‘rib chiqadi va qaysi so‘zlar va iboralar kalitli ekanligini tushunishga harakat
qiladi. Indekslashning asosiy obyekti – matnlar. Biroq, rasmlarni, mp3, dastur arxivlari, yangiliklar va h.k.ni
indekslash imkonini beruvchi “o‘rgimchaklar” ham mavjud. o‘rnashtirish ingl.: installation rus.: инсталляция Dasturli mahsulotni kompyuterga o‘rnatish. O‘rnashtirish odatda
o‘rnashtirgich – o‘rnatilayotgan dasturli mahsulot tarkibi va tuzilishini kompyuter tarkibiy tuzilmasi bilan muvofiqlashtiruvchi dastur boshqaruvida amalga oshirilib, uning dasturli parametrlarini mavjud operatsion tizim turi, bajarilayotgan vazifalar sinflari va ish maromlariga binoan moslashtiradi. Shunday qilib, o‘rnashtirish dasturli mahsulotni muayyan hisoblash tizimida foydalanish uchun yaroqli va muayyan ish maromida muayyan vazifalar sinfini bajarish uchun tayyor qiladi. o‘xshash ingl.: analog rus.: аналоговый qarang: analog o‘xshash kompyuter ingl.: analog computer rus.: аналоговый компьютер qarang: analog kompyuter o‘yinlar nazariyasi ingl.: game theory rus.: теория игр Axborot yetarli bo‘lmagan sharoitda yechimlar qabul qilish
nazariyasi. Nazariya, atrof muhitning va o‘zga odamlarning yoki ular o‘rnini bosadigan kompyuterlarning hatti- harakatlari bilan bog‘liq tahdidlar sharoitidagi shaxsiy yechimlarni tadqiq qiladi. Nazariya o‘z foydaliligini iqtisodiyot sohasiga oid turli holatlar tahlilida o‘zini namoyon qildi. Ikki qatnashchi o‘yinida, ularning har biri har xil maqsadlarga ega bo‘lib, ularning har biri, turlicha natijalar beruvchi yurishlar tanlash imkoniga ega. O‘yinning optimal strategiyasi, ayrim yurishlarni tanlashda, yutuq eng katta yoki mag‘lubiyat eng kam bo‘lishiga tegishli nisbiy vaznlarni ko‘rsatadi. o‘z qo‘li bilan qo‘yilgan imzoning elektron analogi ingl.: electronic analogue of autograph rus.: электронный аналог собственноручной подписи qarang: elektron raqamli imzo o‘zaro aloqada ishlash sohasi ingl.: interconnection area rus.: область взаимодействия Axborot
tizimlarini kooperatsiyasini ta’minlovchi funksional bloklarning shajaraviy guruhi. O‘zaro ta’sir sohasi bir birining ustiga O‘o‘
329
joylashgan pog‘onalar guruhiga bo‘linadi. Ochiq tizimlarning o‘zaro aloqada ishlashning asosiy etalon modeli OSI da yettita pog‘onani ajratadilar. o‘zaro faol axborot tizimi ingl.: interactive information system rus.: интерактивная информационная система 1. Muloqot maromida nafaqat axborotni uzatish, balki uni almashish ham sodir bo‘ladigan tashqi faol tizimning xususiy turi. Masalan: elektron pochta va chatlar, telefoniya, o‘zaro faol televideniye va boshqalar. 2. Kodlash va dekodlash qurilmasi bitta moddiy obyekt sifatida taqdim etilgan tizim. Axborot xuddi o‘sha obyekt «ichida» bo‘lib, aloqa uning fizikaviy ko‘chishi orqali amalga oshiriladi. masalan, kitob,
qo‘lyozma, kinotasma, kompyuter disketasi va boshqalar.
Foydalanuvchining kompyuter bilan muloqot (o‘zaro faol)
shaklida o‘zaro
ishlashga asoslangan, barcha turdagi
shaxsiy kompyuterlari (jumladan, televizion o‘yin kompyuter qo‘shimchalari) uchun dastur.
Download 9.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling