Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati


LDIF  qisq.: LDAP Data Interchange Format  LDAP ma’lumotlar almashuvi formati


Download 9.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/103
Sana09.02.2017
Hajmi9.86 Mb.
#51
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   103

LDIF 

qisq.: LDAP Data Interchange Format 

LDAP ma’lumotlar almashuvi formati. 



 

LED 

qisq.: Light-Emitting Diode 

Yorug‘lik nuri taratuvchi diod, yorug‘lik diod. 



 

LEO 

qisq.: Low Earth Orbit 

Past  yeroldi  orbitasi.  Bir  necha  kilometr 

balandlikdagi orbita. 

 

leptop  

ingl.: laptop 

rus.: лэптоп 

Eng  katta  ixcham  tizimlar.  Oddiy  leptop 

og‘irligi  3  kg  dan  oshiq  bo‘lib,  hajmi  9x12x2 

dyum  (taxminan  23x30x5  sm)ga  teng;  bozorda 

katta  hajmli ekranlarning  paydo  bo‘lishi  albatta 

ixcham  kompyuterlar  hajmining  kattalashishiga 

olib 

keladi. 


Bir 

paytlari 

eng 

kichik 


kompyuterlardan  bo‘lib,  hozirda  leptoplar  o‘z 

imkoniyatlari  va  ish  samaradorligi  bo‘yicha 

stolusti  tizimlar  bilan  qiyoslanishi  mumkin 

bo‘lgan 


o‘ta 

zamonaviy 

mashinalarga 

aylanmoqda. 



 

LET 

qisq.: Logical Equipment Table 

Mantiqiy  qurilmalar  jadvali.  MS-DOS  da 

ishlatiladi. 

 

LEXIS-NEXIS korporatsiyasi 

ingl.: LEXIS-NEXIS corporation 

rus.: корпорация LEXIS-NEXIS 

Yuridik  va  moliyaviy-iqtisodiy  ma’lumotlarni 

yetkazib  beruvchi  eng  katta  kompaniya. 

LEXIS-NEXIS 

AQSHda 

(Deyton 


sh.) 

yaratilgan  bo‘lib,  dastlab  qog‘oz  va  qog‘oz 

mahsulotlarini 

ishlab 


chiqarish 

bilan 


shug‘ullangan. 

Keyin 


kompaniya 

katta 


ma’lumotlar  banklarini  yaratib,  yurisprudensiya, 

moliya  va  umuman  iqtisodiyot  sohalarida 

ixtisoslashgan.  Ma’lumotlar  banklarida  mijoz-

server  me’moriy  tuzilmasi  va  uzoqlashgan, 

jumladan 

Internet 

tarmog‘i 

orqali 


erkin 

foydalanish keng qo‘llanilgan. 



 

LF 

qisq.: Line Feed 

Satrni o‘tkazish. ASCII ni boshqarish belgisi. 



 

LFU 

qisq.: Least Frequently Used 

Kamdan kam ishlatiladigan. 



 

LG 

qisq.: Lucky Goldstar 

Goldstar firmasining yangi nomi. 



 

LG 


 

 

166 


LGA 

qisq.: Land Grid Array 

LGA 


tanasi. 

Mikrosxemaning 

yassi 

maydonchalar  matritsalari  shaklidagi  tutashma 



guruhi tuzilmasi. 

 

Linda tili 

ingl.: Linda language 

rus.: язык Linda 

Ma’lumotlarga 

parallel 

ishlov 


berishga 

mo‘ljallangan  dasturlash  tili.  Linda  tilidan 

foydalanishda 

amaliy 


jarayon, 

jarayonlar 

guruhiga  bo‘linadi,  ularning  ichidan  asosiysi 

ajratiladi.  Ko‘rsatilgan  jarayonlar  bir  vaqtning 

o‘zida  amalga  oshiriladi  va  bir  biriga  nisbatan 

sinxronlashgan bo‘ladi. 



 

liniyaga sust ulanish 

ingl.: passive line connection 

rus.: пассивное подключение к линии 

Liniyaga ma’lumotlarni o‘qish uchun qo‘shilish. 



 

Linux operatsion (amaliy) tizimi 

ingl.: Linux operating system 

rus.: операционная система Linux 

O‘zagi Unix operatsion tizimi asosida ishlangan, 

tarmoq operatsion tizimi. Linux ilk bor 1991yili 

LiniusTorvalds 

tomonidan 

chiqarilgan. 

Linuxning  muhim  xususiyatlaridan  biri  –  u 

bepul  dasturiy  ta’minot  Fondi  doirasida,  GNU 

oshkora  litsenziyasiga  ko‘ra  bepul  tarqatiladi. 

Asosan, Internetda va intratarmoqlarda serverlar 

yaratish uchun qo‘llanadi. 

 

LISP 

qisq.: LISt Processing 

Ro‘yxatlarga ishlov berish, LISP dasturlash tili. 

1959  yili  ishlab  chiqilgan,  sun’iy  tafakkur 

sohasidagi 

masalalarni 

dasturlash 

uchun 

ishlatiladi. 



 

LISP tili 

ingl.: LISP language 

rus.: язык LISP 

“Ro‘yxatlarga  ishlov  berish”  (LISt  Processor) 

ixtisoslashtirilgan  tili.  60  –yillar  boshida  MIT 

da  John  McCarthy  tomonidan  ishlab  chiqilgan. 

Yuqori  pog‘onadagi  dasturlash  tili  bo‘lib 

hisoblanadi.  Bu  til  sun’iy  tafakkur  vazifalarini 

yechishda  ayniqsa  shuhrat  qozongan.  Tilning 

barcha  obyektlari  (dasturlar  va  ma’lumotlar) 

ro‘yxatlar  deb  qaraladi.  Foydalanuvchining 

axborot tizimi bilan muloqot maromida ishlashi 

ta’minlanadi. 

 

LLL 

qisq.: Low-Level Language 

qarang: quyi pog‘ona tili 

 

log  

ingl.: log file 

rus.: лог 

Veb-saytning o‘ziga xos bortdagi jurnali. Server 

loglariga  u  yoki  bu  foydalanuvchi  qayerdan  va 

qachon  kelgani, saytda qancha  vaqt  bo‘lgani  va 

u yerda nimani ko‘rgani va yuklab olgani, uning 

brauzeri  va  uning  kompyuterining  IP  manzili 

qandayligi  haqidagi  ma’lumot  yoziladi.  Logga 

har  bir  yozuv  ma’lum  xitga  tegishli  bo‘ladi, 

chunki  server  aynan  sayt  elementlaridan  biriga 

murojaat qilishni qayd qilishi mumkin. 



 

log-fayl 

ingl.: log-file 

rus.: лог-файл 

Resurslardan  erkin  foydalanish  urinishlarini 

qayd  qiluvchi  fayl.  Masalan,  log-fayl  veb-

saytingizga  kirganlar  haqidagi  ma’lumotlarni 

saqlashi 

mumkin: 


foydalanuvchi 

nomi, 


foydalanuvchi 

domeni, 


ma’lum 

sahifada 

o‘tkazilgan  muddat,  ochilgan  gipermurojaatlar 

va h.k. 


 

login 

ingl.: login 

rus.: логин 

1. 


Foydalanuvchining 

kompyuter 

yoki 

tarmoqdan erkin foydalanish jarayoni. 



2.  Kompyuterdan  erkin  foydalanishga  ega 

bo‘lish  uchun  foydalaniluvchi  qayd  yozuvi 

nomi. Maxfiy emas. 

3.  Kompyuterga  aynanlash  ma’lumotlarini 

(odatda 

qayd 


yozuvi 

nomi 


va 

parol) 


uzatayotganda u bilan bog‘lanish. 

 

log-out 

Kompyuterda 

seansni 

tugatish. 

Shaxsiy 

kompyuterlarda 

seansni 

tugatish 

uchun 

dasturlardan  chiqib  mashinani  o‘chirish  lozim 



xolos.  Resurslar  boshqa  foydalanuvchilar  bilan 

birga  ishlatilayotgan  kattaroq  kompyuter  va 

tarmoqlarda  odatda  seansni  tugatishga  ruxsat 

beruvchi  operatsion  tizim  buyrug‘i  mavjud 

bo‘ladi. 

 

LGA 


 

 

167 


Lotus Development korporatsiyasi 

ingl.: Lotus Development corporation 

rus.: корпорация Lotus Development 

Elektron 

idoralarda 

ish 


yuritishni 

avtomatlashtirish  bilan  bog‘liq  turli  vazifalarni 

bajarish  uchun  amaliy  dasturlar  yaratish  bilan 

shug‘ullanuvchi 

kompaniya. 

Lotus 


Development AQSHda 1982 yilda yaratilgan. 

 

LPC 

qisq.: Local Procedure Call 

Tartibotni mahalliy chaqirish. 



 

lpi 

qisq.: Lines Per Inch 

Satrlar (chiziqlar) dyumda. Choplashda qatorlar 

joylashuvi zichligi. 

 

LPT 

qisq.: Line PrinTer 

Satrli  printer.  Shaxsiy  kompyuterning  parallel 

portini  (interfeysini)  belgilanishi.  Dastlab,  IBM 

PC  da  u  matnni  satrlarini  belgima  -  belgi 

printerga uzatish uchun mo‘ljallangan edi. 

 

LQ 

qisq.: Letter Quality 

Bosmaxona sifati. 



 

LRU 

qisq.: Least Recently Used 

Anchadan 

buyon 

ishlatilmayotgan 



LRU 

algoritmi.  Anchadan  buyon  ishlatilmayotgan 

elementlar 

yangilari 

tomonidan 

siqib 


chiqarilayotgan keshlashni boshqarish algoritmi. 

 

LSB 

qisq.: Least Significant Bit 

Kichik xona biti. 



 

LSI 

qisq.: Large-Scale Integration 

Yuqori 


pog‘onadagi 

birlashuv. 

Yuqori 

pog‘onadagi  birlashgan  mikrosxema,  katta 



integral sxema. 

 

LU 

qisq.: Logical Unit 

Mantiqiy qurilma. 



 

LUID 

qisq.: Locally Unique IDentifier 

Mahalliy noyob identifikator. 



 

LUN 

qisq.: Logical Unit Number 

Mantiqiy qurilma tartib raqami. 



 

Lycos 

Mashhur  WWW  izlash  tizimi  va  direktoriyasi. 

Lycos  to‘lamatnli  izlash  xizmati,  kategoriyalar 

bo‘yicha 

tashkil 

qilingan 

veb-saytlar 

direktoriyasi  hamda  tanlangan  saytlar  tahlilini 

taqdim etadi. 

 

LZW 

qisq.: Lempel-Ziv-Welch 

Lempel-Ziv-Velsh,  LZW  algoritmi.  Axborotni 

zichlashtirish  algoritmi,  nomi  mualliflarning 

familiyalarining  birinchi  harflaridan  tashkil 

topgan. 

 

LZW 


 

168 


Mm

 

 

ma’lum ochiq matnga hujum 

ingl.: attack on open text 

rus.: атака на известный открытый текст 

Kriptoanalitik  ko‘p  hajmdagi  tegishli  dastlabki 

matnlar 

va 


shifrlangan 

matnlar 


asosida 

uyushtirilayotgan tahliliy hujum. 



 

ma’lumotlar 

ingl.: data 

rus.: данные 

1. Rasmiylashtirilgan, ya’ni uzatish, izohlash va 

qayta ishlash uchun mos shaklda taqdim etilgan 

axborot. 

2. Kompyuterda  qayta  ishlanishi  jarayonida 

aylanayotgan hujjatlashtirilgan axborot. 

3.  Hisoblash  mashinasida  uzatish,  saqlash  va 

qayta ishlash uchun tayyorlangan, ya’ni ramzlar 

(raqamlar)  shaklida  taqdim  etilgan  axborot. 

Ma’lumotlar 

misoli 

sifatida 



kompyuterga 

kiritish  uchun  kodlangan  yoki  allaqachon 

kiritilgan 

matn, 


nutq, 

tasvir, 


istalgan 

kattaliklardagi  jadvallar  va  h.k.ni  keltirish 

mumkin. 

 

ma’lumotlar almashuvi 

ingl.: data interchange 

rus.: обмен данными 

Funksional  qurilmalar  orasida  ma’lumotlarni 

ko‘chirish.  Bu  ma’lumotlarni  siljitishni  va 

almashuvini  kelishtirishni  boshqarish  qoidalar 

to‘plamiga muvofiq amalga oshiriladi. 

 

ma’lumotlar autentifikatsiyasi  

ingl.: data authentication 

rus.: аутентификация данных 

Ma’lumotlar 

butunligini 

tekshirish 

uchun 

foydalaniladigan  jarayon.  Masalan,  olingan 



ma’lumotlarning  yuborilgan  ma’lumotlar  bilan 

bir  xilligini  tekshirish;  dasturning  virusdan 

zararlanmaganligini tekshirish. 

 

ma’lumotlar banki 

ingl.: databank 

rus.: банк данных 

1.  Ma’lumotlar  majmui.  Bu  ma’lumotlar 

berilgan 

mavzuga 


tegishli 

bo‘lib 


foydalanuvchilar bilan o‘zaro ta’sir qila olishini 

ta’minlaydigan tarzda tashkil qilingan. 

2.  Ma’lumotlarni  markazlashtirilgan  holda 

saqlash  va  jamoa  bo‘lib  foydalanishning 

avtomatlashtirilgan  tizimi.  Uning  tarkibiga 

ma’lumotlar  bazasi  yoki  ularning  majmui, 

ma’lumotlar 

bazasi  spravochnigi,  MBBT, 

hamda 

so‘rovlar 



va 

amaliy 


dasturlar 

kutubxonasi kiradi. 



 

ma’lumotlar bazalarini boshqaruv tizimi 

ingl.: DataBase Management System (DBMS) 

rus.: система управления базами данных 

Umumiy  yoki  maxsus  maqsaddagi  dasturiy  va 

lingvistik  vositalar  majmui.  U  ma’lumotlarga 

ishlov  berishning  qabul  qilingan  texnologiyasi 

sharoitida  ma’lumotlar  bazalarini  yaratish, 

ularni  markazlashtirilgan  boshqarish  va  ularni 

turli 

foydalanuvchilar 



tomonidan 

erkin 


foydalanishni 

tashkil 


etishni 

qo‘llab-


quvvatlashni 

amalga 


oshiradi. 

MBBT 


afzalliklari 

ma’lumotlar 

samarali 

erkin 


foydalanish,  butunlik,  ma’lumotlarni  qayta 

tiklash,  parallelizmni  nazorat  qilish,  shaxsiylik 

va  xavfsizlikdadir.  MBBT  foydalanuvchilarga 

ma’lumotlar  ustida  turli  amallarni  bajarish, 

jumladan  ajratib  olish,  qo‘shish,  tahrir  qilish, 

yangilash, izlash, tartibga  solish  va  hisobotlarni 

tayyorlash  imkonini  beradi.  Eng  mashhur 

MBBT:  Oracle,  MS  SQL,  SYBASE  va 

boshqalar. 

 

ma’lumotlar bazasi (MB) 

ingl.: database (DB) 

rus.: база данных (БД) 

1.  Elektron  hisoblash  mashinalari  yordamida 

qidirib  topilishi  va  qayta  ishlanishi  mumkin 

bo‘lgan  tarzda  tartibga  solingan  ma’lumotlar 

to‘plami (masalan: maqolalar, hisob-kitob). 

2.  Aniq  qoidalar  asosida  tashkil  qilingan  va 

amaliy 

dasturlarga 



bog‘liq 

bo‘lmagan 

ma’lumotlar 

to‘plami. 

Bu 

qoidalar 



ma’lumotlarni  ta’riflash,  saqlash  va  joyini 

o‘zgarishga  oid  umumiy  tomoyillarni  nazarda 

tutadi. 

Ma’lumotlar  bazasi  (MB)  yetarlicha  to‘la, 

to‘g‘ri  tashkil  qilingan,  hozirgi  kunga  doimo 

mos  keluvchi  va  foydalanish  uchun  qulay 

bo‘lishi  lozim.  Bu  ma’lumotlar  bir-biriga  zid 

bo‘lmasligi  zarur.  Ma’lumotlarni  tahrirlash, 

to‘latish  va  yo‘qotib  tashlash,  hamda  ularni 

qidirib  topish  va  saralash  MBni  boshqarish 

Mm 

 


 

169 


tizimi  (MBBT)  yordamida  amalga  oshiriladi. 

MBlari  shaxsiy  va  jamoaviy  foydalanishga 

mo‘ljallangan  bo‘ladi.  Jamoa  foydalanadigan 

yirik  MBlarni  kuzatib  borishni  ma’lumotlar 

bazasining  boshqaruvchisi  amalga  oshiradi. 

Bitta  kompyuterda  joylashgan  mahalliy  bazalar 

va  bir-biri  bilan  bog‘langan  bir  nechta 

kompyuterda taqsimlangan bazalar farqlanadi. 



 

ma’lumotlar bazasi ma’muri 

ingl.: database administrator 

rus.: администратор базы данных 

Tashkilot 

yoki 

muassasa 



ma’lumotlar 

bazasining  ahvoli,  rivojlanishi  va  undan 

foydalanishga  javobgar  inson  yoki  shaxslar 

guruhi. 


Ma’lumotlar 

bazasi 


ma’muri 

ma’lumotlar  bazasi  faoliyatini  ta’minlaydi, 

ma’lumotlarning  to‘liqligi,  to‘g‘riligi,  qarama-

qarshi  emasligi  va  butunligi  hamda  kerakli 

muhofaza  darajasini  nazorat  qiladi  va  qo‘llab-

quvvatlaydi.  Dasturlari  ma’lumotlar  bazasidan 

erkin 

foydalanishda 



qo‘llaniladigan 

foydalanuvchi  va  dasturlovchilar  bilan  o‘zaro 

ish olib boradi. 

 

ma’lumotlar bazasi muallifi 

ingl.: database author 

rus.: автор базы данных 

Ijodiy  faoliyat  tufayli  ma’lumotlar  bazasini 

yaratgan jismoniy shaxs. 

 

ma’lumotlar bazasidan foydalanish 

ingl.: database use 

rus.: использование базы данных 

Chop  etish,  aks ettirish, tarqatish  va  ularni turli 

xo‘jalik 

faoliyatiga 

kiritish 

(jumladan 

o‘zgartirilgan shaklda ham) bo‘yicha harakatlar. 

Ommaviy 


axborot 

vositalari 

tomonidan 

ma’lumotlar  bazasini  chop  etilishi  haqidagi 

xabar berish ma’lumotlar bazasidan foydalanish 

hisoblanmaydi. 



 

ma’lumotlar  bazasini  boshqarishning 

gibrid tizimi 

ingl.: hybrid database management system 

rus.: гибридная система управления базой данных 

Gibrid  MBBT.  U  relyatsion  va  obektga  – 

yo‘naltirilgan  tizimlarning  ijobiy  sifatlarini 

o‘zida  mujassamtirgan.  Relyatsion  MBBT  ning 

tranzaksiyalariga  ishlov  berish  vositalarini  o‘z 

ichiga  olib,  obektga  –  yo‘naltirilgan  MBBT 

ning 

ko‘pgina 



ma’lumot 

turlarini 

ham 

quvvatlaydi.  Gibrid MBBT “tuzilmalashtirilgan 



so‘rovlar tili” SQL dan foydalanadi. 

 

ma’lumotlar  bazasini  boshqarishning 

ko‘p o‘lchamli tizimi 

ingl.: multidimensional database management system 

rus.:  многомерная  система  управления  базой 

данных 

Ma’lumotlarni N-o‘lchamli kub shaklida taqdim 

etilishini  ta’minlaydi.  Shu  tufayli  MDDBMS 

murakkab hujjatlar tizimlarini qayta ishlaydi. 



 

ma’lumotlar bazasini moslashtirish 

ingl.: database adaptation 

rus.: адаптация базы данных 

Foydalanuvchining  muayyan  texnik  vositalari 

yoki 

aniq 


dasturlari 

boshqaruvidagi 

ma’lumotlar  bazasini  faoliyatini  ta’minlash 

maqsadida  amalga  oshiriladigan  o‘zgartirishlar 

kiritish. 

 

ma’lumotlar bazasini tarqatish 

ingl.: database distribution 

rus.: распространение базы данных 

Ixtiyoriy 

moddiy 

shaklda 


qayta 

ishlab 


chiqarilgan 

ma’lumotlar 

bazasidan 

erkin 


foydalanishni,  shu  jumladan, tarmoq  va  boshqa 

usullar bilan, taqdim qilish. Shuningdek, sotish, 

kiraga  berish,  ijaraga  topshirish,  qarzga  berish, 

shu maqsadlarda importni ham o‘z ichiga oladi. 



 

ma’lumotlar bazasini chop etish 

ingl.: database publishing 

rus.: выпуск базы данных 

Ma’lumotlar  bazasi  nusxalarini  muallif  roziligi 

asosida 

cheklanmagan 

shaxslar 

doirasiga 

taqdim  etish  (jumladan,  kompyuter  xotirasiga 

yozish  va  bosma  matn  chop  etish  orqali  ham). 

Bunday  nusxalar  soni  ko‘rsatilgan  asarlar 

tavsifiga  ko‘ra  mazkur  doiradagi  shaxslar 

ehtiyojlarini qondirishi lozim. 

 

ma’lumotlar bazasining turlanishi 

ingl.: database modification 

rus.: модификация базы данных 

Moslashtirish bo‘lmagan  va  dastlabki  matnning 

o‘zgarishiga 

olib 


keluvchi 

har 


qanday 

o‘zgartirishlar. 



 

ma’lumotlar bloki 

ingl.: data unit 

rus.: блок данных 

ma’lumotlar bloki 

 


 

170 


Bir  xil  uzunlikdagi  ramzlar  ketma-ketligi.  U 

ma’lumotlarni  ifodalashda  yoki  o‘z  holicha 

uzatishda ishlatiladi. 

 

ma’lumotlar butunligi 

ingl.: data integrity 

rus.: целостность данных 

qarang: axborot butunligi 

 

ma’lumotlar bo‘lagi 

ingl.: data fragment 

rus.: фрагмент данных 

Amaliy  jarayonlar  bir  –  biriga  tarmoq  va 

trasnport  pog‘onalari  chegarasida  uzatayotgan 

ma’lumotlar  bloklari.  Uzatilayotgan  xabarlarni 

qismlarga bo‘lish oqibatida hosil bo‘ladi. 

 

ma’lumotlar elementi 

ingl.: data item 

rus.: элемент данных 

Axborot  obyekti  bo‘lib,  o‘z  nomi  va  u 

ifodalovchi  qiymatlar  (kattaliklar)  majmuasi 

bilan  belgilanadigan  Obyekt  sifatida  jarayon, 

hodisa,  narsa,  mamlakat,  fan  sohasi  va  h.k.  lar 

bo‘lishi 

mumkin. 

Ko‘rilayotgan 

obyektni 

tavsiflayotgan 

ma’lumotlarning 

elementlari 

majmuasi  yozuv  (masalan,  mahsulot  –  uni 

nomeri,  nomlanishi,  o‘lchamlari,  narxi,  u 

yasalgan materiali) deb nomlanadi. 

 

ma’lumotlar izlash 

ingl.: data search 

rus.: поиск данных 

qarang: axborot izlash 

 

ma’lumotlar maydoni 

ingl.: data field 

rus.: поле данных 

1. 


Axborot 

tashuvchisida 

ma’lumotlarni, 

ma’lumotlar 

elementlarini 

yozish 


uchun 

ajratilgan maydon. 

2. Funksional mustaqil qiymatga ega va alohida 

ma’lumotlar  elementi  sifatida  ishlov  beriluvchi 

yozuv yoki to‘ldirilayotgan shakl qismi. 

 

ma’lumotlar modeli 

ingl.: data model 

rus.: модель данных 

Ma’lumotlarni saqlash,  uzatish  va  qayta  ishlash 

sohalarida  tarkibiy  qismlar  turi  va  ularning 

aloqalari  to‘g‘risidagi  tasavvur.  Ma’lumotlar 

modeli  ma’lumotlarni  tavsiflash  tili  bilan 

belgilanadi. 



Download 9.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling