Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati


Download 9.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/103
Sana09.02.2017
Hajmi9.86 Mb.
#51
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   103

 

JFC 

qisq.: Java Foundation Classes 

Javaning  asosiy  [kengaytmalari]  sinflari.  API 

yig‘masidan: Swing, accessibility API, Java 2D 

API  iborat.  Tilning  Java  2  rusumidan  boshlab 

Java SDK tarkibiga kiradi. 

 

JFIF 

qisq.: JPEG File Interchange Format 

JPEG  almashuv  [tasvirlar  bilan]  uchun  fayl 

formati. 

JPEG 


algoritmi 

bo‘yicha 

zichlashtirilgan  tasvirlarni  saqlash  va  uzatish 

uchun fayl formati. 



 

jild  

jild  


 

 

138 


ingl.: folder 

rus.: папка 

Windows 


yoki 

Macintosh 

muhitida, 

foydalanuvchi  grafik  interfeysning  obyekti.  U 

hujjatlar  to‘plamini  o‘z  ichiga  olib,  axborot 

tashkil  qilish  uchun  ishlatiladi.  DOS  va  UNIX 

muhitida folder direktoriy (katalog) deb ataladi. 

 

jilmayishlar 

ingl.: smiles 

rus.: смайлики 

Insonlar  elektron  xabarlarni  yozayotganda  o‘z 

hissiyotlarini  ifodalovchi  (kulish,  yig‘lash, 

birov  ustidan  kulish) alomatlar  (shartli  belgilar) 

to‘plami. Masalan: J L  

 

jismoniy kanal 

ingl.: physical link 

rus.: физический канал 

Signallar uzatish vositasi. Jismoniy muhitdan va 

ma’lumotlarni  uzatish  apparatlaridan  tashkil 

topadi.  Signallarni  uzatish  uslubiga  qarab 

jismoniy kanallar ikki turga bo‘linadi: 

-  signallar  modulyatsiya  qilinmay  uzatiladigan 

asosiy polosali kanallar; 

-  signallar  modulyatsiya  qilib  uzatiladigan 

torpolosali va kengpolosali kanallar. 

Turli  joylarida  abonent  tizimlar  guruhlari 

ulanadigan  jismoniy  kanallar  yakkakanal  yoki 

davriy  halqa  bo‘ladi.  Jismoniy  kanalda  bitta 

yoki bir necha mantiqiy kanal yotqiziladi. 

 

jismoniy manzil 

ingl.: physical address 

rus.: физический адрес 

1.  Jismoniy  tuzilma  obyektini,  ya’ni,  pochta 

manzilini, 

mahalliy 

tarmoqni, 

tizimni, 

protsessorni,  qurilmani,  manzil  shinasini,  bir 

ma’noli aks ettiradigan manzil. 

2. Kommunikatsiya kanalini yoki portni tizimda 

jismoniy  joylashuvini  aniqlaydigan  raqamlar 

yig‘masi. 

 

jismoniy muhit 

ingl.: physical media 

rus.: физическая среда 

Signallar 

uzatiladigan 

va 


ulanish  uchun 

jismoniy  vositalar  quriladigan  asos.  Jismoniy 

muhit  sifatida  efir,  metallar,  optik  shisha  va 

kvars  keng  ishlatiladi.  Jismoniy  muhit  turini 

tanlashda  erkin  foydalanish  qulayligi,  narx  va 

uzatish tezligi bosh mezonlar hisoblanadi. 



 

jismoniy muhofaza 

ingl.: physical protection 

rus.: физическая защита 

Mexanizm 

va 

izchil 


jarayonlar. 

Ular 


jinoyatchilarning  qasddan  qilgan  harakatlari 

yoki  xizmatchi  xodimlarning  sovuqqonligi 

oqibatida  sodir  bo‘lishi  mumkin  bo‘lgan 

jismoniy  zarardan,  telekommunikatsiya  yoki 

axborot  tizimlarining  tarkibiy  qismlarini  va 

ularning  tuzilmalarini  muhofazalash  uchun 

mo‘ljallangan. 

 

jismoniy muhofaza vositalari 

ingl.: physical protection means 

rus.: физические средства защиты 

AT  tarkibiy  qismlari  va  muhofazalanayotgan 

axborotga  katta  kuch  –  qudratga  ega  bo‘lgan 

jinoyatchining  kirib  borish  yo‘llariga  qo‘yilgan 

maxsus  jismoniy  to‘siqlar  majmuasi.  Bularga, 

turli  rusumdagi  elektr  yoki  elektron-mexanik 

qurilmalar  va  inshootlar,  hamda  ko‘rib  - 

kuzatish  texnik  vositalari,  aloqa  va  qo‘riqlash 

signalizatsiyasi  kiradi.  Jismoniy  muhofaza 

vositalari 

sifatida 

apparatlar 

o‘rnatilgan 

joylardagi, 

eshiklarda 

o‘rnatilgan 

qulflar, 

derazalardagi 

panjaralar, 

qo‘riqlash 

signalizatsiyasining  elektron-mexanik  jihozlari 

bo‘lishi mumkin. 



 

jismoniy pog‘ona 

ingl.: physical layer 

rus.: физический уровень 

OSI  pog‘onalar  shajarasi  modelidagi  eng  quyi 

(birinchi)  pog‘ona.  Kanal  pog‘onasi  bilan 

jismoniy  ulanish  vositalari  oraligida joylashadi. 

Shu  munosabat  bilan,  jismoniy  pog‘ona 

jismoniy  ulanish  vositalarini  ishlatadi,  o‘zining 

xizmatlarini  qo‘shadi  va  bularni  hammasini 

kanal  pog‘onasiga  taqdim  qiladi.  Pog‘onaning 

vazifasi  bo‘lib,  axborot  tizimlarini  jismoniy 

ulanish  vositalariga  ulanishi  uchun  zarur 

bo‘lgan 

jismoniy 

interfeyslarni 

yaratish 

hisoblanadi. 

Jismoniy 

pog‘ona 

quyidagi 

vazifalarni bajaradi: 

- jismoniy ulanishlarni o‘rnatish va uzish; 

- signallar ketma-ketligini uzatish; 

- zarur hollarda, kanallarni eshitish; 

- kanallarni aynanlash; 

-  nosozliklar  va  rad  qilishlarni  paydo  bo‘lishi 

haqida xabar berish. 

 

jismoniy tahdid 

jilmayishlar 

 


 

139 


ingl.: physical threat 

rus.: физическая угроза 

Amalga  oshish  oqibati  butun  tizimga  jismoniy 

ziyondan iborat bo‘lgan tahdid. 

 

jismoniy ulanish vositalari 

ingl.: physical interconnection facility 

rus.: физические средства соединения 

Axborot  tizimlari  orasida  signallarni  uzatishni 

ta’minlaydigan  jismoniy  muhit,  apparat  va 

dasturiy  vositalar  majmuasi.  Asosiy  namunaviy 

OSI  modelida,  ulanishni  jismoniy  vositalari 

o‘zaro  ishlash  sohasining  jismoniy  pog‘onadan 

pastda  joylashadi.  Bu  ulanishlarning  asosi 

bo‘lib,  ularda  ishlatiladigan  jismoniy  muhit: 

o‘rama  juft,  yassi  kabel,  koaksal  kabel,  optik 

kabel, efir va h.k. hisoblanadi. 

Jismoniy  ulanish  vositalari ikki turga bo‘linadi. 

Sust  deb  ataladigan  ulanishlar  faqat  signallarni 

uzatishga  mo‘ljallangan.  Masalan,  ikki  tizimni 

ulaydigan  o‘rama  juft  simlar.  Faol  vositalar  na 

faqat 

signal 


uzatishni, 

balki 


murakkab 

bo‘lmagan  signalga  ishlov  berish  turlarini  ham 

bajaradilar. 

Bularga 


modulyatsiya 

va 


demodulyatsiyalash, 

kanalning 

bandligini 

nazorat qilish kiradi. 



 

jismoniy xosting 

ingl.: physical hosting 

rus.: физический хостинг 

Kompyuteringiz 

(serveringiz)ni 

xosting 


provayderining 

telekommunikatsiya 

bog‘  lamasi  (server  xonasi)da  joylashtirish, 

kompyuterni  Internet  tarmog‘iga  ulash  va 

provayder tomonidan texnik xizmat ko‘rsatishni 

ta’minlash. 

Jismoniy 

xostingning 

virtual 

xostingdan asosiy farqlari quyidagicha: 

ishlatilayotgan 



dasturiy 

ta’minot 

va 

texnologiyalarga  cheklashlar  yo‘qligi  (ushbu 



cheklashlar  virtual  xostingdan  foydalanganda 

albatta mavjud bo‘ladi); 

-  serverning  texnik  resurslaridan  faqat  sizning 

loyihangiz uchun foydalanish (virtual xostingda 

resurslar  barcha  virtual  serverlarning  umumiy 

foydalanishida bo‘ladi); 

bir 


necha 

Internet 

loyihangizni 

o‘z 


kompyuteringizda 

joylashtirish 

virtual 

xostingga qaraganda qulayroq va hatto arzonroq 

bo‘ladi. 

 

jismoniy xotira 

ingl.: phusical memory 

rus.: физическая память 

Axborot  tizimiga  (kompyuterga)  o‘rnatilgan 

xotira  (odatda  RAM).  Bu  atamani,  “virtual 

xotira”  atamasiga  qarama-qarshi  qo‘yish  uchun 

ishlatiladi. 

 

jismoniy yozuv 

ingl.: physical record 

rus.: физическая запись 

Kompyuterning asosiy va tashqi xotirasi orasida 

yaxlit  bir  butun  ko‘rinishda  uzatilayotgan 

ma’lumotlar parchasi. 



 

JIT 

qisq.: Just-In-Time 

Ayni vaqtida. Biror bir harakatda zarurat paydo 

bo‘lishi  bilan  amalga  oshirilishini  bildiruvchi 

atama.  Masalan,  JIT-to‘la  o‘girish,  Java 

baytkodini  mashina  kodiga  bevosita  uni 

bajarilishi oldidan to‘la o‘girilishini bildiradi. 



 

JLS 

qisq.: Java Language Specification 

Java  tili  spetsifikatsiyasi.  Java  tilining  til 

tuzilmalarini  sintaksisini  va  semantikasini 

tavsiflovchi hujjat. 



 

JMAPI 

qisq.: Java Management API 

Boshqarish  uchun  Java  API.  Yana  JMX  ni 

qarang. 

 

JMS 

qisq.: Java Message Service 

Xabarlar  xizmatidan  erkin  foydalanish  uchun 

Java 

API. 


Java-dasturlardan 

korxona 


miqyosidagi 

xabarlar 

xizmatlaridan 

erkin 


foydalanish  imkonini  beradi,  masalan,  IBM 

ning 


MQSeries 

xizmatidan 

JMS, 

J2EE 


maslagining muhim tarkibiy qismi. 

 

JMX 

qisq.: Java Management eXtensions 

Javani [tarmoq] boshqarish uchun kengaytmasi. 



 

JNDI 

qisq.: Java Naming and Directory Interface 

Java  tilini  nomlar  va  kataloglar  xizmatidan 

erkin  foydalanishi  uchun  API.  Nomlar  va 

kataloglar 

xizmatidan 

erkin 


foydalanishni 

standartlashtirish  uchun  xizmat  qiladi,  quyi 

pog‘onada  foydalanilayotgan  standartlar  va 

bayonnomalarga bog‘liq emas. 



 

JNDI 


 

 

140 


JNI 

qisq.: Java Native Interface 

Javadan  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  erkin  foydalanish 

interfeysi.  Ci  va  C++  tillari  uchun  API, 

maslakka  bog‘langan  usullarni  yozish  va  Java 

bo‘lmagan  qo‘llanmalarga  JVM  ni  tirkab 

qo‘yish uchun xizmat qiladi. 



 

JNLP 

qisq.: Java Network Launching Protocol 

Java-qo‘llanmalarni 

tarmoqqa 

yuklash 


bayonnomasi.  Java-qo‘llanmalarni  veb-server 

orqali  tarqatish  va  ularni  veb-brauzerdan  ishga 

tushirib yuborish imkonini beradi. 

 

joyiga qo‘yish 

ingl.: manipulation 

rus.: манипулирование 

1. Biror narsa ustida murakkab usul, harakat. 

2. Informatikada – ma’lumotlarga ishlov berish. 

Bunda  dasturlar  foydalanuvchi  buyruqlarini 

qabul qilib, kompyuterga nima va qaysi tartibda 

bajarish lozimligini buyuradi. 

3. Algebraik ifodalarni qayta o‘zgartirish. 

4. 


Ma’lum 

qurilmani 

boshqarayotganda 

muayyan vazifani bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan 

qo‘l  harakati.  Odatda  robotlar  inson  qo‘llari 

harakatlariga  taqlid  qiladi  va  buyumlarni  olib 

ularning 

fazodagi 

joyini 

o‘zgartirishni 



ta’minlaydi. 

 

joylashtirish 

ingl.: allocation 

rus.: размещение 

1. Biror narsani joylashtirish, ishlatish tartibi. 

2.  Informatikada-  sahifalarning  o‘lchovlarini  va 

matnlarning 

sahifasini, 

tasvir 


tuzulmasini 

belgilaydi. 

3.  Dasturlashda  -  ma’lumotlarni  kiritish-

chiqarish tartibi va ketma-ketligi. 

4.  Apparat  ta’minotini  loyihalashda-platalar, 

integral 

sxemalar 

va 


tarkibiy 

qismlarni 

joylashtirish. 

5.  Tashqi  xotirada  faylni  yozish  uchun  makon 

ajratish. 

 

JPDA 

qisq.: Java Platform Debugger Architecture 

Java  maslagi  uchun  sozlovchi  arxitekturasi. 

Qo‘llanma-sozlovchilarni  yaratish  uchun  Java 

maslagining standart interfeyslari yig‘masi. 



 

JPEG 

qisq.: Joint Photographic Experts Group 

1.  Fotografiya  sohasidagi  ekspertlar  guruhi 

birlashmasi, JPEG guruhi. 

2.  JPEG algoritmi. Shu  nomli  guruh tomonidan 

ishlab  chiqilgan  tasvirlarni  zichlash  algoritmi. 

Internetda  ommaviyligi  bo‘yicha  (GIF  dan 

so‘ng)  ikkinchi  o‘rinni  egallaydigan  grafik 

formatdir.  Saqlash  uchun  yo‘qotishli  zichlash 

usulidan  foydalanadi,  shu  tufayli,  fantastik 

pog‘onadagi  zichlash  pog‘onasiga  erishilgan. 

Asosan  yuqori  sifatli  fotosuratlarni  saqlash 

uchun ishlatiladi. 



 

JRE 

qisq.: Java Runtime Environment 

Javaning  ijro  muhiti.  Java  dasturlarni  ishga 

tushirib  yuborish  uchun  eng  kam  zarur  bo‘lgan 

bepul tarqatiladigan tizimli dasturiy ta’minot. 



 

JScript tili 

ingl.: JScript language 

rus.: язык JScript 

Skriptlar 

tili 

JavaScript 



ni 

Microsoft 

kompaniyasi tomonidan kengaytirilgan tatbiqi. 

 

JSP 

qisq.: Java Server Pages 

Serverga Java sahifalari. Javani ishlatib dinamik 

Web- sahifalar yaratish texnologiyasi. 

 

JTA 

qisq.: Java Transaction API 

API 


tranzaksiyalar 

uchun 


Java. 

Tarqoq 


tranzaksiyaviy 

tizimning 

tranzaksiyalar 

menedjeri  va  boshqa  ishtirokchilari  orasida 

o‘zaro aloqada ishlashni tartibga soladi. 

 

JTS 

qisq.: Java Transaction Service 

Java  tranzaksiyalarining  xizmati.  Java  ni 

kengaytmasi.  Java  tilida  OMG  OTS  ni  amalga 

oshiradi, JTA bilan uyg‘unlashuvni quvvatlaydi. 



 

juftlik biti 

ingl.: parity bit 

rus.: бит четности 

Bitlar  massivining  oxirida  yoziladigan  bit.  U 

hamma  bitlar  yig‘indisi  juft  yoki  toqligini 

bildiradi.  Juftlik  ramzlar  guruhini  tekshirish 

uchun 

hisoblanadigan 



fuksiya. 

Ramzlar 


guruhida  xato  borligini  topib  olish  uchun 

ko‘rilayotgan  guruhdagi  nollar  yoki  birlar  soni 

hisoblanadi.  U  juft  ham,  toq  ham  bo‘lishi 

JNI 


 

 

141 


mumkin,  bu  haqda  guruhni  aniqlaydigan 

kodning  qo‘shimcha  xonasida  yoziladigan 

juftlik  biti  xabar  beradi.  Tekshirish  vaqtida 

nollarning  yoki  birlarning  soni  takror  sanaladi. 

Hosil 

bo‘lgan 


qiymatni 

avvalgisi 

bilan 

solishtirib,  ma’lum  aniqlik  bilan  ramzlar 



guruhida  xato  paydo  bo‘lganligini  bilish 

mumkin. 


 

jurnal 

ingl.: journal 

rus.: журнал 

1.  Qayd  yozuvlarini  saqlovchi  fayl.  Ushbu  fayl 

matn  formatida  yoki  ma’lumotlar  bazasi 

formatida bo‘lishi mumkin. 

2.  (Internet  Explorer  brauzerida)  oxirgi  N  kun 

ichida 


ko‘rilgan 

sahifalar 

manzillari 

saqlanadigan  joy.    N  sonini  (yozuvlarning  eng 

ko‘p  saqlanish  muddatini)  belgilash  uchun 

“Xizmat” 

menyusida 

“Свойства 

обозревателя”  bandini  tanlang  va  “Общие” 

qismida  “Журнал”  bo‘limini  toping.  Ro‘yxatni 

ko‘rish  uchun  “Вид”  menyusida  “Панели 

обозревателя”  bo‘limini  topib  “Журнал”ni 

bosing.  Oynaning  chap  tomonida  manzillar 

ro‘yxati paydo bo‘ladi. 



 

jug‘rofiy domen 

ingl.: geographic domain 

rus.: географический домен 

Jug‘rofiy  belgi  bo‘yicha  birlashtirilgan  domen 

nomlari 

guruhi. 


Masalan, 

www.uza.uz, 

www.bilimdon.uz  nomlari  «uz»  (O‘zbekiston) 

domeniga mansub. 



 

JVM 

qisq.: Java Virtual Machine 

Java  virtual  mashinasi.  Java  (sinflar)  tilidagi 

bayt-kodlarga 

to‘la 


o‘girilgan 

dasturlarni 

bajaradigan dastur. 

 

jo‘natish ro‘yxatlari 

ingl.: mailing lists 

rus.: списки рассылки 

O‘z  bayonnomasiga  ega  bo‘lmagan  va  faqat 

elektron  pochta  orqali  ishlaydigan  Internetning 

oddiy 


xizmati. 

Xabarlarni 

bitta 

maxsus 


manzildan  barcha  obunachilarga  yetkazishni 

amalga oshiradi. 



 

jo‘natuvchi 

ingl.: sender 

rus.: отправитель 

Buyurtma  berish  niyatiga  ega  yoki  aloqa 

xizmatiga 

buyurtma 

beruvchi 

aloqa 


foydalanuvchisi. 

 

jo’natuvchi 



 

142 


Kk

 

 

kabel 

ingl.: cable 

rus.: кабель 

Ma’lumotlarni  uzatish  uchun  mo‘ljallangan 

izolatsiya 

qilingan 

o‘tkazgich 

yoki 


o‘tkazgichlar 

guruhi. 


Ishlatilayotgan 

fizik 


muxitga  qarab,  kabellar ikki  guruhga  bo‘linadi. 

Birinchi  guruhni  yassi  kabellar,  o‘rama  juft  va 

koaksial  kabellar  tashkil  qiladi.  Ularda  metall, 

aksariyat  holda,  mis  orqali  elektr  signallari 

uzatiladi.  Koaksial  kabellar,  eng  qimmatbaho 

bo‘lib,  signallarni  katta  tezlikda  uzata  oladilar 

va  shovqindan  yaxshi  muhofazalanganlar. 

Ikkinchi  guruhga  yorug‘lik  uzatuvchi  optik 

kabellar  kiradi.  Ularning  asosini,  elektromagnit 

shovqinlardan  ideal  muhofazalangan  yorug‘lik 

uzatgichlari  tashkil  qiladi.  Optik  kabellar 

koaksial  kabellardan  qimmatroq  bo‘lib,  ular 

yuqoriroq 

tezlikda 

ma’lumot 

uzatishni 

ta’minlaydilar. 

 

kabelli mahalliy tarmoq 

ingl.: cable local-area network 

rus.: кабельная локальная сеть 

Kanallari  kabellar  asosida  yaratilgan  mahalliy 

tarmoq.  Kabelli  mahalliy  tarmoqlarning  o‘ziga 

xos  xususiyati  shundaki, har  bir  kanalga  o‘nlab 

tizimlar  ulanishi  mumkin.  Shu  tarzda,  yakka 

kanalli  tarmoq,  xalqasimon  tarmoq  va  uzib-

ulanadigan mahalliy tarmoq hosil bo‘ladi. 

 

kabelli modem 

ingl.: cable modem 

rus.: кабельный модем 

Kabelli  televizion  tarmoq  orqali  Internetga 

chiqishni  ta’minlaydigan  modem.  Koaksal 

kabelning 

o‘tkazish 

kengligi 

telefon 

liniyasinikiga  nisbatan  sezilarli  keng,  shu 

sababli  Internet  –  provayderlari  bunday  kanal 

orqali  yuqori  tezlik  (10  Mbit/sekgacha)  bilan 

Internetdan  erkin  foydalanishni  ta’minlashlari 

mumkin. 


 

kabelli tarmoq 

ingl.: cable network 

rus.: кабельная сеть 

Tizimlari  kabel  orqali  o‘zaro  aloqada  bo‘lgan 

axborot tarmog‘i. Kabellarni axborot tizimlarida 

ishlatish,  atmosfera  shovqinlaridan  va  quyosh 

nurlanishidan  saqlanish,  ma’lumotlarni  yuqori 

darajadagi xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq 

qator ijobiy xossalarga olib keladi. Ayni vaqtda, 

simsiz  tarmoqlarga  nisbatan,  kabelli  tarmoqlar 

fazo va koinotdagi tizimlar bilan aloqa qiluvchi 

mobil  tizimlarni  yaratish  uchun  yaroqsiz. 

Bundan  tashqari,  kabelli  tarmoqlar  aholi  kam 

istiqomat 

qiluvchi 

hududlarda 

va 

erkin 


foydalanish  qiyin  bo‘lgan  tarmoqlarda  tejamli 

emas.  Kabelli  tarmoqlar,  birinchi  galda,  global 

va hududiy tarmoqlarda ishlatiladi. 

 

kabelli telefoniya 

ingl.: cable telephony 

rus.: кабельная телефония 

Kabel  teleko‘rsatuvlari  xizmatlarini  yetkazib 

beruvchilar tomonidan taqdim etiladigan telefon 

aloqasi xizmatlari. 



 

kabelli teleko‘rsatuv 

ingl.: cable television 

rus.: кабельное телевидение 

Kabelli  teleko‘rsatuvlar  tarmog‘i.  Kabellar 

bo‘yicha  ixtiyoriy  axborotni,  birinchi  galda, 

teleko‘rsatuvlarni 

uzatishga 

mo‘ljallangan 

televizion tarmoq. 

 

kadr 

ingl.: frame 

rus.: кадр 

Kanal  sathida  uzatiladigan  ma’lumotlar  bloki. 

Tarmoqda  kadrlar,  birinchi  galda,  tutash 

tizimlarni  o‘zaro  ishlashini  ta’minlab  beradi. 

Kanallar  bo‘yicha  yo‘naltirilgan  kadrlar  ikki 

turga  bo‘linadi.  Axborot  kadrlari  ma’lumotlarni 

uzatadi. 

Boshqaruvchi 

kadrlar 

tarmoqni 

boshqaruvchi axborot uzatadi 

 

kadrlarni qayta uzatish 

ingl.: frame relay 

rus.: ретрансляция кадров 

Apparat  ta’minoti  yordamida  ma’lumotlarni 

tezkor uzib-ulash texnologiyasi. Kadrlarni qayta 

uzatish 


texnologiyasi 

Bell 


laboratoriyasi 

tomonidan  taklif  qilingan.  U  tez  paketlar  deb 

ataluvchi  paketlarni  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  uzib-

ulashdan iborat bo‘lib, o‘z - o‘zini apparat bilan 

yo‘naltirishni 

ta’minlaydi. 

O‘z 

navbatida 



bunday  yo‘naltirish  har  bir  uzib-ulashni 

birlashtiruvchi 

bog‘lamadan 

o‘tayotgan 

Kk 

 


 

143 


kadrlarni  qabul  qilish  manzillari  bo‘yicha 

taqsimlashni 

ta’minlaydi. 

Xatolik 


paydo 

bo‘lgan  kadrlar  yo‘q  qilinadi.  Shu  bilan  birga, 

yuqori  tezliklarga  erishish  maqsadida,  oraliq 

uzib-ulash 

bog‘lamalarida 

ma’lumotlarni 

inobatliligini  va  butligini  nazorat  qilinmaydi. 

Bu  amal  oxirigi  uzib-ulash  bog‘lamalari 

zimmasiga  tushadi.  Ular  ulanishlarni  kanal 

bo‘g‘inida  amalga  oshiradilar,  virtual  kanallar 

orqali  ma’lumotlar  oqimini  boshqaradilar, 

xatolarni  topib  tuzatadilar.  Qayta  uzatish  kam 

sonli 

xatoliklar 



bilan 

ishlaydigan 

kommunikatsiya 

tarmoqlarida 

ishlatiladi. 

Kadrlarni  qayta  uzatish  ma’lumotlarni  haqiqiy 

vaqtda uzatishni ta’minlaydi. 


Download 9.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling