Komp’yuter arxitekturasi
Ixtiyoriy komp’yuterning asosiy qismlari - bu mikroprotsessor va xotira.
Dastlabki komp’yuterlarda ma`lumotlar va dasturlarni saqlash imkoniyati yo`q edi. 1945 yil Amerikalik fizik, matematik Djon fon Neyman komp’yuterda ularni xotirada saqlash mumkinligi haqidagi fikrni olg’a surdi.
EHM tuzilishining umumiy tamoyillarini ishlab chiqdi va unda ikkilik sanoq tiimlaridan foydalanish g’oyasini ilgari surdi. Bu tamoyil hisoblash texnikasi tarixida keskin burilish yasadi va fan – texnikaning turli sohalarining jadal rivojlanishiga turtki bo`ldi. Shu bois zamonaviy komp’yuter tuzilishining asoslari Fon Neyman tamoyili asosida deb yuritiladi.
Fon Neyman tamoyiliga ko`ra komp’yuter quyidagi qismlardan tashkil topgan bo`lishi lozim 1-rasm:
Protsessor, u arifmetik mantiqiy va boshqaruv qurilmasidan tuzilgan bo`lib, arifmetik mantiqiy amallarni bajaradi hamda boshqaruv qurilmasi yordamida dasturning bajarilish jarayonini tashkil qiladi va qurilmalarni boshqaradi;
Xotira qurilmasi – dastur va ma`lumotlarni saqlaydi;
Kiritish va chiqarish qurilmalari – ma`lumotlarni kiritish va chiqarishni ta`minlaydi.
1-rasm
1-jadvalda yuqoridagi rasmda keltirilgan har bir shinalarning vizifalari keltirilgan.
Shinalar komp’yuter tarkibidagi qurilmalar o`rtasida ma`lumot almashinuvini ta`minlaydi va shu bilan birga boshqaruv signallarini yuboradi.
1-jadval
Shina turlari
|
Shina vazifasi
|
Signalning yo`nalganligi
|
Manzillar shinasi
|
Protsessor va xotira manzillari o`rtasidagi
signallarni uzatadi
|
Bir tomonlama yo`nalgan
|
Ma`lumotlar shinasi
|
Protsessor, xotira hamda kiritish-chiqarish qurilmalari o`rtasida
ma`lumotlarni uzatadi
|
Ikki tomonlama yo`nalgan
|
Boshqaruv shinasi
|
Barcha harakatlarni boshqaruvchi signallarni uzatadi (Masalan, ishga
tushirish, o`qish, yozish)
|
Bir tomonlama yo`nalgan
|
Do'stlaringiz bilan baham: |